TGINSIGHT CHAT
Uyg’onish
@uygonturon
IsimuAsliddin Kamolning yagona telegrami👉🏻@k_A_i_4 Boshqa barcha telegram sahifalar soxta.
Machapisho ya hivi karibuni
Uk. 4 kati ya 19 · machapisho 222
Imechapishwa siku 26 zilizopita
https://www.youtube.com/live/B0yVamfUNQ0?is=JGeXDjAyM1KZV0Ah
Imechapishwa siku 26 zilizopita
Ikkinchi jahon urushida bosib olingan Fransiya 85 yoshli keksa fransuz marshalli boshchiligida nemislar tayinlagan sotqin hukumat qo’liga o’tdi. Urushdan keyin ozod etilgan Fransiyada bosqinchiga sotilgan hukumat shavfqatsiz jazolandi. Xuddi shunday Italiya bosh vaziri Mussolini ham Italyalik partizanlar tomonidan ushlab dorga osildi. Nemislar tomonidan bosib olingan boshqa yevropa mamlakatlaridayam bosqinchiga xizmat qilganlar jazolandi. Endi savol! Ruslar bizni o’lkalarga bostirib kelganida ularga sotilganlar, yuz yillar davomida bosqinchiga xizmat qilganlar qachon jazolandi? Qachon biz bosqinchi ruslar hokimiyatga keltirganlarni jazoladik va tarixiy haqiqatni o’z-o’rniga qo’ydik? Mana nima uchun bizda hozir sharafini sotgan sotqinlar, xalqdan o’zini ustun qo’ygan korrupsioner-o’g’rilar ko’p. Jazosizlik bundaylarni ildizini ko’paytiradi. @UygonTuron
Imechapishwa siku 26 zilizopita
Takrorda foyda bor! 2021 yilda yozgan maqolam: ___ Ziyolilarini asramagan millatni Allox shu dunyoni o‘zida xor qiladi! 1938 yil oktyabr. Shu yurt, shu xalq uchun umrini bag‘ishlagan bir gurux millat ziyolilari o‘z ona yurtida bosqinchilar qo‘lida shafqatsizlarcha otib tashlandi. Xo‘sh bu paytda millat qayerda edi? Stalin uchun jonini bergan millionlab o‘g‘lonlar qayerda edi? Axir Qodiriylar, Cho‘lponlar shularni deb jon bermaganmidi?! Ularning so‘nggi daqiqalarini bir ko‘z oldingizga keltiring, xayollaridan eng oxirgi daqiqalarda nimalar kechdi ekan? So‘nggi daqiqagasigacha millatining mard o‘g‘lonlari kelib ularni qutqarishiga umid qilishganmikan? Yoki mana shu qo‘rqoq, o‘zini tinchini o‘ylab yashaydigan millat uchun umrlarini bag‘ishlaganlariga afsus qilishganmikan? Bilmadim bularni qaybiri o‘tdi ularni xayolidan, bu xayollar o‘zlari bilan ko‘milib ketdi. O‘shanda balki bu qo‘rqoq xalqni qarg‘ashgandir? Beayb xalq dushmani deb otilganlarning qancha onaizorlari qarg‘adi ekan bu xalqni? Balki shu farzand dog‘ida kuygan mushtiparlarni qarg‘ishi urdimi, yoki yetim qolgan bolalarning gunohiga qoldimi bilmadim lekin oradan ko‘p ham o‘tmay butun millat farzand dog‘i nima ekanini o‘zida his qildi. O‘z jonini o‘ylab, o‘z yurtida sharafli o‘lim topishdan qo‘rqib ziyolilarini otib tashlashlariga indamay turgan bu xalq ko‘p o‘tmay o‘z diktatori uchun o‘zga yurtlarda xor-u zorlikda kafansiz ko‘milib ketdi. Ularning ko‘pini xatto qabri ham yo‘q. Ular Allox taoloni shunchalar la’natiga mubtalo bo‘lishganmidiki hatto ona vatan tuprog‘i ularni o‘z bag‘riga olishga jirkangandi. Shu o‘rinda Allox “lut” qavmini qanday xor qilganini eslang?! Allox taolo ularga yuborgan ilm