TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
К списку каналов
CFPS/TSTM/ЦВПИ avatar

TGINSIGHT CHAT

CFPS/TSTM/ЦВПИ

@XMATM_IACIR

Политика

Центр внешнеполитических исследований и международных инициатив

Подписчики814Текущее число подписчиков
Постов1,003Проиндексировано постов
Охват1,841Просмотры последних постов
Последние посты

Последние посты

Стр. 18 из 84 · 1,003 постов

Опубликован 15 янв.

O‘tgan yili Yevropaga eksport 23 foizga ko‘payib, 2,3 milliard dollarga yetdi. Lekin ayrim davlatlardagi elchilarimiz ushbu bozorlarda o‘zbek mahsuloti nomini tanitish bo‘yicha natija ko‘rsata olmayotgani qayd etildi. Fransiya kimyo sanoatimiz uchun yangi eksport yo‘nalishi, Farg‘ona, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatidagi kimyo korxonalari uchun katta bozor ekani ko‘rsatib o‘tildi. Ushbu mamlakatdagi vakolatxonamizga Fransiyada o‘g‘itga bo‘lgan talablar, ularning standartlarini Farg‘ona, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatidagi kimyo korxonalariga yetkazish, ushbu korxonalar rahbarlari va ularning mahsulotlarini olib borib, ko‘rgazma tashkil qilish topshirildi. Umuman, Yevropaning qishloq xo‘jaligi rivojlangan davlatlariga mineral o‘g‘it eksportini oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X

107 views

Опубликован 15 янв.

Elchilar xorijiy investorlar va yirik kompaniyalar bilan birga ishlasa, bu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish uchun imkoniyatlar ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, o‘z ishlab chiqarishi deyarli yo‘q bo‘lgan, ichki bozorni to‘ldirish uchun 100 milliard dollarlik mahsulotni chetdan solib oluvchi Iroq mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari uchun istiqbolli bozor hisoblanadi. Shu munosabat bilan, Iroqdan 150 ta yirik kompaniya O‘zbekistonga olib kelingani ijobiy baholandi. Ular bizdagi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, hayron qolganini, oldinlari O‘zbekiston mahsulotlari to‘g‘risida deyarli tushunchasi bo‘lmaganini aytyapti. Ular Iroqda korxonalarimizning rasmiy distribyutorini ochib, Yaqin Sharq bozorlariga jadal kirib borishni reja qilyapti. Natijada shu yilning o‘zida Iroqqa yuzlab million dollarlik mahsulotlar yetkazib berishga kelishildi. Tegishli davlatlardagi elchilarimiz Vyetnam, Bahrayn, Portugaliya bilan ham shu tartibda ishlab, hamkorlar topishi va bu bozorlarga kirish bo‘yicha ishlashi kerakligi qayd etildi. Facebook|Instagram|X

109 views

Опубликован 15 янв.

Prezidentimiz iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish orqali eksport va investitsiyalar hajmini oshirish zarurligini ta’kidladi. Zero, iqtisodiy diplomatiya – yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish orqali inson qadrini yuksaltirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy xavfsizlik esa davlat xavfsizligining asosiy poydevori hisoblanadi. Ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar doirasida 2025-yilda umumiy qiymati 160 milliard dollarlik investitsiya loyihalari va savdo shartnomalari bo‘yicha bitimlar imzolandi. Tarixda birinchi bor tashqi savdo aylanmasi 80 milliard dollardan oshib, eksport miqdori 33,5 milliard dollarga yetdi. Xorijiy investitsiyalar ham keskin ko‘payib, 43 milliard dollardan oshdi. E’tiborlisi, o‘tgan yili 75 ta davlatga eksport hajmi qariyb 4,5 milliard dollarga ko‘paygan. Facebook|Instagram|X

109 views

Опубликован 15 янв.

Yig‘ilishda chet eldagi elchixonalar, konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalar shtatlari, ular va Tashqi ishlar vazirligi xodimlarining oylik ish haqi ko‘paytirilgani qayd etildi. “Lekin barcha diplomatik vakolatxonalarimiz buni to‘g‘ri anglab, mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solyaptimi? Diplomatik faoliyatni baholashning bitta o‘lchovi bor, u ham bo‘lsa – natija! Shu bois, hozirgi sharoitda elchi degani faqat siyosiy muloqot yurituvchi shaxs emas. Elchi bu – investitsiya va texnologiyalar olib keladigan, yangi eksport bozorlarini ochadigan, transport-logistika yo‘laklarini ishga soladigan, turistlar oqimini ko‘paytiradigan, qonuniy mehnat migratsiyasi uchun sharoit yaratadigan, eng asosiysi, fuqarolarimiz huquqlarini himoya qiladigan davlat vakilidir”, – dedi Prezidentimiz. Endilikda elchilar faoliyat yuritayotgan davlatdan eksport tushumlari, turistlar oqimi, qonuniy ish joylariga fuqarolarimizni yuborish ular uchun KPI bo‘lishi belgilandi. Facebook|Instagram|X

119 views

Опубликован 15 янв.

