TGINSIGHT CHAT
CFPS/TSTM/ЦВПИ
@XMATM_IACIR
ПолитикаЦентр внешнеполитических исследований и международных инициатив
Последние посты
Стр. 17 из 84 · 1,003 постов
Опубликован 15 янв.
So‘nggi yillarda turizm sohasi iqtisodiyotning muhim va barqaror o‘sib borayotgan strategik tarmog‘iga aylandi. O‘tgan yili O‘zbekistonga kelgan sayyohlarning soni keskin o‘sib, 11,5 millionga, turizm eksporti esa 4,7 milliard dollarga yetdi. 2030-yilgacha turistlar oqimini 2 karra oshirib, 20 millionga yetkazish reja qilingan. Buning uchun elchilar Turizm qo‘mitasi bilan yangicha yondashuv va tashabbus asosida ishlab, eng yirik autsorsing kompaniyalarni jalb etishi zarurligi qayd etildi. Bu borada Rossiya, Belarus, Janubiy Koreya, Germaniya, AQShdagi elchilar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi. AQSh, Buyuk Britaniya, Indoneziya, Rossiya, Fransiya va Xitoy elchixonalarida turizm va madaniyat bo‘yicha maslahatchi lavozimlari joriy etiladi. Ushbu davlatlardagi elchilarimiz mazkur imkoniyatdan samarali foydalanib, turizm oqimini 2-3 karra oshirishlari shartligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu yildan AQSh fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilindi. Ushbu mamlakatning 100 mingdan ortiq ishchisi bo‘lgan yirik kompaniyalari bilan faol muzokara olib borib, joriy yil AQShdan kelayotgan sayyohlar sonini 2 karraga oshirish muhimligi qayd etildi. Facebook|Instagram|X
Опубликован 15 янв.
Fuqarolarimizning xorijiy davlatlarda o‘tkazilayotgan turli reydlarda huquqlari buzilayotgani haqidagi xabarlar jamoatchilikda jiddiy norozilik uyg‘otmoqda. Aksariyat holatlarda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy nota berish bilangina cheklanib qolmoqda. “Elchi va konsullar har bir holat yuzasidan malakali yuridik yordam ko‘rsatib, xorijdagi fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilishi shart”, – dedi Prezidentimiz. Bundan tashqari, xorijdagi yoshlarimiz yoki talabalarning turli oqimlarga qo‘shilib qolayotganibarchani jiddiy tashvishga solishi kerakligi ta’kidlandi. Bundan buyon elchilar “kabinet diplomatiyasi”dan voz kechib, xorijdagi vatandoshlarimiz ishlayotgan qurilish maydoniga, yotoqxonaga, talabalar auditoriyasiga borib, ularning muammosini o‘rganib, yechimi bo‘yicha ishlashi shartligi qayd etildi. Mutasaddilarga xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolarimiz uchun bepul koll-markaz tashkil etib, murojaatlarini tegishli vazirliklar bilan tezkor hal qiladigan tizim yaratish topshirildi. Facebook|Instagram|X
Опубликован 15 янв.
“Xorijda noqonuniy bo‘lib turgan fuqarolarimiz borligi bizni tashvishga soladi”, – dedi davlatimiz rahbari. O‘tgan yili Rossiyada 150 mingdan ziyod fuqaroga “migratsiya amnistiyasi”ni qo‘llashga erishildi. Boshqa mamlakatlarda ham fuqarolarimizga qonuniy asosda ishlashlariga ko‘maklashish, bu borada xorijiy tomonlar bilan muzokaralarni faollashtirish, shu bilan birga fuqarolarimiz ham o‘zlari bo‘lib turgan mamlakat qonunchiligi talablariga rioya qilishi lozimligi qayd etildi. Bundan buyon migratsiya oqimi ko‘payib borayotgan davlatlar, ayniqsa, Yevropada mehnat migrantlari bilan ishlash elchixonalardagi konsullarning asosiy vazifasi bo‘lishi belgilandi. Shuningdek, chet eldagi fuqarolarimizni konsullik hisobiga qo‘yish tartibini yanada soddalashtirish, ortiqcha byurokratiyani qisqartirish topshirildi. Facebook|Instagram|X
Опубликован 15 янв.
O‘tgan yili AQSh hukumati qishloq xo‘jaligi ishchilari uchun maxsus viza olishni soddalashtirdi. Ushbu mamlakatdagi elchiga AQShdagi mavsumiy ishchilar jalb qilinadigan davlatlar ro‘yxatiga O‘zbekistonni kiritish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish topshirildi. Bundan keyin har bir viloyat hokimi ishchi kuchi qabul qiluvchi rivojlangan davlatlar hududlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash amaliyotini yo‘lga qo‘yishi kerakligi qayd etildi. Umuman, har bir elchi xorijda yuqori daromadli ish o‘rinlarini topish, aholini shunga mos kasb va tilga o‘qitishga ham mas’ul bo‘lishi belgilandi. Bu borada Yaponiya, Shvetsiya, Norvegiya, Bolgariya, Avstriya, Xorvatiya, Sloveniya, Serbiya, Gretsiya va O‘monbilanmigratsiyaga oid hukumatlararo va idoralararo bitimlarni imzolash muhimligi ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X
Опубликован 15 янв.