ahllarini qadrlamagan, ularga tosh otgan har bir millatni ana shunday jazolashiga tarix guvoh. Bugun esa tarixning mana shu mash’um kunlarini har birimiz yaxshi angalshimiz, taxlil qilishimiz va ular qilgan xatolarini takrorlamasligimiz zarur( biz esa hatto xotira va qadrlash kunida kimlarni xotirlashimiz keraklini ham bilmaymiz). Zero tarixni bilmay turib kelajakni qurib bo‘lmaydi. Kelajakni esa millat ichidan chiqqan fidoiy, jonkuyar ilm ahllari quradi. Shu o‘rinda urush haqida shaxsiy qarashlarimni bildirib ketsam. Birinchidan, millat uchun jon beradiganlar 1941-yilgacha jon berib búlgan edi. Ikkinchidan, Ikkinchi jaxon urushi bu ikki qonho‘r diktator o‘rtasidagi urush edi. Bu urush bizga mutlaqo begona edi. Agar vaqtida bu millat o‘z ziyolilarini quloq tutib, ularning izidan yurganida juda bo‘lmaganda bu urushga o‘z ona tuprog‘ida mustaqil davlat sifatida kirar edi. Shaxid ketsa o‘z ona tuprog‘i ularni bag‘riga olar edi, ammo ular bu urushga qul sifatida majburlab yuborildi. Yoki urushga bormaslikdan boshqa choralari ham bormidi? O‘z bosqinchilari himoyasi uchun o‘zga yurtlarda safarbar qilinib, urushning old qanotlarida qurolsiz, qurol bo‘lsa o‘qsiz jangga kirishni menimcha xech kim istamaydi. Faqatgina qullar bunday nochorlikka maxkum bo‘ladilar va albatta yuqorida aytganimdek Allox ularning qilgan gunoxlari uchun shu dunyoni o‘zida do‘zaxni ko‘rsatgandi. Bu ularga jazo bizga esa ibrat bo‘lsin. Allox o‘tganlarni gunohlarini kechirsin. Kech bo‘lmasidan ilm ahlini ortidan ergashing. @UygonTuron
Imechapishwa siku 27 zilizopita
Moxovning chaqirilmagan paradiga kutilmaganda uchib borgan Mirziyoyevni Putin emas, uning bosh vaziri ham emas, umuman vazirlariyam emas, vazir o’rinbosari kutib oldi. P.s: Qaytayotganida yandeksda chiqarib yuborishmasa bo’lgani😅 @UygonTuron
Imechapishwa siku 27 zilizopita
Takrorda foyda bor! 1939 yilda Yevropani o'zaro bo'lib olish ustida Hitler Germaniyasi va SSSR o'rtasida Molotov-Ribbentrop maxfiy kelishuvi imzolanadi. Kelishuvga ko'ra Yevropaning bir qismini nemislar bosib olishi kerak, Boltiq bo'yi mamlakatlari, Latviya, Litva, Estoniya va Finlandiya esa Rossiya tomonidan egallanishi kerak edi. Shunday qilib, maxfiy kelishuv asosida SSSR va Germaniya ikkinchi jahon urushini boshlaydilar va 1939 yilda Polshaga bostirib kiradilar. Polshaning bir qismini SSSR, bir qismini nemislar egallaydi. 1939 yil 30 noyabrda, Hitler Germaniyasi bilan tuzilgan maxfiy bitmga ko'ra SSSR Finlandiyaga bostirib kiradi. Ruslar Finlandiyani tez fursatda bosib olishlariga ishonishardi. Ammo 170 million aholiga ega bo'lgan qudratli SSSR, atigi 3 million aholiga ega Finlandiyadan kaltak yeb, 1940 yil, 3-martda urushni tugatishga majbur bo'ladi. Bu jangda SSSR yuz mingdan ortiq askarlarini yo'qotadi. Finlandiya mustaqilligini saqlab qoladi. Aynan ana shu urush qudratli deb ko'rilgan SSSRni aslida zaif ekanini, uning urushdagi do'sti bo'lgan nemislarga