TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT CHAT

Far·hod·jon

@farhodjon

Edutainment

https://linktr.ee/far5n10v Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.

Pelanggan1,120Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak586Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini17,930Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 6 dari 49 · 586 postingan

Diposting 2 Mei

Typographer 📝 Tunov kuni vaqt intervallarida qaysi chiziqchani ishlatishni muhokama qilgandan keyin o’zimga ham, boshqalarga ham ishni osonlashtirish uchun “Typographer” nomli GPT yaratdim. Ixtiyoriy berilgan matnning tipografikasini yaxshilab beradi: xatolarni…

1,020 views

Diposting 2 Mei

Typographer📝 Tunov kuni vaqt intervallarida qaysi chiziqchani ishlatishni muhokama qilgandan keyin o’zimga ham, boshqalarga ham ishni osonlashtirish uchun “Typographer” nomli GPT yaratdim. Ixtiyoriy berilgan matnning tipografikasini yaxshilab beradi: xatolarni tuzatadi, maxsus belgilarni to’g’ri qo’llaydi, matnni o’qishga qulaylashtiradi. Har bir qilgan o’zgarishini keyin tushuntirib ham beradi. Ingliz tilida ham, o’zbek tilida ham yaxshi ishlayapti. Masalan, kun.uz’dagi maqoladan manavi matnni yubordim: Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda BYD Song Plus Champion'ni bojxonadan olib o‘tish to‘lovlari qanday o‘zgarayotgani ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, 1 maydan e’tiboran bu avtomobil uchun bojxona yig‘imi – 937 ming so‘m, 12 foiz QQS – 37 mln 923 ming so‘m, utilizatsiya yig‘imi – 45 mln so‘m – jami bojxona xarajatlari 83 mln 860 ming so‘mni tashkil etadi. GPT esa uni quyidagicha yaxshiladi: Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda BYD Song Plus Champion’ni bojxonadan olib o‘tish to‘lovlari qanday o‘zgarayotgani ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, 1-maydan e’tiboran bu avtomobil uchun bojxona yig‘imi – 937 ming so‘m, 12 foiz QQS – 37 mln 923 ming so‘m, utilizatsiya yig‘imi – 45 mln so‘m – jami bojxona xarajatlari 83 mln 860 ming so‘mni tashkil etadi. Va quyidagi sabablarni keltirdi: - apostrof va diaktrik belgilarni to’g’riladi - sonlardan keyin uzilmaydigan bo’shliq (non-breaking space) qo’ydi - chiqimlar va mashina modelini ajratish uchun qalinlashtirdi - “1 maydan” iborasida “1”dan keyin chiziqcha qo’shdi: “1-maydan”. Quyidagi havola orqali sinab/ishlatib ko’rish/yurish mumkin: https://chatgpt.com/g/g-6811226402848191bb24e82c80eaec9c-typographer @farhodjon#projects#ai

1,060 views

Hashtags

Diposting 19 Apr

📣 Hiring alert (April 2025 Edition) Yangi vakansiya ochmaganimizga ancha bo’libdi. Super Dispatch QA Engineer izlayapti: - Senior QA Engineer Tanish nomzodlarga yuboramiz. @farhodjon#superdispatch#hiring

1,170 views

Diposting 11 Apr

Henrik Kniberg - Agile Coach, bir paytlar Spotify kompaniyasining mahsulot ishlab chiqarish madaniyati haqida (Spotify modeli) juda foydali videolar qilgan (birinchisi, ikkinchisi). Turli grafikalar bilan yaxshi tushuntirgani uchun videolari o’ziga xos. Bir yil oldin “Generative AI in a Nutshell” nomli videosini chiqargan ekan. AI va GenAI haqida umumiy taassurot/tushuncha olgani asqotadi. https://youtu.be/2IK3DFHRFfw?si=od2YtCK2Qp4KgR_G @farhodjon#ai

1,360 views

Hashtags

Diposting 6 Apr

Claude - Klod Eng yaxshi kod yozadigan va agentlar uchun juda mos sun’iy intellekt modeli - Claude nomini ko’pchilik “klaude”, “klaud” kabi talaffuz qilinayotganini eshitdim. To’g’ri talaffuzi: Klod. Jan-Klod Van Dammni eslang. Uning professional ismi: Jean-Claude Van Damme. “Claude” - fransuzcha ism, “kuchli irodali” ma’nosini beradi. O’xshash o’qiladigan “fraud” (frod) so’zi ham fransuz tilidan ingliz tiliga o’tgan: fraude → fraud. @farhodjon#ai

