TGINSIGHT CHAT
Far·hod·jon
@farhodjon
Edutainmenthttps://linktr.ee/far5n10v Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Postingan terbaru
Hal. 5 dari 49 · 586 postingan
Diposting 9 Jul
Far·hod·jon pinned «📣 Hiring alert (July 2025 Edition) Tandirdan yaqinda uzilgan yangi vakansiyalar: - Senior Frontend Engineer - Senior Backend Engineer (Python) Odamlarning hayotini va ishini o’zgartirish, professional o’sish, yaxshi komanda bilan ishlash imkoniyati. Tanishlarga…»
Diposting 9 Jul
📣 Hiring alert (July 2025 Edition) Tandirdan yaqinda uzilgan yangi vakansiyalar: - Senior Frontend Engineer - Senior Backend Engineer (Python) Odamlarning hayotini va ishini o’zgartirish, professional o’sish, yaxshi komanda bilan ishlash imkoniyati. Tanishlarga yuborganlarga mendan cheksiz minnatdorlik! @farhodjon#superdispatch#hiring
Hashtags
Diposting 6 Jul
Anchadan buyon Warp terminalini ishlataman: boshqa terminallarga nisbatan yangi, tez, va asosiysi, SI bilan yaxshi integratsiya qilingan. Masalan, biror papkada quyidagi prompt’ni berish mumkin va u kutilgan natijaga olib boradi - turli komandalarni eslash yoki ChatGPT/Google qilish shartmas. In this folder, rename all images using the following: NNNNN.jpg where NNNNN is a number with leading zeros. Terminal fayllar bilan to’g’ridan-to’g’ri ishlaydi va bir qancha amallarni mustaqil bajarishi mumkin. Yangi versiyasida agentlar va kod yozish imkoniyati qo’shilgan. @farhodjon
Diposting 29 Jun
Kelajak yaqinlashib kelayotgani haqida. Tesla’ning Texasdagi zavodidan mashina xaridorga o’zini o’zi yetkazdi. Shahar ko’chalari va avtomagistrallardan taxminan 30 daqiqa yurib borib. Full Self-Driving (FSD) - Tesla mashinalaridagi avtonom haydov imkoniyati. AQSh, Kanada, Xitoy, Meksika va Puerto Rikoda ishlaydi. Oylik to’lovi - 99 $. Saytida yozishicha, odamdan 54% ko’proq xavfsiz haydaydi. [manba] @farhodjon
Diposting 23 Jun
WWDC25 Oyning boshida bo’lgan Apple’ning konferensiyasi haqida fikrlarimni yozmabman; endi mavridi keldi. Albatta, eng katta o’zgarish - yangi dizayn tili - Liquid Glass (suyuq shisha). O’ziga xos, dinamik material bo’lishidan tashqari, yangi dizayn Apple ekotizimini yagona ko’rinishga olib kelyapti. Juda ko’p elementlar, hatto ikonkalar ham yagona stil asosida quriladi. Yangi dizayn “neomorfik” deyiladi: neo (yangi) va skeuomorphism so’zlarining birikmasi. Shaxsan menga yangi dizayn juda yoqyapti. Tugma bilan matnni ajratish qiyin bo’lgan tekis dizayndan ancha yaxshi. Liquid Glass kelajak qurilmalari uchun ham juda mos. Virtual yoki to’ldirilgan reallik qurilmalaridagi interfeyslar muhitning bir qismiga aylanishi kerak. Yangi dizayn AR qurilmalardagi real dunyo va foydalanuvchi orasiga yaxshi joylashadi. Sun’iy intellekt bo’yicha va’dalar sal ehtiyotroq, lekin Apple’ning maxfiylik bo’yicha prinsiplarini davom ettiryapti: qurilmaning o’zida ishlaydigan lokal modellar ilovalarga ochilyapti, telefonda spamga avtomatik javob berish, tarjimalar va hokazo. - To’liq keynote - 1,5 soat: WWDC 2025 — June 9 | Apple - Verge nashridan qisqartirilgan video: Apple WWDC 2025 keynote in 28 minutes Dizaynerlar uchun quyidagi videolarni tavsiya qilaman: - Meet Liquid Glass - Create icons with Icon Composer - Get to know the new design system - Design foundations from idea to interface Dasturchilar uchun: - Platforms State of the Union - What’s new in Swift - What’s new in SwiftUI - Build a SwiftUI app with the new design - Discover machine learning & AI frameworks on Apple platforms - Code-along: Bring on-device AI to your app using the Foundation Models framework Bento qutilari MacStories saytidan olindi. @farhodjon
Diposting 17 Jun
Aylana to’rtburchaklar hamma joyda! (Round Rects Are Everywhere!) 70-yillarning oxiri va 80-yillarning boshi kompyuter texnologiyalari uchun juda muhim davr bo’lgan. Hozirgi biz foydalanayotgan juda ko’p raqamli qurilmalar o’sha paytda qurilgan poydevor asosida…
Diposting 17 Jun
Mabodo, mabodo... kimgadir yana kerak bo’lsa, Passbook ilovasi orqali Korzinka kartasining QR kodini Apple Wallet’ga qo’shvolsa bo’ladi. Ilovada ko’proq boriladigan magazinlarning koordinatasini ham ko’rsatib qo’ysa bo’ladi. Bunda shu magazinlarga yaqinlashganda “pass” iOS ekranida avtomatik paydo bo’ladi. Dizayni haqida qayg’uradiganlar uchun Korzinkaning marketing materiallari bor: rang, logo va ba’zi rasmlarni olish mumkin. Aslida, Korzinka o’zining ilovasida buni taklif qilishi kerak. Dasturchilari qiynalsa aloqaga chiqsa bo’ladi — yordam beraman 😅 @farhodjon
Diposting 26 Mei
Maker’s Schedule, Manager’s Schedule Paul Graham’ning (YC asoschisi) shu sarlavhali juda yaxshi maqolasi bor. Asosiy hikmat: menejerlar va yaratuvchilar ikki xil kun tartibida ishlaydi. Menejerlarning kun tartibi xuddi uchrashuvlar kitobidek: har kun bir qancha bo’laklarga bo’lingan. Biznes, savdo, menejment, operatsion ishlar bilan shug’ullanadigan odamlarning kalendari. Yaratuvchilarning kun tartibi esa chalg’imasdan diqqat qilish imkoniyatini beradigan bo’lishi lozim. Qisqa uchrashuvlar va boshqa chalg’ituvchi faktorlar samaradorlikni juda tushiradi. Dasturchi, dizayner, analist kabi odamlarning kalendari bu. Quyidagi qo’shimcha maqola ikkala turdagilar uchun ham foydali. Menejerlar yaratuvchilarning vaqtini, va asosiysi, diqqatini himoya qila olishi lozim. Makers, don't let yourself be forced into the 'manager schedule' Qiziq ikkita fakt: - Paul Graham o’zining startapi ustida ishlayotganida tunda, hech kim bezovta qilmaydigan paytda kod yozgan. - John Carmack ham Quake o’yinini yaratayotganda asosan tunda ishlagan. Albatta, bu uyqudan voz kechish lozim, degani emas. Lekin, ishda bajariladigan vazifaga moslab kun tartibini o’zgartirish kerak.
Diposting 24 Mei
Claude 4 Kecha Anthropic kompaniyasi kod yozish uchun hozirda eng yaxshi modelini yangiladi: Claude 4. Cursor’da foydalansa bo’ladi; sinab ko’rishga ulgurmadim. Shu kunlarda asosiy model sifatida ishlataman. Tezda nima qilishimiz mumkin? Kelinglar, alternativ tarix haqida so’raymiz. Tasavvur qilaylik, 20-asrdagi texnologiyalar (kompyuter, internet, veb) O’zbekistonda ixtiro qilingan va texnologiyaning asosiy tili - o’zbek. Model o’zi dasturlash tilini o’ylab topib, Leetcode’dagi eng mashhur muammoga yechim bersin. https://claude.ai/public/artifacts/6a5f4cd9-0ec5-4ad5-9d60-96b06b881d53 To’liq kod havolada, sal qisqartirilgan kod: // DasturTili - O'zbekiston texnologiyalar tili // Two Sum masalasini yechish funktsiya ikkiSonYigindi(sonlar[], maqsad) { // HashMap yaratish (kalitQiymat xaritasi) xarita = yangiXarita(); // Har bir element uchun sikl uchun (i = 0; i < sonlar.uzunlik; i++) { hozirgiSon = sonlar[i]; qoldiq = maqsad - hozirgiSon; // Agar qoldiq xaritada mavjud bo'lsa agar (xarita.mavjudmi(qoldiq)) { // Javobni qaytarish qaytarish [xarita.olish(qoldiq), i]; } // Hozirgi sonni xaritaga qo'shish xarita.qoyish(hozirgiSon, i); } // Yechim topilmasa qaytarish bosh; } // Test holatlari asosiyFunktsiya() { chiqarish("=== Uzbek DasturTili - Two Sum Yechimi ==="); chiqarish(""); // Test 1 sonlar1 = [2, 7, 11, 15]; maqsad1 = 9; natija1 = ikkiSonYigindi(sonlar1, maqsad1); chiqarish("Test 1:"); chiqarish("Sonlar: " + sonlar1.satrga()); chiqarish("Maqsad: " + maqsad1); chiqarish("Natija: " + natija1.satrga()); chiqarish(""); } // Dasturni ishga tushirish asosiyFunktsiya(); @farhodjon
Diposting 17 Mei
Airbnb kompaniyasining yozgi taqdimotida eng o’ziga xos o’zgarish - ikonkalarning yangi dizayni bo’ldi. Dunyodagi deyarli hamma ikonkalar tekislashib bo’lganda, ular skeumorfizmni qaytaryapti. Ilovaning interfeysi va turli xizmatlarning ikonkalari juda tabiiyga yaqin. Ivan Leo jamlagan ikonkalarga ko’zim tushib, O’zbekistonning mashhur binolarini takrorlab ko’rdim. ChatGPT stillarni juda yaxshi ko’chirishi (Gibli studiyasi stilini eslaymiz) shunaqa holatda yordam beradi. Quyidagi prompt original ikonkalar bilan beriladi: In this chat, I provide a building or place name in Uzbekistan. For each building/place, generate an isometric icon (1x1) in the attached style. Consider references when provided. Qalay chiqibdi? @farhodjon#ai
Hashtags
Diposting 15 Mei
Sun’iy intellektga (SI) yondashuv Yaqinda chiqqan ba’zi yangiliklardan butun sanoat taxminan qaysi tomonga qarab ketishini payqash mumkin. Bu, asosan, kattaroq kompaniyalar SIga bo’lgan yondashuvining o’zgarishi. Facebook, Microsoft kabi katta kompaniyalar yo’lga qo’yadigan ba’zi tajribalar, o’z-o’zidan, boshqa kichikroq kompaniyalar tomonidan ham qabul qilinadi. Quyida oxirgi oylarda kompaniyalarning SIga strategik tomondan yondashuvini va qo’shimcha ma’lumotlarni keltiraman. Shopify Reflexive AI usage is now a baseline expectation at Shopify - Shopify asoschisi va bosh direktori Tobi Lutke kompaniyaga yuborgan xatini hamma bilan bo’lishdi: - Endi kompaniyada SIdan samarali foydalanish asosiy talablardan biri. - SI prototiplar qilish jarayonining ajralmas qismi bo’lishi lozim. - Faoliyatni baholash (performance review) SI bo’yicha savollarni o’z ichiga oladi. - Ishga olishdan oldin nega bu vazifani SI orqali qilib bo’lmasligi tasdiqlanishi kerak. - Va bu hammaga talluqli. Duolingo Duolingo is going to be AI-first - Duolingo hozirgi jarayonni xuddi mobil interfeyslar paydo bo’lgan vaqtga o’xshatyapti. Kompaniya nimalarni o’zgartiryapti: - Yollanma ishchilarni (contractor) asta-sekin SI bilan almashtirish. - SIdan foydalanish ishga olish jarayonida e’tibor beriladi. - SIdan foydalanish faoliyatni baholashga ham hisobga olinadi. - Avtomatlashtirib bo’lmaydigan jamolargina yangi xodimlar olishi mumkin. - Ko’p bo’limlarning faoliyati keskin o’zgaradi. Microsoft/Meta Satya Nadella va Mark Zakerbergning Llamacon’dan qisqa va to’liq videolari: - Microsoft: kompaniyada 20-30% kod SI yordamida yozilyapti. Kuni kecha kompaniya xodimlarni 3% ga qisqartirishini bildirdi. - Meta: 2026-yilda Meta’da 50% kod SI tomonidan yoziladi. Klarna Klarna misoli qiziq. O’tgan yili kompaniya ishga olishni 12 oyga muzlatib qo’ygandi. Maqsad: xodimlarni SI bilan almashtirish va kompaniyani kichraytirish (xodimlar soni masalasida). Lekin kompaniya yaqindan boshlab yana odamlar olishni boshladi. Sabab: Klarna mijozlari uchun odam bilan muloqot qilish imkoniyatini qoldirish. Fiverr Fiverr bosh direktori Micha Kaufman yozyapti: - SI ish o’rningizga da’vogarlik qilyapti, hatto, mening ishimga ham. - Farqi yo’q qaysi soha: dasturchi, dizayner, mahsulot menejeri, data scientist, yurist, savdo, moliya va hokazo. - Oson topshiriqlar yo’qoladi, qiyin topshiriqlar osonga aylanadi, imkonsiz topshiriqlar yangi qiyinga aylanadi. Hozirgi holat - SI hayotning yoki ishning chetlab o’tib bo’lmaydigan qismiga aylanib bo’ldi. - ChatGPT otasiga ishonsak, SI internet ixtirosi bilan teng yoki undan ham kattaroq. - SIni tezroq, samaraliroq tatbiq qiladigan kompaniyalar yutib boraveradi. - SIdan to’g’ri foydalanigan mutaxassislar ham g’olib chiqib boradi. Kompaniyalarga taklif - Dasturchilarga Cursor/Windsurf/Copilot kabi uskunalarni hoziroq berish lozim. Turli agentlarni sinab ko’rgandan keyin, eski usulda kod yozish juda sekindek tuyuladi. - Qolganlarga ChatGPT kamida yoki Gemini. - Jarayonlarni moslashtirish: ishga olish, faoliyatni baholash kabilarda SI bilimini qo’shish. - Jarayonlarni optimallashtirish: juda ko’p narsani avtomatlashtirish mumkin. Odamlar Zapier yoki n8n orqali ham agentlar qurib tashlayapti. Fikrlar va savollar izohlarda. Welcome to the new world! @farhodjon#ai
Hashtags
Diposting 3 Mei
Typographer 📝 Tunov kuni vaqt intervallarida qaysi chiziqchani ishlatishni muhokama qilgandan keyin o’zimga ham, boshqalarga ham ishni osonlashtirish uchun “Typographer” nomli GPT yaratdim. Ixtiyoriy berilgan matnning tipografikasini yaxshilab beradi: xatolarni…