ko'rsatib qo'yadi. Nemislar o'risni bu qadar sharmanda bo'lishlarini kutmagan edilar. Shu urushdan keyin Yevropani bemalol bosib olayotgan Hitler Germaniyasi bira-to'la daxriy bolsheviklarni ham yo'q qilishni istab qoladi va 1941 yilda, ittifoqchisi bo'lgan SSSRga bostirib kiradi. Nemislar qisqa muddatda SSSRning kattagina qismini bosib olishadi. Uni butkul tor-mor qilishlari ham aniq edi. Biroq, 1941-yilda AQSH prezidenti, Ruzvelt tomonidan Lend-Liz dasturi ishga tushiriladi. Bu dasturga ko'ra, AQSH fashistlarga qarshi, SSSR, Buyuk-Britaniya va Xitoyni qurol-yarog', oziq-ovqat va harbiy texnikalar bilan ta'minlaydigan bo'ladi. Aynan shu dastur sabab nemislar urushda mag'lubiyatga uchrashdi. Bu urush inson qadrini bir tiyinga olmagan ikki qonxo'r diktatorning urushi edi. Ularning o'zaro urushiga millionlab odamlar majburlab jo'natildi. Urushga yuborish uchun ulug' vatan urushi degan cho'pchaklar tarqatilib, odamlarni aldashdi, majburlashdi, qo'rqitishdi, qamashdi, o'ldirishdi. Millionlab yurtdoshlarimiz bu urushga xuddi qul kabi yuborildi. Ularni hayoti, taqdiri, hatto o'z hukumatlarini o'ylantirmasdi. Qancha odam o'lsa-o'lsin lekin diktator va tuzum tirik qolsin! Endi shu fojeani g'alaba deya bayram qilish uchun odam naqadar manqurt bo'lishi kerak? @UygonTuron
Imechapishwa siku 27 zilizopita
Ikkinchi jahon urushi ulug’ vatan urushi emas, xor bo’lgan qullar fojeasidir! Haqiqiy vatan himoyachilari 1938-yillargacha otilib ketgan edi. Urushga borganlarning aksari o'z vaqtida jadidlarni nohaq ayblab otishganda inidan chiqishga qo'rqqan qo'rqoq olomon, siyosatga aralashmaydigan qo'y-qo'zilar, bosqinchiga sotilgan xoinlar edi. O'z yurtida vatani uchun jonini berishdan qo'rqqanlar, o'zga yurtda bosqinchisi uchun xor bo'lib o'lgani g'alaba emas, fojeadir! Bunday badbaxt qismatga achinish va bundan to'g'ri saboq chiqarish kerak! Ertaga 9-may, shu mavzuda you tubeda jonli yoyin qilamiz. @UygonTuron
Imechapishwa siku 28 zilizopita
Hozir qamalayotganlarni sud qarorlariga “hukm to qiyomatgacha o’z kuchida qolsin, 100 yildan keyin oqlanmasin” - degan bandni kiritish kerak. @UygonTuron
Imechapishwa siku 28 zilizopita
Sirojiddin Mediadan keyin bloger Otabek Hamidov ham soxta ayblov bilan xibsga olindi. Gulirano Qosimova ishida yengilgan IIV qonunlarga tupurgan holda qasos olyapti. Buyog’i endi IIV ga xizmat qilayotgan 👂🏻larning ko’chasida bayram. @UygonTuron
Imechapishwa siku 29 zilizopita
Tarixidan xulosa chiqarmagan millat xorlikka mahkumdir. O’tgan asrdayam xuddi bugungidek millat dardida, xalqning ozodligi uchun kurashganlar hokimiyat qatag’on mashinasining qurbonlari bo’lishgan. Ularniyam izidan qancha landovur ko’ppaklar izg’ib yurgan. Nomlarini xalq orasida obro’sizlantirishda qancha eshagiyu, bobik-cho’chqalari itdek xizmat qilgan. O’zining tinchini o’ylab qancha sudyayu prokurori tepadan kelgan hukmni indamay o’qib qo’ygan. Qani ularning bari endi? Ammo