TGINSIGHT CHAT
MohirDev.uz
@mohirdev
EducationOʻzbekistondagi 1-raqamli AyTi taʼlim lideri - 14 ta mahalliy va xalqaro ekspert - 39 ta dasturlashga oid kurs - 44 516 ta kurs oʻquvchisi 🌐https://mohir.dev/tel 📨@mohirdevsales_bot 📞 55 500 05 07
Qhipan willakuykunap
Qillqa 58 / 85 · 1,019 willakuy
Riqchachisqa 2 Jun
🎙 Yangilangan Python kursi haqida suhbatlashamiz O'tgan oy Full Stack Python kursiga yangi bo'lim va loyihalar qo'shilganini xabar qilgan edik. Ko'plab kelib tushgan savollarga javob berish maqsadida ovozli suhbat o'tkazishga qaror qildik. 🤓 Suhbat davomida yangi qo'shilgan loyiha va bo'limlar haqida batafsil ma'lumot beriladi. Bundan tashqari, umumiy dasturlashni o'rganish bo'yicha tavsiyalar beriladi. Ovozli suhbat yangilangan darslar muallifi, hozirda Avstraliyaning SageGrader kompaniyasida dasturchi sifatida faoliyat yuritayotgan Muhammad Ermatov bilan bo’lib o’tadi 🔔 Bugun soat 20:30 da telegram sahifamizda. O’tkazib yubormang. 👉 Qo'shilish uchun havola
Riqchachisqa 1 Jun
Bor yo'g'ing bolg'a bo'lsa, hamma narsa mix bo'lib ko'rinadi 🔨 "Golden Hammer" - dasturlash olamida "Oltin bolg’a" nomli nisbiy tushuncha mavjud. Bu dasturchining bitta dasturlash tili yoki texnologiyasiga haddan tashqari ishonish tendensiyasini bildiradi. Agar o'zingizning "oltin bolg’angizga" ishonib qolsangiz: - Yangi muammolar va talablarga moslasha olmaysiz; - Kodlaringiz samarasiz, xatolarga moyil bo'lishi va uzoq xizmat qilmasligi mumkin; - Yaxshiroq vositalardan imkoniyatini qo'ldan boy berasiz. Bunday holatga tushib qolmaslik uchun: - Yangi tillar va texnologiyalarni o'rganishga ochiq bo'ling; - Muammolarni hal qilishda turli xil yondashuvlar bilan tajriba o'tkazishga tayyor turing; - O'z ishingizga tanqidiy munosabatda bo'ling va kerak bo'lganida o'zgarishlar qilishga tayyor turing. 😎 Mohirdev bilan turli xil dasturlash tillari va texnologiyalarini o'zlashtiring. Faqatgina "bolg’a" emas, turli xil uskunalarga ega mohir mutaxassis bo'ling! 👉🏻Kurslarga ro'yxatdan o'tish 📞 +998-78-113-13-10
Riqchachisqa 1 Jun
Riqchachisqa 31 May
⚡️Yangilangan Python kursiga qanday loyihalar qo'shildi? 1. Blog sayt Blog sayt loyihasida Django arxitekturasi, model, queryset va funksiyaga va Class larga asoslangan viewlar 0 dan boshlab o’rgatiladi 2. Yangiliklari sayti Bu loyihada yangiliklarni qo’shish, o’chirish, tahrirlashdan tashqari, yangiliklarni izlash, ko’rishlar soni va izoh yozish funkiyalari mavjud. Vebsaytni i18n va ModelTranslation yordamida ko’p tillik qilish ham o’rgatiladi. Ahost yordamida saytni deploy qilish ham ko'rsatiladi 3. Kutubxona loyihasi Kutubxona loyihasida avvalo API nima ekanligi, HTTP metodlar, endpointlar va status kod tushunchalari bilan boshlanib, DRF funksiya, generic viwlari va ModelViewset mavzulari ham qamrab olinadi. Validatsiya, Serializer turlari, autentifikatsiya va avtorizatsiya mavzulari tushuntiriladi. Railway.app hostingiga deploy qilish ham ko’rsatib o’tilgan 4. Instagram loyihasi Instagram loyihasida mavzular birmuncha qiyinlashgan. Avvalo loyihani eng muhim qismi bo’lmish, foydalanuvchilarni ro’yxatdan o’tkazish va login, logout hamda unutilgan parollarni tiklash funksiyalari instagramga o’xshash tarzda yozilgan. Foydalanuvchilarga asinxron tarzda email jo’natish; foydalanuvchi yuborgan kodlarni tasdiqlash, murakkab login qismlari ko'rsatib o'tilgan ✅ Tez orada FastAPI freymvorki bo'yicha darslar ham kursga qo'shiladi 👉 Ro'yxatdan o'tish 📞 +998-78-113-13-10
Riqchachisqa 30 May
🧑🏻💻Dasturchilar stressni qanday qilib yengishlari mumkin? "Avvalo, nimalar sizni stress holatiga olib kelishi mumkin? - Bir muammoga yechim topa olmaslik charchashga olib keladi va bu uzoq davom etsa, siz stress holatiga tushasiz. Unday bo'lsa, qanday qilib charchoqni oldini olish mumkin? - Buning iloji yo'q. Lekin o'zingizda kuchli energiyani hosil qilishingiz mumkin. Bu esa muammoga yechim topish bilan bo'ladi." 💪 O'zingizda qayta energiya hosil qilish, aqliy va jismoniy charchash, ishdan tashqari mashg'ulotlar va ishga qayta diqqatni jamlash sizga qiziqmi? Unday bo'lsa sizga Women in Tech loyihasining sakkizinchi sonini ko'rishni tavsiya qilamiz. Suhbatda Aziza Abdurahmonova o'zining ko'p yillik ish tajribalari asosida stressni yengib o'tish bosqichlarini aytib o'tdilar. 🔔 Suhbat premyerasi bugun soat 19:30 da bo'lib o'tadi 👉🏻Premyerani ko'rish:https://youtu.be/ZjiurKAC2qQ