1,250 views

Hashtags

Diposting 30 Mar

GPT‑4o modelining yangi rasm generatsiya qiladigan rejimini hamma ko’rgandir. Turli stillarni juda yaxshi o’tkazyapti: hamma takrorlayotgani - Ghibli studiyasining stili. Xohlagan fotoni yuborib “create a Studio Ghibli version of this photo” ko’rsatmasi bilan yaxshi sifatli rasm olish mumkin. Men qiziqib teskarisini sinab ko’rdim. Yuqoridagi rasmlar Kamoliddin Behzodning miniatruyalaridan yaratilgan. OpenAI maqolasida turli misollar va batafsil tushuntirish keltirilgan: Introducing 4o Image Generation @farhodjon#ai

1,470 views

Hashtags

Diposting 9 Mar

1970-yilda yapon robototexnika professori tomonidan “g‘ayritabiiy vodiy” (inglizcha: uncanny valley) atamasi taklif qilingan. Bu tushuncha odamga juda o‘xshash, lekin yetarlicha mukammal bo‘lmagan obyektlar bezovtalik yoki jirkanish hissini uyg‘otishini anglatadi. Masalan, oddiy qo‘g‘irchoqlar yoki multfilm qahramonlari yoqimli tuyuladi, lekin odamga juda o‘xshash android robotlar yoki noaniq realizmga ega CGI qahramonlar ko‘pincha noqulaylik hissi uyg‘otadi. Bu hodisani filmlardagi grafikadan ham kuzatish mumkin — animatsiya qahramonlari odatda yoqimli qabul qilinadi, ammo realizmga juda yaqin, lekin mukammal bo‘lmagan sun’iy tasvirlar ko‘pincha g‘alati tuyuladi. Sesame kompaniyasi esa g‘ayritabiiy vodiyni yengib o‘tish maqsadini qo‘ygan. Ular ishlab chiqarayotgan muloqot interfeyslari inson nutqiga iloji boricha tabiiyroq o‘xshash bo‘lishiga harakat qilmoqda. Kompaniya ayni paytda aqlli ko‘zoynak ustida ham ishlamoqda. Yuqoridagi videoda ChatGPT ovoz rejimi (ayol) va Sesame demosini (erkak) gaplashtirib ko‘rdim. Sesame ovozi va muloqoti nihoyatda tabiiy, lekin aynan o‘ta ideal bo‘lgani sababli biroz ikkilantirishi mumkin. Texnik tafsilotlar va demo: Crossing the uncanny valley of conversational voice @farhodjon#ai

1,320 views

Hashtags

Diposting 3 Mar

Kompaniya/komanda chati O’zbekistondagi ko’p kompaniyalar ichki muloqot uchun Telegram ishlatishiga hayron qolaman. Telegram - shaxsiy va guruh muloqotlariga juda ma’qul yechim, lekin aynan ish uchun noto’g’riroq. Birinchidan, xavfsizlik tomondan kompaniya ma’lumotlariga o’zi ega bo’lishi kerak. Ish bo’yicha qilinadigan muloqotlar ham shu toifaga kiradi. Ikkinchidan, ish uchun alohida chat bo’lishi odamlarga shaxsiy va ish muloqotini ajratish imkoniyatini beradi. Dam olish kerak bo’lgan holatlarda Telegram’dagi bildirishlar xalaqit bermaydi. Uchinchidan, Slack/Discord kabi servislardagi kanallar juda qulay: odam kompaniyaning hisobiga qo’shiladi va barcha kanallarga qo’shilishi mumkin. Telegram’ning topics (mavzular) imkoniyatiga ham chidasa bo’ladi, lekin noqulay. Slack/Discord chatlarni bulutda saqlaydi (katta kompaniyalarga minus) va narxi sezilarli bo’lishi mumkin (kichik kompaniyalarga minus). Lekin, xuddi pochta kabi, bozorda bir nechta ochiq kodli takliflar bor. Ularni bemalol alohida serverga qo’yib ishlatish mumkin. Eng mashhurlari: Mattermost va Rocket.Chat. Ikkalasi ham faqat chat emas, qo’shimcha imkoniyatlar ham beradi. @farhodjon#work

4,019 views

Hashtags

Diposting 26 Feb

Yuqoridagi videoda ajoyib demo. Ikkita sun’iy intellekt bir-biri bilan odamlar tilida gaplashishni boshlayapti va keyinroq muloqotning effektivligini oshirish uchun GibberLink rejimiga o’tyapti. Bu rejim ma’lumotni ovoz orqali berishga mo’ljallangan ggwave asosida ishlayapti. Agentlar - ElevenLabs. Demo Wall-E filmidagi robotlarning ovozini eslatvordi. Kodi va detallari bu yerda: https://github.com/PennyroyalTea/gibberlink @farhodjon#ai

2,200 views

Hashtags

Diposting 23 Feb

Robotlardan biroz chalg’iymiz. Nodirxon yaqinda Apple taqdimotlarida ko’p ishlatadigan Bento qutisi/dizayni haqida yozgandi. Yangi iPhone 16e taqdimotida chiroyli 3d stilda qilingan videolar juda yoqdi. @farhodjon#design

941 views

Hashtags

Diposting 22 Feb

Xullas, robotlar sohasi keyingi 5-10 yillikda juda rivojlanadiganga o’xshayapti. Bugun yana ikkita demo. Birinchi video 1X kompaniyasining NEO Gamma roboti (e’lon). Bu kompaniya uy uchun robotlar chiqarishni maqsad qilgan. Shuning uchun, roboti nisbatan bosiq tonlarda va xavfsiz dizaynda qilingan. Robotning dizayni interyerning bir qismi sifatida bo’lishi va odamlar uni iliq qabul qilishi muhim. Kompaniya 2014-yilda tashkil topgan ekan - anchadan beri bozorda. Ikkinchi videoda 2021-yilda tashkil qilingan Clone kompaniyasining roboti. Menimcha, aynan shu kompaniyaning robotlari tuzilish jihatdan odamga ancha yaqin. Robotda muskul, skelet, asab va “qon-tomir” tizimlari mavjud. Saytida har bir tizimning rentgenini ko’rish mumkin. Muskul uchun maxsus tolali material ham ishlab chiqilgan. Clone yasayotgan robotlar “Westworld” serialidagi ilk androidlarni eslatadi. Yaqingacha mavjud bo’lgan, onlayn qilish mumkin bo’lgan hamma ishni sun’iy intellekt oladi, degan fikr o’zgaryapti. Har qanday texnologiya kabi bu robotlar aqllilashib va kuchayib boradi. Va bu uchun millionlab yil talab qilinmaydi. Qaysi robotni uyga qo’yamiz? 😅 @farhodjon#ai#robotics

1,050 views

Hashtags

Diposting 21 Feb

Figure kompaniyasi humanoid (odamsifat) robotlar chiqaradi. Tesla’ning Optimus robotlariga raqobat qiladi va katta kompaniyalardan (Microsoft, Nvidia, Intel) sarmoya olgan. 2024-yil avgustida taqdim qilingan roboti - Figure 02 (video) - ancha aqlli va kuchli. Qisqacha xarakteristikasi: - bo’yi 168 sm; - vazni 70 kg; - quvvati 5 soatga yetadi; - 20 kg yuk ko’tara oladi; - tezligi sekundiga 1,2 metr (4,3 km/soat). Fevral boshida kompaniya OpenAI bilan tuzilgan hamkorligini bekor qilgandi. Maqsad: robotlarga mo’ljallangan modellarni mustaqil ishlab chiqarish. Bugun kompaniya yangi, robotlarga mo’ljallangan, Vision-Language-Action (ko’rish-til-harakat) modelini taqdim qildi: Helix. Yuqoridagi videoda demosi. Helix imkoniyatlari: - robotlarning yuqori qismini boshqaradi: bosh, tana, qo’l va barmoqlar; - multi-robot hamkorlik - bir nechta robot birga ishlaydi; - narsalarni olish va qo’yish; - va eng asosiysi - robotning o’zida ishlaydi. Oxirgi punkt juda muhim. Real vaqtga yaqin natijaga erishish va maxfiylikni ta’minlash uchun model lokal bo’lishi kerak. Bu, keyinroq, boshqa sayyoralarni o’rganishga ham yo’l ochadi. Yana bir qiziq tomoni bor. Daniel Kahnemanning “Thinking, Fast and Slow” kitobida yozilgan 1- va 2-tizimlar Helix’da ham tatbiq qilingan. 1-tizim tez qarorlar uchun, 2-tizim esa sekinroq, tushunish talab qiladigan holatlar uchun. Saytida bir qancha texnik detaillari bilan yozilgan: Helix: A Vision-Language-Action Model for Generalist Humanoid Control Ajoyib davrda yashayapmiz! @farhodjon#ai#robotics

1,070 views

Hashtags

12•••45678•••10•••20•••30•••40•••4849