TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
Subira ku nzira
JDPU YOSHLAR ITTIFOQI avatar

TGINSIGHT CHAT

JDPU YOSHLAR ITTIFOQI

@jdpu_yi

Uburezi

🏢 O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Jizzax davlat pedagogika universiteti boshlang’ich tashkilotining rasmiy sahifasi Aloqa uchun: @madinaxushvaqtova +998930360585

Abiyandikishije673Abiyandikishije bari mu nzira
Ubutumwa1,012Ubutumwa bwahuguriwe
Icyagezweho2,377Ibireba ubutumwa bw'ubu
Ubutumwa bw'ubu

Ubutumwa bw'ubu

Uk. 6 kuri 85 · ubutumwa 1,012

Yoherejwe 17 Mat.

#YoshlarIttifoqi#Imtiyoz 🙋 Hurmatli yoshlar, shoshiling! 🖋 Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 914-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilinadi. 📌 Mazkur qarorga muvofiq nomzodlar quyidagi toifalar bo‘yicha tavsiyanomaga ega bo‘lishlari mumkin: ➡️ 1) O‘zbekiston yoshlar ittifoqi sardorlari; ➡️ 2) O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlaridagi yo‘nalish yetakchilari; ➡️ 3) O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi yoshlar. 📍Ushbu imtiyozga ega bo‘lish istagini bildirgan yoshlar joriy yilning 18 - aprel sanasiga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashiga hujjat topshirishlari mumkin. 🇺🇿Jizzax yoshlari | Yoshlar ittifoqi Bizning sahifalarimiz: 💬Telegram📷Instagram💬Facebook

207 views

Yoherejwe 16 Mat.

Mana bu katta imkon: Yaqinroq keling, "WikiKitob II" tanlovida beriladigan testlarning javobini qayerdan topishni aytaman 😱 🤓 Xullas, 26-aprel kuni sizga beriladigan 40 ta test mana bu havolada keltirilgan maqolalardan olingan — maqolalar Siz bemalol u yerdagi ma’lumotlardan foydalanishingiz mumkin. O‘rtoqlar, faqat buni hech kim bilmasin 😉 😊 O‘zimizni maqtab qo‘yaylik: katta-katta tanlovlar o‘tkazib, ishtirokchilarga imkon qadar yordam beradigan loyiha yana qayerda bor ekan-a?! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

200 views

Yoherejwe 16 Mat.

#JizzaxYoshlari#YoshlarKuni 🔍Payshanba — yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi, Mudofaa ishlari bo‘limi faxriylar Kengashi hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti hamkorligida iqtidorli talaba qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi. 🔍Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanish, jamiyatda xotin-qizlarning tutgan o‘rni, ular uchun yaratilgan alohida sharoitlar haqida fikr almashildi. Shuningdek, iqtidorli talaba qizlarning ijodiy izlanishlari, maqola yozish va ularni nashr ettirish masalalari yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. 🇺🇿Jizzax yoshlari | Yoshlar ittifoqi Bizning sahifalarimiz: 💬Telegram📷Instagram💬Facebook

234 views

Yoherejwe 16 Mat.

#YoshlarIttifoqi#Munozara 🙋 “Munozara” respublika turniriga start berildi! 🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Munozara” respublika turnirining 2026-yilgi mavsumiga start beradi. 🎓 Turnirda barcha oliy ta’lim tashkilotlari talabalari 3 nafar ishtirokchidan iborat jamoa tuzgan holda ishtirok etishlari mumkin. 💬 “Munozara” respublika turniri uch bosqichda oliy ta'lim tashkiloti, hududiy va respublika bosqichi tartibida o‘tkaziladi. Birinchi oliy ta’lim tashkiloti bosqichi fakultetlar jamoalari o‘rtasida joriy yilning 20-aprel – 2-may oralig‘ida tashkil etiladi. ➡️Turnir nizomi va yo‘riqnomasi ➡️Tavsiya etilgan mavzular ro‘yxati ➡️Hududiy bosqich reja-grafigi 🎁 Turnirning respublika bosqichi g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari, diplom va quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: ➡️ 1-o‘rin – 30 million so‘m; ➡️ 2-o‘rin – 20 million so‘m; ➡️ 3-o‘rin – 15 million so‘m. 🔎 Turnirda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin. Bizning sahifalarimiz: 1️⃣Telegram2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺You tube

212 views

Yoherejwe 15 Mat.

Assalomu alaykum,ilmga chanqoq qizlar! Ertaga sizlar uchun tashkil etilgan forumda barchangizni yaxshi kayfiyatda kutamiz 🥰 Maqola yozish, nashr qildirish haqida savollarga javob topasiz va faol ishtirokingiz uchun sovgʻalar bilan taqdirlanasiz. 16.04.2026 Soat: 14:00 JDPU Bogʻishamol filiali kutubxonasi @sevinch_doniyorovna +998931297481

190 views

Yoherejwe 15 Mat.

