TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT CHAT

Far·hod·jon

@farhodjon

Edutainment

https://linktr.ee/far5n10v Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.

Pelanggan1,120Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak586Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini20,770Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 9 dari 49 · 586 postingan

Diposting 30 Jun

Sun’iy intellekt kimlarni almashtiryapti? Social Science Research Network (SSRN) 2021-yilning iyul oyidan 2023-yilning iyuligacha onlayn frilans platformalaridagi milliondan ortiq ishlarni o’rganib chiqqan. Bu tadqiqot natijasida sun’iy intellekt (SI) eng ko’p ta’sir qilgan yo’nalishlarni aniqlagan. Generative AI (asosan, ChatGPT) salbiy ta’sir qilgan eng ko’p sohalar: - Yozuv ishlari (writing jobs) - 30.37 foizga kamaygan - Dasturiy ta’minot, ilova va veb ishlab chiqarish - 20.62 foizga kamaygan - Grafik dizayn - 18.49% kamayish - 3D modellash - 15.57% kamayish. [manba] @farhodjon

1,900 views

Diposting 30 Jun

Far·hod·jon pinned «📣 Hiring alert (June 2024 edition) Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislar izlayapti: - Senior Backend Engineer (Python) - Middle Backend Engineer (Python) - Senior Engineering Manager - Director of Engineering Bo’lishadiganlar uchun katta rahmat…»

views

Diposting 29 Jun

“Albatta HA” yoki “yo’q” Derek Siversning juda yaxshi qoidasi bor. Biror narsaga shunchaki “ha” deb javob berish - “yo’q” bilan teng. Qachonki “albatta, ha!” deyilgandagina u haqiqiy “ha.” Inglizchasida: No yes. Either HELL YEAH! or no. (bu haqida kitob ham yozgan) Ayniqsa, bu qoida ortiqcha va’da bervoradigan, ishi boshidan oshib yotgan, tarqoq, “yo’q” deyolmaydigan, hadeb bir narsadan ikkinchi narsaga sakrayveradigan odamlar uchun foydali. Qoidani qisqacha quyidagicha yozish mumkin: - Yo’q → yo’q - Ha → yo’q - Albatta, ha! → HA. @farhodjon

1,500 views

Diposting 26 Jun

📣Hiring alert (June 2024 edition) Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislar izlayapti: - Senior Backend Engineer (Python) - Middle Backend Engineer (Python) - Senior Engineering Manager - Director of Engineering Bo’lishadiganlar uchun katta rahmat va shaxsan minnatdorligim. Agar taklif qilingan odam Super Dispatch’ga qo’shilsa - $1 000 referral fee. --- Jahongir Rahmonovdan yaxshi savol: Qanday refer qilish kerak Farhod aka 😃 Javob: email ([email protected]) yoki Telegram (@far5n10v) orqali qaysi kandidatni taklif qilganingizni bildirib qo’yishingiz kifoya.

4,910 views

Diposting 18 Jun

Shu paytgacha demolariga qarab eng yaxshi sifatdagi matndan video (text-to-video) yaratadigan Sora modeli, hozircha, yopiq. AQShda kuzda bo’ladigan saylovlar oldidan turli feyklar ko’payib ketmasligi uchun OpenAI modelni faqat cheklangan odamlarga bergan.…

4,390 views

Diposting 18 Jun

Shu paytgacha demolariga qarab eng yaxshi sifatdagi matndan video (text-to-video) yaratadigan Sora modeli, hozircha, yopiq. AQShda kuzda bo’ladigan saylovlar oldidan turli feyklar ko’payib ketmasligi uchun OpenAI modelni faqat cheklangan odamlarga bergan. Lekin yaqinda ikkita yangi model paydo bo’ldi va ularni sinab ko’rish mumkin. Kling - bu model xitoylardan (1-video). Videoning sifati Sora’dan qolishmaydi. Saytida demolari va xitoychani tushunadiganlar sinab ham ko’rishi mumkin: https://kling.kuaishou.com/en Luma Dream Machine - Luma AI tomonidan ishlab chiqarilgan. O’ta darajada realistikmas, lekin turli fantastikaga o’xshagan janrlar uchun bu juda mos. Sun’iy intellekt yaratayotgan narsalarni “real” deyishga kelishmadik, menimcha :) Google orqali ro’yxatdan o’tib bu yerda sinab ko’riladi: https://lumalabs.ai/dream-machine Antiqa davrda yashayapmiz.

