TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT CHAT

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

@shahrixon_tim

Pendidikan

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Pelanggan686Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,004Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini6,898Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 83 dari 84 · 1,004 postingan

Diposting 25 Jan

Muallim 2-qism

1,250 views

Diposting 25 Jan

#ДЎСТЛАР_УЧУН Дўстга дўст бўл, ўзгариб қолма... Сохталикни йиғиштир, дўстим, Нафс қулига айланиб қолма. Омад келиб кўпайса пулинг, Дўстга дўст бўл, ўзгариб қолма. Молу дунё ўткинчи билгин, Сўзларимга қовоғинг солма. Сенга берса Худо уч-тўрт сўм, Дўстга дўст бўл, ўзгариб қолма. Ташвиш бўлса бирга енгамиз, Дўстим, қўрқма, хавотир олма. Яхшилигим унутмасанг бас, Дўстга дўст бўл, ўзгариб қолма. Худо суйган бандаси бўлгин, Намоз ўқиб ҳеч қачон толма. Худо берса сенга мол-дунё, Дўстга дўст бўл, ўзгариб қолма. Жоним ачиб гапирдим сенга, Хафа бўлиб, кўнглингга олма. Дўстлигимиз абадий бўлсин, Дўстга дўст бўл, ўзгариб қолма.

1,230 views

Diposting 25 Jan

#Kun_hikmati Ilmdan mahrum bo‘lish olti sababdan bo‘ladi: –Birinchisi, savol so‘ramaslik, bilmaganni so‘rab o‘rganmaslik. –Ikkinchisi, jim turishning yomon ko‘rinishda ekani, berilib tinglash, quloq tutishni yo‘qligi. –Uchinchisi, yaxshi tushunmaslik, fahmlamaslik. –To‘rtinchisi, xotiraning sustligi, yodlab qolishning bo‘shligi. –Beshinchisi, ilmni tarqatmaslik, uni ta’lim bermaslik. Kimki ilmni jamlasa-yu, uni tarqatmasa, Alloh taolo u ilmini unutib qo‘yish bilan muvofiq jazolab, balolab qo‘yadi. –Oltinchisi, u ilmiga amal qilmaslik. Chunki bilgan ilmiga amal qilish eslash, zikr qilish, tadabbur qilish, rioya qilishni talab etadi, vojib qiladi. O‘ylab qaralsa, ilmga amal qilishga beparvolik qilinsa, u unutiladi. MMIBDO‘ O‘. Akbarov.

1,220 views

Hashtags

Diposting 25 Jan

#Shahrixon_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi BIZNING SHUNDAY O'QUVCHIMIZ BOR ✅Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-A sinf o'quvchilari Nazirjonova Mukarramxon B O‘zbek tili va adbiyot bilish darajasi bo'yicha sertifikatini qo'lga kiritdi. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

316 views

Diposting 25 Jan

#Shahrixon_tuman_IM #bizning_shunday_o'quvchilarimiz_bor 💥💥💥 Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning o'quvchilari chet tilini bilish darajasi to'g'risidagi sertifikatlarni olishda davom etishmoqda. 🎓 10-B sinf o'quvchisi Avazbekova Sarvinozxon B2 daraja; 🎓 10- A sinf o'quvchisi Akmaljonova Xadichaxon B2 daraja 🎓10- Asinf o'quvchisi Qodirova Sadoqatxon B2 daraja; 🎓10- A sinf o'quvchisi Sobirjonov Muhammadjon B2 daraja; 🎓10- A sinf o'quvchisi Ergashboyev Vahobiddinyaxyobek B2 daraja; 💫💫 O'quvchilarimizni ustozlari va ota-onasini yutuqlari bilan tabriklaymiz kelgusidagi o'qishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!!! Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

352 views

Diposting 24 Jan

#xalqaro_konferensiya 🔔XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA OʻTKAZILADI 📆Joriy yilning 4-5-aprel kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Ijodiy pedagogika: ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan. 📝Unda professor-o‘qituvchilar, doktorant, mustaqil tadqiqotchilar, magistr va iqtidorli oʻquvchilar hamda talabalar ishtirok etishlari mumkin. 📶Konferensiyada: ➖Ta’lim jarayonida tanqidiy fikrlash malakasini shakllantirish va rivojlantirish usullari va strategiyalari; ➖Loyihaga asoslangan ta’lim: amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish; ➖Mezonlarga asoslangan baholash: maqsad va vazifalar; ➖Raqamli ta’lim muhitida XXI asr o‘qituvchilari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar boʻyicha tadqiqot natijalari, tajriba va g‘oyalar muhokama qilinadi. ✅ Konferensiya oʻzbek va ingliz tillarida olib boriladi. 📥Ta’lim sohasiga oidmaqola, tezis, metodik tavsiyalar 2025-yilning 1-martiga qadar ([email protected] e-mail pochtasi orqali) qabul qilinadi. 🗂Talabgorlar maqolalarini o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz tillarida topshirishlari mumkin. 🔎Maqola topshirish boʻyicha YO’RIQNOMA 📞Qoʻshimcha ma’lumot uchun: 71-207-20-17 (ichki raqam 161). Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

285 views

Diposting 24 Jan

#Shahrixon_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi BIZNING SHUNDAY O'QUVCHIMIZ BOR ✅Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-B sinf o'quvchilari Aliyeva Gulnoraxon C Jo‘rayeva Roxilaxon C+ O‘zbek tili va adbiyot bilish darajasi bo'yicha sertifikatini qo'lga kiritdi. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

352 views

Diposting 24 Jan

#Besh tashabbus #Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan_maktabi 📚📚📚"Yosh kitobxonlar" toʻgaragi a'zolari bilan birgalikda Antuan de Sent-Ekzyuperining "Kichkina shahzoda" asari yuzasidan 5- sinf o'quvchilar o‘rtasida "Oy kitoxonligi" o‘qish loyixasida 1-bosqich test sinov tashkil etildi. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK ▫️

477 views

Diposting 24 Jan

#Shahrixon_tuman_IM ❇️Informatika va axborot texnologiyalaridan to'garak mashg'uloti ❇️ Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 5-a sinfida informatika va axborot texnologiyalari to'garak mashg'ulotlari olib borilmoqda. ❇️ O'quvchilar mashg‘ulot jarayonida siru sinoatlarini o'rganishga katta qiziqish va faollik bilan yondashishmoqda. ❇️ O'quvchilarimizga kuchli iroda, sabr-toqat tilagan holda, ulardan buyuk natijalar kutib qolamiz. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

363 views

Diposting 24 Jan

⚡️Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma olgan 11-sinf bitiruvchilariga omad. 📆 2025-yil 25–26-yanvar(shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihon oldidan 11-sinf bitiruvchilarning 45 nafar direktor N. R. Pozilov va tajribali ustozlar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi va omadlar tilab duolar qilindi. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

312 views

Diposting 24 Jan

📣#maʼnaviyat_soati 🏢Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni barkamol, komil inson qilib tarbiyalash maqsadida muntazam haftaning juma kuni birinchi soatda "Manaviyat va maʼrifat" soati tashkil etilmoqda.Maʼnaviyat soatida 2-chorak davomida aʼlo bahoga o‘qigan o‘quvchilar sinf rahbari D.Raxmonova tomonidan tashkil etilgan stipendiya va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

362 views

Diposting 24 Jan

#Shahrixon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi #qizlarjon_klubi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Qizlarjon" klubi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash ishlarini takomillashtirish va tizimli yo'lga qo'yish maqsadida tashkil etilgan ”Qizlarjon” klubi doirasida, Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 5-11-sinf o'quvchi qizlariga "Qizlar majlisi” o'tkazildi. ❇️Tadbirda, Odob-axloq va ichki tartib-intizom, Respublikamizda xotin-qizlarga berilayotgan e'tibor, gigiyena va salomatliklarini saqlash masalalarida tegishli tavsiyalar berildi. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

379 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••8081828384