TGINSIGHT CHAT
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
@shahrixon_tim
PendidikanIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi
Postingan terbaru
Hal. 84 dari 84 · 1,004 postingan
Diposting 23 Jan
Bu fazilatlarsiz komil insonni tasavvur etib bo'lmaydi, degan fikrlarni ilgari suradi.Yurt ravnaqi, avvalo, uning farzandlariga, ularning ma'naviy va jismoniy kamolotiga bog'liqdir. Shu bois Abdulla Avloniy yoshlarni ilm, foydali hunar egallashga, kitob Sharq mutafakkirlarining ma'naviy merosida farzand tarbiyasi mutolaasiga undaydi. Shuningdek, Avloniy ilmsizni jaholat bilan tenglashtirib, shunday fikrlarni bildiradi: “Jaholat deb o'qimagan, bilimsiz, hech narsaga tushunmaydurgan nodonlikni aytilur”, – deydi. “Ilm sahroda – do'st, hayot yo'llarida – tayanch. Yolg'izlik damlarida – yo'ldosh, baxtiyor daqiqalarda – rahbar, qayg'uli onlarda – madadkor, odamlar orasida – zebu ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda – quroldir”22. Mutafakkir: “Go'zallik yuzda ermas, ey birodar, so'zi shirin kishi har kimga yoqar”, “So'zing oz bo'lsinu, ma'noli bo'lsun, eshitganlar qulog'i durga to'lsun,” — deb insonlarni xushsuxan bo'lishga chorlaydiki, toki so'zlarimiz farzandlarimiz uchun namuna bo'lsin. MMIBDO’ O’. Akbarov
Diposting 23 Jan
Tarbiya haqida Biz farzand tarbiyasida mutafakkirlarning qarashlari,olimlarning fikrlarini o'rganar ekanmiz, beixtiyor millatimizga xos bo'lgan axloqiy, tarbiyaviy fazilatlar ko'z o'ngimizda gavdalanadi. Shuningdek, ilk tarbiya, samimiy muno-sabat, go'zal muomala oiladan ota-onalarimizning namunasi timsolida shakllanadi. Abu Nasr Forobiyning: “Inson o'z baxtiga erishishda go'zallikni ko'rishi va his qilishining o'zi yetarli emas, buning uchun go'zallikni yarata olishi muhimdir”, degan fikrlarida olam-olam ma'no bor. Mutafakkirning bu fikrida bugungi ota-onalarimiz o'zlari namuna bo'lgan holda oilalarida, ishlarida, ro'zg'orlarida,uy tutishlarida, o'zaro munosabatlarida, yurish-turishlarida, kiyinishlarida, salomatliklarida, farzand tarbiyasida, ular bilan bo'ladigan muomalada go'zallikni yarata olishlari zarur, degan g'oya o'z aksini topgan. Ta'lim-tarbiya taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan ustoz, o'z asarlarida xalqimizning eng yaxshi an'analarini aks ettirgan ijodkor, noshir va jamoat arbobidir. Abdulla Avloniy “usuli jadid”, ya'ni ilg'or usuldagi maktablar uchun “Adabiyot yoxud milliy she'rlar”, “Birinchi muallim”,“Turkiy guliston yoxud axloq”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni”kabi darslik va o'qish kitoblarini yaratdi.Qur'oni karim suralaridan, hadisi shariflardan, o'zbek xalqining boy pedagogik merosi – ertak, maqol, topishmoq va didaktik hikoyalardan foydalanilgan bu kitoblar xalq orasida ma'lum va mashhur bo'lgan. Abdulla Avloniy o'z asarlarida dunyo xalqlari madaniyatini, ilm-fanni, maktab va maorifni ulug'lab, xalqni ilmli, madaniyatli bo'lishga undadi.Mutafakkirning fikricha, axloq bu – xulqlar majmui. Xulq esa ezgulik yoxud razillikning muayyan bir insonda namoyon bo'lish shaklidir. Abdulla Avloniy o'zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida bola tarbiyasini to'rt yo'nalishda: “Tarbiyaning zamoni”, “Badan tarbiyasi”, “Fikr tarbiyasi”, “Axloq tarbiyasi” kabi bo'limlarga ajratgan holda tadqiq etadi. «Tarbiyaning zamoni” bo'limida tarbiyani bola tug'ilgan kundanoq boshlash kerakligini ta'kidlaydi. “Tarbiyani kimlar qilur?”, “Qayday qilinur?” degan savollarni o'rtaga tashlaydi va ularga javob qidiradi. “Birinchi – uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur. Bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur”,deya tarbiyaga hamma — ota-ona, muallim, hukumat va boshqalar-ning mas'ul ekanini ta'kidlaydi. Mamlakat taraqqiyoti, davlatning qudratli bo'lishi yosh avlod tarbiyasiga har jihatdan bog'liq deb hisoblagan alloma tarbiya xususiy emas, milliy,ijtimoiy ishdir degan to'xtamga keladi.Tarbiyani keng ma'noda tushungan Avloniy uni birgina axloq tarbiyasi bilan chegaralab qo'ymaydi. U, avvalo, bolaning sog'lig'i haqida g'amxo'rlik qilish lozimligiga e'tibor qaratadi. Avloniyning fikricha, sog'lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma'rifatga ega bo'lish uchun, avvalo, tan salomatligi zarur. Avloniy fikricha, «badanning salomat va quvvatli bo'lmog'i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o'qumoq, o'qutmoq, o'rganmoq va o'rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdur».Abdulla Avloniy bolaning badantarbiyasi, salomatligi masalasida ota-onalarga murojaat qilsa, uning fikr tarbiyasi borasida asosiy mas'uliyat muallimlar zimmasida ekaniga urg'u beradi. Bolalarda fikrlash qobiliyatini o'stirish,dunyoqarashini shakllantirish muallimlarning «diqqatla-riga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas vazifadur...Negaki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog'liqdur», – deydi alloma. Shu bilan birga, mutafakkir Abdulla Avloniy: “Ta'lim va tarbiya uzviy bog'liq jarayonlardur, dars ila tarbiya orasida biroz farq bor bo'lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur”, — deya ta'kidlaydi. Avloniy insonga yaxshilik va ezgulik faqat ilm egallash orqali singadi, degan qat'iy fikrni bildiradi.Ilmli, ezgu g'oya ruhida tarbiyalangan kishidagina Vatan tuyg'usi shakllanadi,ona yurti va ona tiliga muhabbat uyg'onadi,sadoqati qaror topadi.
