TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Zréck zu de Kanäl
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT CHAT

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

@ttmmtrasmiy

Travel

🏢 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI RASMIY KANALI 📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 2-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon va bot: (+998) 71-289-40-30 🌐https://t.me/ttmmt_direktori_bot

Abonnenten824Aktuell Abonnenten
Verfolgte Posts1,010Zuel vun indexéierte Posts
Rezent Räichweite5,706Somm vun rezenten Usiichten
Rezent Posts

Rezent Posts

Säit 6 vun 85 · 1,010 Posts

Publizéiert 30. Abr.

🤝СЕГОДНЯ ПОДПИСАН ВАЖНЫЙ МЕМОРАНДУМ О СОТРУДНИЧЕСТВЕ! Между Ташкентским техникумом туризма и гостиничного менеджмента и Университетом военной безопасности и обороны Республики Узбекистан был подписан меморандум о взаимном сотрудничестве. Данный меморандум направлен на организацию краткосрочных курсов профессионального образования для военнослужащих срочной службы, обучение современным и востребованным профессиям, развитие практических навыков, а также расширение возможностей дальнейшей занятости после прохождения службы. 📌 В рамках сотрудничества военнослужащие срочной службы смогут пройти обучение на базе техникума по современным и практико-ориентированным направлениям. 🏛 Также после церемонии подписания меморандума преподаватели техникума, участвующие в профессиональной подготовке военнослужащих, ознакомились с деятельностью Исторического музея университета. Данное сотрудничество имеет важное значение в повышении профессионального потенциала военнослужащих, создании прочной основы для их будущей деятельности и дальнейшем укреплении интеграции между системой образования и военной сферой.

680 views

Publizéiert 30. Abr.

🤝 BUGUN MUHIM HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum muddatli harbiy xizmatdagi askarlar uchun qisqa muddatli kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etish, ularni zamonaviy va amaliy kasb-hunarlarga o‘qitish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xizmatdan keyingi bandlik imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. 📌 Hamkorlik doirasida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar texnikum bazasida zamonaviy va amaliy yo‘nalishlar bo‘yicha kasb-hunar egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🏛 Shuningdek, memorandum imzolash marosimidan so‘ng harbiy xizmatchilarni kasbga o‘qitishda ishtirok etuvchi texnikum pedagog-o‘qituvchilari universitetning Tarixiy muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Ushbu hamkorlik askarlarning kasbiy salohiyatini oshirish, kelgusidagi faoliyatiga mustahkam zamin yaratish hamda ta’lim va harbiy soha o‘rtasidagi integratsiyani yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

551 views

Publizéiert 30. Abr.

🇩🇪🤝В НАШЕМ ТЕХНИКУМЕ СОСТОЯЛАСЬ ВАЖНАЯ ВСТРЕЧА В РАМКАХ РАСШИРЕНИЯ МЕЖДУНАРОДНОГО СОТРУДНИЧЕСТВА! Сегодня наш техникум посетила представитель организации Handwerkskammer Erfurt (Эрфурт, Германия), референт направления Berufsschule-Bildung Магдалена Шипа-Раабе. В ходе визита студентам была представлена подробная информация о возможностях получения профессионального образования в Германии, обучении по системе дуального образования, прохождении практики и перспективах дальнейшего трудоустройства. 📌В рамках проекта “CRAFT” участники встречи получили информацию о: 🔹 Более 130 востребованных профессиях в Германии 🔹 Условиях обучения и трудоустройства 🔹 Преимуществах дуальной системы образования 🔹 Требованиях к знанию немецкого языка (B1/B2) 🔹 Процедурах оформления визы, признания квалификации и трудоустройства 🔹 Новых международных возможностях для молодежи 🌍 Эта встреча стала важным шагом для наших студентов на пути к получению международного опыта, профессиональному развитию и построению успешной карьеры в Германии. 🤝 Эта встреча станет еще одним важным шагом для студентов нашего техникума на пути к приобретению международного опыта, освоению современных профессий в Германии и успешному выходу на глобальный рынок труда. В настоящее время международное сотрудничество нашего техникума с Германией последовательно развивается, и в дальнейшем ожидается реализация новых совместных проектов и перспективных инициатив. #МеждународноеСотрудничество#Германия#HandwerkskammerErfurt#MagdalenaSzypaRaabe#CRAFT#ПрофессиональноеОбразование#ДуальноеОбучение

385 views

Publizéiert 30. Abr.

🇩🇪🤝TEXNIKUMIMIZDA XALQARO HAMKORLIK YO‘LIDAGI MUHIM UCHRASHUV! Bugun texnikumimizga Germaniyaning Erfurt shahridagi Handwerkskammer Erfurt tashkiloti vakili, Berufsschule-Bildung yo‘nalishi referenti Magdalena Szypa-Raabe tashrif buyurdi. Mazkur tashrif davomida o‘quvchilarimiz uchun Germaniyada kasbiy ta’lim olish, dual ta’lim tizimi asosida tahsil ko‘rish, amaliyot o‘tash hamda kelajakda malakali mutaxassis sifatida faoliyat yuritish imkoniyatlari haqida batafsil taqdimot tashkil etildi. 📌“CRAFT” loyihasi doirasida quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi: 🔹 Germaniyada talab yuqori bo‘lgan 130 dan ortiq kasblar 🔹 Kasbiy ta’lim va ish faoliyatini boshlash shartlari 🔹 Dual ta’lim tizimining afzalliklari (nazariya va amaliyot uyg‘unligi) 🔹 Nemis tili darajalari (B1/B2) talablari 🔹 Viza olish, hujjatlashtirish va kasbiy malakani tan olish jarayonlari 🔹 Yoshlar uchun xalqaro ta’lim, amaliyot va bandlik imkoniyatlari 🌍 Ushbu uchrashuv texnikumimiz o‘quvchilari uchun xalqaro tajriba orttirish, Germaniyada zamonaviy kasb-hunar egallash hamda global mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ladi. Ayni paytda, texnikumimizning Germaniya bilan yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib bormoqda va kelgusida yangi qo‘shma loyihalar hamda istiqbolli tashabbuslarning amalga oshirilishi kutilmoqda. 🤝 Handwerkskammer Erfurt bilan yo‘lga qo‘yilayotgan bunday hamkorlik aloqalari texnikumimizda xalqaro sheriklikni yanada kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish va yoshlarimiz uchun yangi istiqbollar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. #XalqaroHamkorlik#Germany#HandwerkskammerErfurt#MagdalenaSzypaRaabe#CRAFT#KasbiyTalim#DualEducation#GlobalOpportunities

402 views

Publizéiert 30. Abr.

#kasblar_festivali O‘zbekistonda ilk bor kasblar festivali o‘tkaziladi 💠 Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan 5-may “Kasb va mehnat kuni” munosabati bilan O‘zbekistonda ilk bor kasblar festivali tashkil etilmoqda. Festival yurtimiz bo‘ylab yuqori saviyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Asosiy tadbirlar poytaxtimizdagi “Alpomish” muz saroyida bo‘lib o‘tadi. 📑 Festival doirasida zamonaviy kasblar olami, innovatsion yondashuvlar va interaktiv formatlar uyg‘unlashgan dastur ishtirokchilarga unutilmas taassurot bag‘ishlashi kutilmoqda. 📸Shuningdek, 20 dan ortiq kasblar ko‘rgazmasi, VR texnologiyalari orqali kasblarni sinab ko‘rish imkoniyati, “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”, “Xorijdaish.uz” va “Psixolog maslahati”, "Inklyuziv ta’lim", "O‘zbek sanoati", xorijiy tillar maydonlari, Xalqaro va mahalliy hamkor tashkilotlar ko‘rgazmasi hamda ishtirokchilar uchun galakonsert dasturi tashkil etiladi. 🖼Festival mobaynida ochiq muloqotlar, startap va innovatsiyalar taqdimotlari,ijtimoiy videoroliklar tanlovi, osh chempionati hamda #KasbFest2026 xeshtegi ostida foto va video chellenjlar o‘tkazilmoqda. 🔅Alohida e’tibor “Bir kasb – bir yaxshilik” ijtimoiy loyihasiga qaratilgan bo‘lib, unda yoshlar tomonidan ehtiyojmand oilalarga amaliy yordam ko‘rsatiladi. 📍Manzil: “Alpomish” muz saroyi 🗓Sana: 5-may 👉Batafsil: Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

388 views

Publizéiert 28. Abr.

#seminar Ta'lim dasturlarini yangilashda muhim qadam 🔹Kasbiy ta’lim dasturlari uzviyligini ta’minlash hamda xalqaro ta’lim dasturlari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida navbatdagi amaliy seminar tashkil etildi. 🔹Seminarda Shvesariyaning “Helvetas” loyiha vakillari, Turizm qo‘mitasi, O‘zbekiston mehmonxonalar va Oshpazlar uyushmalari, Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi, shuningdek Andijon, Buxoro, Zomin, Marg‘ilon, Xiva, Bo‘stonliq hamda Toshkent turizm va madaniy meros texnikumlarining tajribali mutaxassislari va pedagoglari ishtirok etdi. 🔹Tadbir davomida 2026-2027-o‘quv yili uchun turizm sohasiga oid kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 🔹Mazkur tashabbus sohada zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Sahifalarimizga obuna bo'ling! 🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Web | 🌐YouTube

463 views

Hashtags

Publizéiert 28. Abr.

Kasbiy mahorat milliy tanloviga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda ❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanloviga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni davom etmoqda. Ushbu tanlov yoshlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy kasblarni ommalashtirish hamda xalqaro maydonda yurt nufuzini oshirishga qaratilgan. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://Uzskills.uz 📌Tanlovda ishtirok et, safimizga qo‘shil va Yangi O‘zbekistonni biz bilan birga bunyod et. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

429 views

Publizéiert 28. Abr.

