TGINSIGHT CHAT
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
@shahrixon_tim
PendidikanIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi
Postingan terbaru
Hal. 74 dari 84 · 1,004 postingan
Diposting 22 Mar
📌📌📌 BIZNING _SHUNDAY_O'QUVCHILARIMIZ_BOR 🏆YUTUQLAR🏆 📌📌📌BMBA tomonidan o'tkazib kelinayotgan fanlarni bilish darajasi bo'yicha milliy sertifikatning navbatdagi natijalar e'lon qilindi. FIZIKA fanidan o'tkazilgan navbatdagi sinovda bizning Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchisi ham ishtirok etib sertifikat egalariga aylanib ulgurishdi. 10 "B"-sinf o'quvchilaridan 👨🎓Yigitaliyev Mansurjon B darajadagi sertifikatni qo'lga kiritdi. Ta'lim bergan ustozlaridan D.Yo‘ldoshevga minnatdorchilik bildirib, sharoit yaratib bergan ota-onalarini ham tabriklaymiz. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 22 Mar
📌📌📌 BIZNING _SHUNDAY_O'QUVCHILARIMIZ_BOR 🏆YUTUQLAR🏆 📌📌📌BMBA tomonidan o'tkazib kelinayotgan fanlarni bilish darajasi bo'yicha milliy sertifikatning navbatdagi natijalar e'lon qilindi. Matematika fanidan o'tkazilgan navbatdagi sinovda bizning Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchisi ham ishtirok etib sertifikat egalariga aylanib ulgurishdi. 10 "B"-sinf o'quvchilaridan 👨🎓Anvarjonov Muhammadzoxid A+ darajadagi sertifikatni qo'lga kiritdi. Ta'lim bergan ustozlaridan G‘.Yoqubovga minnatdorchilik bildirib, sharoit yaratib bergan ota-onalarini ham tabriklaymiz. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 22 Mar
Maktab oʻquvchilarining bahorgi taʼtili 21-mart kunidan boshlanadi ❗️Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomga koʻra, mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun bahorgi taʼtil 2025-yil 21-mart kunidan boshlanadi va 27-mart kuni (7 kalendar kun)ga qadar davom etadi. 👉 IV oʻquv chorak darslari 2025-yil 28-mart kunidan boshlanadi. __________ Весенние каникулы школьников начинаются с 21 марта Согласно Положению, утвержденному Постановлением Кабинета Министров от 15 марта 2017 года № 140 «Об общем среднем образовании» весенние каникулы в общеобразовательных школах в нашей стране начинаются 21 марта и длятся до 27 марта 2025 года (7 календарных дней). Занятия IV учебной четверти начнутся с 28 марта 2025 года. @D_Sobirova_MMTV
Diposting 22 Mar
#yangilik#ulashamiz#maoshlar_oshishi Prezident farmoni imzolandi va undagi eng muhim oʻzgarishlar (foto) Bugun hamkasblarimiz uchun yana bir muhim xushxabarni yetkazmoqchiman. Hurmatli Prezidentimiz Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha yangi Farmon imzoladi. Keyingi yillarda oʻqituvchilarimiz, bogʻchadagi pedagoglarimiz oylik maoshlarini oshirish, ustamalar sonini koʻpaytirish boʻyicha qator islohotlar qilindi va bu jarayon davom etyapti. Endilikda maktab direktorlari, ularning oʻrinbosarlari hamda bogʻchalarimiz rahbarlari maoshlarini oshirishga navbat yetdi. Farmondagi eng muhim yangiliklarni sanab oʻtsam: – Maktab direktori va uning oʻrinbosarlari hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari ish haqi miqdorlari oshirilmoqda. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga, oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshirilib, bogʻchalarimiz direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari III va IV guruhdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi. Respublikadagi 10 mingdan ortiq maktab direktorlari, 7 mingga yaqin bogʻcha direktorlari hamda 35 mingga yaqin maktab direktor oʻrinbosarlarining ish haqi miqdorlari oshirilishiga erishiladi. – 2026-yil 1-yanvardan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktor va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi. – Tuman boʻlimlarida qoʻshimcha shtatlar ajratilyapti va bu oʻquvchilar bilimini baholashni monitoring qilish, oʻquvchilarga xorijiy til va kasbga oʻrgatish vazifalarini amalga oshirish uchun tegishli lavozimlarni joriy etish imkoniyati yaratadi. – Hududiy boʻlinmalari xodimlaringning koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish joriy etilmoqda (Vazirlik tizimidagi qariyb 15 ming nafar boshqaruv xodimlariga koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi). – Maktab xodimlari mukofot puli miqdorini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizigacha (amalda 50 foizgacha) miqdorida etib belgilanmoqda. – Yana bir muhim oʻzgarish – avvallari maktablarimizning boʻsh turgan binolari