1,170 views

Diposting 28 Mei

Kutilmaganda Microsoft Telegram uchun Copilot bot chiqaribdi. Rasmiy bot, saytida tanishish mumkin: https://www.microsoft.com/en-us/edge/copilot-for-social?form=MY02F9 Sal sekinroq ishlayapti va foto/audio qabul qilmayapti hozircha. Lekin butun ekotizimi Telegram’da bo’lgan odamlar uchun juda foydali. Bot: @CopilotOfficialBot [manba]

1,420 views

Diposting 26 Mei

Unsplash 2020-yilning yozida karantindan zerikkanda fotoapparat sotib olgandim. Uzooq izlanishlardan so'ng birinchi professional fotoapparat sifatida Fujifilm X-T4 tanlandi (bunda yordam bergan Jamshid Nazarovga katta rahmat). Birinchi qadamlar deyarli hamma…

1,050 views

Diposting 23 Mei

Apple mahsulotlaridagi detallarga juda qattiq e’tibor berishi ko’pchilikka ma’lum. Lekin bunisi batamom yangi darajaga chiqish! Yaqinda Apple yangi iPad va Pencil taqdim qildi. Ko’p tomondan yaxshilangan qurilmalar. Endi planshet Pencil Pro qalamining aylanishini ham hisobga oladi (ekranga yaqinligini avval ham aniqlardi). Qalam ekranga yaqinlashganda, aylanganda va burilganda tizim planshet ekranida juda tabiiy soya chizyapti. Tanlangan uskunaga qarab soya o’zgaradi ham! Buning uchun tizimga kamida 10 ta uch o’lchovli qalam modeli qo’shilgan 🤯 [manba] Ishini muhabbat bilan qiladigan odamlarni juda qattiq hurmat qilaman 💛

1,000 views

Diposting 12 Mei

Ingliz tilida sonlar Menga ingliz tilida, ayniqsa, amerikancha inglizchada turli sonlarni qisqartirilishi yoki qulay aytilishi yoqadi. 1924 yili “19”-“24” deb ajratib aytilishini hamma biladi: nineteen-twenty four. “Bir ming to’qqiz yuz yigirma to’rt” bilan “o’n to’qqiz yigirma to’rt” solishtirib ko’rish kifoya. Lekin boshqa osonlashtirish ham ko’p ishlatiladi: - K/M/B/T - ming/million/milliard/trillion. Masalan, 14 000 soni “fourteen thousand” o’rniga “fourteen key” deyiladi va “14K” sifatida yoziladi. - Ming “grand” bilan ham almashtiriladi: 13000 - thirteen grand. - Agar sonlar faqat yuz (100) bilan tugasa, so’nggi ikkita nol “hundred” bilan almashtiriladi: 1400 - fourteen hundred, 2500 - twenty five hundred. - Bular aralashishi ham mumkin: 1,200,000 - twelve hundred key. - Yuqoridagi yilni bo’lish boshqa holatlarda ham ishlaydi: 4568 Main St. - fourty five sixty eight main street. - 3 ta raqamli sonlar ham ikkiga bo’linadi: 345 - three fourty five. - Nolni “O” harfi bilan almashtirish: 103 - “one zero three” o’rniga “one oh three.” Uzun sonlarni yozishda minglar “,” bilan ajratlishi ham juda qulay: 329874501 o’rniga 329,874,501 yoziladi. Tipografika qoidalari bo’yicha o’zbek tilida minglar (bo’linmas) probel bilan ajratilishi kerak (329 874 501), lekin buni juda kam odam yozishmalarda ishlatadi.