Davlatimiz rahbari tashqi siyosat borasida 2025-yil ko‘p jihatdan natijador bo‘lganini qayd etdi. Xususan, o‘tgan yili 26 ta xorijiy davlatga oliy darajadagi tashriflar amalga oshirildi. Yangi tariximizda ilk bor Bolgariya, Finlyandiya, Slovakiya, Serbiya, Iordaniya va Paragvay rahbarlarining O‘zbekistonga tashriflari tashkil etildi. “Markaziy Osiyo plyus” formatidagi ko‘p tomonlama muloqotlar sermahsul bo‘ldi. So‘nggi yillarda 11 ta davlat bilan strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 19 taga yetdi. Qozog‘iston, Ozarbayjon, Tojikiston bilan ittifoqchilik munosabatlari yo‘lga qo‘yildi. “Ochiq, pragmatik, puxta o‘ylangan va tashabbuskor tashqi siyosatimiz natijasida O‘zbekiston global tinchlik va diplomatiya markazlaridan biriga aylanib boryapti”, – dedi Prezidentimiz. Xorijiy davlatlarda 2017-yildan buyon 16 ta yangi diplomatik va konsullik vakolatxonasi ochilib, ularning soni 60 taga, diplomatik aloqa o‘rnatilgan davlatlarning soni esa 165 taga yetdi. Facebook|Instagram|X

120 views

Опубликован 15 янв.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi. “Bugun sizlar bilan jahonda keskin geosiyosiy o‘zgarishlar bo‘layotgan, davlatlarning suverenitetiga xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotgan murakkab paytda uchrashib turibmiz. Bunday sharoitda tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimizni tanqidiy muhokama qilib, Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyatini yangicha tashkil qilish kerakligini davrning o‘zi taqozo etmoqda”, – dedi Prezidentimiz so‘zining avvalida. Facebook|Instagram|X

144 views

Опубликован 15 янв.

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi. — Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам деятельности Министерства иностранных дел и дипломатических представительств за рубежом. Facebook|Instagram|X

161 views

Опубликован 14 янв.

Markaz jamoasi barcha vatandoshlarimizni Vatan himoyachilari kuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi bilan samimiy tabriklaydi! Yurtimiz osmoni doimo musaffo, ona zaminimiz barqaror, farovon va yanada ravnaq topib borsin. Vatanimiz salohiyatini mustahkamlash va jamiyat farovonligi yoʻlida olib borilayotgan masʼuliyatli hamda fidokorona faoliyatingizda ulkan yutuq va salmoqli muvaffaqiyatlar tilaymiz. *** Коллектив Центра поздравляет всех соотечественников с Днём защитников Родины и 34-летием образования Вооружённых Сил Республики Узбекистан! Пусть небо над нашей страной всегда будет мирным и ясным, а родная земля — стабильной, благополучной и процветающей. Желаем весомых достижений и значимых успехов в ответственной и самоотверженной деятельности, направленной на укрепление потенциала нашей Родины и благополучие общества.

231 views

Опубликован 14 янв.

Prezident Shavkat Mirziyoyev: Oʻzbekiston armiyasi xalq himoyasiga doimo tayyor turishi, buning uchun tezkor, yuqori texnologiyali, yangi jang sharoitlariga mos boʻlishi kerak. — Президент Шавкат Мирзиёев: Армия Узбекистана всегда должна быть готовой к защите народа, а для этого - быть мобильной, высокотехнологичной и адаптированной к новым условиям ведения боя. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

160 views

Опубликован 14 янв.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi — Праздничное поздравление в связи с 34-й годовщиной образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днем защитников Родины Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

159 views

Опубликован 14 янв.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalari boʻyicha kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. — Под председательством Президента Республики Узбекистан, Верховного Главнокомандующего Вооруженными Силами Шавката Мирзиёева состоялось расширенное заседание Совета безопасности по вопросам укрепления военной безопасности и обороны страны. #Mirziyoyev#yigilish#Xavfsizlikkengashi#mudofaa Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

139 views

Опубликован 13 янв.

На экспертном семинаре в ЦВПИ, приуроченном к Дню защитников Родины, рассмотрены актуальные тенденции развития международной военно-политической обстановки, прежде всего в свете задач по защите национальных интересов Узбекистана. По оценке участников семинара, в 2026 году рост напряжённости в международных отношениях продолжится. Он будет сопровождаться регулярным применением военной силы и крайне напористой дипломатией при решении ключевых геополитических противоречий. Нестабильность и неопределённость становятся нормой, как и появление всё новых опасных вызовов для всей системы мирового управления. Большинство международных кризисов и конфликтов перейдут в фазу затяжных противостояний, где регулирование уровня эскалации — инструмент перманентного давления, а не средство разрешения противоречий. Во время дискуссии особое внимание уделено экономическим последствиям ужесточения конкуренции на рынках энергетических ресурсов, критического сырья, продовольствия, а также в сфере технологического доминирования и информационно-идеологического суверенитета. Налицо попытки вернуть мир к «праву сильного», всё очевиднее пренебрежение общепризнанными нормами и международным правом. Явно снижается значимость системы договоров и институтов многостороннего сотрудничества. Вполне естественно, что на этом фоне повсеместным является запрос на большую самодостаточность национальных государств, их умение обеспечивать собственную устойчивость к любым внешним и внутренним стрессам. Стремительное изменение содержания и масштабов рисков и угроз настоятельно требует обновления концептуальных основ обеспечения безопасности. Также необходимо уточнение доктринальных подходов к осуществлению внешней политики и оборонного строительства государства.

283 views
12•••5•••10•••151617181920•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384