TGINSIGHT CHAT
Uyg’onish
@uygonturon
IsimuAsliddin Kamolning yagona telegrami👉🏻@k_A_i_4 Boshqa barcha telegram sahifalar soxta.
Machapisho ya hivi karibuni
Uk. 6 kati ya 19 · machapisho 222
Imechapishwa 27 Apr
Mana siyosiy partiyalar ham xalq bilan muloqotlarni boshlab yubordilar. Saylovlarga hali ancha borku, bularni kim erta uyg’otib yubordi ekan? @UygonTuron
Imechapishwa 26 Apr
Masalan siz ham diktator bo’lsangiz, butun tizim, kuch tuzilmalari sizga xizmat qilsa, atrofizda minglab qo’riqchilar va butun vakolatlar o’z qo’lizda bo’lsa, siz ham anchagina dovyurakka aylanasiz. Ammo diktatorlar sizning o’rningizda bo’lganlarida hech qachon siz kabi tizimni kamchiliklarini ayta olishga o’zlarida jur’at topolmasdilar. Har bir diktator o’zidan avvalgi diktatorni tovonini yalab ,tuzumning sodiq quli bo’lib hokimiyatga kelganini unutmang. @UygonTuron
Imechapishwa 26 Apr
Dunyoga qo’rquv soladigan Trump o’q ovozidan keyin sahnadan yonida o’tirgan ayoliniyam tashlab, emaklab qochib ketdi. Uning eng ishonchli odami Vins esa undan ham oldin quyonni rasmni chizdi. Bu kadrlar shuni ko’rsatadiki, hokimiyat har qanday qo’rqoqni botir qilib qo’yadi. Insonni aslini himoyasiz qolganida ko’rish mumkin. Davlat medialari tizimni va diktatorni tinimsiz kuchli, aqlli va qo’rqmas qilib odamlar ongiga singdirishga urinadilar. Aslida tizim ham, u yaratgan diktator ham o’ta qo’rqoq va zaif bo’ladi. Ularni qudratli qiladigan yagona kuch bu - xalq. Xalqdan kuch olib, xalqqa zulum qilish diktaturaning jirkanch qiyofasidir. Haqiqiy mardlar bunday jirkanch tizimga xizmat qilmaydilar. @UygonTuron
Imechapishwa 25 Apr
Demokratiya erkinlik emas. Demos-xalq, kratos-hokimiyat. Ya’ni bunday jamiyatda ko’pchilikning fikri barcha qoidalardan ustun turadi. Agar bizda konstitutsiyamizga amal qilinganida, demokratiyaga yo’l berilganida bugun na dutorchilar maktablarda bemalol yurolardi, na chakib olib intervyu beradigan otarchilar vazir bo’lardi. Demokratik boshqaruvni xoxlayotgan xalqqa o’zlarining avtoritar boshqaruvlari yaratgan sun’iy buzuqlikni “mana sizlarga demokratiya” deyish xalqni ustidan ochiqcha kulishdan boshqa narsa emas. Xalq dushmanlari bular, xullas. @UygonTuron
Imechapishwa 20 Apr
"Davlat ishidan foyda olish niyyatida bo'lganlar, qabrlarni talashga ham qodir jirkanch shaxslardir." Plutarx (46–127), qadimgi yunon yozuvchisi, mutafakkir va tarixchi @UygonTuron
Imechapishwa 19 Apr
Mubashshir Ahmad Tovoqsoyda @UygonTuron
Imechapishwa 18 Apr
Vafo Mo’minga raddiya: Avvalo, vatan omon bo’lishi har bir vatandoshning, ayniqsa, uyg’oq qatlamning qanchalar siyosiy faolligiga bog’liq. Bugun mamlakatlar bosib olinmayapti, sotib olinyapti. Insonlarni majburlab o’zligidan ayirishmayapti, buni ularning xoxishiga aylantirshyapti. Siz kurash bog’lagan yod madaniyatlar tashqaridan emas, ichkaridan tizimli rivojlantirilyapti. Sizningcha TV larimizda qo’yilayotgan faxsh targ’ibotlarini tashqi kuchlar qilyaptimi? TVlarimizni nazorat qiladiganlar ko’rmayaptimi? Siyosiy faollarni sahifalarini bugun bemalol bloklatayotgan dxx landovurlari tobora ko’payib borayotgan instagram va tiktokda 100 minglab obunachilarni yig’ayotgan translar va geylarning sahifalarini nega bloklatolmayapti? Bugun siz aralashishni istamayotgan (balki qo’rqayotgan) siyosat sabab yerlarimiz Xitoylarga sotilyapti, davlat aktivlari AQSH yahudiylari qo’liga o’tyapti, sizningcha bularga kim aybdor? Biz doim xalqimiz birlashmaydi deb aybni oddiy avomga to’nkab o’rganganmiz. Aslida dunyoning hech qayerida, hech qachon xalq birlashmagan. Xalq doim ergashadi. Istalgan daholaringizni kitoblarini varoqlang, ular ham xuddi shu fikrni bildirishgan. Bizni xalq mustaqillik