TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT CHAT

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

@shahrixon_tim

Pendidikan

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Pelanggan686Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,004Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini5,831Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 3 dari 84 · 1,004 postingan

Diposting 26 Apr

ВАТАНИМ Мен дунёни нима қилдим, Ўзинг ёруғ жаҳоним, Ўзим хоқон, Ўзим султон, Сен тахти Сулаймоним, Ёлғизим, Ягонам дейми, Топинган кошонам дейми, Ўзинг менинг улуғлардан Улуғимсан, Ватаним… Шодон куним гул отган сен, Чечак отган изимга, Нолон куним юпатган сен, Юзинг босиб юзимга. Синглим дейми, Онам дейми, Ҳамдарду ҳамхонам дейми, Офтобдан ҳам ўзинг меҳри Илиғимсан, Ватаним. Сен Машрабсан, Халқда тумор, Балхда дорга осилган, Навоийсан, шоҳ ёнида Фақирни дуо қилган. Яссавийсан, меники деб, Кўринган даъво қилган, Минг бир ёғи очилмаган Қўриғимсан, Ватаним. Сен Хўжандсан, Чингизларга Дарвозасин очмаган, Темурмалик орқасидан Сирдарёга сакраган, Муқаннасан қорачиғи Оловларга сачраган, Широқларни кўрган чўпон, Чўлиғимсан, Ватаним. Ким Қашқарни қилди макон, Ким Энасой томонда, Жалолиддин – Курдистонда, Бобуринг – Ҳиндистонда, Бу қандай юз қаролиғ, деб Ётарлар зимистонда, Тарқаб кетган тўқсон олти Уруғимсан, Ватаним… Ўғлим десанг, осмонларга Ғирот бўлиб учгайман, Чамбил юртда Алпомишга Навкар бўлиб тушгайман, Падаркушдан пана қилиб Улуғбегинг қучгайман, Ғичир-ғичир тишимдаги Сўлиғимсан, Ватаним… Ўтган кунинг – ўтган кундир, Ўз бошингга етган кун, Қодирийни берган замин, Қодирийни сотган кун. Қўлин боғлаб, Дилин доғлаб, Етаклашиб кетган кун, Воҳ, болам, деб айтолмаган Дудуғимсан, Ватаним. Ёнингда қон йиғлаган бир Шоирингга қараб қўй, Гар Қўқонга йўлинг тушса, Детдомларни сўраб қўй. Ҳеч бўлмаса Усмон хокин Келтирмоққа яраб қўй, Олисларда қуриб қолган Қудуғимсан, Ватаним… Сен – шохлари осмонларга Тегиб турган чинорим, Ота десам, Ўғлим деб, Бош эгиб турган чинорим, Қўйнимдаги ифтихорим, Бўйнимдаги туморим, Ўзинг менинг улуғлардан Улуғимсан, Ватаним! Муҳаммад ЮСУФ

722 views

Diposting 25 Apr

#Besh tashabbus amalda. 📚✨“OY KITOBXONLIK” TANLOVI📚 Shahrixon tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 📖 "Oy kitobxon" tanlovi 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 3-bosqichda tashkil etilib, o‘quvchilar faol ishtirok etdilar. OY davomida o‘qilgan badiiy va ilmiy asarlar yuzasidan test, savol-javoblar hamda taqdimotlar tashkil etilib, o‘quvchilarning kitobxonlik saviyasi, fikrlash qobiliyati va bilim darajasi sinovdan o‘tkazildi. 🙋‍♂️🙋‍♀️ Tanlov davomida o‘quvchilar o‘z bilimlarini namoyon etib, savollarga faol va puxta javob berdilar. 🌟 Ushbu tanlovda o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qildi. 📚🇺🇿 Kitob — bilim manbai, kelajak poydevori! Tashkilotchi: D. Raxmonova, A.Andayeva N. Maqsudova, Bu.Sultonova Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

592 views

Hashtags

Diposting 25 Apr

7-8-sinf oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan futbol musobaqasida 8-D sinf jamoasi gʻolib boʻldi 💪 Sport nafaqat salomatlikni mustahkamlaydi, balki jamoaviylik, birdamlik va ko‘tarinki kayfiyatni ham ta’minlaydi. 🌿 Sog‘lom hayot – baxtli kelajak garovi! Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi S.Ismoilovga katta rahmat. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda 👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

643 views

Diposting 25 Apr

#FAOLIYATIMIZ #Salomatlik kuni 🏢IMA tizimidagi Shahrixon tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi📢 Shanba kuni– jismoniy tarbiya va sport kuni! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2024-yil 18-dekabr kuni qabul qilingan PQ-443-sonli “Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, yurtimizda shanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni etib belgilangan. 🏐 Shu munosabat bilan maktabimiz o‘qituvchi bo‘sh vaqtlarida futbol,voleybol,stol tennis shaxmat musobaqalari tashkil etilib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etilmoqda 💪 Sport nafaqat salomatlikni mustahkamlaydi, balki jamoaviylik, birdamlik va ko‘tarinki kayfiyatni ham ta’minlaydi. 🌿 Sog‘lom hayot – baxtli kelajak garovi! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda 👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

551 views

386 views

394 views

Hashtags

Diposting 24 Apr

#Muhammadyusufni xotirlab shoir ijodiga toʻxtalamiz. Muhammadyusuf xalq dardini kuylagan, xalqchil shoir edi. Biz uni faqat tavallud ayyomlaridagina emas doimo yodga olamiz, sevamiz, ardoqlaymiz. Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o'quvchilari MuhammadYusuf qalamiga mansub she'rni dildan suyib oʻrganib shoir ijodi bilan yaqindan tanishdilar. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda 👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

437 views

Diposting 24 Apr

#Jarayon #Shahrixon tuman IM "Direktor-soati" 🏢 Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yilning 24 aprel sanasida maktab direktori N.R.Pozilov va sinf rahbari F.Davronov hamkorligida 11-sinf bitiruvchi o'quvchilar uchun "DIREKTOR SOATI" darslari tashkil etildi. ✅Ulgʻayib kelayotgan yoshlarimiz uchun juda katta yangilik, motivatsion dars boʻlib hisoblangan ushbu jarayonda oʻquvchi yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va o'quvchilar o'zlari tanlagan yo'nalishi haqida, kelajakda egallamoqchi bo'lgan kasbi,qaysi Oliy taʼlim muassasasiga kirishi, erishgan natijalari va milliy hamda xalqaro sertifikatlar, muddatdan avval jamlangan ballar tahlili oʻrganildi.Suhbat davomida ularga maqsadga erishishda toʻgʻri yoʻnalish tanlanishi uchun tavsiyalar berildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda 👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

429 views

Diposting 24 Apr

#Shahrixon tuman_IM #faoliyatimiz O‘zbekiston Respublikasi Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘grisidagi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Xavfsizlik kengashining 2024 yil 15 noyabrdagi 393 - sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2023- yil 18 - noyabrdagi 591 - sonli qarori hamda 2025 yil 3- noyabrdagi 688 – sonli qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida 20,21-aprel kunlari Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi CHQBT rahbari Oʻ.Boltaboyev boshchiligida 11- sinf bitiruvchi o'g'il bola o‘quvchilari Andijon viloyati Xo'jaobod tumani (Imom Ota)da joylashgan dala o'quv (poligon) yig'inlarida faol ishtirok etdilar. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda 👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

408 views

Diposting 23 Apr

#yoshlar_kuni #Memorandum #Shahrixon_tuman_IM Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchilari, maktab direktori N.R.Pozilov va MMIBDOʻ Oʻ.Akbarov 🏢CYBER UNIVERSITY bilan tuzuligan memorandum asosida uchrashuv oʻtkazildi. ⚡️Koʻzlangan maqsad maktab bitiruvchi oʻquvchilarini OTM faoliyati bilan tanishtirish,mavjud oʻquv yoʻnalishlari, fakultetlar, yaratilgan shart-sharoitlarni koʻrish. Oʻquvchilar oʻzlari qiziqqan savollarga javoblar olishdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda 👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

420 views

Diposting 23 Apr

#SHAHRIXON_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI #yoshlar_kuni Prezident Sh. Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan uchrashuv chog‘ida ilgari surilgan har haftaning payshanba kunini “Yoshlar kuni” deb e’lon qilish tashabbusi amalda o‘z ifodasini topmoqda. Mazkur tashabbus doirasida bugun Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limasi boshlig‘i Gʻoziyev Maʼrufjon ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-33 farmoni mazmun mohiyati atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, tadbir davomida faol yigitlar va faol o‘quvchi qizlar bilan samimiy suhbat ham tashkil etilib, kitobxonlik madaniyati hamda yaxshi bilim olishlari haqida fikr almashildi. ✨ Mazkur tadbir maqsad: o‘quvchilar qalbida kitobga mehr, mutolaaga qiziqish uygʻotish. Uchrashuv davomida yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda 👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

406 views

Diposting 22 Apr

#Bizning_shunday_oʻquvchimiz_bor # B 2 natija Bizda yana natija! 🏫 Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi Komiljonov Asilbek Chet tilini bilish darajasidan B 2 darajali sertifikatni qoʻlga kiritdi . 📖 Bu yutuq — nafaqat Asilbekning, balki ustozlari, ota-onasi va maktab jamoasining ham faxridir. Uning muvaffaqiyati boshqa o‘quvchilarimizga ham ulkan motivatsiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Biz Asilbekning kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishiga ishonamiz! 🌐Shahrixon tumam ixtisoslashtirilgan maktabining matbuot xizmati TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

443 views
12345•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384