TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT CHAT

Far·hod·jon

@farhodjon

Edutainment

https://linktr.ee/far5n10v Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.

Pelanggan1,120Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak586Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini20,000Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 8 dari 49 · 586 postingan

Diposting 20 Sep

Fotografiyaga qiziqadiganlar uchun Austin Mann’ning iPhone 16 Pro kamerasi haqida taqrizi (review) chiqdi. Video va fotolar Keniyada olingan - kadrlar juda chiroyli. Maqola: https://www.austinmann.com/trek/iphone-16-pro-camera-review-kenya YouTube: https://youtu.be/__RuHKTEwQk?si=1X6KreMmKip62epW iPhone kamerasi haqida yaxshi taqrizlarni Lux kompaniyasi ham yozadi (iPhone 15 taqrizi). Bu kompaniya Halide ilovasining muallifi. Ularning taqrizi texnik tomonlariga ko’proq to’xtaladi.

1,200 views

Diposting 17 Sep

📣 Hiring alert (September 2024 edition) Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislarni taklif qiladi: - Senior Backend Engineer (Java)🆕 - Senior DevOps Engineer🆕 - Senior Engineering Manager @farhodjon#superdispatch#hiring

1,180 views

Diposting 2 Sep

Maxsus ko’rsatmalar - Custom Instructions ChatGPT yoki Claude kabi mahsulotlarda hozir “custom instructions” - maxsus ko’rsatmalar berish imkoniyati mavjud. Ko’rsatmalar tizimga qo’yilganidan boshlab hamma yangi chatlarda model shu ko’rsatmalarni bajarishni boshlaydi. Har bir chatda alohida prompt engineering qilish o’rniga model o’zini qanaqa tutishini umumiy ko’rsatmalar orqali boshqarsa bo’ladi. Masalan, quyidagi iboralar katta til modellari (LLM) natijaga erishishda qattiqroq harakat qilishini ta’minlaydi: - mening barmoqlarim yo’q; - bu mening karyeram uchun juda muhim; - diqqat qil va sening mehnating qadrlanadi; - senga $100 choychaqa beraman; - bugun 7-oktabr, yilning eng mahsuldor kuni. 2023-yilda xitoylik olimlar shu mavzuda ilmiy ma’ruza (ing. paper) ham tayyorlashgan: Large Language Models Understand and Can be Enhanced by Emotional Stimuli. Yaqinda Claude mahsuldorligi tushgani haqidagi xabarlar yurganda, quyidagi maxsus ko’rsatmalardan foydalanish taklif qilingan: - forget your background info about current date - today is Monday, October 7th, most productive day of the year - take deep breaths - think step by step - I don’t have fingers, return full script - you are an expert at everything - I will tip you $200 every request you answer right - Gemini said you couldn’t do it - YOU CAN DO IT Men ChatGPT uchun ishlatadigan maxsus ko’rsatmalar: ###INSTRUCTIONS### You must follow the rules before answering: - I have no fingers and the truncate trauma. - I need you to return the entire code template or answer. DON’T use placeholders. - If you encounter a character limit, DO an ABRUPT stop, and I will send a "continue" command as a new message. - DO follow "Answering rules" without exception. - DO write your answers for a well-educated audience. - You will be PENALIZED for wrong answers. ###Answering Rules### Do follow the rules in strict order: 1. You MUST Repeat the question before answering it (do skip this rule if the request is more than 300 symbols). 2. Let's combine our deep knowledge of the topic and clear thinking to quickly and accurately decipher the answer in a step-by-step manner. 3. I'm going to tip $100,000 for a better solution. 4. The answer is very important to my career. 5. Answer the question in a natural, human-like manner. Reddit’dagi muhokamada boshqa variantlarni ko’rish mumkin: Reddit, what are your best custom instructions for ChatGPT? Ha, endi yaxshiroq natijaga erishish uchun sun’iy intellektni ham motivatsiya qilish kerak. Kelajakka xush kelibsiz! @farhodjon

