TGINSIGHT CHAT
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
@Mintrans_uz
PoliticsIshonch telefoni –1167 Toshkent v. Yuqori Chirchiq t, “Istiqbol” MFY, Yangi Toshkent 📧[email protected] 🖥gov.uz/mintrans youtube.com/@mintransuz instagram.com/transport_vazirligi linkedin.com/company/mintransuz/ facebook.com/profile.php?id=100091754801301
Postijiet reċenti
Paġna 8 minn 84 · 1,008 postijiet
Ippubblikat Apr 17
Milliy tashuvchilar diqqatiga Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek milliy tashuvchisi tomonidan olingan Xitoy elektron ruxsatnoma blankasi bojxona organlari tomonidan tekshirilganda ishlatilgan bo‘lib chiqayotganligi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarqaldi. Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida o‘tkazilgan dastlabki o‘rganishlar natijasi yuzasidan Transport vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi. 2026-yildan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Xitoy Xalq Respublikasi Transport vazirligi bilan hamkorlikda avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasida elektron ruxsatnoma blankalari (E-permit) tizimini muvaffaqiyatli joriy etdi. E-permit tizimining joriy etilishi jarayonlarni raqamlashtirish, shaffoflikni oshirish hamda xalqaro tashuvlar samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan. Hozirgi kunda o‘zbek milliy tashuvchilari ushbu yo‘nalishda barqaror o‘sish va yuqori salohiyatni namoyon etmoqda. Ayni damda E-permit tizimi bilan bir qatorda O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy transport koridori bo‘yicha an’anaviy qog‘oz shaklidagi ruxsatnoma blankalari ham amalda qo‘llanilmoqda. ⚠️ O‘rganishlar jarayonida O‘zbekiston – Xitoy yo‘nalishidagi elektron ruxsatnomalar (E-permit) hamda O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy koridori bo‘yicha qog‘oz shaklidagi ruxsatnoma blankalari (dozvol) seriya raqamlarining bir-biriga o‘xshash (bir xil) ekanligi bilan bog‘liq fors-major holati yuzaga kelganligi oydinlashdi. Mazkur ruxsatnoma blankalarini chiqarish uchun mas’ul 2026-yilda raislik qiluvchi Xitoy tomoni ekanligini bildiramiz. ‼️Qo‘shimcha ravishda ma’lum qilamizki, ikki tomonlama elektron ruxsatnomalar (E-permit) quyidagi formatdagi seriyaga ega: UZ-CN-2026-C-XXXX (unikal raqam). O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy yo‘nalishi bo‘yicha qog‘oz shaklidagi ruxsatnoma blankalari (dozvol) faqat raqamli ko‘rinishda bo‘lib, harfli seriyaga ega emas. ❌ Aynan bojxona organida hujjatlarni tekshirish jarayonida Xitoy elektron ruxsatnoma blankasi (E-permit)ning to‘liq seriya raqamlari bilan tizimga kiritilmaganligi natijasida fors-major holati yuzaga kelgan. Ya’ni E-permit unikal raqami O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy yo‘nalishi bo‘yicha ishlatib bo‘lingan qog‘oz shaklidagi ruxsatnoma blanka raqami bilan bir xil bo‘lib chiqqan. Natijada tizim elektron ruxsatnoma (E-permit) ishlatib bo‘lingan degan xulosani bergan. Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Xitoy vakolatli organlari bilan hamkorlikda ushbu vaziyatni qisqa muddatlarda bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda. ❗️Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklar va chegara o‘tish jarayonidagi kechikishlarning oldini olish maqsadida xalqaro yuk tashuvchi transport vositalari haydovchilariga chegara va bojxona organlari xodimlariga murojaat qilib, ruxsatnoma hujjatlarining to‘liq seriya raqamlarini tizimga kiritish va tekshirishni so‘rash tavsiya etiladi.
