TGINSIGHT CHAT
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
@shahrixon_tim
PendidikanIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi
Postingan terbaru
Hal. 70 dari 84 · 1,004 postingan
Diposting 18 Apr
#Maʼnaviyat soati #Haftalik_doirasida Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabda bugun belgilangan reja asosida sinf rahbarlar tomonidan Maʼnaviyat soati tashkil qilindi. 📣Maʼnaviyat soatida o‘zlashtirish samaradorligi, dob-axloq,jamoa ishlarida faol ishtirok etib kelgan o‘quvchilar "TASHAKKURNOMA" lar va mukofatlar bilan taqdirlandilar Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 17 Apr
#HCI2025#dayjest Bugun Saudiya Arabistoniga safarimiz yakuniga yetdi. Ar-Riyod shahrida “Human Capability Initiative 2025” xalqaro forumida ishtirok etdik. Safar davomida qilingan ishlar, uchrashuvlarni eslatib oʻtsam. 📌 Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 40 million dollarlik grant shartnomasiimzolandi. 📌 “Hamma uchun SI savodxonligi: Barqaror salohiyat uchun teng imkoniyatlar” mavzusidagi vazirlar davra suhbatida ishtirok etib, soʻzga chiqdim, Oʻzbekistonda raqamli va sunʼiy intellekt savodxonligini shakllantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtdik. 📌 Saudiya Arabistoni taʼlim vaziri Yusuf ibn Abdullo al-Bunyan bilan uchrashib, maktabgacha va maktab taʼlimi infratuzilmasini yaxshilash, investitsiya loyihalarini kengaytirish va xususiy sektorni jalb qilish xususida suhbatlashdik. 📌 Islom Taraqqiyot Banki prezidenti Muhammad Al-Djasser bilan kechgan muloqotda transformatsiyaviy taʼlim tashabbuslari, inklyuziv taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ustuvor yoʻnalishlarni muhokama qildik. 📌 Birlashgan Arab Amirliklari taʼlim vaziri Sara Al-Amiri xonim bilan uchrashuvimiz ham yangiliklarga boy boʻldi. Uchrashuvda “Emirates National Schools” bilan taʼlim dasturlari va xalqaro maktab qurish boʻyicha hamkorlik, Abu-Dabi taʼlim kolleji bilan pedagoglar malakasini oshirish, Prezident maktablari oʻquvchilarining BAAdagi xalqaro tanlovlarda ishtirok etishi, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va Xalifa universiteti oʻrtasida talabalar almashinuvi, joriy yil Samarqandda oʻtkaziladigan “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz davlatlari” sammitida ilgari suriladigan taʼlimga doir yangi tashabbuslar xususida fikr almashdik, kelishuvlarga erishdik. 📌 Bugun esa Saudiya Arabistonining “JAD AL-ALMIA” kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda oʻqituvchilar malakasini interaktiv platformalar orqali oshirish, xalqaro grantlar jalb etish boʻyicha hamkorlikda ish olib borish, tanlangan maktablarda dastlabki loyihalarni yoʻlga qoʻyish kabi qator masalalarda hamkorlikni muhokama qildik. Ushbu uchrashuvlar, kelishuvlar, hamkorliklarning barchasi taʼlim sohasida xalqaro aloqalarni kuchaytirish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish, zamonaviy yondashuvlarni oʻz vaqtida amaliyotga joriy qilib borish imkonini beradi. @hilola_umarova
Diposting 17 Apr
Onalar doim frzandiga shu gapni aytish kerak.
Diposting 17 Apr
Chet elga o‘qishga kirmoqchi uchun.