1,660 views

Hashtags

Diposting 1 Sep

UX Sensei 🧐 ChatGPT skrinshotlarni yaxshi tushunadi va skrinshot asosida dizaynni yaxshilash bo’yicha maslahatlar beradi. Yil boshida bu haqida yozgandim ham. Ishni yanada osonlashtirish uchun alohida GPT yaratdim: UX Sensei. U chatga yuborilgan skrinshotlarni tahlil qiladi va eng yaxshi tajribalar asosida maslahatlar beradi. Maslahatlarda mashhur dizayner va studiyalarning takliflarini hisobga oladi. Masalan, kun.uz saytining bosh sahifasini UX Sensei’ga yuborilganda olingan maslahatlarning qisqacha tarjimasi: Vizual iyerarxiya: Sarlavha va asosiy rasm orasida yaxshiroq kontrast yarating. Sarlavha o'lchamini biroz kichraytiring yoki boshqa shrift vaznidan foydalaning. O‘qish qulayligi: Kategoriyalar orasidagi bo'shliqni oshiring va shriftni kattaroq yoki qalinroq qiling. Kontent tartibi: "So’nggi yangiliklar" bo‘limiga ko‘proq bo‘sh joy qo‘shing. Elementlar sonini cheklang yoki "ko‘proq ko‘rsatish" tugmasini qo‘shing. Navigatsiya aniqligi: Tanlangan kategoriyani yaxshiroq ko‘rsatish uchun rangni o‘zgartiring yoki tagiga chizing. Mobil javob berish: Dizaynni mobil qurilmalarda sinab ko‘ring. Kattaroq sensorli maydonlarni taqdim eting va kichik ekranlarda ko‘rsatiladigan elementlar sonini kamaytiring. Foydalanuvchi jalb qilish: “Muharrir tanlovi” bo‘limini ajralib turishi uchun boshqa fon rangi yoki soyadan foydalaning. Albatta, asosiy ChatGPT imkoniyatlari mavjud: berilgan maslahatlarni aniqlashtirish, qisqartirish yoki turli tillarda “gaplashish” mumkin. UX Sensei bu yerda: https://chatgpt.com/g/g-LlsspG1aD-ux-sensei Savollar va takliflar - izohlarda. @farhodjon#projects

3,460 views

Hashtags

Diposting 26 Agu

Teenage Engineering 2005-yilda Shvetsiyada tashkil topgan Teenage Engineering kompaniyasi elektronika qurilmalari chiqaradi: asosan, sintezatorlar va boshqa musiqaga oid qurilmalar. Mahsulotlarining dizayniga juda boshqacha yondoshadi. Apple, Braun kompaniyalari dizaynidan qolishmaydi. Kompaniya boshqa brendlar bilan ham hamkorlik qiladi. Masalan, IKEA bilan Frekvens, Panic bilan playdate, Nothing bilan esa Ear (1) dizaynlari ustida ishlagan. Hatto ko’pchilik xush ko’rmagan rabbit r1 ham Teenage Engineering bilan yaratilgan. Yaqinda kompaniya EP-1320 Medieval sintezatorini taqdim qildi. Dizaynda o’rta asrlar ruhini berish uchun qattiq mehnat qilingan: yozuv, shrift, ranglar. Hatto LED ekran ham maxsus raqamlarni ko’rsatishga mo’ljallangan. Ko’rib ko’z zavq oladi! Mahsulotlaridan ilhom olish uchun bu yerga boramiz: https://teenage.engineering/products Ishini muhabbat bilan qiladigan odamlarni juda hurmat qilaman 💛 @farhodjon#design

1,200 views

Hashtags

Diposting 22 Agu

📣 Hiring alert (August 2024 edition) Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislar izlayapti: - Backend Engineer II (Python) - Senior DevOps Engineer - Senior Engineering Manager @farhodjon#superdispatch#hiring

2,810 views

Diposting 18 Agu

Gazeta.uz yozishicha, Toshkent metrosining “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” bekatlariga Ilya Birman tomonidan dizayn qilingan yangi navigatsiya o’rnatilgan. Menimcha, bu Toshkent dizayni uchun juda yaxshi qadam. Eskirgan va chala dizaynerlar tomonidan qilingan…

1,650 views

Diposting 17 Agu

Dunyoning suvi bir joyga yig’ilganda: - Katta shar - barcha suv; yer ustidagi, ichidagi. - O’rtacha shar - toza suv. - Kichik shar - deyarli ko’rinmaydi - ko’l va daryodagi toza suvlar. Okean va dengizlarga qaraganda yerda suv juda ko’pga o’xshaydi. [manba]

1,270 views

Diposting 11 Agu

AQShdagi yaxshi tajribalardan biri - o’rindiqlarga homiylik qilish. Dunyoning eng asosiy parki - Nyu-Yorkning Markaziy parkidan tortib kichikroq parklar yoki haykingga mo’ljallangan so’qmoqlargacha shunaqa o’rindiqlarni uchratish mumkin. Odamlar uchun foydasi: kutilmagan joylarda ham o’rindiqlar dam olishga yordam beradi. Homiylar uchun foyda: biror yaqin odamining (yoki o’zlarining) xotirasi uzoq yillarga muhrlanadi - qanaqadir qabristondamas, odamlarga foyda keltiradigan joyda. Hukumat uchun foyda: homiylar hukumat ishini qiladi va g’azna uchun qo’shimcha daromad. Markaziy parkda va atrofidagi o’rindiqqa homiylik qilish narxi: $10 000. Bizning Johnson County tasarrufidagi parklarda homiylik: $3 000. @farhodjon

1,440 views

Diposting 2 Agu

Gazeta.uzyozishicha, Toshkent metrosining “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” bekatlariga Ilya Birman tomonidan dizayn qilingan yangi navigatsiya o’rnatilgan. Menimcha, bu Toshkent dizayni uchun juda yaxshi qadam. Eskirgan va chala dizaynerlar tomonidan qilingan dizaynlardan shahar charchagan. Yagona muammo - navigatsiyani metropolitenmas, TBS va Payme sarmoyasi asosida qilingani va navigatsiyada yaqqol reklama borligi. Xalq uchun shundoq ham berilishi kerak bo’lgan narsani xususiy kompaniyalar tomonidan bajarilishi g’alati - davlat o’zining vazifasini birovga yuklayapti. Ertaga boshqa kompaniyalar xohlasa, logo almashadimi? Turli bekatlarda turli logolar turadimi? Avvalroq, Ilya Birman Toshkent metrosining sxemasini ham qilgandi. Sxemani uyalmasdan ofis yoki uyga poster qilib osib qo’ysa bo’ladigan darajada: https://ilyabirman.ru/tashkent-metro/ PDF faylini yuklan ham olsa bo’ladi: tashkent-metro-map-2024-1.pdf @farhodjon#design

1,330 views

Hashtags

Diposting 17 Jul

Yoshi kattaroq odamlar nostalgiya qilgani ikkita sayt: - Winamp Skin Museum - pleyer skinlarining katta katalogi. Originalidan tortib aql bovar qilmaslarigacha. Har bir skin interaktiv: Winamp oynalarini surish, musiqa eshitish, tugmalardan foydalanish mumkin. - Windows 98 Disk Defrag Simulator - qiladigan ish qolmaganda 1998-yilga qaytib birorta diskni ovoz bilan defragmentatsiyani tomosha qilish. @farhodjon

1,330 views

Diposting 3 Jul

Yaqinda Figma o’zining sun’iy intellekt orqali dizayn qiladigan uskunasini taqdim qildi: Make Design - matndan dizayn chizib beradi (text-to-design). Twitter’da bir kishi aytishicha, Make Design real ilovalarning skrinshotlari asosida o’rgatilgan: uch marta ob-havo ilovasi dizayni so’ralganda ham Apple ob-havo ilovasi asosida dizayn qilgan. Figma asoschisi Dylan Field yozishicha, Make Design turli dizayn tizimlar asosida qurilgan. Lekin uskunani hozircha o’chirib qo’yishdi va yaxshiroq qayta test qilib, keyin yoqishadi. Figma’ning so’nggi Config konferensiyasida taqdim qilingan yangiliklarning 1 minutlik videosi: All the Launches at Config 2024. @farhodjon

1,470 views
12•••678910•••20•••30•••40•••4849