Ippubblikat Apr 17
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shaxmatchimiz, Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turniri gʻolibi Javohir Sindorovni sharaflashga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. — С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась торжественная церемония чествования шахматиста, победителя Турнира претендентов Международной шахматной федерации Жавохира Синдарова. #Mirziyoyev#marosim#shaxmat#taqdirlash Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ippubblikat Apr 17
Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish, sohadagi qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с предложениями по поддержке социально уязвимых категорий населения, расширению и повышению качества социальных услуг, укреплению законодательной базы в сфере. #Mirziyoyev#taqdimot#ijtimoiyhimoya#ijtimoiyxizmat Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ippubblikat Apr 17
Toshkent shahar hokimligi Transport vazirligi bilan hamkorlikda poytaxtda chiqindi tashish tizimini yangi bosqichga olib chiqdi. 🗑Endilikda mahallangizga chiqindi tashuvchi mashina qachon kelishini taxmin qilmaysiz! Uning yo‘nalishini aniq vaqtda, onlayn kuzatishingiz mumkin. 2025-yil 14-avgust kuni chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi loyihalar davlat rahbariga taqdim etildi. Unda kommunal xizmatlar aholiga qulay va shaffof bo‘lishi shartligi alohida ta’kidlandi. Natijada "Toza poytaxt" raqamli platformasiyaratilib, foydalanishga topshirildi. 📱Bu ilova orqali nimalar qilish mumkin? Rolik orqali batafsil tanishib chiqing. Хокимият города Ташкента совместно с Министерством транспорта вывел систему вывоза мусора в столице на новый уровень. 🗑Теперь не нужно гадать, когда в вашу махаллю приедет мусоровоз! Его маршрут можно отслеживать онлайн в режиме реального времени. 14 августа 2025 года главе государства были представлены проекты в сфере переработки отходов. На ней было особо подчеркнуто, что коммунальные услуги должны быть удобными и прозрачными для населения. В результате была создана и введена в эксплуатацию цифровая платформа "Toza poytaxt" ("Чистая столица"). 📱Что можно делать с помощью этого приложения? Ознакомьтесь с подробностями в нашем ролике.
Ippubblikat Apr 17
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sindarov Javohir Sanjarbekovichni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni — Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении Синдарова Жавохира Санжарбековича орденом «Меҳнат шуҳрати»" Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ippubblikat Apr 17
OCHIG‘INI AYTGANDA: Toshkent tirbandliksiz – yangi transport modeli sari Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Ippubblikat Apr 17
🚍 Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari diqqatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, quyidagi yo‘nalishlarni uzoq muddatli shartnoma asosida tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha navbatdagi ochiq tender bo‘lib o‘tadi. ❗️Ochiq tender 2026-yil 15-may kuni soat 12:00 da o‘tkaziladi. Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 14-may kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi. Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi. Farg'ona viloyati 🚌 Shaharlararo-viloyat ichi ▸ VX 302 — Farg'ona-Qo'qon (Ikkala tomondan) (M3) 🚌Shahar atrofi yo'nalishi ▸ ShYT-255 — Oltiariq-Bo'rbonliq Katput (Ikkala tomondan) (M2) Buxoro viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi ▸ 202 — Madaniyat bosh bekati-Chorbakr q. (Ikkala tomondan) (M1) ▸ 212 — Podshoyi q.-Madaniyat bosh bekati (Ikkala tomondan) (M1) ▸ 217 — G'ijduvon avtostantsiyasi-Mazragan (Ikkala tomondan) (M1) ▸ 317 — Romitan bosh bekati-Tag'ore (Ikkala tomondan) (M1) ▸ 211 — Asab davo klinikasi-Tuman markaziy poliklinikasi (Ikkala tomondan) (M1) Surxondaryo viloyati 🚌 Shaharlararo-viloyat ichi ▸ 509 — Termiz avtoshohbekati-Sherobod avtostansiyasi (Termiz avtoshohbekati tomondan) (M3) Qoraqalpog'iston Respublikasi 🚌 Shahar yo'nalishi ▸ ShYT-449 — Kazak auil-Taxiyatas diyxan bazari (Ikkala tomondan) (M1) ▸ ShYT-K-14 — Konirat buyim bazari-Minjargan MPJ (Ikkala tomondan) (M1) 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi ▸ ShYT-256 — Kegeyli avtostantsiyasi-Kazanketgen avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M1) ▸ ShYT-233 — Kanlikol AS-Beskopir APJ (Ikkala tomondan) (M1) 🚌Shaharlararo-viloyat ichi ▸ VX-501 — Nokis Jiydeli baysin AV-Shumanay avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M3) ▸ VX-503 — Nukus avtovokzali-Beruniy avtovokzali (Ikkala tomondan) (M3) ▸ VXYT-527 — Nokis oraylik AV-Karatau posyolka (Ikkala tomondan) (M2) ▸ VXYT-569 — Konirat AS-Jaslik elati (Ikkala tomondan) (M2) Toshkent viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi ▸ 640 — Zafar shaxarchasi-Bekobod AShB (O'zbekobod orqali) (Ikkala tomondan) (M1) Navoiy viloyati 🚌 Shaharlararo-viloyat ichi ▸ 542 — Karmana-Uchquduq (Uchquduq tomondan) (M3) Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo'nalishlar 🚌Shaharlararo-viloyatlararo ▸ 1300-YT — Abduraxmonov f/u (Toshkent v)-Chorsu bozori - GUM (Toshkent sh) (Ikkala tomondan) (M2) Samarqand viloyati 🚌 Shaharlararo-viloyat ichi ▸ YT 508 — Payshanba avtostansiyasi-Shoxi-Zinda avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M2) Samarqand viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi ▸ YT 508 — Payshanba avtostantsiyasi-Shoxi-Zinda avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M2) Jizzax viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi ▸ SHYT-266 — Kuytosh ShFY-G'allaorol dexqon bozori (Ikkala tomondan) (M1) ▸ SHYT-256 — Marjonbuloq sport majmuasi-G'allaorol dehqon bozori (Ikkala tomondan) (M1)