1,120 views

Diposting 29 Apr

2022-yilda o’g’lim boradigan Trailwood Elementary School (Trailwood boshlang’ich maktabi) ochiq eshiklar kuni o’tkazgandi. Birinchi marta maktabning hamma detallarini o’shanda bemalol ko’rishga muvaffaq bo’lgandik. Quyida birinchi taassurotlar asosidagi fikrlarim: 1. Maktabda qorovul yo’q. Maktab eshiklari avtomatik yopiladi va administrator zarur bo’lganda tashqaridagi odamni kiritishi mumkin. 2. Ota-onalar maktab tashqarisidagi piknik stollarida bolalari bilan tushlik qilishi mumkin. 3. Maktab devorlari va sinf xonalarida yaxshi, pozitiv xabarlar yozilgan. 4. Umuman, hamma xonalar va koridorlarda juda yaxshi detallarni ko’rish mumkin va sifatli dizayn qilingan. 5. Sinfda bolalar stol atrofida o’tiradi va birga ishlashadi. Odatda, bir sinfda 20 ta atrofida bola. 6. Hamma o’quvchilar maktabdan iPad oladi (turli onlayn materiallardan foydalanish uchun). 7. O’quvchilarning maxsus ochiq shkaflari va narsalarni saqlaydigan joylari mavjud. 8. Sinfda turli o’yinlar bor. Bu - umumiy davlat maktabi (public school). Xususiy maktablarda sharoit va talablar boshqacha bo’lishi mumkin. Masalan, ba’zi xususiy diniy maktablarda maktab formasi bor. Yana bir detal maktabning qanaqa qurilgani (so’nggi suratda). Maktab juda mashinaga moslashtirilgan. Maktabga tegishli yo’lning alohida kirish va chiqishi bor, yana ikkita parkovka mavjud - 1 va 4. Kirish ikkita tomondan (2 va 3), lekin maxsus bayramlardan tashqari faqat bittasi foydalaniladi. O’quvchilarni olish uchun kiraverishda (5) maktab xodimi qaysi o’quvchi chiqishini bildiradi va mashina eshikka yaqinlashguncha o’quvchi chiqib turadi. Kirishga ikki tomondan kelayotgan mashinalar esa tabiiy ravishda ketma-ket o’tishadi - juda tartibli. @farhodjon#usa

1,220 views

Hashtags

Diposting 20 Apr

Hozirgi O’zbekiston hududida Sovet davrigacha olingan eng mashhur fotosuratlaridan biri - Buxoro amiri Said Olimxonniki. Foto muallifi - Sergey Prokudin Gorskiy. Avvallari shu fotoning tarixi haqida bilmasdim. Lekin yaqinda Sergey Prokudin Gorskiy va uning boshqa fotolar orqali Rossiya Imperiyasi paytidagi shaharlar va hayotni qisman ko’rish mumkin. Bu fotolar Gorskiyning 1909-1915-yillarda Rossiya imperiyasining turli hududlariga sayohati davomida olingan. Fotograf qizil-ko’k-yashil filtr orqali rangli fotolar olgan va ular haligacha sifatini yo’qotmagan. Oktabr revolyutsiyasidan keyin Gorskiy, asosan, Yevropada faoliyat yuritgan. Uning to’liq kolleksiyasi esa avlodlari tomonidan AQSh kongressi kutubxonasiga sotilgan. Kutubxona saytida hamma fotolarni ko’rish mumkin: https://www.loc.gov/search/?fa=partof:lot+10338&sp=1 Fotolarga e’tibor berilsa: - Tarixiy obidalarning ahvoli juda chatoq bo’lgan - Dengizga yaqin shaharlardan farq juda katta: masalan, Suxumi bilan Samarqand/Buxoroni solishtirish qiyin - Erkaklarning kiyimlari juda rang-barang. @farhodjon

1,090 views
12•••7891011•••20•••30•••40•••4849