TGINSIGHT CHAT
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
@shahrixon_tim
PendidikanIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi
Postingan terbaru
Hal. 60 dari 84 · 1,004 postingan
Diposting 23 Jul
#imtihon_natijalari #birinchi_bosqich #Prezident_maktablari 📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI! ✔️Joriy yilning6-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari Cambridgexalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi. ✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/J25-preselection-results/ ✅Quyidagi halova orqali ham natijalaringizni bilishingiz mumkin: https://portal.piima.uz/page/ps1 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube| Portal
Diposting 21 Jul
#imtihon_natijalari 📢 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI! 🗓 2025-yil 12-iyul kuni o‘tkazilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 1-bosqich saralash imtihon natijalari e’lon qilindi. 📌 Natijalar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin. ✅ 1-bosqichda eng yuqori ball to‘plagan 300 nafar nomzod 2-bosqich imtihoniga tavsiya etiladi. 🎯 2-bosqich natijalariga ko'ra 60 nafar eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar maktabga o‘qishga qabul qilinadi. ❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hashtags
Diposting 17 Jul
📣INTERNATIONAL SCIENCE CONFERENCE — TURKIYA 2025🇹🇷 📍 Istanbul, 22–29 August 🎙️"Building Scientific Bridges" Ilm-fan va innovatsiyalar markazida Baygench nashriyoti bilan hamkorlikda, Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilayotgan global konferensiyada ishtirok eting! 📌Nimalar bo‘ladi? 🔸 Ilmiy maqolalar taqdimoti 🔸 Ilmiy-innovatsion tajriba almashinuvi 🔸 Akademik networking sessiyalar 🔸TURKIYA madaniyati bilan tanishuv🌟🌟🌟 🌟🌟 🎓Kimlar uchun? Faqaaaatgina ta'limdagilar emas, baaaarcha soha vakillari uchun! Talabalar, yosh olimlar, doktorantlar, ustozlar va ilmga befarq bo‘lmagan barcha uchun! 🗓22–29-avgust, 2025 📍Turkiya, Istanbul🌟 💻 Ro‘yxatdan o‘tishning oxigi sanasi 29-iyul. 8 kunlik ham sayohat ham konferensiya! ✈️ Uchishni qo'ldan boy bermang! ✔️Tashkilotchi: Oliy toifali ingliz tili o'qituvchisi, lingvist, maqolashunos, xorijiy tillar tarjimoni, tahririyat a'zosi, bir necha xalqaro antalogiyalar (Misr, Amerika, Turkiya) ishtirokchisi Ma'suma Mirzayeva 🇺🇿 🟢Batafsil ma’lumot: 🛫@Masumochkam
Diposting 14 Jul
🎓2025-yilgi test sinovlari bugundan boshlandi! 📍 Testlar belgilangan joy va vaqtda, qat’iy tartib asosida o‘tkazilmoqda. ✅ Eslatmalar: ▪️Shaxsni tasdiqlovchi hujjat va testga kirish ruxsatnomasi bo‘lishi shart ▪️ Imtihon boshlanishidan kamida 1 soat oldin kelish tavsiya etiladi 📎Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga omad tilaydi! 🇬🇧@uzteachers🇺🇿
Diposting 14 Jul
Yangi lavozim, yuksak ishonch muborak! Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Umarova Hilola O‘ktamovna Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Endilikda Hilola O‘ktamovna nafaqat maktabgacha va maktab ta’limidagi islohotlarda faoliyat olib boradi, balki yangi O‘zbekistonda hurmatli Prezidentimiz boshchiligidagi keng qamrovli ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarda mas’ul sifatida ishtirok etadi. Aytish mumkinki, keyingi yillarda yurtimizda “maktabgacha-maktab-oliy ta’lim-malaka oshirish” yagona tizimi vujudga keldi. Shuningdek: ➖ tizimni korrupsiyasiz sohaga aylantirishga doir ishlar jadal davom ettirildi hamda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, maktabga qabul, turli ta’lim xizmatlari to‘liq raqamlashtirildi; ➖ vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Al-Beruniy nomidagi maktab-internati, Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablari kabi qator ta’lim maskanlari, “Renessans” bolalar oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi; ➖ yangi summativ va formativ baholash tizimi bosqichma-bosqich umumta’lim maktablariga joriy etila boshlandi; ➖ umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlarni menejerlik kurslariga o‘qitish va ularni Direktorlar kengashi orqali