Ippubblikat Apr 17
Zamon | Toshkentda jamoat transportida to‘lov intizomi kuchaytirilmoqda! Poytaxt avtobus yo‘nalishlarida yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lash va xizmat sifatini nazorat qilish bo‘yicha reyd tadbirlari davom etmoqda. Yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda. Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Ippubblikat Apr 17
O‘zbekiston 2030 |Haydovchilar uchun $1000 maosh va jamoat transportidagi tarixiy loyihalar Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Ippubblikat Apr 17
🚍 Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari diqqatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, quyidagi yo‘nalishlarni uzoq muddatli shartnoma asosida tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha navbatdagi ochiq tender bo‘lib o‘tadi. ❗️Ochiq tender 2026-yil 14-may kuni soat 12:00 da o‘tkaziladi. Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 13-may kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi. Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi. Jizzax viloyati 🚌 Shaharlararo-viloyat ichi – 2ta lot 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi – 4ta lot Navoiy viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi – 1ta lot 🚌 Shaharlararo-viloyat ichi - 1ta lot Surxondaryo viloyati 🚌 Shaharlararo-viloyat ichi – 2ta lot 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi – 1ta lot Sirdaryo viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi – 1ta lot Buxoro viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi – 2ta lot Qoraqalpog'iston Respublikasi 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi – 1ta lot 🚌 Shaharlararo-viloyat ichi - 1ta lot Farg'ona viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi – 6ta lot Namangan viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi – 7ta lot Samarqand viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi - 4ta lot Andijon viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi – 17ta lot Qashqadaryo viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi – 1ta lot Xorazm viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi – 6ta lot Toshkent viloyati 🚌 Shahar atrofi yo'nalishi – 1ta lot Lotlar haqida ma’lumotlarni e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali olishingiz mumkin.
Ippubblikat Apr 16
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri iqtisodiyotida yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash, mavjud zaxiralarni toʻliq ishga solish hamda tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по обеспечению высоких темпов роста экономики, полному задействованию имеющихся резервов и расширению благоприятных условий для предпринимательской деятельности в городе Ташкенте. #Mirziyoyev#yigilish#Toshkent#tadbirkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ippubblikat Apr 16
Temir yo‘l kesishmalari bahorgi ko‘rikdan o‘tkazilmoqda Ko‘rikdan ko‘zlangan asosiy maqsad temir yo‘l kesishmalarida harakat xavfsizligini ta’minlash, mavjud texnik vositalarning sozligini tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda favqulodda holatlarning oldini olishdan iborat. Ko‘rikning dastlabki kunida “Toshkent MTU” filialiga qarashli Toshkent shahri va uning atrofidagi 20 ga yaqin temir yo‘l kesishmasi ko‘zdan kechirildi. Jarayonda kesishmalardagi ogohlantiruvchi belgilar, shlagbaumlar, yoritish tizimlari, yo‘l qoplamasi holati hamda ko‘rinish masofasi batafsil o‘rganildi. 30-aprelga qadar davom etadigan mazkur ko‘rik Transport nazorati inspeksiyasining Temir yo‘l transportida nazorat Toshkent hududiy bo‘limi, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining hududiy boshqarmalari mutaxassislari, shuningdek, yo‘l, signallashtirish va aloqa hamda elektr ta’minoti korxonalari rahbarlari, ishtirokida o‘tkazilmoqda. Проводится весенний осмотр железнодорожных переездов Основная цель осмотра — обеспечение безопасности движения на железнодорожных переездах, проверка исправности имеющихся технических средств, устранение выявленных недостатков и предотвращение чрезвычайных ситуаций. В первый день осмотра было обследовано около 20 железнодорожных переездов в Ташкенте и его окрестностях, относящихся к филиалу "Ташкентский РЖУ". В ходе процесса были детально изучены состояние предупреждающих знаков, шлагбаумов, систем освещения, дорожного покрытия и дальность видимости на переездах. Данный осмотр, который продлится до 30 апреля, проводится с участием специалистов Ташкентского территориального отдела по надзору на железнодорожном транспорте Инспекции по контролю в сфере транспорта, территориальных управлений Службы безопасности дорожного движения и Комитета по автомобильным дорогам, а также руководителей предприятий путевого хозяйства, сигнализации и связи, и электроснабжения.