TGINSIGHT CHAT
IT suhbat
@it_suhbat
TechnologienFaqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad
Aktuelle Beiträge
S. 6 von 85 · 1,011 Beiträge
Gepostet 18. Apr.
Oxirgi vaqtda internshiplar ham koʻpayib qoldi ancha. https://tashkent.hh.uz/vacancy/119514085
Gepostet 15. Apr.
Leetcode yechishni doim oson masalalardan boshlang. Muntazam ishlab yurib, orada uzoq muddat tanaffus qilgandan keyin yana boshlamoqchi bo'lsangiz ham oson masalalardan boshlang. Bu ham xuddi sport mashg'ulotlariga o'xshaydi. Yuklama ko'rmaganiga ancha bo'lgan mushaklaringizga birdaniga og'ir yuklama bersangiz, ancha vaqt og'rib yuradi. Bosh og'rimasligi mumkin😅 lekin birdaniga qiyin bo'lgan masalani ishlashingiz sizga noqulaylik tug'dirib, xohishingizni yana so'ndirib qo'yishi mumkin. Sekin-sekin osonlarini ishlasangiz ham, muhimi harakatdan to'xtamaslik. Bugun mana bu masalalardan boshlasangiz bo'ladi: 1. reverse-degree-of-a-string 2. water-bottles @it_suhbat
Gepostet 10. Apr.
Javada text block borligini bilarmidingiz? Text block(3 ta " bilan belgilanadigan) orqali istalgan matnni yozilganidek formatda o'zgaruvchiga o'zlashtirishingiz mumkin. Bu JEP 378 da kiritilgan yangilik bo'lib, JDKning 15-versiyasidan qo'shilgan. Bu orqali siz, ayniqsa, boshqa tilda(SQL, HTML, XML...) yozilgan kodlarni o'qishga oson holda yozishingiz yoki boshqa editordan ko'chirib o'tishingiz mumkin bo'ladi. Bunda so'zlar orasidagi bo'sh o'rinlar, yangi qatorlar o'z holicha saqlanadi. @it_suhbat
Gepostet 10. Apr.
Yangi badge😎
Gepostet 9. Apr.
Shunaqa payt nima bilan band boʻlasiz?
Gepostet 8. Apr.
Shu kunlarga ham yetibmiz-ey😅 @it_suhbat
Gepostet 4. Apr.
Sizning ish boshqaruvchingiz qaysi biri? @it_suhbat
Gepostet 1. Apr.
#reactive Aytaylik, bizda shunday holat bor. callAccount metodidan qaytadigan Flux obyektlar ketma-ketligining 50 ta elementini olib, shundan yasalgan javobni qaytaradigan kod yozilgan. Lekin bu yerda ko'z ilg'amas xatolik bor. Flux ning then metodi, to'g'ri…
Gepostet 1. Apr.
#reactive Aytaylik, bizda shunday holat bor. callAccount metodidan qaytadigan Flux obyektlar ketma-ketligining 50 ta elementini olib, shundan yasalgan javobni qaytaradigan kod yozilgan. Lekin bu yerda ko'z ilg'amas xatolik bor. Flux ning then metodi, to'g'ri, flux tugab olishini kutadi. Flux tugaganda esa histories obyekti elementlar bilan to'ladi. Ammo biz qaytarayotgan GetHistoryResponseDto obyektining hosil qilinishi flux tugashini kutib turmaydi, u histories bo'shligi paytida javob obyektini hosil qilib qo'yadi va flux tugaganidan keyin shu obyektni qaytarib yuboradi. Natijada esa sizga javob ichida bo'sh content qaytaveradi.
Hashtags
Gepostet 13. März
Demak, bu savolning javobiga kelsak, compile-time xatolik tashlamaydi. Sababi, tasavvur qilaylik B class bor. U A classni extend qilgan, I interfeysni implement qilgan. Demak, B class obyekti ham A, ham I toifasiga mansub bo'ladi. Bu holatni esa faqatgina runtime da aniqlash mumkin xolos. Shuning uchun yuqoridagi kod compile-time da xatolik tashlamaydi. Agar A class final bo'lganida, yuqoridagi holat bo'lishi mumkin emasdi, A esa I toifasiga mansub emas. Shuning uchun ikkinchi holatda compile-time xatolik tashlaydi. @it_suhbat
Gepostet 12. März
Ma'lumot uchun, switch statement va switch expression boshqa-boshqa tushunchalar. Switch expression bu — JEP 361 orqali kiritilgan, qiymat produce qila oladigan ifoda. Bu kodning o'qilishini yanada yaxshilaydi. Switch expressionda biz uchun yangi bo'lgan yield operatori ham qo'shilgan bo'lib, uning vazifasi switchdagi case'da hosil qilinayotgan qiymatni qaytarish. Qiymat qaytarish uchun odatda return kalit so'zi ishlatiladi, lekin bu operator metod yoki switch natijasini qaytarayotganligida dasturchida ikkilanish tug'dirmasligi uchun yield kalit so'zi bilan almashtirilgan. case natijasi sifatida return ishlatish xato hisoblanadi. Yana bir ma'lumot, switch statementga berilayotgan o'zgaruvchi selector variable deyiladi va faqatgina quyidagi ma'lumot turlarini qabul qiladi: — byte, short, int, char — Byte, Short, Integer, Character — enum ma'lumot turlari — String(Java SE 7 dan boshlab) long, double, float, boolean primitiv turlarini qabul qilmaydi. @it_suhbat
Gepostet 12. März