TGINSIGHT CHAT
Uyg’onish
@uygonturon
IsimuAsliddin Kamolning yagona telegrami👉🏻@k_A_i_4 Boshqa barcha telegram sahifalar soxta.
Machapisho ya hivi karibuni
Uk. 7 kati ya 19 · machapisho 222
Imechapishwa 13 Apr
https://www.youtube.com/live/mAZlNOXl-3s?is=Z22SpyR1rzQq_KXE
Imechapishwa 12 Apr
Vengriyada bugungi parlament saylovlarining dastlabki natijasiga ko’ra muxolifat partiyasi 199 deputatlik mandatining 135 tasini qo’lga kiritib g’alab qozonyapti. Amaldagi o’risqul hukumatning 16 yillik diktaturasi tugadi. Bizdayam muxolifat ishtirokida shaffof saylov bo’lsa Mirziyoyev hukumati ham xuddi shunday sharmandali mag’lub bo’ladi. Shuni bilishgani uchun muxolifatga yo’l berishmaydi. @UygonTuron
Imechapishwa 12 Apr
Insoniyat tarixidan ma’lumki barcha dinlar mohiyatan adolat bayrog’i ostida vujudga keldi. Qaysiki dinning kelib chiqish tarixini qaramang kishilar eng avvalo unga adolat izlab qo’shildilar. Ammo vaqtlar o’tishi bilan eski dinlar o’z mohiyatini ya’ni adolatni yo’qotib, kuchlilarga (hokimiyatga) kuchsizlarni boshqarish vositasiga aylandi. Aynan shu sababdan yettinchi asrda Islom dini vujudga keldi. Islomdan avvalgi nasroniylik dini o’rta asrlarda inqirozga yuz tutdi. Odamlar ommaviy dindan chiqdilar. Buning birgina sababi nasroniylik endi ilgarigidek ular izlagan adolatni bermagani va shunchaki hukmdorlarning qo’lidagi boshqaruv vositasiga aylangani edi. Odamlar ishondilar va aldandilar. Buni tushunib yetgach uni tark etdilar. Islom dini ham mohiyatan adolat ustiga qurilgan. Kimki uni boshqaruv vositasiga aylantirar ekan u ishonchliligini yo’qotadi va sekin-asta inqirozga yuz tutadi. Bugun Islom nomidan gapirayotganlar bilsinlarki, so’zlari va amallarida zulmga qarshilik ko’rinmasa, haq uchun kurashmasliklarini turli sabablar bilan oqlasalar, Islomning zaiflashishini va eski dinlar kabi mohiyatini yo’qotishi uchun hissa qo’shayotgan sababchilaridan bo’ladilar. Tabiiy shirasi yo’qolgan bolni shakar qo’shib xaridor jalb qilib bo’lmaganidek, mohiyati yo’qolgan e’tiqodni hech bir sunnat amal va hech bir aqida bilan saqlab qolib bo’lmaydi. Haqiqiy Islom adolat ustida quriladi. Chin mo’minlar haqiqat yo’lida kurashadiganlardir. @UygonTuron
Imechapishwa 12 Apr
G’arbda nasroniylar uch yirik guruhga (katolik, pravoslav va protestant) bo’lingan. O’z navbatida bu guruhlar ham bir necha kichik guruhlarga bo’lingan. Qolaversa dinsizlar ham (ateist, deist, agnostik) judayam ko’p. Shunga qaramay ular jamiyat va davlatni yuksaltirishda doim birlashib harakat qiladilar. Agar kimdir adolatsizlikka uchrasa uning huquqlarini tiklash uchun barchalari birlashadilar. Qaysidir qatlamning huquqlari poymol bo’lsa, “ voy u dinsizku yoki katolik ekanku” - demaydilar. Barcha birdek uning huquqlarini himoya qiladi. Tarafdorlari tashkil qiladigan mitinglar, namoyishlarga zamin yaratishadi. Lavozimga keladigan amaldorning e’tiqodi, millati, o’tmishini emas, uning faoliyatini muhokama qiladilar. Shuning uchun bugun kim adolat izlasa g’arbga keladi. Eslayman. Yurtimizdagi adolatsizliklar, zulmga qarshi kurashish, muxolifat atrofida birlashib, mamlakatimizda qonun ustuvor bo’lgan adolatli jamiyati qurishni maqsad qilib, barcha uyg’oq vatandoshlarimizni safimizga qo’shilishlarini so’rab maydonga chiqdik. Shu paytlarda juda ko’plar bilan shaxsan bog’lanib suhbatlashdim. G’oyamiz barchaga ma’qul bo’ldi. Biroq, birlari, jamoalarizda falonchi benamoz kishi bor ekan, men benamoz bilan bir safda turmayman deya chiqib ketdilar. Boshqalari, saflarizda dindor kishi bor ekan, men radikallar bilan birga bo’lmayman dedilar. Yana birlari, falonchining e’tiqodi to’g’ri emas, u bor joyda meni chaqirmang dedilar. Boshqalari erkchilar bor ekan, falonchi dushmanim bor ekan kabi yana boshqa sabablarini keltirdilar. Ba’zilari, men hozircha kuzatib turaman, balki keyinroq vaziyatga qarab qo’shilarman dedilar. Xullas maqsad qolib, bir-birlarini qarashlarini qoralab safga kelib qo’shilmadilar. Oqibatda bu birlashuv uzoqqa bormadi. Mana 100 yildan oshibdiki, yurtimini bir vaqtlar yahudiylar qurgan tuzum boshqaryapti. Bu tuzumni qurganlar bizni o’zimizdanda yaxshi biladilar. Nozik nuqtamiz shu e’tiqod masalamiz ekanini bilishgani uchun yillardirkim manashu nuqtamizga zarba berib keladilar. Qachonki xalqni birlashtirishni maqsad qilib kimlardir ko’krak kerib chiqsa, ularni manashu nuqtasidan sindirishadi. Birini ateist deb gap tarqatishadi, boshqasini radikal yoki millatini tojikka, yahudiyga chiqarishadi, o’tmishi haqida turli tuxmat va bo’xtonlar tarqatib o’rtaga nifoq solishadi. Bu fitnaga aldanib o’tgan asrda qo’rboshilarimiz ham birlasholmadi, jadidlarimiz ham bir-birini tuzumga sotdi. Mustaqillik yillaridagi qulay fursat ham havoga uchdi. Ammo xulosa qilinmadi. Bugun ham o’sha eski fitna usuli bilan bo’lib tashlashyapti. Bu mavzuda hammaning o’z haqiqati bor. Ammo tarixning achchiq haqiqati shuki, unda birlashmaganlar doim dushmanga yem bo’ladilar. Bugun nega g’arb qudratli biz zaif bo’lib qolganimizning yagona formulasi shu. Adolat uchun ular kim bo’lishlaridan qat’iy nazar birlashadilar. @UygonTuron
Imechapishwa 11 Apr
Vengriyada 100 minglab yoshlar muxolifatni qo’llab namoyishlarga chiqishdi. Hech kim davlatni to’ntarib yuborgani yo’q, Suriya, Afg’oniston bo’lib ketmayapti, shunchaki odamlar konstitutsiyaviy huquqlarini talab qilishyapti va bu erkin jamiyatlarga xos normal holat. Faqat qullargina bunday huquqdan mahrumdirlar. @UygonTuron
Imechapishwa 11 Apr
Imechapishwa 11 Apr
https://www.youtube.com/live/1Mq0J_Mjeq0?is=jVAYGaqs41OSw-SU
Imechapishwa 11 Apr
Oliy Majlis deputatlari 10 yildan buyon amaldorlar uchun daromad dekloratsiyasini qabul qilolmayapti. 35 yildan beri miting va ommaviy namoyishlar to’g’risidagi konstitutsiyaviy huquqimizni tartibga soluvchi qonunni ishlab chiqisholmaydi. Ammo amaldagi avtoritar rejimni himoya qiluvchi va xalqning erkinliklarini cheklab, totalitar boshqaruvga o’tishni maqsad qilgan “siyosiy ekstrimizm” to’g’risidagi taklifni imi-jimida, bir o’qishda qabul qilib yuborishibdi. Zamonamiz vatan xoinlari aslida ana shular bo’ladi. Tarix va kelajak avlodlar bularning bu xoinliklarini hali ko’p eslaydi. @UygonTuron
Imechapishwa 10 Apr
Jinoyat kodeksidagi diniy ekstrimizm qatoriga endi siyosiy ekstrimizm ham qo’shilyapti. Bu qonun qabul qilinsa amaldagi hukumatni tanqid qilgan har qanday fikr egasini qamashga huquqiy asos bo’ladi. Aftidan Mirziyoyev repressiyani boshlamoqchi ko’rinadi. @UygonTuron https://www.gazeta.uz/uz/2026/04/10/extremism/?fbclid=IwZnRzaARGMcZleHRuA2FlbQIxMQBzcnRjBmFwcF9pZAo2NjI4NTY4Mzc5AAEebSWsONmxh0Hsalsq4RIG1DD73guJtgeBjDLvCJZdYlVMiIr5ozAv7JEvtGs_aem_0yiahb48H7PaXL4I9SHX_Q
Imechapishwa 10 Apr
Landovurlar tomonidan o’z videolarimga yuborilgan soxta mualliflik shikoyatlari sabab tiktok sahifam bloklandi. Hech o’ylab ko’rganmisiz, instagram, tiktok va you tubening o’zbek segmentida kundan-kunga faxshni ochiq yoyuvchi kontentlar ko’payib ketyapti. Siyosiy faollarning sahifalarini bloklatadigan landovurlar negadir yoshlarni buzuqlikka targ’ib qiluvchilarga shunday e’tibor qilmaydi? Birorta buzuqlik targ’ibotchisini sahifasi bloklanganini hali eshitmadik. Chunki ularning faoliyatini aynan shu landovurlar qo’llab turibdi. Jamiyat qancha faxshga botsa, amaldagi avtoritar rejim shuncha uzoq yashaydi. @UygonTuron
Imechapishwa 9 Apr
Bugun Amir Temur tavalludining 690 yilligi. Sizningcha u hozir bo'lganida ishni kimlarning kallasini olishdan boshlardi? @UygonTuron
Imechapishwa 5 Apr
https://t.me/boost/UygonTuron