Diposting 23 Jan
#Besh tashabbus #Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan_maktabi ##Yosh_kitobxon tanlov jarayoni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 7- sinf o'quvchilar o‘rtasida "Oy kitoxonligi" bo‘yicha Aleksandr Grinning "Alvon yelkanlar" asari bo‘yicha 1-bosqich test sinov sharti tashkil etildi. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK ▫️
Hashtags
Diposting 23 Jan
#Besh tashabbus #Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan_maktabi ##Yosh_kitobxon tanlov jarayoni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 7- sinf o'quvchilar o‘rtasida "Oy kitoxonligi" bo‘yicha Aleksandr Grinning "Alvon yelkanlar" asari bo‘yicha 1-bosqich test sinov sharti tashkil etildi. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK ▫️
Hashtags
Diposting 23 Jan
#Ochiq_dars_haftaligi #Ingliz tili fani 📆Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internat 23-yanvar kuni ingliz tili fani o'qituvchisi X.Sarimsaqova tomonidan 7-"A" sinfida ochiq dars o'tkazildi. 📃Mavzu : Takrorlash ⚡️O'qituvchi darsda o'quvchilarga krosvord, savol - javob berdi. Hamda sardorlar bellashuvi o'tkazildi. ✨Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 22 Jan
6-sinflar o‘rtasida buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatovning mashhur “Oq kema” asari bo‘yicha qiziqarli Oy kitobxonlik tanlovining 1-bosqichi natijalari Kitob – bilim kaliti! Shu kabi tadbirlar bilimga chanqoq yoshlarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Asosiy maqsadi – o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish va ularda asardagi insoniylik, tabiatga mehr-muhabbat, burch va javobgarlik hissini uyg‘otishdan iborat edi.
Diposting 22 Jan
REPITITSION TEST tashkil etilmoqda. 🎓 Tanlovsiz bilim sari! ✅ Nega qatnashishingiz kerak? 🔹 Haqiqiy imtihon sharoitida bilimlaringizni sinab ko‘rasiz. 🔹 Testlar DTM standartlariga, Milliy sertifikat saviyasiga mos ravishda yangi savollardan tuzilgan. 🔹 Natijalar asosida o‘z kuchli va zaif tomonlaringizni bilib olasiz. 🔹 Imtihonga psixologik tayyor bo‘lishni o‘rganasiz. Kuchli hayajon va stress holatiga tushmaslik ✅Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tomonidan tashkil etilgan REPITITSION TEST sizning bilimlaringizni real imtihon sharoitida sinab ko‘rish imkonini beradi. ✅ Test natijalari imtihon kunining ertasi kuniyoq e'lon qilinadi. ✨ QOʻSHIMCHA AFZALLIKLAR: 🔹 Har bir qatnashuvchi uchun individual natijalar tahlili. 🔹 Testdan so‘ng mutaxassis maslahatlari va bilimni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar. 🔹 DTM standartiga mos imtiyozli kurslarga yozilish imkoniyati. ✨Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 21 Jan
📚 Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktab 6-sinflar o‘rtasida buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatovning mashhur “Oq kema” asari bo‘yicha qiziqarli Oy kitobxonlik tanlovining 1-bosqichi o‘tkazildi. Asosiy maqsadi – o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish va ularda asardagi insoniylik, tabiatga mehr-muhabbat, burch va javobgarlik hissini uyg‘otishdan iborat edi. Shuningdek, “Oq kema” asaridagi voqealarni tahlili, savol-javoblarda faol ishtirok etish, asar mazmunini yodga olish, Qizg‘in bahslar va ijodiy topshiriqlar jarayonida ishtirokchilar o‘z bilimlarini namoyish etishi borasida 1-bosqich test sinov sharti tashkil etildi. Musobaqa barcha uchun unutilmas taassurotlar qoldirdi va o‘quvchilarning adabiyotga qiziqishini yanada oshirdi. Kitob – bilim kaliti! Shu kabi tadbirlar bilimga chanqoq yoshlarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK