TGINSIGHT CHAT
Digital.edu IT Career
@digitalitvacancy
CareerRaqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Mga kamakailang post
Pahina 32 ng 42 · 502 post
Na-publish Ene 24
🟦🟦🟦 Kompensatsiya qilinadigan xalqaro IT-sertifikatlar ro'yxatiga qaysi sertifikatlar qoʻshilishini xohlaysiz? ❗️Soʻrovnomada ishtirok eting, oʻz takliflaringizni yuboring va biz ularni koʻrib chiqamiz. ➡️Quyidagi havola orqali soʻrovnomada qatnashish mumkin: https://forms.gle/JnpP457ssNug2bxR7 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin
Na-publish Ene 24
IT Project manager (junior) 🏢 Tashkilot: OSON 📚 Texnologiya: Jira, loyiha boshqaruvi bo'yicha metodologiyalarni bilish (misol uchun, Agile, Scrum) 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat 💰 Maosh: 4 000 000 - 6 000 000 📞 Bog'lanish: +99897 1001251, @HRMOSON, [email protected] @digitalitvacancy
Na-publish Ene 23
🎮 EAST Games "Start" loyihasini taqdim etadi! 🎮 EAST Games, geymdev olamida taniqli kompaniya, 2D boshlang‘ich rassomlar uchun "Start" dasturini ishga tushirdi. Ushbu loyiha o‘z mahoratini oshirishni xohlagan va o‘zini o‘yin grafikasi sohasida sinab ko‘rishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyatdir. Ushbu loyiha notijorat loyiha bo‘lib, ishtirokchilar tanlov asosida qabul qilinadi! 👤Kimlar uchun mo‘ljallangan? - Badiiy ma'lumotga ega bo‘lganlar (maktab, kollej yoki universitet darajasida) - Adobe Photoshop’ni bilish va 3D bilan ishlash tamoyillarini tushunish - Portfolioda atrof-muhit va predmetlar tasvirlangan ishlari bor ijodkorlar - O‘zining ijodkorlik qobiliyatini o‘yin dizaynida rivojlantirishni xohlovchilar 🔗Nima taklif qilinadi? - Dastur davomida professional bilim va ko‘nikmalarni oshirish imkoniyati - Eng yaxshi bitiruvchilarga EAST Games jamoasidan ish taklifi 📊 Hadeb o'yin o'ynash bilan kifoyalanmay, endi o'z o'yinlaringizni yarating! ➡️Bog'lanish uchun:@nargiza_gamedev @digitalitvacancy
Na-publish Ene 22
Na-publish Ene 22
Dasturlash uchun ingliz tilini bilish kerakmi? Dasturlash chekkada tursin, hattoki futbol o'ynash uchun ham ingliz tilini bilishingiz kerak: https://youtu.be/lphok74fWkE
Na-publish Ene 22
Product management bo’yicha shogirdlik ochmoqchiman, Asosan 4-kurs talabalar uchun, ingliz tilini biladigan, IT sohasida o’qiyotgan yoki ishlayotgan Qiziquvchilar kanalimiz orasidan chiqadimi? @nuruddinblogs
Na-publish Ene 21
ITCustomer Support Specialist 🏢 Tashkilot: TBC 📚 Texnologiya: Operatsion sistemalarda ishlay olish 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat 💰 Maosh: suhbat asosida 📞 Bog'lanish: +998 (97) 7582307, [email protected] @digitalitvacancy
Na-publish Ene 20
Muvaffaqiyatli frilanser Siz postda ko’rib turgan o’yinning konsept-arti, Chexiyaning Praga shahrida istiqomat qiladigan Mayk ismli sobiq frilanser tomonidan chizilgan. U dizaynerlik kasbi bilan 17 yildan beri shug’ullanib keladi va ayni paytda “Creative Mints” nomli dizayn agentligining asoschisi hisoblanadi. Uning eng sevimli mashg’uloti o’yinlar dizaynini chizish bo’lib, hozirda butun dunyo bo’ylab mijozlarga egadir. U kundalik ishida Octane, Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, 3D Studio, Vray, Lightroom va Adobe After Effects kabi dasturlardan foydalanadi. 👉@nuriddinoff_blog
