TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kanal listaman kutiy
BioLogic IQ avatar

TGINSIGHT CHAT

BioLogic IQ

@biologiciq

Education

Kanal orqali muallifning biologiyaga doir qiziqarli ma'lumotlari va kreativ fikrlaridan bahramand bo'lasiz. Muallif: Fargʻona davlat universiteti tayanch doktoranti @murodjonrakhmonov

Qatiqkuna3,240Kunan qatiqkuna
Qatisqa willakuykunap682Yupasqa willakuykunap
Kay p'unchaw chayasqa9,601Kay p'unchaw qhawasqakunap
Qhipan willakuykunap

Qhipan willakuykunap

Qillqa 2 / 57 · 682 willakuy

Riqchachisqa 5 May

Qimirlagunicha sezganlar bormi ?

2,630 views

Riqchachisqa 4 May

Kuni kecha, Quvasoy shahar ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan “Eko loyihalar” tanlovi doirasidagi konferensiyada ekspert sifatida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldim. Ochig‘i, maktab darajasida ekologiyaga bu qadar jiddiy va tizimli yondashuvni ko‘rish alohida quvonarli. Bugungi tadbir yana bir bor shuni ko‘rsatdiki, atrof-muhit muammolari va ekologik tafakkur shakllantirishga bo‘lgan e’tibor izchil ravishda ortib bormoqda. Konferensiyaning tashkil etilish darajasi, o‘quvchilarning chiqishlari, loyihalarning mazmuni barchasi yuqori saviyada bo‘ldi. Alohida ta’kidlash kerakki, tadbirning to‘liq ingliz tilida olib borilgani uni yanada ahamiyatli qildi. Bu esa o‘quvchilarning nafaqat ilmiy fikrlash, balki xalqaro ilmiy muhitga moslashish yo‘lida ham muhim qadam tashlayotganidan dalolat beradi. Eng so‘nggi rasmda men bilan birga tushgan ishtirokchilar “Eng yosh guruhi” nominatsiyasi egalari bo'lib, ularning ko‘zidagi ilmga chanqoqlik, o‘rganishga bo‘lgan kuchli ishtiyoq va tabiiy qiziqish bugungi kunda juda kam uchraydigan, lekin juda qadrli sifatdir. Shu yoshdayoq bunday darajadagi intilish buyuk kelajakning belgisi. Bunday saviyali, mazmunli va manfaatli tadbirni tashkil etish o'ziga yarasha mehnat talab qiladi, shu sabab barcha tashkilotchilarga samimiy minnatdorchilik bildiraman. O‘quvchilarga esa yana-da katta marralar, izchil ilmiy izlanishlar va yuksak muvaffaqiyatlar tilayman.

557 views

Riqchachisqa 24 Abr

#Ilmiy_yangilik FarDU tayanch doktorantlari Zarafshon havzasi uchun yangi baliq turini qayd etishdi. 🐟03.00.15-Ixtiologiya ixtisosligi tayanch doktorantlari Sharofiddin Xalimov, Murodjon Raxmonov hamda Obbosxon Azamovlarning olib borgan ixtiologik tadqiqotlari natijasida Zarafshon havzasi uchun yangi bo'lgan baliq turi - Triplophysa strauchii aniqlandi. Mazkur tadqiqot natijalari integrativ taksonomik (morfologik, molekulyar hamda PCA) usullarda asoslab berilgan. Shu bilan birga, ushbu turning yangi eng g'arbiy tarqalish nuqtasi qayd etildi. Tadqiqotchilar Triplophysa strauchii ning Zarafshon havzasiga kelib qolishining Sirdaryo havzasiga bog'liq bo'lmagan yangi yo'nalishi haqidagi g'oyani ilgari surishgan. 🗣Tadqiqot natijalari Braziliyaning Scopus bazasida indeksatsiyalangan (Q3) nufuzli Check List jurnalida chop etildi. 👉на русском 👉in english 🔗FarDU rasmiy sahifalari Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website

