TGINSIGHT CHAT
Digital.edu IT Career
@digitalitvacancy
CareerRaqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Mga kamakailang post
Pahina 34 ng 42 · 502 post
Na-publish Ene 3
PHP Developer 🏢 Tashkilot: AXIS - Tashkent 📚 Texnologiya: Docker, Postgresql, Nova 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: to'liq ish kuni 💰 Maosh: $ 1000 dan boshlanadi 📞 Bog'lanish: @nematoff_work @digitalitvacancy
Na-publish Dis 31
🎉Yangi 2025-yil muborak! 🚀 Sizga IT sohasida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi imkoniyatlar tilaymiz! ⌛Digital IT Vacancy kanali bilan yangi yilni yangi marralar bilan boshlang! Bu yerda Siz IT sohasidagi eng so‘nggi bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari va foydali tavsiyalarni topishingiz mumkin. O‘z kasbiy rivojlanishingizni yangi bosqichga olib chiqing va raqamli dunyoda o‘z o‘rningizni yarating. Biz bilan birga muvaffaqiyat sari qadam tashlang! @digitalitvacancy
Na-publish Dis 25
Expert in international relations and project management (Xalqaro aloqalar va loyiha boshqaruvi bo'yicha mutaxassis) 🏢 Tashkilot: Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi 📚 Talablar: Ingliz tili - B2, Koreya davlatining tashkilotlarida hamkorlik aloqlari hamda oliy ta'lim tashkilotlarida ish tajribasi borligi 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: kelishilgan holda 💰 Maosh: suhbat asosida 📞 Bog'lanish: [email protected] @digitalitvacancy
Na-publish Dis 25
ZTE: Texnologiyalar olami bilan tanishing! 🌐ZTE — dunyoning yetakchi telekommunikatsiya va texnologiya kompaniyalaridan biri bo‘lib, global miqyosda innovatsion yechimlarni taqdim etadi. 1985-yilda tashkil etilgan ushbu kompaniya bugungi kunda 160 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritib kelmoqda. ⬇️ZTE Kompaniyasining asosiy yo‘nalishlari: ✅5G va Telekommunikatsiya Uskunalari: Global operatorlar bilan hamkorlikda eng so‘nggi avlod tarmoqlarini yaratmoqda. ✅Mobil Qurilmalar: Arzon va yuqori sifatli smartfonlar, jumladan, Nubia brendi ostidagi mahsulotlar. ✅Korxona Yechimlari: Bulut texnologiyalari, IoT va katta ma’lumotlar yechimlari. ⬇️ Kasbiy rivojlanish imkoniyatlari: ➡️ ZTE xodimlar uchun boshqaruv, professional va loyiha boshqaruvi yo‘nalishlarida martaba rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etadi. Xodimlar o‘z qiziqishlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib, muayyan sohaga ixtisoslashishi yoki ish joyini almashtirish va ichki transferlar orqali malakalarini kengaytirishi mumkin. ➡️ZTE yangi xodimlarni korporativ madaniyat, kasbiy yo‘naltirish va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlaydigan murabbiylik dasturini taqdim etadi. Bu dastur xodimlarning kompaniyaga tez moslashishiga, kasbiy mahoratini oshirishga va shaxsiy rivojlanishini tezlashtirishga yordam beradi. ➡️ZTE javobgarlikka asoslangan rag‘batlantirish tizimi orqali samaradorlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Iste’dodlarni baholash natijasida yuqori natija ko‘rsatgan xodimlar moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimi orqali taqdirlanadi. 📍 ZTE haqida yanada batafsil tanishmoqchi bo'lsangiz quyidagi havola orqali videoni tomosha qiling va kompaniyaning texnologiyalar dunyosiga sayohat qiling! ➡️Havola: https://www.youtube.com/watch?v=8whOIlgP0co @digitalitvacancy
Na-publish Dis 23
Front-end Developer 🏢 Tashkilot: East Telecom 📚 Texnologiya: JavaScript, HTML5, CSS3, React.js yoki Vue.js 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: 5/2, 9:00 - 18:00 💰 Maosh: 15 000 000 📞 Bog'lanish: +998 78 150 00 00 @digitalitvacancy
Na-publish Dis 18
AI Engineer 🏢 Tashkilot: UIC Group 📚 Texnologiya: Python, TensorFlow, PyTorch 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: Dushanba - Juma, 9:00 - 18:00 💰 Maosh: 5 000 000 - 25 000 000 📞 Bog'lanish: +998 71200 70 07, https://uic.group/uz/vacancy/28 @digitalitvacancy
Na-publish Dis 18
