TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT CHAT

Far·hod·jon

@farhodjon

Edutainment

https://linktr.ee/far5n10v Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.

Pelanggan1,120Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak586Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini21,170Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 2 dari 49 · 586 postingan

Diposting 25 Feb

Super Dispatch’da yaxshi frontend injenerlar qilingan ishini kichik demo sifatida ko’rsatadi. Pull request yoki topshiriqqa izoh sifatida qoldiriladi va asinxron ishlaganda juda foydali. Endi Cursor’ning bulutda ishlaydigan agentlari o’zining kompyuteriga ega. Bu degani, ular qilingan ishni test qila oladi va demo ham yozib beradi. Bulutda ishlaydigan agentlarning eng yaxshi tomoni - dasturchilardan boshqalarga ham mahsulot qurish imkoniyatini beradi. Dizayner yoki mahsulot menejerlari dasturchilarni kutib o’tirmasdan, agent bilan ishni bitiraveradi. Anonsi bu yerda: https://cursor.com/blog/agent-computer-use Yuqoridagi videoda Codex ishni Opus’dan ko’ra to’g’riroq bajardi.

1,340 views

Diposting 22 Feb

Qiziq trend: Endi “manavi xatoni tuzatdim”, “buni tayyorlab qo’ydim”, “hozir yangi build yuboraman” kabi gaplarni ba’zida ko’plikda ham gapirishni boshladim: • manavi xatoni tuzatdik • buni tayyorlab qo’ydik • hozir yangi build yuboramiz. Chunki, ko’p ishni sun’iy intellekt bilan qilyapMIZ. Kelajakda ular dunyoni egallasa hisobga olar? 😁 Yana esimga kelgan fakt: ingliz tilida sun’iy intellektga nisbatan “it” ishlatiladi (xuddi narsadek), rus tilida “он” ishlatiladi (xuddi erkak jinsidek). O’zbek tilida esa bizga jinsining, jonzot yoki jonsizligining farqi yo’q - hammasi “u”. Bu masalada biz juda “inclusive”miz. Bir paytlar Google Translate “he/she”ni kontekstga qarab aytardi, to’g’rilashibdi.

1,270 views

Diposting 21 Feb

Endi hammamiz terminalda ko’proq yashayotganimiz uchun u yerda ham hayot sifatini oshirish kerak, albatta. Bugun ikkita juda yaxshi va TEZ uskunalarga uchradim: Yazi - fayl menejeri. Fayllarni ko’rish (preview), shunchaki strelkalar bilan papkalarni aylanish shunaqa tez! https://github.com/sxyazi/yazi GitUI - git uchun terminal foydalanuvchi interfeysi (TUI - Terminal UI), o’zgarishlarni yoki logni ko’rish, klaviatura orqali har xil rejimlarga o’tish juda tez! https://github.com/gitui-org/gitui 80- va 90-yillarga qaytib xush kelibsiz! Aytgandek, anchadan beri asosiy terminalim - Ghostty. Uyam juda tez.

1,500 views

Diposting 7 Feb

Yaqinda ikkita qiziq maqolaga ko’zim tushdi. Infrastrukturaga qiziqadiganlar yoki kichikroq loyihalarni deploy qiladiganlar uchun foydali bo’ladi. Balki, pul tejashga ham yordam berishi mumkin. How I Stopped Paying £38/Month Per Database (and Got Microsecond Response Times) Bunisi ko’proq kichik va o’rtacha loyihalarni deploy qilish bo’yicha. Osonroq loyihalarni Hetzner serverlariga Dokploy orqali deploy qilish orqali ancha sodda va arzon infrastruktura qurish mumkin. Dokploy menga yangilik bo’ldi. GitHub’ga o’zi ulanadi, Docker Compose bilan hamma servislarni birdaniga deploy qilish mumkin, Telegram orqali bildirishnomalar bor, S3’ga mos keladigan servislarga backup qilishi va hokazolar ichida. Umumiy bulut platformalaridan foydalanish ta’qiqlangan tizimlar uchun juda mos. 2026 is the Year of Self-hosting Bunisi 2026-yilda self-hosting juda osonlashib qolgani haqida. Bu maqola ko’proq bor bulutdagi servislarni lokal kompyuterda saqlash va ma’lumotlarga egalikni qo’lga olish.

