TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Zréck zu de Kanäl
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT CHAT

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

@ttmmtrasmiy

Travel

🏢 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI RASMIY KANALI 📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 2-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon va bot: (+998) 71-289-40-30 🌐https://t.me/ttmmt_direktori_bot

Abonnenten824Aktuell Abonnenten
Verfolgte Posts1,010Zuel vun indexéierte Posts
Rezent Räichweite5,417Somm vun rezenten Usiichten
Rezent Posts

Rezent Posts

Säit 47 vun 85 · 1,010 Posts

Publizéiert 30. Okt.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (UNESCO) Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etadi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 30 октября примет участие в церемонии открытия 43-й сессии Генеральной конференции Организации Объединенных Наций по вопросам образования, науки и культуры (ЮНЕСКО), которая пройдет в городе Самарканде. #Mirziyoyev#Samarqand#UNESCO#43sessiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

465 views

Publizéiert 29. Okt.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🗣“Yilning eng faol o‘quvchisi – 2025” tanloviga start berildi! ☑️Siz bilimdon, iqtidorli, sportchi yoki ijodkor bo‘lsangiz – bu tanlov aynan siz uchun! 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Yilning eng faol o‘quvchisi – 2025” respublika tanlovini e’lon qiladi. 📆Tanlov 2 bosqichda: birinchi ta’lim muassasasi miqyosida (15-noyabrgacha) hamda ikkinchi Respublika bosqichi (dekabr oyida) o‘tkaziladi. 🎁 Tanlov g‘oliblari Vazirlik tomonidan diplom, statuetka hamda 1-o‘rin – televizor, 2-o‘rin – planshet va 3-o‘rin – maxsus sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomi bilan tanishish 🏆Tanlovda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha eng faol, iqtidorli, tengdoshlariga namuna bo‘ladigan g‘olib o‘quvchilar aniqlanadi: 🔵 Yilning eng bilimdon o‘quvchisi; 🔵 Yilning eng faol targ‘ibotchi o‘quvchisi; 🔵 Yilning eng faol ixtirochi-innovator o‘quvchisi; 🔵 Yilning eng faol sportchi o‘quvchisi; 🔵 Yilning eng iqtidorli o‘quvchisi. Tanlovda ishtirok etish uchun ta’lim muassasangiz ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullariga murojaat qiling va o‘qishdagi yutuqlaringiz, ijodiy ishlaringizni taqdim eting. Bizni kuzating: 📱Instagram| 📺YouTube|🕊Telegram

481 views

Publizéiert 29. Okt.

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI pinned a video

views

Publizéiert 29. Okt.

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI pinned a file

views

Publizéiert 29. Okt.

🍽️ Мастер-класс в Ташкентском техникуме туризма и гостиничного менеджмента! Для студентов направления «Организация услуг общественного питания» был организован мастер-класс при участии специалистов AB GROUP Holding. ✨ На мероприятии выступили директор по маркетингу холдинга Царигородцева Юстина и шеф-повар ресторана “Sorrento” Файзиев Мухриддин, которые поделились своим профессиональным опытом. Гости рассказали о современных тенденциях гастрономии, культуре обслуживания и инновационных подходах в кулинарии. Мастер-класс стал ценным опытом для студентов, способствовавшим развитию их практических навыков и профессиональных компетенций. 👩‍🍳👨‍🍳 #ТашкентТуризмТехникум#ABGROUP#Sorrento#МастерКласс#Гастрономия#Профессионализм

576 views

Publizéiert 29. Okt.

🍽️ Toshkent Turizm va Mehmonxona Menejmenti Texnikumida mahorat darsi! “Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish” yo‘nalishi o‘quvchilari uchun AB GROUP xolding kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi. ✨ Tadbirda xoldingning marketing direktori Tsarigorodtseva Yustina va “Sorrento” restorani bosh oshpazi Fayziyev Muxriddin o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ular zamonaviy gastronomiya, xizmat ko‘rsatish madaniyati va oshpazlik sohasidagi innovatsion yondashuvlar haqida foydali ma’lumotlar berishdi. Mazkur mahorat darsi o‘quvchilar uchun amaliy bilimlarini mustahkamlash va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. 👩‍🍳👨‍🍳 #ToshkentTurizmTexnikumi#ABGROUP#Sorrento#MahoratDarsi#Gastronomiya#KasbiyTajriba

540 views

Publizéiert 28. Okt.