📢DIQQAT E’LON! Jizzax davlat pedagogika universitetida joriy yilning 16-aprel kuni soat 13:00 da universitetning Madaniyat saroyida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etiladi. Mazkur uchrashuv doirasida respublika hamda universitet miqyosida o‘tkazilgan nufuzli tanlovlar g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Jumladan: 🏅Nomdor stipendiya sohiblariga guvohnomalar topshirish hamda ularning ilmiy rahbarlarini taqdirlash 🏆 “Rektor olimpiadasi” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash 🌍Turkmanistonda o‘tkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasi — OMOUS–2026 ishtirokchilarini taqdirlash 💡 “Eng kreativ g‘oya” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash Mazkur tadbir yoshlarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning yutuqlarini e’tirof etish hamda rag‘batlantirishga qaratilgan muhim uchrashuvlardan biri hisoblanadi. Barcha professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda keng jamoatchilik vakillarini ushbu tantanali tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

156 views

Yoherejwe 14 Mat.

#JavohirSindarov#AnishGiri#ChessMatch 🙋 Javohir Sindarovni birga qo‘llab-quvvatlaymiz! 🔎 Ayni paytda Kiprda Jahon chempionligi uchun yo‘llanma beruvchi nufuzli Nomzodlar turniri qizg‘in pallaga kirgan! Bu turnirda ilk bor ishtirok etayotgan yurtdoshimiz Javohir Sindarov tarixiy natija ko‘rsatib, turnir jadvalida yetkchi bo’lib turibdi! Bugungi turda u eng yaqin ta’qibchisi Anish Giriga qarshi muhim bahs olib boradi. 🎉Turnir yakuniga yaqinlashib bormoqda, bugungi partiya hal qiluvchi ahamiyatga ega. Javohir Sindarov bugun durang qayd etsa ham, muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritishi mumkin! ⏲13-tur bahslari 17:45'da boshlanadi 👥BahslarniUzchess YouTube kanalida tomosha qiling ➡️Havola Bizning sahifalarimiz: 1️⃣Telegram2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺You tube

194 views

Yoherejwe 14 Mat.

🎀Qizlar uchun ajoyib imkoniyat! Mega grantning yarmi faqat qizlar uchun Zamonaviy kasblarga qiziqadigan qizlar diqqatiga: Najot Ta’lim IT Park Uzbekistan va Jahon Banki bilan hamkorlikda 300 nafar yoshlar uchun grant e’lon qildi. Ushbu grantning naqd 50%i qizlar uchun bo’lib 8 oylik Sun’iy intellekt (ML) kursini mutlaq bepulga o’qishadi. 💻Saralash 3 bosqichda: ariza topshirish, test imtihoni va suhbatdan iborat Test sanasi 19-aprel (ariza topshirishning so’nggi muddati 18-aprel 14:00) Grant g'oliblarining 120 nafari Toshkent shahri va qolgan 180 nafari(60 nafardan) Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm shaharlarida tahsil oladi. 🖇Batafsilnizom bilan tanishing ✨Eng ko'p beriladigan savollar ro'yxati ⚡️Muddat tugab bormoqda, hoziroq ariza topshiring! ❤️Grant uchun ariza topshirish! 👩‍🎓Qizlar_ovozi_official

182 views

Yoherejwe 14 Mat.

#Tanlov#RegistonOlimpiadasi 🙋“Registon olimpiadasi” tanloviga start berildi! 🎓 Registon ta’lim loyihasi barcha 3-10-sinf o‘quvchilarini intellektual musobaqaga taklif etadi. 💳 Tanlovda nafaqat bilimingizni sinovdan o‘tkazasiz, balki umumiy qiymati 160 million so‘mlik 🚗 Bosh sovrin — Onix avtomobili, 🖼 iPad planshetlari, 🆔 Registondan maxsus grant va sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin. 🖋Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma'lumot uchun havolani bosing. ➡️Ro'yxatdan o'tish ➡️Ro'yxatdan o'tish ➡️Ro'yxatdan o'tish Bizning sahifalarimiz: 1️⃣Telegram2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺You tube

186 views

Yoherejwe 13 Mat.

#tanlov_kitobxon_talaba_ 📖“Kitobxon talaba” tanlovining 5-mavsumiga start beriladi. 14-aprel kuni ko‘pchilik intizorlik bilan kutgan “Kitobxon talaba” tanlovining 5-mavsumi 1-bosqichi bo‘lib o‘tadi. Tanlovning test jarayonlari Axborot-resurs markazi binosida (200 va 201-xonalar) ikki smenada tashkil etiladi: 1-smena — soat 10:00 da, 2-smena — soat 14:00 da. Barcha ishtirokchilardan belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishlari hamda tartib-qoidalarga qat’iy amal qilishlari so‘raladi. Tanlovda faol ishtirok etib, bilimingizni sinovdan o‘tkazing va g‘oliblar safidan munosib o‘rin egallang. 🔹JDPU axborot xizmati.