586 views

Riqchachisqa 23 Abr

Ilmiy_yangiliklar_ruknidan #new_records #Article #Scopus_Q3; #Web_of_Science_Q4_(2024) 📍New records of Triplophysa strauchii (Kessler, 1874) (Teleostei, Nemacheilidae) from the Zeravshan river drainage, Uzbekistan. 🔹 Dog'li yalangbaliqning Zarafshon havzasida (eng olis g'arbiy tarqalish) arealining kengaygani ma'lum bo'ldi. 🐟 Mazkur tur ilk marotaba Karl Kessler tomonidan Ili daryosi havzasidan (Balxash ko'li havzasi ) yig'ilgan namunalar asosida Diplophysa strauchii (Teleostei: Nemacheilidae) sifatida tavsiflangan. Sirdaryo havzasiga kirib kelishi 1960-yillarda Qozog‘istondan O‘zbekistonga karp baliqlarini introduksiya qilish paytida tasodifan olib kelingan. Yaqin 60 yil davomida faqatgina Sirdaryo havzasida qayd etilayotgan T. strauchii O. Artaev va boshqalar (2025) tomonidan ilk bor Vaxsh daryosi va Zarafshon daryosining yuqori oqimida uchrashi kuzatilgan edi. Biroq, Zarafshon daryosi havzasining O‘zbekiston qismida T. strauchii ning tarqalishi haqida ma’lumotlar uchramadi (Kamilov 1973; Nuriev 1985; Sheraliev & Peng 2021). Bungacha esa Zarafshon havzasida Triplophysa vakillaridan faqatgina bir tur - T. uranoscopus tarqalgani ma'lum edi (Sheraliev & Peng, 2021). Bizning 2022-yil may va 2024-yil avgust oyida Zarafshon daryosi havzasida olib borgan ixtiologik kuzatuvlarimizda daryo yalangbaliqlariga mansub, lekin T. uranoscopus dan sezilarli morfologik belgilari bilan ajralib turadigan populyatsiyaga duch keldik. Dala sharoitidayoq bu populyatsiyaning Triplophysa strauchii ekani borasida asosli ma'lumotlarni ko'rganimizdan so'ng, ham morfologik hamda molekulyar tahlillar o'tkazganimizda haqiqatdan ham T. strauchii ekani o'z tasdig'ini topdi. Mazkur qaydlar T. strauchii ning Zarafshon havzasida yangi uchrash nuqtalari hisoblanadi va uning tarqalish arealini Zarafshonning eng olis g‘arbiy qismlarigacha tarqalganini tasdiqlaydi. Ushbu ma’lumotlar turning ma’lum bo‘lgan tarqalish arealini sezilarli darajada kengaytiradi hamda mintaqaning baliqlar faunasiga oid yangilangan ma’lumotlarni taqdim etadi, bu esa biologik xilma-xillikni baholash va muhofaza qilishni rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur yangilik bugun (23.04.26) Check List - The Journal of Biodiversity Data sahifasida chop etildi. Maqola bilan yaqindan tanishish istagida bo'lganlar uchun izohlar qismida DOI raqamini qoldiraman.

581 views

Riqchachisqa 23 Abr

Zarafshon havzasining O'zbekiston qismida dog'li yalangbaliq (Triplophysa strauchii) uchrashi aniqlandi. Bizning o'zbekistonlik va xitoylik ixtiologlar jamoasi birgalikda Zarafshon havzasining O'zbekiston qismidan Triplophysa strauchii ning uchrashini integrativ taksonomik usullar yordamida asoslab berishdi. PhD shogirdim Sharofiddin Xalimov ayni vaqtda Triplophysa strauchii ning O'zbekistondagi biogeografiyasi hamda reproduktiv biologiyasini tadqiq etmoqda. Uning tadqiqotlari davomida ushbu tur avval qayd etilmagan Zarafshon havzasida uchrashi ma'lum bo'ldi. Shu bilan birga, biz tomonimizdan qayd etilgan nuqta mazkur turnign eng g'arbiy tarqalish nuqtasi hisoblanadi. Tadqiqotning molekulyar qismi Xitoydagi doimiy hamkorimiz, mening ustozim Prof. Peng va uning jamoasi tomonidan amalga oshirildi. Tadqiqotimiz natijalari xalqaro Check List jurnalida chop etildi. @hujayrauz