yillarida ham birlashgan edi. Biroq birlashtirayotgan muxolifatning safida hammasining ham niyati xolis emas edi. Ko’plar muxolifatni kelajagini hokimiyatda ko’rib, manfaat ilinjida unga kelib qo’shildilar. Xalq qo’lladi, biroq ustunlik kommunistlar tomonga o’tgach bu manfur kimsalar muxolifatning parchalanishiga sababchi bo’ldilar. Bu mag’lubiyatlarning ta’siri hozir ham seziladi. Xalqni ergashtirish salohiyatiga ega insonlar real amaliy ishlarga kelganda men siyosatchi emasman deb orqaga urishadi. Faollar qo’rqqanidan keyin oddiy xalqda nima ayb?! Sizga eslatma! Mirziyoyev ham siyosatchi emas, maktabni ikkiga o’qigan oddiy irrigator. Chekistlar qurgan tuzum doim ana shunaqa ikkichilarni tepaga chiqarib, parda ortidan davlatni o’zlari boshqarib kelishyapti. Bugun O’zbekiston geylashmoqda. Katta ehtimol bilan yana 10-15 yildan keyin hatto g’arb yoqqasini ushlaydigan darajada geylar ko’payib ketadi. Chunki bu ishlar tizimli qilinyapti. Amaldagi rejimni faqatgina jamiyatni faxshga botirib saqlab qolish mumkin. Sizning ularga qarshi kurashingiz esa teskari effekt berib, ularni manfaatlariga xizmat qilyapti. Misol uchun, dutor qo’shig’i aynan tanqidlar sabab rekka chiqdi. Ular sizga buning uchun raxmat aytishsa arziydi. Vatan qachongi uning mard o’g’lonlari o’limga tik boqib siyosiy maydonga kirsalar omon bo’ladi. Bugun eng muhim janglar maydonlarda emas, minbarlarda bo’lyapti. Bugun tashqaridagi emas, ichimizdagi dushmanlarimiz asosiy xavf bo’lyapti. Bugun konstitutsiyaviy huquqlarimizni eslatish emas, undan foydalanish payti. Shunday muhim tarixiy pallada “Men shunchaki faolman, siyosatchi emasman”deyishingiz, jang maydonidagi “men vatanimni sevaman ammo jang qilolmayman, kechirasizlar” deydigan askarning gapidan bo’lyapti. Bugungi AQSHni siyosatchilar emas, siz va menga o’xshagan xalqning ichidan chiqqan fidoiylar qurgan edi. Xuddi shunday yurtimizni bugun botayotgan botqoqdan faqatgina uyg’oqlar siyosiy maydonda birlashibgina chiqarishlari mumkin. Boshqa yo’li yo’q. P.s: Tasavvur qiling, siz, Rasul Kusherbayev va boshqa yuzlab faollar kelinglar birlashib, konstitutsiyaviy huquqlarimizdan foydalanib, muxolifat partiyasi tuzamiz, parlamentga kirib, o’sha yerda haqiqat uchun kurashamiz desangiz man ishonch bilan aytaman millionlab odamlar atrofingizda birlashadi. Amaldagi avtoritar rejim ham bunday paytda chorasiz qolib sizlarga yon berishga majbur bo’ladi. Shunchaki, muammo xalqda emas, muammo sizlarda. Tizim allaqachon chirib bo’lgan, xalq ham bu tizimdan to’ygan. Ammo uyg’oqlarimizda ozgina “dux”yetishmayapti. @UygonTuron
Imechapishwa 17 Apr
Ultontozni Mirziyoyevga, yaloqbardorlarini dxxchilarga o'xshataman. Xalq Alpomish kelishini kutib yashayapti. @UygonTuron
Imechapishwa 16 Apr
Fuqaro atamasining lug’atimizda paydo bo’lish tarixi haqida to’rt yil avval Ko’zguda gaplashganmiz. Yangilanayotgan konstitutsiyaga takliflar ham bergandik o’shanda. Ammo, lekin, biroq. Mavzu hozir ham dolzarb. @UygonTuron
Imechapishwa 16 Apr
Qo'rquvga asoslangan ta'lim tizimi qo'rqoq va bo'ysinuvchan talabalarni dunyoga keltiradi. Siz ulardan hech nima kutmang. ✅Albert Eynshteyn @UygonTuron
Imechapishwa 14 Apr
Qishlog’imiz manzaralari Bu yerlarda hech qachon anomal nimadirlar bo’lmaydi. Hech qachon daraxtlarni kesib qurilish qilishayotganini ko’rmaysiz. Hech qachon svet o’chmaydi va hech qachon qishda metanda navbatda turilmaydi. @UygonTuron
Imechapishwa 14 Apr
Qishlog’imiz manzaralari Bu yerlarda hech qachon anomal nimadirlar bo’lmaydi. Hech qachon daraxtlarni kesib qurilish qilishayotganini ko’rmaysiz. Hech qachon svet o’chmaydi va hech qachon qishda metanda navbatda turilmaydi. @UygonTuron