106 views

Yoherejwe 10 Mat.

📢 Fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida kichik grantlar tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda va Yevropa Ittifoqi ko‘magida biz quyidagi tanlovni e’lon qilamiz: “Korrupsiyaga qarshi fuqarolik tashabbuslari: ishtirok, shaffoflik va yechimlar” 🔎 Ustuvor yo‘nalishlar: • fuqarolik jamiyatining normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqishdagi ishtiroki • shaffoflikni oshirishga qaratilgan raqamli yechimlar va vositalar • ayollarning iqtisodiy faoliyatdagi imkoniyatlarini kengaytirish • mahalliy darajada korrupsiyaga qarshi kurashish 👥 Kimlar ishtirok etishi mumkin: NNTlar, jumladan ayollar va yoshlar tashkilotlari, shuningdek ta’lim va ilmiy muassasalar (tijorat tashkilotlari va jismoniy shaxslar ishtirok eta olmaydi) ❗️ Ariza topshirishdan oldin onlayn axborot sessiyada ishtirok etish zarur (tanlov tartiblari va ariza talablari bo‘yicha tushuntirish beriladi) 17-aprel (15:00) yoki 24-aprel (10:00) 📄 Ariza topshirish tartibi: • Tanlov konsepsiyasi va nizomi bilan tanishing • Loyiha arizasi va ma’muriy shaklni tayyorlang • Ariza o‘zbek yoki rus tilida, tashkilotni aniqlovchi ma’lumotlarsiz topshiriladi • Hujjatlarni quyidagi manzilga yuboring: [email protected] 📅 Arizalar qabul qilish muddati: 2026-yil 4-may, 00:00 gacha 📞 +998 98 800 20 84 Batafsil: https://go.undp.org/StE • • • • 📢 Конкурс малых грантов среди институтов гражданского общества Совместно с Агентством по противодействию коррупции Республики Узбекистан и при поддержке Европейского Союза мы объявляем конкурс: «Гражданские инициативы против коррупции: участие, прозрачность и решения» 🔎 Приоритетные направления: • участие гражданского общества в нормотворчестве • цифровые решения и инструменты прозрачности • расширение возможностей женщин в экономике • противодействие коррупции на местном уровне 👥 Кто может участвовать: ННО, включая женские и молодежные организации, а также образовательные и научные учреждения Узбекистана (коммерческие организации и физические лица не допускаются) ❗️ Перед подачей заявки необходимо участие в информационной онлайн-сессии (разъяснение процедур конкурса и требований к заявке) 17 апреля (15:00) или 24 апреля (10:00) 📄 Как подать заявку: • Ознакомьтесь с концепцией и положением конкурса • Подготовьте проектную заявку и административную форму • Заявка сдается на узбекском или русском языке, без указания данных об организации • Отправьте документы на: [email protected] 📅 Срок подачи заявок: 4 мая 2026 года до 00:00 📞 +998 98 800 20 84 Подробнее: https://go.undp.org/StR #UNitedAgainstCorruption#EU4UZ

251 views

Yoherejwe 10 Mat.

#diqqat_tanlov ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ 📢“Eng yaxshi oliy ta’lim ixtirochisi” respublika tanloviga arizalar qabuli boshlandi! Innovatsion rivojlanish agentligi oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida ixtirochilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mazkur tanlovni e’lon qiladi. Tanlovning asosiy shartlari va talablari: ✅ Davlat oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va tahsil olayotgan talabalar. ✅ Talabgor aniq bir ixtiroga yoki foydali modelga ega bo‘lishi lozim. Ilgari ushbu tanlovda qatnashgan loyihalar qayta qabul qilinmaydi. ✅ Sun’iy intellekt, IT, muhandislik, qayta ishlash, tabiiy fanlar, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, arxitektura va transport logistikasi. ✅ Tanlov uch bosqichda (OTM ichki saralashi —> Hududiy bosqich —> Respublika bosqichi) bo‘lib o‘tadi. ✅ Energotejamkorlik, ekologik tozalik, ijtimoiy ahamiyat, tayyorlik darajasi (maket/prototip), eksportboplik va patent mavjudligi. Arizalar 2026-yil 11-mayga qadar qabul qilinadi. Saralash bosqichi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir kun muddatda g‘olib bo‘lgan talabgorlar arizalarni elektron platforma (ixtiro.ilmiy.uz) orqali hududiy bosqichga yuboradilar. ❗️ Muhim: Platformaning majburiy (*) kataklari to‘ldirilmagan yoki muallif bo‘lmagan shaxslar tomonidan yuborilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. Ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun loyiha rahbari shaxsan javobgar. 📞 Ma’lumot uchun: +99871 203-32-23 (ichki raqam: 244) 🌐Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

259 views
12•••45678•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485