TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT CHAT

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

@shahrixon_tim

Pendidikan

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Pelanggan686Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,004Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini5,093Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 54 dari 84 · 1,004 postingan

Diposting 11 Sep

⚡️Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi qabul qilingan 5-sinf o‘quvchilari bilan “Kichik yuraklar — katta orzular” mavzusida psixologik trening mashg‘uloti tashkil etildi. ✅Mazkur treningning asosiy maqsadi o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona muhit yaratish, ularni jamoa bo‘lib ishlashga yo‘naltirish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, ruhiy sog‘lom muhitni mustahkamlash hamda o‘zlariga bo‘lgan ishonchni oshirishdan iborat bo‘ldi. ➡️Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar o‘z shaxsiy xarakter xususiyatlarini chuqurroq anglab, jamoa a’zolari bilan muloqot qilish jarayonini sinovdan o‘tkazishdi. Shuningdek, hamkorlikda ishlash va bir-birini to‘g‘ri tushunish bo‘yicha yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. 📢Bunday treninglar o‘quvchilar tafakkurini kengaytirish, diqqatni jamlash, mas’uliyatni his etish hamda ijtimoiy muhitda samarali faoliyat yuritishlariga xizmat qiladi. Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

605 views

Diposting 10 Sep

🎉 E’TIBORINGIZ MARKAZIDA: MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN XALQARO KONFERENSIYA! Xabaringiz bormi? DUNYOGA TANILGAN ijodiy tashkilot — Baygench nashriyoti va Arslan BAYIR (Baygench nashriyoti asoschisi, yozuvchi, tadqiqotchi) ilk marotaba O‘ZBEKISTONGA tashrif buyurmoqda! 🇺🇿🌍 Ular bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan xalqaro konferensiya aynan siz – maktab o‘quvchilari uchun katta sahna bo‘ladi! ✍️ Qanday foyda olasiz? ✅ O‘z ijodingizni xalqaro sahnaga olib chiqish imkoniyati ✅ Ertak, she’r yoki hikoya yozish orqali tanlovda ishtirok etish ✅ Arslan BAYIR bilan bevosita tanishish va ijodiy motivatsiya olish 📨 Nimalar qabul qilinadi? 🎈 ertaklar 🎈 Ruhlantiruvchi she’rlar 🎈 Hayotiy hikoyalar ✔️Tashkilotchi: Oliy toifali ingliz tili o'qituvchisi, lingvist, maqolashunos, xorijiy tillar tarjimoni, tahririyat a'zosi, bir necha xalqaro antalogiyalar (Misr, Amerika, Turkiya) ishtirokchisi Ma'suma Mirzayeva 🇺🇿 🟢Batafsil ma’lumot: 🛫@Masumochkam Ilmiy guruh linkì: https://t.me/Ilmiy_nashrlar_markazi

1,180 views

Diposting 10 Sep

#The_Life_of_School # “Namunali xulq va odob – inson koʻrki” haftaligi Barcha sinf o’quvchilarga O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”,“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 2-avgustdagi 17-1505-sonli va 2023-yil 24-iyuldagi 17-1439-sonli topshiriqlari ijrosini ta’minlash bo’yicha slayd va taqdimotlar orqali tushuntirish ishlari olib borilmoqda.Davra suhbatlar jarayonida ko'zlangan maqsad • O‘quvchilarda o‘zaro hurmat, ehtirom va samimiy munosabat shakllanadi. • Milliy qadriyatlarga sadoqat, odob-axloqqa amal qilish odat tusiga kiradi. • O‘quvchilar o‘rtasida tartib-intizom, jamoaviylik, o‘zini tutish madaniyati yuksaladi. Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

374 views

Diposting 10 Sep

#Naʼmunali_xulq_va_odob_inson_koʻrki xaftaligi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida MMIBDO' tomonidan o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash.Jamiyatda, oilada va maktabda odob-axloq qoidalariga amal qilishga o‘rgatish. O‘quvchilarda mehr-oqibat, insonparvarlik, hurmat, xushmuomalalik, samimiylik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni shakllantirish.Yoshlarni salbiy odatlardan saqlash, ularda ijobiy xulq-atvorni mustahkamlash maqsadida davra suxbatlar tashkil etilmoqda.Davra suhbatida “Odob – inson ziynati”,“Hurmat va ehtirom – komillik belgisi”, “Namunali xulq va odob – millat ko‘zgusi”,Buyuk mutafakkirlar odob-axloq haqidagi hamda Katta yoshdagilarga hurmat ko‘rsatish, kichiklarga mehribonlik qilish,o‘quvchilar o‘rtasida odob-axloq qoidalariga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlar olib borilmoqda. Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

427 views

Diposting 10 Sep

#Naʼmunali_xulq_va_odob_inson_koʻrki xaftaligi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida MMIBDO' tomonidan o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash.Jamiyatda, oilada va maktabda odob-axloq qoidalariga amal qilishga o‘rgatish. O‘quvchilarda mehr-oqibat, insonparvarlik, hurmat, xushmuomalalik, samimiylik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni shakllantirish.Yoshlarni salbiy odatlardan saqlash, ularda ijobiy xulq-atvorni mustahkamlash maqsadida davra suxbatlar tashkil etilmoqda.Davra suhbatida “Odob – inson ziynati”,“Hurmat va ehtirom – komillik belgisi”, “Namunali xulq va odob – millat ko‘zgusi”,Buyuk mutafakkirlar odob-axloq haqidagi hamda Katta yoshdagilarga hurmat ko‘rsatish, kichiklarga mehribonlik qilish,o‘quvchilar o‘rtasida odob-axloq qoidalariga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlar olib borilmoqda. Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

410 views

Diposting 10 Sep

#Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan: Turdiyev Azizbek Anvarjonovich — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi. Mehnat faoliyatini ta’lim sohasida boshlagan Azizbek Turdiyev 2006-2010-yillarda Toshkent shahridagi 4-sonli maktab-internatida, 2010-2014-yillarda Toshkent shahridagi 231-umumta’lim maktabida adabiyot fanidan o‘quvchilarga saboq berdi. 2015-2017-yillarda poytaxtimizdagi 165-umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2017-2018-yillarda Vazirlar Mahkamasi apparati Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, 2018-2019-yillarda Oliy Majlis Senatida yetakchi maslahatchi, 2019-2023-yillarda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kotibiyati bosh maslahatchisi lavozimlarida mehnat qilgan. 2023-yildan boshlab MDH davlatlar hamkorligidagi “Hamdo‘stlik bolalar” loyihasi hamda “Yoshlarni tadbirkorlik va sanoatga yo‘naltirish” loyihasi rahbari sifatida faoliyat yuritadi. Vazirlik jamoasi Azizbek Turdiyevga maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi. Bizni kuzating ❤Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin

290 views

Hashtags

Diposting 9 Sep

#Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan_maktab #Xorijiy tillar o'rganish Taʼlim muassasasida darsdan so'ng bo'sh vaqtlarni mazmunli tashkil etishda maqsadida maktabda fan o'qituvchilar tomonidan bitiruvchilarini oliy taʼlim muassasalariga,CEFR, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikat imtihonlariga tayyorlash bo'yicha to'garak mashg'ulotlari tashkil etilib kelinmoqda. Bundan maqsad kelajakda Xalqaro oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olish imkoniyatlarini yaratishdir. Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

326 views

Diposting 9 Sep

🏃‍♂️ Sog‘lom tana – sog‘lom tafakkur! Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi S.Ismoilov tomonidan o'quvchilarning jismoniy faolligini oshirish, kunni sermahsul va quvvat bilan boshlash, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida badan tarbiya mashg'ulotlar tashkil etilmoqda. 🟢 O‘quvchilarda intizom, jismoniy tayyorgarlik va ijobiy kayfiyatni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

303 views

Diposting 9 Sep

#Robototexnika #The_Life_of_School ⚡ Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida robototexnika to'garag mashg'ulotlari tashkil etilmoqda 🔵Roboto texnika to'garagi yangi, zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan. O'quvchilar yuqori qiziqish bilan mashgʻulotlarda ishtirok etib, o'z qobiliyatlarini namoyon etmoqdalar. Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK ✅✅✅✅✅✅✅✅✅

306 views

Diposting 9 Sep

#Naʼmunali_xulq_va_odob_inson_koʻrki xaftaligi #Qizlar_majlisi 🏫 Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 7-11-sinf o'quvchi qizlar o'rtasida maktabning xamshirasi hamda Shahrixon tuman shifokor xodimlar bilan yig'ilishi bo'lib o'tdi.Yig'ilishda "Ayol salomatligi","Shaxsiy gigeniya" ,soglom turmush tarzi bo'yicha tushuntirishlar berib o'tdi. ✅ Shuningdek yig'ilish davomida psixolog T.Andayeva va MMIBDO' O'.Akbarovlar o'quvchi qizlar bilan "Qiz bola odob ahloq qoidalari", kiyinish madaniyati, muomala madaniyati va o'smirlik psixologiyasi haqida tushunchalar berildi. Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

305 views

Diposting 8 Sep

#Naʼmunali_xulq_va_odob_inson_koʻrki Yangi hafta – yangi imkoniyatlar! 🏢 Bugun Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida MMIBDO' 5-6-7-8-sinf sadorlari bilan “Namunali xulqi va odob-inson ko‘rki” haftaligida barcha o'quvchilarga odob-axloq qoidalariga amal qilib, maktabimiz namunasiga aylanishi targ'ib qilish va belgilangan vazifalar bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Bunda o'quvchilar kiynish madaniyatiga rioya etishi,maktabda bo'sh vaqtlarni mazmunli tashkil etish maktab o'quv xonalarni toza ozoda saqlash kerakligi eng muhim vazifa ekanligini takidlab o'tdi. Hafta boshidan bardavom bo‘laylik! Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK ✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅

281 views

Diposting 8 Sep

#Naʼmunali_xulq_va_odob_inson_koʻrki Yangi hafta – yangi imkoniyatlar! 🏢 Bugun Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tartib, intizom va ijobiy kayfiyat bilan boshlandi. Ushbu hafta “Namunali xulqi va odob-inson ko‘rki” haftaligida barchamiz odob-axloq qoidalariga amal qilib, maktabimiz namunasiga aylanaylik! Hafta boshidan bardavom bo‘laylik! Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK ✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅

286 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••5253545556•••60•••65•••70•••75•••80•••8384