tayinlash tizimi yo‘lga qo‘yildi; ➖ maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi 96 foizga yetkazildi; ➖ o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalardagi yutuqlari soni keskin oshdi hamda ushbu toifadagi olimpiadalarda 2023-yilda 91 ta, 2024-yilda 128 ta, 2025-yilning o‘tgan vaqti davomida 170 ta turli darajadagi medal qo‘lga kiritildi; ➖ o‘quvchilar o‘rtasida “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari yo‘lga qo‘yildi; ➖ yangi tashkil etilayotgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblariga uy sovg‘a qilinishi tartibi joriy etildi. Sohaga doir bu kabi katta islohotlarni uzoq sanash mumkin. Muhimi, ular izchil davom ettiriladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Hilola O‘ktamovnaga kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yuksak ishonch bilan yana bir bor qutlab qoladi! Bizni kuzating ❤Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin
Diposting 14 Jul
#Tayinlov Kazakova Saxiba Abdurayimovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi. Saxiba Kazakova - Navoiy davlat Pedagogika instituti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Taʼlimdagi mehnat faoliyatini 2009-yilda Navoiy pedagogika kollejida boshlagan. Respublika taʼlim markazida, Osiyo taraqqiyot bankida va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2023-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Bugunga qadar Agentlikning Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube | 🌐Instagram
Hashtags
Diposting 5 Jul
Diposting 5 Jul
#TURKIYA BARCHANGIZNI TURKIYADA OFFLINE BO'LIB O'TADIGAN XALQARO KONFERENSIYAGA TAKLIF ETAMIZ! 📣INTERNATIONAL SCIENCE CONFERENCE — TURKIYA 2025🇹🇷 📍 Istanbul, 18–25 August 🎙️"Building Scientific Bridges" Ilm-fan va innovatsiyalar markazida, Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilayotgan global konferensiyada ishtirok eting! 📌Nimalar bo‘ladi? 🔸 Ilmiy maqolalar taqdimoti 🔸 Ilmiy-innovatsion tajriba almashinuvi 🔸 Akademik networking sessiyalar 🔸TURKIYA madaniyati bilan tanishuv🌟🌟🌟🌟🌟 Har bir ishtirokchiga: 1) maxsus statuetka; 2) diplom; 3) ilmiy rahbarga tashakkurnoma; 4) konferensiya to'plami bosma holatda taqdim etiladi! 🎓Kimlar uchun? Talabalar, yosh olimlar, doktorantlar, ustozlar va ilmga befarq bo‘lmagan barcha uchun! 🗓18–25-avgust, 2025 📍Turkiya, Istanbul🌟 Online ishtirok : 300 ming so'm Offline ishtirok : 600 ming so'm. 💻 Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi sanasi 10-avgust. Tadbir tashkilotchisi nashriyot xodimi: Mirzayeva Ma'suma 🟢Batafsil ma’lumot: @Masumochkam
Hashtags
Diposting 3 Jul
#tayinlov 🤩Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktorining buyrug'i bilan Islamov Murotjon Xikmat o'g'li Al-Xorazmiy universiteti ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi. 🗣 Murotjon Islamov bunga qadar “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Fan olimpiadalari markazida bo'lim boshlig'i lavozimida ishlab kelgan. 💫 Murotjon Islamovni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz. ❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hashtags
Diposting 2 Jul
#Shahrixon_tuman_IM #Dolzarb_90_kun_tadbiri "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi amalda Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilarni yozgi ta'til kunlarida "Dolzarb 90 kun" tadbirlari doirasida matematika,fizika,ingliz tili,kimyo,biologiya fanidan "SAT","IELTS","Milliy sertifikat", to'garagi hamda o‘quvchilarning yozgi oromgohlarda dam olish faoliyati jarayonidan fotolavhalar. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 1 Jul
⚜Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi #Dolzarb_90_kun ⚜️Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida"Dolzarb 90 kunlik" tadbiri doirasida toʻgarak mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi. Oʻquvchilar Ingliz tili fan toʻgaragida faol ishtirok etmoqdalar ⚜️ To‘garak rahbari, A.Aliyev tomonidan yozda havfsizlik qoidalariga amal qilishlari haqida tushuntirish berib o‘tdi. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 1 Jul