1,450 views

Diposting 7 Feb

Opus 4.6 va Codex 5.3 modellarini haqiqiy loyihada bir xil muhitda tekshirishga imkoniyat bo’ldi bugun. Lekin kod uchunmas, loyihani to’liq tekshirib chiqib, ORM’ni almashtirish bo’yicha reja olish uchun. Opus 4.6 shavqatsizlarcha ochiq va rostgo’y. Qaror sifatida bir qancha sabablarni keltirib, “umuman tavsiya qilmayman”, degan qaror chiqardi. Lekin so’ralganda qanaqa qilib to’g’ri implementatsiya qilish bo’yicha reja tuzib berdi. Codex 5.3 bo’lsa shunchaki talabni bajardi xolos. O’zining “fikrini” bo’llishmasdan, to’g’ridan-to’g’ri so’ralgan narsani bajarishga o’tdi: ya’ni reja tuzishga. Rejasi yaxshi lekin. Keyin, ikkala rejani olib Gemini fikrini so’radim. Uning fikricha, Claude taklif qilgan variant to’g’ri: bu refaktoringni qilmaslik kerak. Lekin majbur bo’lsakkina Codex rejasini ishlatishni aytdi. My recommendation: Use Claude’s "Feature Parity Gaps" list to kill the project. If you can't kill it, adopt Codex’s "Phase 1: Repository Interfaces" immediately—it’s a better architectural pattern regardless of which ORM you use. Xullas, rostgo’y injener kerak bo’lsa - Claude, iltifotli injener kerak bo’lsa - Codex.

1,160 views

Diposting 6 Feb

OpenAI va Anthropic bugun “e, o’ylanib o’tiramizmi?” savoliga “bosdik!” deb javob berishibdi. Ikkala e’lonning vaqti taxminan 25 minutga farq qiladi 😅 Claude Opus 4.6 Har doimgidek, kod yozish uchun SOTA (State-of-the-Art) model. Yuqoridagi grafikda ikkita sifatdan tashqari boshqa hammasida 4.5 versiyasiga nisbatan yaxshilangan. Parallel bajariladigan amallar uchun agent jamolalarini ishga tushirish mumkin. X/Twitter | Blog Yanvarda Cursor juda yaxshi tajriba o’tkazgandi. Anthropic Claude orqali C dasturlash tili kompilyatorini yaratib, Linux yadrosini kompilyatsiya qilgan. Albatta, parallel agentlar jamoasi bilan. Building a C compiler with a team of parallel Claudes GPT-5.3-Codex “Siz shunchaki qurishingiz mumkin” nomli slogan bilan OpenAI yangi modelini 25 minutdan keyin e’lon qildi. Quvib borayotgan kompaniya sifatida OpenAI faqat o’zining modellarini solishtiryapti. 5.2 versiyaga nisbatan sifati 13.3% ga oshgan. Tez. Alohida veb dasturlash uchun yaxshi ishlayotgani ta’kidlangan. Menimcha, 2025-yil so’nggidan boshlab OpenAI dasturlash modelini kuchaytirishga juda qattiq bel bog’lagan. macOS uchun qilgan ilovasi va ko’proq limit berishi agent orqali qurishni ko’proq odamlarga yetkazmoqchi. Hamma ham terminalda o’tirmaydi. X/Twitter | Blog ――――――――― Bu ketishda yil oxirida nima kutishni ham bilmaydi odam. Lekin ikkita kuchli kompaniya bir-biri bilan bunaqa raqobat qilishi bizga yaxshi. Happy vibe coding!

4,350 views

Diposting 4 Feb

100% qo’shilaman 😅 https://x.com/filippkowalski/status/2018974208315764992?s=46

1,180 views

Diposting 3 Feb

Kutilmaganda OpenAI o’zining koding agenti - Codex uchun alohida macOS ilovasini chiqardi bugun: Introducing the Codex app Interfeysi ChatGPT’nikini eslatvoradi, ko’p amallarni interfeysning o’zida ko’rish/qilish mumkin. Bir nechta agentlarni ishga tushirib yoki ma’lum vaqtda ishlaydigan qilib avtomatlashtirishga juda qulay. Terminal bilan ishlashni yoqtirmaydiganlar uchun juda yaxshi yangilik. Pulli obunasi bor foydalanuvchilari uchun 2 oyga limitlar 2 marta oshirilgan, ChatGPT’ni tekinga ishlatadiganlar ham sinab ko’rishi mumkin. Bu yerdan yuklab olamiz: https://openai.com/codex/ Boringlar, quringlar endi, qisqasi.