Riqchachisqa 27 May
Loyiha boshqaruvi o'zi nima? Sir emas ko'plab bizneslar ishga tushib, ulardan aksari muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Bunga nima sabab bo'lishi mumkin? Loyihani to'g'ri rejalashtirish, jamoani samarali boshqarish bunga yechim bo'la oladimi? 🤩 Bizda yangi loyiha Endi loyiha boshqaruviga oid bilimlarni "Mohirdev Loyiha boshqaruvi" YouTube sahifamizda ulashib boramiz. Loyihaning birinchi sonini quyidagi link orqali ko'rishingiz mumkin: 👉🏻https://youtu.be/hy5kdkU9xkA
Riqchachisqa 26 May
"Texno oshpazlar" bilan Sun'iy Intellekt haqida podkast 🟢 Ta'lim va zamonaviy texnologiyalar haqidagi suhbatlarni davom ettiramiz Bu galgi mehmonimiz ijtimoiy tarmoqlarda texno yangiliklar va gadjetlarni yoritib boruvchi Texnoplov nomi bilan tanilgan Saadulla…
Riqchachisqa 26 May
"Texno oshpazlar" bilan Sun'iy Intellekt haqida podkast 🟢Ta'lim va zamonaviy texnologiyalar haqidagi suhbatlarni davom ettiramiz Bu galgi mehmonimiz ijtimoiy tarmoqlarda texno yangiliklar va gadjetlarni yoritib boruvchi Texnoplov nomi bilan tanilgan Saadulla Abdullaev va Fariz Abduraimovlar bo'lishdi ❔ Podkast davomida sun'iy intellektning insonlarga foyda va zararlari, u berayotgan imkoniyatlar, kino va reallikdagi sun'iy intellektning farqi, foydali servislar kabi mavzularga to'xtalindi Suhbat premyerasi bugun soat 20:30 youtube kanalimizda bo'lib o'tadi 👉 Premyerani tomosha qilish ChatGPTga diplom ishini yozdirgan tanishlaringiz bormi? :)
Riqchachisqa 25 May
🔔Bugun oxirgi kun Yangilangan Python kursini eski narxida bugun soat 23:59 gacha xarid qilishingiz mumkin 🚛 Yangiliklar quyidagicha: - yangi Django Freymvork asoslari bo'limi, 50+ dars, 13 soat+ - yangi Django REST freymvork, 50+ dars, 12 soat+ - BONUS modul: FastAPI freymvork (may oxirigacha qo'shiladi) - yangi loyihalar: blog sayt, yangiliklar sayti, kutubxona loyihasi, instagram loyihasi 👉 Kursga ro'yxatdan o'tish 📞 +99878-113-13-10
Riqchachisqa 24 May
Butun dunyo bo'ylab eng ko'p o'ynaladigan o'yinlaridan biri Counter Strike va CSGO'da Sun'iy Intellektdan foydalanishganmi? Bu haqida YouTube sahifamizga joylashtirgan videomiz orqali bilib olishingiz mumkin 👉https://youtu.be/xYL8r5VK-N0 Suhbatning to'liq shakli tez orada premyera qilinadi
Riqchachisqa 21 May
⚡️Saytimizda yangilanish Bir necha oylardan beri ustida ishlab kelingan saytimizning yangi talqini ishga tushdi 🎯 Yagona boshqaruv paneli Endi o'quvchilar qisqa va kasbga yo'naltirilgan kurslarni bitta boshqaruv panelida sayt hamda mobil dasturimiz orqali o'qishlari mumkin Yangilanishdan oldin, pullik qisqa kurslarni xarid qilgan o'quvchilar old.mohirdev.uz da darslarni davom ettirishlari mumkin. Tez orada ular ham yangi saytga ko'chiriladi. 📊 Faollar jadvali 1.0 Saytga har bir kurs uchun faollar jadvali qo'shildi. Bu orqali o'quvchilar o'zlashtirish darajalarini ko'rib borishlari va qolgan foydalanuvchilar bilan raqobatlashishlari mumkin. Ko'rilgan har bir dars uchun 1 ball, kurs bo'limini tugatish darajasiga qarab 3 tagacha yulduzchani qo'lga kiritish mumkin. Siz faollar jadvalida nechanchi o'rindasiz? Izohlarda yozib qoldiring 👇🏼
Riqchachisqa 19 May
"Project Management kursida olingan bilimlar orqali ish samaradorligi oshdi" - Boybuvayev Tohirjon, 20 yillik tajribaga ega dasturchi 2 yil oldin korxonalarni faoliyatini to'lig'icha qamrab oladigan katta bir loyihaga asos solishgan. Ish davomida jamoaning boshqaruv tajribasi yo'qligi, 7-8 oy vaqt yo'qotish va qo'shimcha xarajatlar qilishga olib kelgan. Bu muammolar kursda olingan bilimlar yordamida yechilib, ish effektivligi oshgan. 📞 +99878-113-13-10