Na-publish Ene 20
Web Developer Mentor 🏢 Tashkilot: Coddy Camp IT Academy 💼 Ish tajribasi: 1 dan 3 yilgacha 📚 Texnologiya: HTML/CSS, JavaScript, React, Node.js 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: to'liq ish kuni 💰 Maosh: 5000000 UZS - 15000000 UZS 📞 Bog'lanish: +998900549062 @digitalitvacancy
Na-publish Ene 20
💼5-daqiqada ajoyib portfolio yasashingiz mumkin bo‘lgan 4 ta eng yaxshi veb-sayt: 🌐 Carbonmade - Ishlaringizni zamonaviy va professional dizaynlar bilan namoyish eting. 📝 Journo Portfolio - Yozuvchilar va jurnalistlar uchun maqolalari va hikoyalarini taqdim etish uchun ideal. 🎨 Coroflot - Dizaynerlar o‘zlarining ijodiy loyihalarini namoyish qilish va e’tibor qozonish uchun mukammal platforma. 📦 Portfoliobox - Shaxsiylashtirilgan portfel yaratish uchun qulay va ko‘p funksiyali platforma. Portfolio yasamoqchi bo‘lgan do‘stingizga yuborib qo‘ying🛫
Na-publish Ene 17
🖥Sport dasturlash va sayohat: Niderlandiyadagi olimpiada taassurotlari! O'zbekistonda yoshlar uchun sport dasturlash bo'yicha qanday imkoniyatlar yaratilgan? Ushbu yo‘nalishda qanday yutuqlarga erishish mumkin? Javoblarni bilishni xohlaysizmi? ✔️ Unda Sizni 18-yanvar soat 20:00 da Niderlandiyada o‘tgan EGOI 2024 olimpiadasi bronza medal sovrindori bilan bo'lib o'tadigan onlayn muloqotga taklif etamiz! Muloqotda Siz: 🔹 Sport dasturlashga ilk qadam 🔹 Niderlandiyada olimpiadada ishtirok etish tajribasi va taassurotlar 🔹 Ishtirokchilardan kelgan savollarga jonli javoblar bilan tanishasiz. 📍Bunday ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang:o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarni berib, qimmatli bilimlarga ega bo‘ling va yangi imkoniyat sari qadam qo'ying! 📌Ishtirok uchun: https://t.me/xalqaro_it_olimpiada?livestream @xalqaro_it_olimpiada
Na-publish Ene 16
📁Ishga kirish uchun mukammal portfolio tayyorlash bo‘yicha maslahatlar 🔖Portfolio strukturasi Loyihalaringizni tartib bilan joylashtiring: Muhim va e’tiborga molik ishlaringizni birinchi o‘ringa qo‘ying. Har bir loyihaga qisqacha ta’rif yozing: loyiha maqsadi, texnologiyalar va Sizning rolingiz. 🔖Amaliy loyihalar Portfolioingizga real loyihalarni qo‘shing: Freelancer platformalaridagi ishlaringiz yoki shunchaki mashq uchun bajargan loyihalaringizni ham kiritishingiz mumkin. 🔖Dizayn va ko‘rinish Portfolioingiz ko'rinishi tiniq, oson tushuniladigan va professional ko‘rinishga ega bo‘lishiga e’tibor qarating. Agar dasturlash bilan shug‘ullansangiz, GitHub havolalarini qo‘shishni unutmang. 🔖Mutaxassislikka moslik Portfolioingiz ishga kirishga mo‘ljallangan sohangiz bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Misol uchun, veb-dizayner bo‘lsangiz, faqat shu yo‘nalishdagi ishlaringizni joylashtiring. 🔖O‘z brendingizni yarating O‘z ismingiz yoki logotipingiz bilan maxsus shaxsiy veb-sayt yarating. Kontakt ma’lumotlari va ishga oid ijtimoiy tarmoqlaringizni ko‘rsating (LinkedIn kabi). 🔗Qo‘shimcha maslahat: Portfolioingizni doimiy ravishda yangilang va kerak bo‘lsa, tajribali mutaxassislardan fikr oling. 💡Eslatma: Portfolio bu Sizning ish beruvchi uchun bera oladigan birinchi taassurotingiz. Uni sifatli va e’tiborli tayyorlash o‘z kelajagingizga sarmoya bo‘ladi! @digitalitvacancy