🖥Ish topishingizda tajriba va zarur ko‘nikmalarning yetishmasligi Sizga to‘siq bo‘lyaptimi? Kanalimizdagi so‘nggi so‘rovnomada aksariyat ishtirokchilar ish qidirishda eng katta muammo tajriba yoki zarur ko‘nikmalarning yetishmasligi ekanligini belgilashdi. Bu muammo nafaqat yangi bitiruvchilar, balki ishini o‘zgartirishni istagan tajribali mutaxassislarga ham taalluqli. ❓Nima qilish kerak? ➡️Kichik loyihalarda ishtirok eting Katta muvaffaqiyat kichik qadamlardan boshlanadi. Volontyorlik, freelance faoliyat yoki startap loyihalarida ishtirok etish – bu nafaqat tajriba orttirish, balki real loyihalar ustida ishlash orqali amaliy ko‘nikmalaringizni mustahkamlash imkoniyatidir. Kichik bo'lsa-da sifatli va muvaffaqiyatli yakunlangan loyihalar professional mas'uliyat va tashabbuskorlik belgisi sifatida qabul qilinadi. ➡️Portfolio yarating va uning ustida ishlang Portfolio bu Sizni nimaga qodir mutaxassis ekanligigingizni ko'rsatuvchi muhim vosita. Ish tajribangiz yetarli bo‘lmasa ham, mukammal darajada bajargan amaliy ishlaringiz yoki mustaqil ravishda qilgan loyihalaringiz Sizni ishga qabul qilinish potensialingizni oshirishi mumkin. ➡️Rezyumeni yaxshilang Ish beruvchilar qisqa vaqt ichida Siz haqingizda to‘liq tasavvur hosil qilishlari kerak. Rezyumeni lo‘nda, tushunarli va qiziqarli formatda tayyorlang. Ish beruvchilar uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalar va yutuqlaringizni ajratib ko‘rsating. ➡️Amaliyot imkoniyatlarini izlang Birinchi ish tajribangizni stajirovka orqali olish eng yaxshi variantlardan biri. Ko‘plab kompaniyalar boshlang‘ich ishchilar uchun maxsus amaliyot dasturlarini taklif qilishadi. Bu nafaqat tajriba, balki kompaniya madaniyatini tushunishga ham yordam beradi. ➡️ "Networking" qiling Tajribali mutaxassislar bilan tanishing, konferensiyalar, seminarlar va onlayn tadbirlarda faol ishtirok eting. Har bir yangi tanishuv – Siz uchun yangi imkoniyat eshigi bo‘lishi mumkin. Maslahat so‘rashdan uyalmang, bu Sizning o‘rganishga ishtiyoqmandligingizni ko‘rsatadi. 🚀Eslab qoling! Tajriba orttirish imkoniyatlarini izlab toping, o‘z ko‘nikmalaringizni doimiy ravishda takomillashtiring va har bir kichik qadamni katta marralar sari yo‘l deb biling. Siz ish qidirishda duch keladigan muammolarni qanday yengasiz? Tajribangiz bilan izohlarda bo‘lishing! 👇 @digitalitvacancy
Na-publish Dis 16
SEOSpecialist 🏢 Tashkilot: Imkon Uzbekistan 📚 Texnologiya: Google Analytics, Google Search Console 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: Gibrid format 💰 Maosh: 10 000 000 dan 📞 Bog'lanish: +99877 093-00-01, @commeta_hr @digitalitvacancy
Na-publish Dis 16
Na-publish Dis 12
Web Designer UX/UI 🏢 Tashkilot: WebMediaGroup 📚 Texnologiya: Figma, Adobe Photoshop 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: 5/2, 9:00 - 18:00 💰 Maosh: 6 000 000 📞 Bog'lanish: +998 (90) 0084660, [email protected] @digitalitvacancy
Na-publish Dis 11
"IT sohasiga ilk qadam: Yangi boshlovchilar uchun 5 foydali maslahat" 🚀IT sohasida ilk qadamlarni tashlayotgan bo‘lsangiz, bu yo‘lda muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagi maslahatlar Sizga yordam beradi: ℹ️ O‘zingizga mos yo‘nalishni tanlang IT juda keng soha – dasturlash, dizayn, tarmoq boshqaruvi, ma’lumotlar tahlili, kiberxavfsizlik va boshqalar. Har bir yo‘nalishning o‘ziga xosligi bor, shuning uchun qaysi biri Sizga qiziqarliroq ekanini aniqlab olish muhim. Bu yo‘lda bepul kurslar yoki qisqa taqdimotlarni ko‘rib, qaror qabul qilishingiz mumkin. ℹ️Kichik qadamlar bilan boshlang Dasturlashni o‘rganmoqchimisiz? HTML, CSS, yoki Python kabi oddiy tillardan boshlang. Agar dizayn sohasini xohlasangiz, Figma yoki Canva bilan ishlashni sinab ko‘ring. Oddiy loyihalar yaratish orqali o‘zingizga bo'lgan ishonchni hosil qilasiz. ℹ️Mustaqil ta’limni yo‘lga qo‘ying IT sohasida muvaffaqiyatga erishishning siri – o‘z ustida ishlash. Bepul resurslar va platformalardan foydalaning: Kurslar: Coursera, Udemy, Codecademy Amaliy mashg‘ulotlar: LeetCode, HackerRank Videodarslar: Khan Academy, YouTube’dagi IT kanallar ℹ️Loyihalarda ishtirok eting va amaliyot o'tang O‘z bilimingizni mustahkamlash uchun kichik loyihalarda ishtirok eting yoki stajirovka dasturlariga qo‘shiling. Tajriba orttirish va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari ITda juda muhim. ℹ️Networking va hamjamiyatlarga qo‘shiling IT olami doimo yangilanib boradi. Sizga kerak bo‘lgan maslahat va ilhomni topish uchun professional hamjamiyatlarga qo‘shiling. Telegram guruhlari, LinkedIn’dagi IT mutaxassislar bilan aloqada bo‘ling. Har bir muloqot yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. ❗️Eslatma: Sabrsizlik qilmang. IT – o‘rganish va rivojlanish uchun vaqt talab qiladigan soha. Kichik qadamlaringiz kelajakdagi yutuqlaringizning poydevoriga aylanadi. ⭐️ Maslahatlar Sizga foydali bo‘ldi deb o‘ylaymiz! IT olamiga bo‘lgan sayohatingizda muvaffaqiyat tilaymiz! @digitalitvacancy
Na-publish Dis 11
Front-end Developer 🏢 Tashkilot: SD Solutions 📚 Texnologiya: React.js/ JavaScript, TypeScript, 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat kuniga 💰 Maosh: Intervyu natijalariga ko'ra 📞 Bog'lanish: +998 71 207 5995 @digitalitvacancy