Diposting 17 Apr
#Besh_tashabbus #Oy_kitobxonligi 📚Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tizimli ravishda yo'lga qo'yilgan "Oy kitobxonligi" tanlovining 6-sinflararo 2- bosqichi o'tkazildi. 📝Ushbu tanlovda g'olib bo'lgan jamoalar 3-bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK🔥
Hashtags
Diposting 17 Apr
SPORT O‘QUVCHLARINING AQLIY QOBILIYATLARI VA IJODIY QIZIQISHLARINI UYG‘UNLASHTIRISHGA YORDAM BЕRADI Farzandlarimiz ta’lim va tarbiyasidagi muhim qismlardan biri maktabdan tashqari ta’lim sanaladi. Ba’zan bu bolaning hayotida majburiy maktab o‘quv dasturidan kam bo‘lmagan rolni o‘ynaydi. Bugun 8- sinf o‘quvchilar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi. Sport👇 Jismoniy tarbiya fan to‘garak mashg‘ulotlarida bolalar o‘z vazifalarini boshqa tengqurlariga qaraganda samaraliroq bajarishi ham psixologlar tomonidan isbotlangan. Odatda bunday bolalar bo‘sh vaqt nima ekanligini va uni qanday unumli o‘tkazish kerakligini yaxshi tushunadigan intizomli bolalar sanaladi. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK🔥
Diposting 14 Apr
🧑🎓YUTUQLARIMIZ🎯 #Bizning_shunday_óquvchilarimiz_bor Bizda sertifikatlar yanada kópaymoqda. 🔥Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning tabiiy fan o'quvchilari kimyo fanlaridan bilish darajasini belgilovchi sertifikatini qoʻlga kiritganligi bilan barcha o‘quvchilarni tabriklaymiz👏👏👏 🎯Óquvchilarimizga óqishlarida omad tilab, OTM ga grant asosida talaba bólishlarini ham tilab qolamiz. Ustozi D.Abdullayevga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ishlariga omad tilaymiz. 💥💥💥 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 14 Apr
🧑🎓YUTUQLARIMIZ🎯 #Bizning_shunday_óquvchilarimiz_bor Bizda sertifikatlar yanada kópaymoqda. 🔥Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning tabiiy fan o'quvchilari kimyo fanlaridan bilish darajasini belgilovchi sertifikatini qoʻlga kiritganligi bilan barcha o‘quvchilarni tabriklaymiz👏👏👏 🎯Óquvchilarimizga óqishlarida omad tilab, OTM ga grant asosida talaba bólishlarini ham tilab qolamiz. Ustozi J. Isaqovga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ishlariga omad tilaymiz. 💥💥💥 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 14 Apr
🧑🎓YUTUQLARIMIZ🎯 #Bizning_shunday_óquvchilarimiz_bor Bizda sertifikatlar yanada kópaymoqda. 🔥Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning tabiiy fanlar yo‘nalishida taʼlim olayotgan o'quvchilarimiz Biologiya va kimyo fanlaridan bilish darajasini belgilovchi sertifikatini qoʻlga kiritganligi bilan barcha o‘quvchilarni tabriklaymiz👏👏👏 🎯Óquvchilarimizga óqishlarida omad tilab, OTM ga grant asosida talaba bólishlarini ham tilab qolamiz. O‘qishlariga omad tilaymiz. 💥💥💥 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 14 Apr
🧑🎓YUTUQLARIMIZ🎯 #Bizning_shunday_óquvchilarimiz_bor Bizda sertifikatlar yanada kópaymoqda. 🔥Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning tabiiy fanlar yo‘nalishida taʼlim olayotgan o'quvchilarimiz Biologiya va kimyo fanlaridan bilish darajasini belgilovchi sertifikatini qoʻlga kiritganligi bilan barcha o‘quvchilarni tabriklaymiz👏👏👏 🎯Óquvchilarimizga óqishlarida omad tilab, OTM ga grant asosida talaba bólishlarini ham tilab qolamiz. O‘qishlariga omad tilaymiz. 💥💥💥 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 14 Apr
🧑🎓YUTUQLARIMIZ🎯 #Bizning_shunday_óqituvchilar_bor Bizda sertifikatlar yanada kópaymoqda. 🔥Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning o'qituvchisi B.Aʼzamov Biologiya fanidan bilish darajasini belgilovchi A sertifikatini qoʻlga kiritganligi bilan tabriklaymiz👏👏👏 Ishlariga omad tilaymiz. Doimo yutuqlari bardavom bo‘lsin. 💥💥💥 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 14 Apr
#HCI2025#birinchi_kun#ITB Vazirligimiz vakillari bilan Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida “Human Capability Initiative 2025” xalqaro forumida ishtirok etyapmiz. Saudiya Arabistoni valiahdi, bosh vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud homiyligida har yili oʻtkaziladigan ushbu nufuzli tadbirda dunyoning turli nuqtalaridan kelgan ishtirokchilar taʼlim, iqtisodiyot, texnologiya sohasidagi muammolar, ularga innovatsion yechimlar topishga qaratilgan masalalarni muhokama qiladi. Eʼtiborlisi, Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida mazkur nufuzli tadbirga taklif etilgan yagona davlat. Forumning ilk kunidayoq, Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi. Islom taraqqiyot banki (ITB) Prezidenti Muhammad al-Jassar bilan uchrashuvimizda ITB kelajak avlod uchun yaxshiroq taʼlim imkoniyatlari yaratishda Oʻzbekiston hukumatining ishonchli hamkori boʻlishdan mamnunligini qayd etdi. Uchrashuv natijasida Global Partnership for Education (GPE) tomonidan taʼlim sohasiga grant shartnomasi imzolandi. Loyihaning asosiy yoʻnalishlari esa quyidagicha: - respublikamiz boʻyicha 58 ta yangi inklyuziv maktab qurilishi; - maktablarni zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash; - oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻyicha dasturlar; - inklyuziv taʼlimni rivojlantirish; - oʻquv dasturlarini takomillashtirish; - maktabgacha taʼlim sifatini oshirish. Forum oʻz ishini davom ettirmoqda. Navbatdagi uchrashuv va kelishuvlar tafsilotlari, yangiliklar haqida yana xabar berib boramiz. @hilola_umarova
Hashtags