Tahlillarga ko‘ra, bugungi kunda Shvetsiya, Daniya va Norvegiyada 300 ming ishchilarga ehtiyoj bor. Norvegiyalik ish beruvchilar bu yilning o‘zida 3 ming fuqaroni o‘zlari o‘qitib, ularga Yevropa standartlari asosida sertifikat berishga tayyor. Yoki Shvetsiya grant ajratib, ijtimoiy xodimlarni tayyorlash va joriy yilning o‘zida 500 nafarini ishga olish taklifini bermoqda. Mutasaddilarga Shvetsiya, Daniya va Norvegiya bilan kelishuvga erishib, fuqarolarimizni yuqori daromadli ish o‘rinlariga yuborish muhimligi ta’kidlandi. Umuman, Shvetsiya va Latviyadagi elchilar bilan birgalikda Nordik davlatlar bilan tashqi mehnat migratsiyasi borasida hamkorlik dasturini ishlab chiqish topshirildi. Facebook|Instagram|X
Опубликован 15 янв.
Navbatdagi ustuvor vazifa – fuqarolarimizga xorijda yuqori daromadli ish o‘rinlarini topib berish. Ilgari fuqarolarimiz asosan 2-3 ta davlatga borib ishlagan bo‘lsa, hozir tashkiliy migratsiya asosida 30 dan ortiq davlatda mehnat qilayotgani ta’kidlandi. Misol uchun, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya kompaniyalari mutaxassislarga talabidan kelib chiqib, O‘zbekistonda o‘quv kurslarini tashkil etdi. Yaponiya kompaniyasi qurilish, haydovchilik, mehmonxona va restoran xizmati yo‘nalishlarida “10 ming nafar o‘zbek mutaxassisini jalb qilish” loyihasini boshladi. Buyuk Britaniyaga mavsumiy ishchilarni yuborish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Lekin qolgan mamlakatlardagi elchilar bunday tajribani boshqa davlatlar bilan yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatmayotgani qayd etildi. Masalan, chetdan ishchi kuchini faol jalb etayotgan Avstriya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Chexiya, Saudiya Arabistonidagi elchilarning mazkur yo‘nalishdagi ishlari qoniqarsiz ekani ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X
Опубликован 15 янв.
Joriy yilda eksportni 40 milliard dollarga, investitsiyani 50 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marralar olingan. Buning uchun har bir elchi o‘zi faoliyat yuritayotgan hududning nisbiy ustunliklarini tahlil qilib, eksport, investitsiya, yangi texnologiya bo‘yicha aniq maqsad va natijaga ishlashi shartligi qayd etildi. Ayrim vazirlar va tarmoq rahbarlari chetdan grant jalb qilish bo‘yicha bor imkoniyatlardan samarali foydalana olmayotgani qayd etildi. Ular elchilar yordamidan foydalanib, donor tashkilotlar bilan ishni to‘g‘ri tashkil qilganida o‘tgan yili yana kamida 200-300 million dollar grant jalb qilish mumkin edi. Xalqaro tashkilotlar va donor mamlakatlar har yili 200 milliard dollarlik xalqaro grantlar e’lon qilyapti. Bu imkoniyatdan unumli foydalanish, grantlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim yaratish vazifasi qo‘yildi. Bundan tashqari, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveytsariya, Xitoy, Yaponiya va Singapurdagi elchilar bilan birgalikda TOP-100 ga kiruvchi xorijiy oliygohlarni O‘zbekistondagi oliygohlarga hamkor qilib olib kelish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish topshirildi. Facebook|Instagram|X
Опубликован 15 янв.
Jami 90 milliard dollar to‘qimachilik mahsulotlarini import qilayotgan AQSh, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Rossiya va Polshada Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining vakolatxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu davlatlardagi elchilar va vakolatxonalar bilan birgalikda kamida 15 ta xorijiy sorsing kompaniya va xalqaro brendlarni O‘zbekistonga olib kelish, 100 ta mahalliy korxona faoliyatiga “Better work”, “BCI”, “Organic” kabi dastur va standartlarni joriy qilish vazifasi qo‘yildi. Viloyatlar hokimlari elchilar bilan birga tekstil sohasidagi yirik 500 ta eksportchi korxonaning mahsulotlari namunalarini har bir elchixonada joylashtirishi muhimligi ta’kidlandi. Umuman, elchilar loyiha topish, uni olib kelib ishga tushirishdan manfaat ko‘rishi kerakligi qayd etildi. Buning uchun loyihani yakuniga yetkazgan elchilarga ustama to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Facebook|Instagram|X
Опубликован 15 янв.