314 views

Riqchachisqa 16 Abr

Bugun 24-English guruhi hamda BatMU bilan talabalar almashinuvi dasturi doirasida Farg‘ona davlat universitetiga mehmon bo‘lib kelgan talabalar bilan birgalikda Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdik. Mazkur tashrifning asosiy maqsadi talabalar “Genetika va genomika” fanidan olgan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Shu maqsadda Ekologiya va barqaror rivojlanish kafedrasi qoshida faoliyat yuritayotgan Tibbiy zuluklarni yetishtirish va ko‘paytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy markaz hamda uning tarkibidagi Molekulyar biologiya laboratoriyasi bilan yaqindan tanishildi. Tashrif davomida markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, olib borilayotgan ilmiy ishlar va qo‘llanilayotgan metodik yondashuvlar haqida batafsil ma’lumotlar olindi. Keyingi bosqichda laboratoriya sharoitida hayvon to‘qimalaridan DNK ajratib olish bo‘yicha 12 bosqichli metodika asosida amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Talabalar namunalar bilan ishlash jarayonida DNK ajratish bosqichlarini ketma-ket bajarib, jarayonni amalda sinab ko‘rishdi. Mashg‘ulot davomida ishlatiladigan jihozlar va reagentlarning xususiyatlari, ularning vazifalari hamda ish bosqichlarining to‘g‘ri ketma-ketligi haqida muhim bilimlar berildi. Eng muhim jihatlardan biri — talabalarga ushbu jarayonni mustaqil bajarish imkoniyati yaratilgani bo‘ldi. Bu esa ularning ilmiy tafakkuri va fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi. Bunday amaliy mashg‘ulotlar yoshlarning ilmga qiziqishini kuchaytirish, nazariy bilimlarni mustahkamlash va kelajakda yetuk mutaxassis sifatida shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Mazkur tashrifni tashkil etishda yaqindan yordam bergan barcha ustozlarga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. Xususan, b.f.f.d., dotsent Solijonov Xayrulla Xabibulla o‘g‘li hamda b.f.f.d., dotsent Umarov Farrux Ulug‘bekovichga, shuningdek laboratoriya jarayonida barcha metodik jihatlarni sabr bilan tushuntirib bergan Usmonov Salohiddin Xomidjon o‘g‘liga alohida tashakkur izhor etamiz. Ilm yo‘lida qilayotgan harakatlaringizni Alloh hayrli qilsin.

759 views

Riqchachisqa 12 Abr

Quvnoq daydi paraxodining "kema jurnali". Qisqa tanaffusdan soʻng ekspeditsiya guruhimiz bilan birgalikda yana ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida Chortoqsoy daryosiga safar uyushtirdik. Tong sahardan Fargʻonadan yoʻlga chiqqan paraxodimiz manzilga bir zumda yetib bordi, atrof-muhit bilan qisqa tanishuvdan soʻng tadqiqotimizning asosi boʻlgan baliq namunalarini yigʻishni boshladik. Havo harorati 23°C boʻlishiga qaramay daryo suvi nisbatan sovuq, shu bilan birgalikda oqim sezilarli darajada tez edi. Barcha ishlar ancha vaqtdan beri tizimli ravishda amalga oshirilib kelinayotgani tufayli hamma oʻz vazifasini aʼlo darajada bajardi. Oldimizga maqsad qilib olgan barcha ishlarimizga oʻz vaqtida ulgurganimiz esa bu borada tajribamiz avvalgidan sezilarli darajada oshganini bildiradi. Safarni yakunlab ortga qaytar ekanmiz, ushbu yoʻnalishni tanlaganim va oʻzim yaxshi koʻrgan ishni qilayotganimdan yana bir bor faxrlandim. P.s.: 1-rasm. Chortoqsoy daryosining Uychi tumanidan oqib oʻtuvchi qismi. 2-rasm. Quvnoq daydi paraxodining ekipaj a'zolari (rasmda chapdan oʻngga qarab): 1. Sharofiddin Xalimov, FarDU tayanch doktoranti 2. Obbosxon Azamov, b.f.f.d. (PhD) 3. Men, ya'ni Murodjon Raxmonov, FarDU tayanch doktoranti

678 views

Riqchachisqa 30 Mar

Yaxshi o’qish shartmi? Maktabni bitirganimga bir necha yil bo'ldi. Yaxshi o'qiganimga qaramay, ~70 foizi esimdan chiqqan. Kollejda yana ham qattiqroq o'qigandik. Baribir 2/3 qismi esimizdan chiqqan. Oxir-oqibat unutib yuborsak, yaxshi o'qib nima qilamiz? Shunchaki, imtihon uchunmi hammasi? Yaxshi o'qishning boshqa foydalari ham bordir balki? Yechgan misollarimiz esimizda qolmas. Yechish uchun kerak bo'lgan diqqat qila olish odati biz bilan qoladi. Yodlaganlar g'azallarimiz unutilib ketar. Yodlash sabab rivojlangan xotiramiz biz bilan qoladi. Yozib to'ldirgan daftarlarimiz yo'qolib ketar. Yozaverish ortidan kuchaygan tafakkurimiz biz bilan qoladi. Ba'zi ishlar faqat natijasi bilan emas, jarayoni bilan ham foyda olib keladi. Yaxshi o'qish ham shulardan biri. Yaxshi o’qing, kam bo’lmaysiz. Inglizlar aytganidek: Hard work definitely pays off. baratovs_blog

824 views

Riqchachisqa 27 Mar

🔠 🔠 🔠 🔠 🔠 🔠 🔠 🔠 💯Test ishlanishga tayyor 👑Test nomi: Biologiya mock yozma ish 📅Testlar soni: 10 ta 🔒Test kodi: 36 Test javoblaringizni quyidagi botga jo'nating: 👉@Sertifikat_testbot 👉@Sertifikat_testbot 👉@Sertifikat_testbot 📍 Testda qatnashuvchilar botga kirib test kodini jo'nating(ortiqcha belgilarsiz) Xabarni ochib aytilganlarga amal qiling. 🔠 🔠 🔠 🔠 ⬇️ 2️⃣ 3️⃣ 🔣 2️⃣ 0️⃣ Test ishlanishga tayyor!!!

827 views

Riqchachisqa 27 Mar

📝📝 🔠 🔠 🔠 🔠 🔠 🔠 🔠 🔠 🔠 🔠 🔠 🔠 🔠📝📝 1️⃣ 🔣 4️⃣ 0️⃣❤️🧡❤️❤️ Test nomi: Biologiya MS test Savollar soni: 40 ta Test kodi: 6️⃣ 🔠 🔠 🔠 🔠 ⬇️ 2️⃣ 2️⃣ 🔣 0️⃣ 0️⃣ Kanalga obuna bo'lish 💎💎💎 @BIOLOGIYA_KIMYO_KB @BIOLOGYGRAND Javoblaringizni quyidagi botga yuboring👇 @Sertifikat_testbot @Sertifikat_testbot

738 views

Riqchachisqa 27 Mar

Diqqat testimizni boshlaymiz. Eslatib oʻtamiz bu testimizda vaqt chegaralangan va 2 qismga ajratib oʻtkaziladi. Test qismi 20:00 -- 22:00 ga qadar davom etadi ⏰ Yozma ish qismi 22:00 -- 23:20 ga qadar davom etadi ⏰ Test kalitlari ham 2 marotaba test qismi uchun va yozma ish qismi uchun alohida alohida boshqa boshqa kod orqali botga kalit yuborasizlar. Kalitlar quyidagi botga yuboriladi 👇 @Sertifikat_testbot

632 views

Riqchachisqa 27 Mar

Diqqat navbatdagi onlayn 🔠 🔠 🔠 🔠 testga marhamat 📂 27-mart sanasida soat 2️⃣ 0️⃣ 🔣 0️⃣ 0️⃣ da kanalimizda "Biologiyadan A+ sari" 14-onlayn mock testimizni oʻtkazamiz 🔖📌 Bu MOCK Testimizda qatnashish mutlaqo bepul boʻladi 💯 Bu xabarni barcha tanishlaringizga yuboring va ularni ham bundan xabardor qiling.👉 Testimiz quyidagi kanallarda oʻykaziladi 👇👇 @BIOLOGYGRAND @BIOLOGIYA_KIMYO_KB Mock testimizda qatnashmoqchi boʻlganlar reaksiya qoldiring ❤️‍🔥

475 views
12345•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••555657