TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Zréck zu de Kanäl
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT CHAT

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

@ttmmtrasmiy

Travel

🏢 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI RASMIY KANALI 📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 2-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon va bot: (+998) 71-289-40-30 🌐https://t.me/ttmmt_direktori_bot

Abonnenten824Aktuell Abonnenten
Verfolgte Posts1,010Zuel vun indexéierte Posts
Rezent Räichweite6,395Somm vun rezenten Usiichten
Rezent Posts

Rezent Posts

Säit 8 vun 85 · 1,010 Posts

Publizéiert 22. Abr.

🎓 Вдохновение и путь к успеху в индустрии гостеприимства В Ташкентском техникуме туризма и гостиничного менеджмента состоялась мотивирующая встреча учащихся с главным менеджером гостиницы Radisson Blu — Акмалом Мураткуловым. В ходе встречи спикер поделился своей личной историей профессионального становления, рассказал о первых шагах в сфере гостеприимства, трудностях на пути и ключевых навыках, которые помогли ему добиться успеха. Особое внимание было уделено важности постоянного саморазвития, дисциплины и стремления к высоким стандартам сервиса. 💼 Учащиеся получили ценные практические советы о том, как построить карьеру в гостиничном бизнесе, какие компетенции востребованы сегодня и как уверенно двигаться к своей цели. Такие встречи не только расширяют кругозор, но и вдохновляют будущих специалистов на достижение новых высот! #ТТТММ#ГостиничныйБизнес#Мотивация#ПутьКУспеху#RadissonBlu

526 views

Publizéiert 22. Abr.

“Sen Toshkentda oʻqishing kerak” – Qoʻngʻirotboy Sharipovning sevimli asarlari Kelajak soatining “Men sevgan adabiy qahramon” chorlovining navbatdagi mehmoni – oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov. Vazir badiiy kitoblar, sevimli qahramonlari haqida gapirar ekan “Ufq” trilogiyasi, “Yulduzli tunlar”, “Birinchi muallim”, “Muhandis” asarlarini yodga oldi. Ayniqsa, Chingiz Aytmatovning qahramonlari: muallim Duyshenning Oltinoyga aytgan gapi Qoʻngʻirotboy Sharipovning yodidan chiqmaydi, qolganini vazirning oʻzidan eshitamiz. Sizning eng sevimli adabiy qahramoningiz kim? Va chorlovimizda yana kimlar chiqishini xohlaysiz? Fikrlaringizni yozing! Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram |Instagram|Facebook| Threads| Telegram-bot

480 views

Publizéiert 22. Abr.

Kasbiy mahorat milliy tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi ❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanloviga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi. Ushbu tanlov yoshlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy kasblarni ommalashtirish hamda xalqaro maydonda yurt nufuzini oshirishga qaratilgan. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://Uzskills.uz 📌Tanlovda ishtirok et, safimizga qo‘shil va Yangi O‘zbekistonni biz bilan birga bunyod et. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram |Instagram|Facebook| Threads| Telegram-bot

458 views

Publizéiert 22. Abr.

🛑 Erta nikoh – kelajak uchun jiddiy xavf! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida “Erta nikoh muammolari va uning oldini olish” mavzusida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 📌 Tadbirda mutaxassislar tomonidan erta nikohning kelib chiqish sabablari, uning huquqiy jihatlari hamda yoshlar hayotiga salbiy ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berildi. 👩‍⚕️ Psixolog va tibbiyot xodimlari tomonidan erta nikohning: — ruhiy bosim va stressga olib kelishi — ta’lim jarayonining uzilishiga sabab bo‘lishi — ona va bola salomatligiga xavf tug‘dirishi kabi oqibatlari alohida ta’kidlandi. 💬 Ochiq muloqot davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob oldilar. ✨ Tadbir yoshlar orasida ongli qaror qabul qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda oila qurishda mas’uliyatni oshirishga xizmat qiladi. 📍 To‘g‘ri qaror – baxtli kelajak garovi! #ErtaNikoh#YoshlarKelajagi#SoglomTurmush#Texnikum#Toshkent#Profilaktika

498 views

Publizéiert 21. Abr.

🥗“Toza likopcha – sog‘lom hayot sari yo‘l” Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida Yunusobod Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bilan hamkorlikda “Toza likopcha – sog‘lom hayot sari yo‘l” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. 📌 Tadbir davomida o‘quvchilarga sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyati, oziq-ovqat mahsulotlaridan oqilona foydalanish va isrofga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. 👩‍⚕️ Mutaxassislar tomonidan mavzu prezentatsiya asosida yoritilib, sog‘lom ovqatlanish inson salomatligida muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi. 🍽 Amaliy mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, parhez va foydali taomlar tayyorlash bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. 💬 Ochiq muloqot davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar. ✨ Mazkur tadbir yoshlar orasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish va “Toza likopcha” dasturini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

542 views

Publizéiert 21. Abr.