Bugungi geosiyosiy vaziyat oqibatida Yevropaga yuk tashish xarajati 2 karra oshgani milliy mahsulotlarimiz raqobatdosh bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu borada Polsha Yevropa bozorlariga kirib borish uchun eng asosiy darvoza hisoblanishi, ushbu mamlakatdagi elchimiz logistika xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha takliflar bilan chiqishi kerakligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga polshalik hamkasblari bilan Brest chegara punktida O‘zbekistonlik yuk tashuvchilar uchun alohida yo‘lak ochish masalasida kelishuvga erishish topshirildi. Bundan tashqari, mas’ul vazirliklarga O‘zbekiston va Ruminiya hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazib, iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishish topshirildi. Ruminiyaning Konstansa shahrida savdo uyini tashkil etib, 2026-yilda ushbu davlatga eksportni 2 karra oshirish muhimligi ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X
Опубликован 15 янв.
Joriy yilda Misr tajribasi asosida Kitob tumanida 5 gektardan 100 tonna “super-super elita” kartoshka urug‘ligi olindi. Ushbu davlatdagi elchimiz o‘tkazgan muzokaralar natijasida misrlik investorlar buni 1 ming gektarga yetkazishga tayyor. Misr kompaniyalaridan biri Tuproqqal’ada 2 ming gektar cho‘lni foydalanishga kiritish va pivot uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish taklifini bergan. Yana bir yirik kompaniyasi gepatit “S” virusiga qarshi dori vositasini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish tashabbusini bildirgan. Mutasaddilarga ushbu loyihalarni boshlash topshirildi. Umuman, yangi eksport yo‘nalishi sifatida 50 dan ortiq davlatga ega, iqtisodiyoti 3 trillion dollarga teng bo‘lgan Afrika qit’asi bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Tashqi ishlar, Investitsiya, sanoat va savdo vazirliklari, Misr va Qatardagi elchilarga tegishli “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash topshirildi. Facebook|Instagram|X
Опубликован 15 янв.
Islohotlar natijasida so‘nggi yillarda yirik tadbirkorlar sinfi shakllandi. Endi bunday tadbirkorlarga o‘z loyihalarini istiqbolli mamlakatlarda joylashtirishga ko‘maklashib, bu orqali yangi bozorlarga jadal kirib borish vaqti kelgani ta’kidlandi. Masalan, Qatar o‘zidagi erkin iqtisodiy zonalarda investorlar uchun jozibador soliq imtiyozlari joriy qilgan, elektr energiyasi, suv va boshqa kommunal xizmatlar xarajatining 20-30 foiziga subsidiya beryapti. Agar Qatardagi sanoat zonalarida o‘zimizni mahalliy korxonalarni ishlab chiqarishini tashkil qilsak, ushbu davlat orqali 60 million aholisi bo‘lgan Ko‘rfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi. Qatardagi elchi va boshqa mutasaddilarga bu borada mahalliy korxonalar bilan ishlab, loyihalarni boshlash topshirildi. Facebook|Instagram|X
Опубликован 15 янв.
Iqlim o‘zgarishi va suv taqchilligi sharoitida Ispaniya qishloq xo‘jaligida katta yutuqlarga erishayotgani ta’kidlandi. Masalan, Almeriya hududida 30 ming gektardan ziyod maydonda yaxlit issiqxonalar kompleksi tashkil qilingan bo‘lib, birgina soliq tushumining o‘zi 1,5 milliard yevroga teng. Eng muhimi, bu issiqxonalar quyosh energiyasida ishlaydi, gazdan foydalanmaydi. Ispaniyadagi elchiga ushbu davlatning qishloq xo‘jaligidagi ilg‘or tajriba va texnologiyalarini Surxondaryo va Qashqadaryoga olib kelish bo‘yicha dastur qilish topshirildi. Niderlandiya qishloq xo‘jaligi eksporti bo‘yicha dunyodagi TOP-3 davlatlar qatoriga kiradi. Issiqxonachilik yo‘nalishidagi 100 dan ortiq kompaniyalarni birlashtirgan “World Horti Center” innovatsiya va bilim markaziga har yili butun dunyodan 40 mingdan ziyod mutaxassislar kelib malakasini oshiradi. Belgiyadagi elchiga ushbu markazga kamida 100 nafar mahalliy mutaxassisni olib borib, issiqxona sohasidagi ilg‘or innovatsiya va tajribalarni o‘rganishni tashkil etish topshirildi. Facebook|Instagram|X