Kasbiy ta’lim tizimiga oid yangiliklar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon va “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorni imzoladi. Sohaga oid yangiliklar talaygina. Kasbiy ta’lim tizimini 2030-yilga qadar isloh qilishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi. Ular: xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar sonini kamida 250 taga; 9-sinf bitiruvchilarining kasbiy ta’lim bilan qamrovini amaldagi 29 foizdan 50 foizga; kasbiy ta’lim tizimida dual ta’lim ulushini amaldagi 9 foizdan 40 foizga; kasbiy sertifikatga ega ishlab chiqarish ta’limi ustalari ulushini 30 foizga; xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash dasturlarida ishtirok etgan pedagoglar sonini 100 nafardan 2 500 nafarga yetkazish. Farmonga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi. Agentlik markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan shtatlar soni 70 ta etib belgilandi. Ushbu shtat birliklari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidan 30 ta, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidan 25 ta, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazining 15 ta shtat birligi hisobidan shakllantiriladi. Agentlik: ➖ texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy ta’lim sohasini boshqarishga mas’ul bo‘ladi; ➖kasbiy ta’lim dasturlari mazmuni, malaka darajalari, o‘qitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda o‘quv-metodik ta’minotga talablarni belgilaydi. ➖Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “vaucher” tizimi bilan qamrab olinmagan shaxslarni kasbga o‘qitadi. ➖Migratsiya agentligining xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib bergan buyurtmalari asosida fuqarolarni kasbga va xorijiy tillarga o‘qitadi. Dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ham bir qancha o‘zgarishlar bor. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchilarga maxsus platforma orqali stipendiya to‘lash yo‘lga qo‘yiladi. Har oylik stipendiya BHM bir baravari miqdorida to‘lanadi. Texnikumlar Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan yuritiladigan milliy reyting natijalari asosida rag‘batlantiriladi. Milliy reyting 2026-yildan boshlab har o‘quv yili yakuni bo‘yicha yuritiladi hamda unda eng yuqori o‘rinni egallagan 50 ta texnikumning har biri BHM 3 000 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi. 2026-yildan boshlab har yili texnikumlar o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Kasbiy mahorat milliy tanlovi” o‘tkaziladi. Shuningdek, Prezidentimiz qarori bilan 2030-yilga qadar texnikumlar faoliyatini tugatish, ularga tegishli yer uchastkalari, bino va inshootlar hamda boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini xususiylashtirishga moratoriy joriy etildi. Ikkala hujjatdagi o‘zgarish, yangiliklarni bitta postda jamlash imkonsiz. Hurmatli tizim xodimlari, soha vakillari hujjatlar bilan batafsil tanishib chiqing, tushunib-o‘zlashtirib oling. Vazirliklar saytlari, ijtimoiy tarmoqlarida ham batafsil ma’lumotlar doimiy tarzda e’lon qilib boriladi. @hilola_umarova

485 views

Publizéiert 28. Okt.

“Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 23.10.2025-yildagi PQ-316-son Prezident Qarori qabul qilindi Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

483 views

Publizéiert 28. Okt.

#qonunchilik_yangiliklari Sun’iy intellekt bo‘yicha yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi startap”, vazirlik va idoralar o‘rtasida “Eng yaxshi loyiha” tanlovlari o‘tkaziladi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–189-son, 22.10.2025 y.) qabul qilindi. 📌 Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan: ▶️2026-yil yakuniga qadar davlat boshqaruvi organlari, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha kamida 100 ta loyihani amalga oshirish; ▶️2030-yil yakuniga qadar zamonaviy sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishga 1 milliard AQSH dollaridan ortiq miqdorda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish; ▶️2026-yil yakuniga qadar mamlakatda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida 15 ta sun’iy intellekt laboratoriyalarini ishga tushirish. 🗓2025-yil yakuniga qadar sun’iy intellekt yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar, dasturlar, startaplar va bepul onlayn kurslar haqidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi “ai.gov.uz” milliy portali ishga tushiriladi. 📝2026-yil 1-yanvardan boshlab: ➡️yoshlarning sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap” (President AI Award) tanlovi o‘tkaziladi; ➡️davlat organlari, ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining raqamli transformatsiya holatini baholashda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish ko‘rsatkichlari inobatga olinadi. 🔗 Reyting natijasiga asosan 2026-yil 1-martdan boshlab yiliga ikki marotaba eng yaxshi sun’iy intellekt loyihalarini joriy etgan vazirlik va idoralar o‘rtasida “Sun’iy intellekt bo‘yicha eng yaxshi loyiha” tanlovi o‘tkaziladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

494 views

Publizéiert 25. Okt.

#qonunchilik_yangiliklari Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi Prezidentning “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni tasdiqlandi. Farmonga asosan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi. Bu orqali kasbiy ta’limni rivojlantirishda samarali va yaxlit boshqaruv tizimi yaratiladi. Kasbiy ta’lim agentligi: ➖ texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy ta’lim sohasini boshqarishga mas’ul bo‘ladi; ➖kasbiy ta’lim dasturlari mazmuni, malaka darajalari, o‘qitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda o‘quv-metodik ta’minotga talablarni belgilaydi. ➖Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “vaucher” tizimi bilan qamrab olinmagan shaxslarni kasbga o‘qitadi. ➖Migratsiya agentligining xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib bergan buyurtmalari asosida fuqarolarni kasbga va xorijiy tillarga o‘qitadi. 2027-yil 1-yanvardan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ish o‘rinlariga bosqichma-bosqich Milliy malaka ramkasining tegishli darajasiga mos diplom (malaka sertifikati)ga ega xodimlarni ishga qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek: 🟢davlat kasbiy ta’lim muassasalariga ta’lim xizmatlari narxini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash va mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilishga ruxsat beriladi. 🟢Kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hududiy tadbirkorlar kengashlari tuziladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

558 views

Publizéiert 24. Okt.