Kasbga yo‘l — kelajak sari ishonchli qadam Yurtimizda kasbga bo‘lgan mehr va an’analar asrlar davomida shakllanib, bugun zamonaviy ta’lim tizimi bilan uyg‘unlashmoqda. 📌Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar haqida rolikda batafsil. —— Path to a Profession — A Confident Step Toward the Future In our country, respect for professions and long-standing traditions has been shaped over centuries and is now harmoniously integrated with the modern education system. The reforms implemented by the Vocational Education Agency are helping young people secure competitive positions in the international labor market. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram |Instagram|Facebook| Threads| Telegram-bot

531 views

Publizéiert 21. Abr.

619 views

Publizéiert 20. Abr.

720 views

Publizéiert 20. Abr.

📚 Kasb tanlash sari muhim qadam! Bugun Yunusobod tumani 235-maktabning 9-sinf o‘quvchilari sinf rahbari hamrohligida Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumiga tashrif buyurdilar. 🎓 Tashrif davomida o‘quvchilarga texnikum faoliyati, mavjud yo‘nalishlar, zamonaviy ta’lim jarayoni hamda yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis o‘qituvchilar tomonidan javob oldilar. ✨ Bunday uchrashuvlar yoshlarning kelajak kasbini ongli tanlashida muhim ahamiyat kasb etadi. 📱 Bizni kuzatishda davom eting: https://t.me/ttmmtrasmiy #Targibot#KasbTanlash#YoshlarKelajagi#Texnikum#Yunusobod

614 views

Publizéiert 20. Abr.

➡️В Ташкентском техникуме туризма и гостиничного менеджмента продолжается цикл практических встреч с участием представителей отрасли В рамках образовательного проекта для студентов направлений туризма и гостеприимства в техникуме прошла серия guest lecture с участием ведущих специалистов гостиничной индустрии. 🤝 Встречи были организованы при участии Ассоциации Отельеров Узбекистана и направлены на развитие практических знаний, знакомство студентов с реальной работой отрасли и формирование профессиональных навыков. 🎓 В рамках встреч перед студентами выступили: - генеральный менеджер отеля Swissôtel Tashkent Дмитрий Карпов - директор отеля “Inspira-S Hotel” Маруф Умаров 💬 Студенты получили развернутые ответы на интересующие вопросы и смогли сформировать более чёткое понимание профессии и её перспектив. Подобные встречи являются частью системной работы по интеграции образования и практики и направлены на подготовку нового поколения специалистов для индустрии гостеприимства. ____ ➡️ Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida soha vakillari ishtirokida amaliy uchrashuvlar davom etmoqda Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun tashkil etilgan ta’lim loyihasi doirasida texnikumda mehmonxona sanoatining yetakchi mutaxassislari ishtirokida guest lecture’lar seriyasi o‘tkazildi. 🤝 Uchrashuvlar O‘zbekiston Mehmonxonachilar assotsiatsiyasi ko‘magida tashkil etilib, talabalarning amaliy bilimlarini rivojlantirish, ularni sohaning real faoliyati bilan tanishtirish hamda kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratildi. 🎓 Uchrashuvlar doirasida talabalar oldida quyidagi mutaxassislar chiqish qildilar: - Swissôtel Tashkent mehmonxonasining bosh menejeri Dmitriy Karpov - “Inspira-S Hotel” mehmonxonasi direktori Ma’ruf Umarov 💬 Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi hamda kasbning mazmuni va istiqbollari haqida yanada aniq tasavvurga ega bo‘lishdi. Bunday uchrashuvlar ta’lim va amaliyot integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlarning bir qismi bo‘lib, mehmondo‘stlik sohasiga yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashga xizmat qiladi.

479 views

Publizéiert 20. Abr.

🇺🇿Milliy o‘zlik — taraqqiyot poydevori! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida “Kelajak soati” doirasida “Milliy o‘zlik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy dars mashg‘uloti tashkil etildi. Mazkur tadbir davomida o‘quvchilarga milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, boy tarixiy merosimiz hamda ajdodlarimiz qoldirgan bebaho ma’naviy boyliklar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Dars jarayonida o‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda mavzu yuzasidan qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi. ✨ Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. #KelajakSoati#MilliyOzlik#Manaviyat#YoshlarTarbiya#ToshkentTexnikum#KasbiyTalim

484 views

Publizéiert 20. Abr.

Yoshlar kelajagi — to‘g‘ri tanlovdan boshlanadi! 🏫 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi Sevara Azimxonova tomonidan Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 211-umumta’lim maktabida 9–11-sinf bitiruvchi o‘quvchilar bilan 2026–2027 o‘quv yili uchun targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi. Uchrashuv davomida o‘quvchilarga texnikumda mavjud yo‘nalishlar, ta’lim imkoniyatlari va istiqbolli kasblar haqida batafsil ma’lumot berildi. 🎓 💬 O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelajak kasbini ongli tanlash bo‘yicha foydali tavsiyalarga ega bo‘ldilar. ✨ Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun muhim poydevor yaratadi! #TargibotTashviqot#KasbTanlash #YoshlarKelajagi#Texnikum#Talim#MirzoUlugʻbekTumani#Bitiruvchilar2026#Abituriyent#KasbiyTalim#TTMMT Bizni kuzatib boring: https://t.me/ttmmtrasmiy

444 views
12•••5678910•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485