1,450 views

Diposting 1 Feb

Mabodo kimdir adashib Google’ning yangi dunyo modeli - Genie 3 yordamida qilingan misollarni o’tkazvorgan bo’lsa, marhamat. Hozir Genie 3 bilan odamlar turli o’yinlardagi muhitni simulyatsiya qilyapti. Interaktiv misollarni ko’rganda ularda ishlayotgan fizikaga hayron qoladi odam: obyektlar bir-biriga qilayotgan ta’siri, yorug’lik ishlashi, boshqaruv va hokazo. Lekin, dunyo modellarining eng katta qiymati robotlar uchun ochiladi: robot atrofda bo’layotgan hodisalar natijasini bashorat qila oladi. Robotlarning dasturiy ta’minoti turli yaratib bo’lmaydigan muhitlarda test qilinishi mumkin. Masalan, Marsga yuboriladigan robotlar yoki avtonom yuradigan mashinalar uchun cheksiz muhitlar yaratish qiyinmas. Bir qancha misollar bu yerda: • https://x.com/minchoi/status/2018000177420763279?s=20 • https://x.com/techhalla/status/2017180751997923475?s=20 GTA 6 bu yil chiqmasa, xaloyiq Genie bilan o’zlari tugatvorishadi bu ketishda.

1,260 views

Diposting 25 Jan

Codex bilan uzoqroq bajariladigan ishlar O’tgan hafta Codex orqali uzoq bajariladigan loyiha ustida ishladim. Vazifalar bir nechta qismlardan iborat edi: • butun loyihadagi kod va arxitekturani o’rganish • MCP orqali boshqa uskunalardan kontekst olish • kerak bo’lganda vaqtincha kod yozib, SDK orqali ma’lumot to’plash va hokazo. Ishlash jarayonida kontekst asta-sekin to’lishini kuzatib turish yoqimsiz. Vazifani esa aniq hal qilishni xohladim. Jarayonni qulay va sifatli qilishga bu yordam berdi: 1. Codex bilan asosiy ochilgan sessiyada qoniqarli javoblarni olgandan keyin, hamma natijani alohida Markdown hujjatga yozishni so’radim. 2. Codex uzun hujjat tayyorladi; ichida maqsad, yechim, qilinishi kerak bo’lgan qadamlar, muammolarning ildizi va hokazo ma’lumotlar bor. 3. Keyingi bergan topshirig’im: shu hujjatdagi har bir qadam alohida bajarilishi mumkin bo’lgan mayda hujjatlarga bo’lib chiq. 4. Codex har bir qadam uchun 01-first-task.md, 02-second-task.md, 03-third-task.md kabi fayllarni yaratib chiqdi. 5. Bu fayllar aynan bitta topshiriq/qadam uchun tayyorlangan va men ularni alohida sessiyada bajarishim mumkin. Qo’shimcha kontekst sifatida asosiy hujjatga ham havola bor. 6. Codex’ni alohida ishga tushirib, har bir topshiriqqa alohida vazifa berdim: let’s work on 01-first-task.md. Bu usulning yana bitta yaxshi tomoni bor: topshiriqlarni parallel ishga tushirish mumkin. Terminalda 5-6 ta tabda har bir topshiriq bajarilaveradi. Xullas, odamlar yoki komandalar bilan ishlaydigan yaxshi tajribalar sun’iy intellekt bilan ham ishlaydi. Katta ishni maydalab qilish kerak 🙂

3,450 views

Diposting 24 Jan

a16z (Andreessen Horowitz, venchur kapital firmasi) yozishicha, vayb koding erasi boshlanganidan keyin App Store’dagi yangi ilovalar 60% ga oshgan. Undan oldin 3 yil davomida deyarli o’smagan.

1,720 views

Diposting 24 Jan

Ikkala videoni atigi 3 yil ajratib turibdi: • 2023-yildagi video Stable Diffusion bilan generatsiya qilingan • 2026-yildagi video Kling 2.6 modeli bilan. Aytgandek, Will Smith spagetti yeyishi video generatsiya qiladigan modellar uchun benchmarkka aylangan. Keyingi uch yilda nima kutayotgani qiziq 😅

1,040 views
1234•••10•••20•••30•••40•••4849