TGINSIGHT CHAT
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
@shahrixon_tim
PendidikanIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi
Postingan terbaru
Hal. 55 dari 84 · 1,004 postingan
Diposting 8 Sep
Tashakkurnoma #_Shahrixon tuman_IMI #_Milliy_sertifikat Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Sharixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 11-"A" sinf oʻquvchilari Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi turli xil darajadagi sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi.Tajribali ustozlar va direktor o'rinbosari natijalar bilan o'quvchilarni tabriklab esdalik sovg'alar ulashdilar. #_Jumladan: ⚜Bu sertifikatlar oʻquvchilarning 2 chi va 3 chi sertifikatlari boʻlib OTM kirish uchun poydevordir. #_Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK ✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅
Diposting 8 Sep
"KELAJAK SOATI" “BILIM NIMA UCHUN KERAK?” 📚Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025- yil 8-sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha vа mаktab ta’limi vazirining 2025-yil 25-avgustdagi "Maktabgacha va umumiу о’rtа ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini оshirsh to’g’risida" 308-sоn buyrug’i hamda O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha vа mаktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2025 yil 29-avgustdagi 01-17-2232-sonli xati ijrosini taminlash maqsadida barcha sinflarda "Kelajak soati" tashkil etildi. ❇️O'quvchilar ustozlari yordamida bilim, bilimning hayotimizdagi o'rni, shaxs bo'lib rivojlanishimizda qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida fikr almashishdi.MMIBDO' O' Akbarov tomonidan o'rganildi. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 8 Sep
#FAOLIYATIMIZ 🏢IMA tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi O'QITUVCHILAR OLIMPIADASI Bizning maktabda faoliyat yuritayotgan oliy toifali, milliy va xalqaro sertifikatga ega matematika,informatika,biologiya fani o'qituvchilarimiz yuqori natijalarni qayd etdi. O'QITUVCHILAR OLIMPIADASIning tuman va viloyat bosqichida faxrli o'rinlarni egallab g'oliblikni qo'lga kiritdilar. O'qituvchilarimizga omad yutqlar bardavom bo'lsin. "Olimpiada juda ajoyib tashkil etilgan, bayramona, kutib olishlari, sharoitlari hammasi aʼlo darajada oʻtdi. Oʻzimiz uchun motivatsion quvvat oldik, barcha saralangan ustozlar bir-birlarini tanidilar, yangi doʻstlar👍👍👍" - deb o'z taassurotlari bilan bo'lishdi o'qituvchimiz. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 7 Sep
#Ijtimoiy rolik. USTOZ OTANGDAN ULUG'! (S. Sheroziy) Sizningcha, biz ushbu hikmatga hozirgi zamonda qanchalik amal qilyapmiz? Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 7 Sep
#Xayrli tong . Qalb — insonning eng nozik, eng bebaho gavhari. U tanamizdagi oddiy a’zo emas, balki butun hayotimizning mezoni, halovatimizning manbai, baxtimizning kalitidir. Qalb toza bo‘lsa, insonning ko‘zi ham pokka qaraydi, tili ham rost gapiradi, qo‘li ham faqat yaxshilikka intiladi. Qalbning eng go‘zal ziynati — mehr, samimiyat va kechirimdir. Odamlarning ko‘ngliga nur taratuvchi inson — o‘zi ham qalban baxtiyor bo‘ladi. Chunki qalbda nafratga emas, mehrga joy ochilsa, hayotning har bir lahzasi yanada mazmunli, yanada chiroyli bo‘lib ko‘rinadi. Shuning uchun qalbni doimo pok saqlash, uni hasad, adovat, g‘azab kabi illatlardan himoya qilish lozim. Qalbni xuddi hovuzga o‘xshatish mumkin: agar unga faqat toza suv quyilsa, atrofni ham musaffo qiladi; agar iflos oqim kelsa, uning barcha go‘zalligini buzib qo‘yadi. Qalbni saqlash — bu insonni saqlash, qalbni asrash — bu hayotni asrashdir. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 6 Sep
III shart: ushbu shartda 10 nafar kitobxonimiz mutolaa qilgan asarlaridan biri asosida o'z tushunchalarini, asarning asosiy g'oyasini, bugungi kundagi ahamiyatini taqdimot asosida yoritib beradilar. Yakuniy bosqich natijalariga ko'ra, eng yuqori natijani qayd etgan 3 nafar o'quvchimiz g'oliblikni qo'lga kiritadilar.