millat bu xoinlarning xiyonatidan hanuzgacha o’ziga kelolgan emas. Bugun o’tgan asrdagi vatanparvarlarimizning nomlarigina oqlanmoqda. Biroq, o’sha rejim, o’sha qattag’on mashinasi bugun ham o’z ishini davom ettiryapti. Bugun ham minglab ko’ppaklar tuzumning xizmatida kecha-yu, kunduz itdek izg’imoqdalar. Xalqning ko’zini ochayotganlar, taraqqiyot sari boshlayotganlar bugun ham ta’qibda, qamoqda. Kun kelib bugungilaram shunday oqlanadilar. Biroq, tarixdan xulosa qilinmasa, chekistlar qurgan bu xoin tuzum to’xtatilinmasa bugungi tariximiz yana takrorlanaveradi. Yo’qotilgan vaqt, millionlab uvol bo’lgan umrlar va sarobga aylangan orzular qoladi. UYG’ON TURON! @UygonTuron
Imechapishwa 5 Mei
7 sutkaga qamalgan yigitni qayerdaligini hech kim bilmaydi. Oila a’zolarigayam, advokatigayam hozirgacha ko’rsatilmayapti. Ayni paytda soxta arizachi topilib yigitni ustidan firibgarlik bo’yicha jinoyat ishi tashkillashtirilyapti. IIV yigitni uzur so’ragan videosini chiqarmaganiga qaraganda uni sindira olishmagan. Shu sababdan ham hanuzgacha hammadan yashirishyapti. @UygonTuron
Imechapishwa 5 Mei
Takrorda foyda bor! Xalq faqat qahramonlarini emas, sotqinlariniyam unutmasligi kerak! 2023 yil, 23 noyabrda yozgan eski postim 👇🏻👇🏻👇🏻 _ Men hech qachon biror kishi haqida asossiz yozmaganman. Qachon uning kimligiga 100% ishonch hosil qilsam, keyin yozaman. Yaqinda qidiruvga berilgan taftishchilar aytganimdek, kuchishlatarlarning ishonchini oqlashdi. Siyosiy mahbus, Abduqodir Moʻminovning apellyasiya sudiga kirib, hech qanday ma'lumot chiqarmagan jurnalist, endi u haqida buyurtma ish bajaribdi. Buyurtmachi kim deysizmi? Videoni bir qismida, "Facebook foydalanuvchilari Abduqodir Moʻminovga nisbatan salbiy munosabatda" - deya, bir nechta troll akauntlarning izohlarini koʻrsatadi. Aynan shu troll akauntlarni men ancha avval DXX tomonidan ochilgan troll akkauntlar ekanini va DXX buyurtmalarini bajarishini fosh qilganman. Taftishchilar DXX trollarini izohlarini koʻtarib yurgani ham buyurtmachi kim ekanini koʻrsatadi. Ilgari aytganimdek, DXXda kadrlar masalasida jiddiy muammolar bor. Bir ishni eplab bajarisholmaydi. Oʻzlaridan iz qoldirib ketishmasa boʻlmaydi🤦♂️ Taftishchilarning koʻrsatgan bu xizmatlari uchun ularga nisbatan ochilgan ish yopildi menimcha. Aytgancha, qamoqqa olishga sanksiya berilgan kishini bemalol ochiqda jurnalistik surishtiruv oʻtkazib yurishi ham faqat Yangi Oʻzbekistonda uchrasa kerak😁 Kimni kimligini bilib oling, bu buyurtmachi jurnalistlar bilan vaqti keladi, albatta hisoblashamiz hali☝️ DXX buyurtmasini pastdagi link orqali tomosha qilishingiz mumkin https://youtu.be/BWykkfFBLSc?is=oS2rLXmwIpkkg0Fc @UygonTuron
Imechapishwa 5 Mei
Manashu ham aslida ko’cha yurishlari hisoblanadi. Faqat kim tashkil qilganiga qarab malakalanadi: Hukumat idoralari tashkil qilsa bu - marafon. Xalq tashabbus bilan chiqsa - ruxsat etilmagan ko’cha namoyishlari. @UygonTuron