📚 Kasb tanlash – kelajak sari muhim qadam! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi huquq fani o‘qituvchisi tomonidan Yashnobod tumani 161-umumta’lim maktabida 9–11-sinf bitiruvchilari uchun targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi. 🎓 Uchrashuv davomida o‘quvchilarga texnikumda mavjud yo‘nalishlar, ta’lim jarayoni, amaliy mashg‘ulotlar hamda kelgusida ish bilan ta’minlanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, huquqiy bilimlarning ahamiyati, kasb tanlashda to‘g‘ri qaror qabul qilishning muhim jihatlari haqida suhbat olib borildi. ✨ O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelajak kasbiga oid foydali tavsiyalar bilan tanishdilar. 📌 Siz ham o‘z kelajagingizni biz bilan quring! #targibot#yashnobod#161maktab#bitiruvchilar#kasbtanlash#texnikum#talim#yoshlarkelajagi

520 views

Publizéiert 28. Abr.

📚 Kasb tanlash — muhim qadam! Yangihayot tumanida joylashgan 304-sonli umumta’lim maktabi bitiruvchilari bilan texnikumimiz tomonidan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida texnikum o‘qituvchisi Boxodirova Aziza o‘quvchilarga texnikumimiz faoliyati, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, o‘qish jarayoni va yaratilgan imkoniyatlar haqida to‘liq ma’lumot berdi. 🎓 O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelajakdagi kasb tanlash borasida zarur tavsiyalarga ega bo‘ldilar. ✨ Bunday uchrashuvlar yoshlarning ongli ravishda kasb tanlashida muhim ahamiyat kasb etadi!

419 views

Publizéiert 28. Abr.

📚 Kasb tanlash — kelajak poydevori! Yangihayot tumanida joylashgan 285-sonli umumta’lim maktabi bitiruvchilari uchun texnikumimiz tomonidan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida texnikum o‘qituvchisi Boxodirova Aziza tomonidan o‘quvchilarga ta’lim yo‘nalishlari, o‘qish jarayoni, amaliy mashg‘ulotlar hamda kelajakdagi kasbiy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 🎓 Shuningdek, o‘quvchilarga texnikum faoliyati aks etgan flayerlar tarqatilib, ularning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi. ✨ Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning to‘g‘ri kasb tanlashida muhim ahamiyat kasb etadi!

429 views

Publizéiert 28. Abr.

📢 TEXNIKUM O‘QUVCHILARI DIQQATIGA! 🔥 Siz oshpazmisiz? ✂️ Yoki sartaroshlikni mukammal egallayapsizmi? Unda o‘z mahoratingizni butun O‘zbekistonga ko‘rsatish vaqti keldi! 🇺🇿 🏆 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” 🎓 Kasbiy mahorat milliy tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! 🍳✂️ TANLOVDA SIZNING YO‘NALISHLARINGIZ HAM BOR: ✅ Oshpazlik ✅ Sartaroshlik 👉 Bu aynan texnikum o‘quvchilari uchun katta imkoniyat! 🎯 NIMA UCHUN QATNASHISH KERAK? ✔️ O‘z mahoratingizni namoyish qilasiz ✔️ Eng kuchli yoshlar bilan bellashasiz ✔️ Pul mukofotlari va Prezident sovrini imkoniyati ✔️ Kelajak uchun katta tajriba va imkoniyat 📲RO‘YXATDAN O‘TISH: 👉 Asosiy sayt: 🔗https://uzskills.uz 👉 To‘g‘ridan-to‘g‘ri havola: 🔗https://uzskills.uz/#participants 🚀 SHOSHILING! ⏳ Joylar cheklangan! Bugun ro‘yxatdan o‘ting va g‘oliblar safidan joy oling! 🔥 Ishtirok et, safimizga qo‘shil va Yangi O‘zbekistonni biz bilan birga bunyod et!

442 views

Publizéiert 27. Abr.

✨Азиз ўқувчилар! Сизлар учун муҳим босқич — ишлаб чиқариш амалиёти бошланмоқда. 🎁 Бу имкониятдан тўлиқ фойдаланинг: янги тажриба орттиринг, ўзингизни синаб кўринг ва ҳақиқий профессионал бўлиш сари қадам ташланг! Меҳмонхоналар ва корхоналарда ўзингизнинг энг яхши томонларингизни кўрсатинг ✨Биз сизларга ишонамиз! Омад сизларга ёр бўлсин! ⭐️ ✨Дорогие ученики! Стартует важный этап — производственная практика. 🎁 Это ваш шанс получить реальный опыт, проявить себя и сделать шаг к будущей профессии! Покажите свои лучшие качества в гостиницах и на предприятиях ✨Мы верим в вас! Удачи и ярких успехов! ⭐️

598 views
12•••45678•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485