Diposting 6 Sep
II shart: tezkor savol-javob sharti. 25 nafar kitobxonlarimiz mutolaa uchun berilgan asarlar asosida tuzilgan tezkor 5 ta savolga, tezkor javob berish orqali berlashadilar hamda 10 nafar eng yuqori natijani qayd etgan ishtirokchi so'nggi bosqichda ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi 🤝
Diposting 6 Sep
I shart: ushbu shartda o'quvchilarimiz mutolaa qilgan asarlari yuzasidan tuzilgan 40 ta testni ishlaydilar va eng yuqori natijani qayd etgan 25 nafar bilimdonlarimiz 2-shartda ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi 🤝
Diposting 6 Sep
Sinflar kesimida mutolaa etishingiz uchun tavsiya etilgan asarlar👇👇 5-sinf o'quvchilari uchun ushbu oyda mutolaa qiluvchi asarlari: O'tkish Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasi Antuan De Sent Ekzyuperining "Kichkina shahzoda" ertak-qissasi 6-sinf o'quvchilari uchun ushbu oyda mutolaa qiluvchi asarlari: Mark Tvenning "Shahzoda va gado" qissasi Chingiz Aytmatovning "Oq kema" qissasi 7-sinf o'quvchilari uchun ushbu oyda mutolaa qiluvchi asarlari: Otabek Quvvatovning "Olimjonning sarguzashtlari yoxud zamon va makon oralig'ida" sarguzasht-fantastik qissasi G'afur G'ulomning "Shum bola" qissasi 8-sinf o'quvchilari uchun ushbu oyda mutolaa qiluvchi asarlari: Jozef Redyard Kiplingning "Maugli" sarguzasht-ertagi Xudoyberdi To'xtaboyevning " Besh bolali yigitcha" romani
Diposting 6 Sep
📚 HURMATLI KITOBXONLAR, MUTOLAAGA TAYYORMISIZ ? Yangi o'quv yilining "OY KITOBI" tanlovini boshladik 📖📖📖 !!! TANLOVNING NIZOMLARI BILAN YAXSHILAB TANISHIB CHIQING ! 👇👇👇 Tanlov 5-6-7-8-sinflar o'rtasida har chorak davomida o'tkazilib boriladi. Oktabr oyining 10-sanasiga qadar sinflar kesimida mutolaa qilish uchun 2 donadan kitob beriladi. So'ng 3 ta shart asosida bilimdonlarimiz berlashadilar va 1-2-3-o'rinni qo'lga kiritgan kitobsevar o'quvchilarimiz diplom 🖼🖼🖼 hamda muassasamiz direktori tomonidan tashkil etilgan qimmatbaho sovg'alarga 🎁🎁🎁 ega bo'ladilar. QANI, KELAJAK BUNYODKORLARI, nafaqat, g'oliblik uchun, balki ma'naviy tafakkurimizni boyitish, dunyoni teran ko'z ila ilg'ash uchun yana bir dadil qadamni birga qo'yaylik !!! Zero, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytganlaridek: "Bugun bitta kitob o'qigan bola, ertaga televizor ko'rib o'tirgan o'nta bolani boshqarishi mumkin".
Diposting 5 Sep
#Besh_tashabbus 🏛Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ✔️ Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida "Sog' tanda-sog'lom aql" hamda sog'lom turmush tarzini tatbiq etish asosiy vazifamizdandir. ⬇️Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 5 Sep
#Shahrixon_tuman_IM ❇️Tabiiy va aniq fanlar hamda sport to'garak mashg'ulotlar jarayonidan ❇️ Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida to'garak jadval rejasi asosida fan to'garak mashg'ulotlari olib borilmoqda. ❇️ O'quvchilar mashg‘ulot jarayonida o‘z bilimlarini oshirib katta qiziqish va faollik bilan yondashishmoqda. ❇️ O'quvchilarimizga kuchli iroda, sabr-toqat tilagan holda, ulardan buyuk natijalar kutib qolamiz. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags