TGINSIGHT CHAT
IT suhbat
@it_suhbat
TechnologienFaqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad
Aktuelle Beiträge
S. 71 von 85 · 1,011 Beiträge
Gepostet 6. Feb.
#brain Miyamizning qancha qismini ishlatamiz? Miyaning 2-3% qismi ishlaydi degan fikrga nima deysiz? Keling, shu mavzuda suhbatlashamiz :) @it_suhbat
Hashtags
Gepostet 5. Feb.
Assalomu alaykum va rohmatulloh! Oxirgi paytlarda faollik susaygan. Shaxsiy sabablarga ko'ra maqolalar yozishga vaqt topa olmadim va topa olmayapman hozir ham)) Hudo xohlasa yana manfaatli bo'ladigan, o'zimiz bilgan yoki yangi o'rgangan mavzularni kanalga joylab boramiz. Oldingi aytilgan gaplar hammasi rejada turibdi, qolib ketmaydi Hudo xohlasa. Har haftadagi master classlar ham yoki interview savollari ham, hammasi esdan chiqqani yo'q. Sustkashlik uchun uzr so'rayman🙂 @it_suhbat
Gepostet 4. Feb.
Najot Ta’lim markazining HR boʻlimi rahbari oʻziga shogird oladi Talab qilinadi: - vaqt jihatidan toʻliq boʻsh boʻlish; - insonlarni boshqarish va qiziqtirishda qobiliyatli boʻlish; - gapga quloq solish; - aytgan narsalarni oʻqib oʻrganish; - koʻp gapirmaslik; - kompyuter savodxonligida kamida oʻrta darajada boʻlish; - hech boʻlmaganda Oʻzbek tilida tahrir qila olish; - shaxsiy noutbukingiz boʻlishi. Asosiy narsa — sohani o’rganib, shu sohada rivojlanishni istasangiz, so’rovnomani to’ldirishingizni so’rayman. Ushbu soʻrovnomani toʻldiring: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScRz9U8zBFNFY16DF4lySXX2Fjn_KyZ43vsoDSPpjyPKr7_RQ/viewform?usp=sf_link Soʻrovnomani oʻzidan saralash boshlanadi. E’tiborli boʻlib toʻldirishingizni soʻrayman.
Gepostet 4. Feb.
Sql injection)) @it_suhbat
Gepostet 3. Feb.
#java Ptolemay LLC - аутсорсинговая компания по разработке мобильных приложений для стартапов. Для участия в зарубежных проектах ищем Middle\Senior Java Backend developer. Наши условия: - полная занятость; - удаленная работа; - заработная плата $1500-3500; - проект подбирается по вкусам и интересам специалиста; - минимальные усилия до стадии технического интервью с заказчиком; - опыт работы в зарубежном проекте. Требования: • Опыт работы в командной разработке от 2-х лет. • Знание разговорного русского языка, знание английского на уровне Intermediate и выше; • Хорошее знание Java SE 8+\ JEE и опыт работы с JMS; • Понимание и практический опыт методологии Agile / Scrum; • Знание Hibernate, Oracle, SQL, MySQL, Linux, Docker, Git, Jira, Maven. Задачи: • Backend разработка микросервисов и интерфейсов; • Тесное сотрудничество с другими разработчиками и QA, для своевременной корректировки продукта; • Диагностика проблем и предложение способов их решения. • Работа над полным жизненным циклом разработки продукта, охватывающим проектирование, разработку, тестирование и кодирование. Буду рад ответить на вопросы и ознакомиться с резюме: @pancake90 👉Подписаться на канал @UzDev_Jobs
Hashtags
Gepostet 2. Feb.
#cashback Qoʻshimcha daromadga nima deysiz? @it_suhbat
Hashtags
Gepostet 2. Feb.
#keshbek 15 900 ta xarid cheki uchun hisoblangan keshbek summasi bekor qilindi. Sabab... Maʼlumki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlaridagi xarid uchun berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi QR-kodli chekini Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1 % keshbekka ega bo‘lmoqda. Joriy yil 1-yanvardan 1-fevralga qadar32 755 242 ta(o‘tgan yilning mos davriga nisbatan, 17 134 987 ta ko‘p, yaʼni 191 % ga oshgan) xarid cheki onlayn nazorat-kassa texnikalari orqali chop etilgan bo‘lib, shundan 1 482 563 tasigaSoliq mobil ilovasi orqali 19,4 mlrd so‘mlik keshbek hisoblangan. Taʼkidlash lozim, chakana savdo, maishiy xizmat va umumiy ovqatlanish sohasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan keshbek amaliyoti isteʼmolchilar orasida tobora ommalashib bormoqda. Ammo, bugungi kunga qadar keshbek uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar tahlil qilinganda, ayrim texnik xizmat ko‘rsatish markazi (TXKM) xodimlari keshbekka ega bo‘lish maqsadida vazifalarini suiisteʼmol qilib o‘zgalar tomonidan amalga oshirilgan xarid uchun shakllangan cheklarni o‘z nomidan ro‘yxatdan o‘tkazish holatlari aniqlandi. Jumladan, 3 nafar TXKM xodimi tomonidan o‘zlari xizmat ko‘rsatayotgan 281 ta tadbirkorlik subyektining 11 mlrd so‘mlik 15,9 mingta xarid cheki ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Xususan, TXKM xodimlari: ▫️Q.N. tomonidan 178 ta tadbirkorning 7 524 ta 5,8 mlrd so‘mlik; ▫️Q.A. tomonidan 80 ta tadbirkorning 5 206 ta 4,6 mlrd so‘mlik; ▫️R.F. tomonidan 23 ta tadbirkorning 3 131 ta 0,6 mlrd so‘mlik cheklarini “Soliq” mobil ilovasida QR-kod orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan. “Soliq” mobil ilovasida yuqoridagi shaxslar tomonidan xaridni amalga oshirmasdan ro‘yxatga olingan cheklar uchun hisoblangan keshbek summasi bekor qilinadi. ❗️Eslatib o‘tamiz, DSQ keshbek amaliyoti to‘g‘ri qo‘llanilishini doimiy nazorat qilib boradi. Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Hashtags
Gepostet 1. Feb.
#network#protocol TCP VS UDP @it_suhbat
Gepostet 31. Jan.
Har kuni o'nlab-yuzlab talabalar "Dasturim ishlamayapti" deb xabar yuboradi. Kodiga qarayman, ba'zan xatoni birdan ko'raman, lekin ko'rsatmayman. Gapni uzoqdan boshlayman, "stringnimaligini bilasizmi?", ".update()metodi qanday qiymatlar qabul qiladi?" yoki "Falon mavzuni o'qiganmisiz?" kabi savollar bilan qiynayman. Bitta savolga javob bersa, keyingisiga olib o'taman. Mavhum lekin yo'naltiruvchi javoblar beraman. Tushunaman, bu talabaning asabini oʻynaydi, huddi battar chalkashib ketgandek tuyuladi. Keyin esa kutilmaganda 💡yoqiladida, miya ishlab ketadi. "Rahmat ustoz, xatoni topdim" deydi. Mening maqsadim sizni asabingizni o'ynash emas. Maqsad sizga xatolar ustida mustaqil ishlashga oʻrgatish. Axir kelajakda, ishga kirganingizda doim ham ustoz tepangizda turmaydi. Qolaversa bu usul bilan, ming azobda toʻgʻrilangan xato miyangizga muhrlanib qoladi va keyingi safar bu xatoni takrorlamaysiz. @sariqdev
Gepostet 30. Jan.
Ilmni oxiri Allohga yetaklaydi. Allohning borligi va birligiga...
Gepostet 30. Jan.
#brilliant Oxirgi 3 ta post: Dynamic programming Rasmlar Allohning mukammal hisob-kitobi Hammasi Fibonachchi sonlari deb atalgan sonlar ketma-ketligi yoki Golden Ration(Oltin kesim) ga yetaklamoqda. Dynamic programming'ni izohlashni klassik usullaridan biri bu Fibonachchi sonlari edi. Fibonachchi sonlarini nimaligini tushuntirish uchun internetdan unga bog'liq rasmlar qidirdim. Va bu rasm tabiat shu sonlar asosida barpo qilinganini ko'rsatdi. Oltin kesim, 1.618... sonichi? Fibonachchi sonlari 0 va 1 dan boshlanadi va keyingi son oldingi ikkitasining yig'indisiga teng. Ya'ni: 0,1,1,2,3,5,8,13,21... Ularni yonma-yon qo'yib birlashtirsak, ushbu rasmdagi shakl hosil bo'ladi. Har bir kvadratni radiusi shu kvadrat tomoniga teng bo'lgan aylaning 1/4 qismi deb, shu yoylarni birlashtirsak, mana bu spiral shakl hosil bo'ladi. Bu esa, tabiatdagi juda ko'p mavjudotda aks etgan shakl. Bu buyuk yaratilish emasmi!? Ho'p, endi Golden Ratio qayerda qoldi? Har bir fibonachchi sonini o'zidan keyingi songa nisbati Oltin kesmaga intiladi. Misol uchun: 8 / 5 = 1.6 13 / 8 = 1.625 21 / 13 = 1.615 34 / 21 = 1.619 55 / 34 = 1.617 va hokazo Fibonachchi sonlar ketma-ketligida n-son topilsin deya berilgan masalani ko'pchilik ishlab ko'rgan bo'lishi mumkin. Bunda aksariyatimiz rekursiv funksiyadan foydalanib yechim qilgan bo'lishimiz mumkin. Ya'ni: int fib(int n){ if(n==0) return 0; if(n<=2) return 1; return fib(n-2) + fib(n-1); } Dasturlash nuqtai nazaridan, bu yo'l optimal emas. Bu haqida Dynamic Programming mavzusida yana to'xtalamiz. Bu holatda o'tishlar soni O(2^n) !!! Buni rekursiyasiz, O(1) tezlikda topsa bo'ladimi ?😀 Albatta! Shu joyida endi Golden Ratio'ga murojaat qilamiz. Oltin kesim haqida to'liqroq tushunish uchun bu videoni ko'rib chiqishni tavsiya qilaman. Fibonachchi sonlarini n-sini topish uchun Jak Filipp Mari Bine ismli fransuz olimi Oltin kesma va Fibonachchi orasidagi bog'liqlik qonuniyatini kashf qilgan. U quyidagicha: F(n) = ( ( (1+sqrt(5)) / 2) ^ n - ( (1- sqrt(5) ) / 2) ^ n) ) / sqrt(5) bu yerdagi (1+sqrt(5)) / 2 = 1.61803398...😧 SUBHANALLOH... Bu qanaqangi hisob-kitob? Ateistlar qanisiz? Bu hisob-kitobni kim qildi? Kim shu qonuniyat bilan butun dunyoni yaratdi? Yoki hali ham tasodifmi? "Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'onga chiqara olursiz?!"(28, 55) @it_suhbat
Hashtags
Gepostet 30. Jan.
❗️Oxirgi 3 ta postlarda bog'liqlik bor