Kadrlar tayyorlash - turizmni rivojlantirish kaliti 2025-yil 23-oktyabr kuni Toshkentda Turizm qo‘mitasining ko‘magida tashkil etilgan "HoReCa Expo Uzbekistan 2025" xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasining uchinchi kuni o‘tkazildi. — Human capital development as a path to tourism growth On October 23, 2025, Tashkent hosted the third day of the international specialized exhibition “HoReCa Expo Uzbekistan 2025,” organized with the support of the Tourism Committee. — Подготовка кадров как путь к развитию туризма 23 октября 2025 года в Ташкенте прошёл третий день международной специализированной выставки «HoReCa Expo Uzbekistan 2025», организованной при содействии Комитета по туризму. Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn

578 views

Publizéiert 24. Okt.

🎓 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI – HORECA EXPO UZBEKISTAN 2025ning TA’LIM VA KARYERA KUNIDA! 💼✨ Bugun “HORECA EXPO UZBEKISTAN 2025” ko‘rgazmasining 3-kuni — Ta’lim va Karyera kuni sifatida o‘tkazilib, mehmondo‘stlik sohasining kelajagini belgilovchi muhim sessiyalar, muloqotlar va hamkorliklarga boy kun bo‘ldi. 🌟 📘VIII-SESSIYA: “Turizm biznesini rivojlantirishda ta’limga investitsiya — muvaffaqiyat kaliti” 🎯 IX-SESSIYA: “Dual ta’lim va amaliyotga yo‘naltirilgan kadrlar tayyorlash modeli” 🚀 X-SESSIYA: “Mehmondo‘stlikda karera. Yoshlar uchun imkoniyatlar” 🔹Texnikum direktori Bakirova Nargizaxon Batiraliyevna IX-sessiyada “Dual ta’lim – turizm va mehmonxona sohasida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning zamonaviy modeli” mavzusida spiker sifatida ishtirok etib, texnikumda joriy etilgan dual ta’lim tizimi bo‘yicha tajribalarini taqdim etdilar. 🤝 Tadbir doirasida Texnikumi hamda Toshkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti (MDIST) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu kelgusida kadrlar salohiyatini oshirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda yangi bosqichni boshlab beradi. 🎓 Texnikum talabalari ham faol ishtirok etib, barcha sessiyalardagi ma’ruzalarni qiziqish bilan tingladilar, ish yarmarkasida turli mehmonxonalar va kompaniyalar bilan muloqotda bo‘lishib, o‘z karyeralarini yo‘naltirish uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘ldilar. 💫HORECA EXPO UZBEKISTAN 2025 — ta’lim, innovatsiya va kasbiy o‘sish uyg‘unlashgan, mehmondo‘stlik sohasining kelajagini shakllantiruvchi maydon bo‘lib qoldi. 🎓 ТАШКЕНТСКИЙ ТЕХНИКУМ ТУРИЗМА ИГОСТИНИЧНОГО МЕНЕДЖМЕНТА — НА ДНЕ ОБРАЗОВАНИЯ И КАРЬЕРЫ HORECA EXPO UZBEKISTAN 2025! 💼✨ 23 октября третий день международной выставки HORECA EXPO UZBEKISTAN 2025 прошёл под девизом «День образования и карьеры», став важнейшей площадкой для обсуждения будущего индустрии гостеприимства, обмена опытом и налаживания партнёрских связей. 🌟 📘VIII-СЕССИЯ: «Инвестиции в образование как ключевой фактор развития туристического бизнеса» 🎯 IX-СЕССИЯ: «Дуальное образование и практико-ориентированная модель подготовки кадров» 🚀 X-СЕССИЯ: «Карьера в гостеприимстве. Возможности для молодежи» 🔹Директор техникума Бакирова Наргизахон Батиралиевна выступила в IX-сессии в качестве спикера с темой «Дуальное образование — современная модель подготовки конкурентоспособных кадров в сфере туризма и гостиничного хозяйства», представив успешный опыт техникума в реализации дуальной системы обучения. 🤝 В рамках мероприятия был подписан Меморандум о сотрудничестве между Техникумом и Сингапурским институтом развития менеджмента в Ташкенте (MDIST). Этот шаг откроет новые перспективы для совместных образовательных проектов и повышения профессионального потенциала студентов. 🎓 Студенты техникума также приняли активное участие во всех сессиях, с интересом слушали выступления спикеров, участвовали в ярмарке вакансий, где познакомились с представителями гостиничного и ресторанного бизнеса и получили реальные возможности для начала своей карьеры. 💫 HORECA EXPO UZBEKISTAN 2025 — это синергия образования, инноваций и профессионального роста, формирующая будущее индустрии гостеприимства!

757 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••454647484950•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
ViregteSäit 47 vun 85Nächst