ijarasidan tushgan mablagʻlarning 40 foizigina oʻsha maktabda qolardi. Endilikda ushbu mablagʻlarning 75 foizi oʻsha maktab rivojiga sarflanadi. Umid qilamanki, tizimdagi yuz minglab xodimlar hayoti, ragʻbatlanishiga doir mazkur Farmon xodimlarimiz moddiy imkoniyatlarini yanada yaxshilab, ularga motivatsiya beradi, ish unumdorligini oshiradi. Pedagoglar, maktabgacha va maktab tizimi moddiy tomonlama ham jozibador sohaga aylanishi lozim, davlatimiz rahbari qoʻllovlari bilan bu masala bosqichma-bosqich hal etilmoqda. Farmon bilan bogʻliq boshqa oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumot va sharhlar vazirlikning ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali beriladi. @hilola_umarova
Diposting 19 Mar
#yangilik#ulashamiz#maoshlar_oshishi Prezident farmoni imzolandi va undagi eng muhim oʻzgarishlar (foto) Bugun hamkasblarimiz uchun yana bir muhim xushxabarni yetkazmoqchiman. Hurmatli Prezidentimiz Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha yangi Farmon imzoladi. Keyingi yillarda oʻqituvchilarimiz, bogʻchadagi pedagoglarimiz oylik maoshlarini oshirish, ustamalar sonini koʻpaytirish boʻyicha qator islohotlar qilindi va bu jarayon davom etyapti. Endilikda maktab direktorlari, ularning oʻrinbosarlari hamda bogʻchalarimiz rahbarlari maoshlarini oshirishga navbat yetdi. Farmondagi eng muhim yangiliklarni sanab oʻtsam: – Maktab direktori va uning oʻrinbosarlari hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari ish haqi miqdorlari oshirilmoqda. 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga, oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshirilib, bogʻchalarimiz direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari III va IV guruhdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi. Respublikadagi 10 mingdan ortiq maktab direktorlari, 7 mingga yaqin bogʻcha direktorlari hamda 35 mingga yaqin maktab direktor oʻrinbosarlarining ish haqi miqdorlari oshirilishiga erishiladi. – 2026-yil 1-yanvardan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktor va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi. – Tuman boʻlimlarida qoʻshimcha shtatlar ajratilyapti va bu oʻquvchilar bilimini baholashni monitoring qilish, oʻquvchilarga xorijiy til va kasbga oʻrgatish vazifalarini amalga oshirish uchun tegishli lavozimlarni joriy etish imkoniyati yaratadi. – Hududiy boʻlinmalari xodimlaringning koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish joriy etilmoqda (Vazirlik tizimidagi qariyb 15 ming nafar boshqaruv xodimlariga koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi). – Maktab xodimlari mukofot puli miqdorini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizigacha (amalda 50 foizgacha) miqdorida etib belgilanmoqda. – Yana bir muhim oʻzgarish – avvallari maktablarimizning boʻsh turgan binolari ijarasidan tushgan mablagʻlarning 40 foizigina oʻsha maktabda qolardi. Endilikda ushbu mablagʻlarning 75 foizi oʻsha maktab rivojiga sarflanadi. Umid qilamanki, tizimdagi yuz minglab xodimlar hayoti, ragʻbatlanishiga doir mazkur farmon xodimlarimiz moddiy imkoniyatlarini yanada yaxshilab, ularga motivatsiya beradi, ish unumdorligini oshiradi. Pedagoglar, maktabgacha va maktab tizimi moddiy tomonlama ham jozibador sohaga aylanishi lozim, davlatimiz rahbari qoʻllovlari bilan bu masala bosqichma-bosqich hal etilmoqda. Farmon bilan bogʻliq boshqa oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumot va sharhlar vazirlikning ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali beriladi. @hilola_umarova
Diposting 17 Mar
#ChSB_imtihonlari #III_chorak_yakuni Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktab ✅Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktab axborot xizmati ✅O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida 17-mart sanasida mutaxasislik fanlaridan(matematika, fizika, ingliz tili, kimyo, biologiya) ChSB (chorak bo‘yicha Summativ baholash) baholash 𝙗𝙤'𝙮𝙞𝙘𝙝𝙖 𝙩𝙚𝙨𝙩 𝙨𝙞𝙣𝙤𝙫𝙡𝙖𝙧𝙞 𝙤'𝙩𝙠𝙖𝙯𝙞𝙡𝙢𝙤𝙦𝙙𝙖 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 8 Mar
Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan ayol-qizlarimiz, aziz ustozlar! Sizlarni bahor ayyomi — “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan samimiy qutlayman. Bugungi kunda yurtimizda ayol-qizlarimiz uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Har bir sohada ularning o‘z maqsadi tomon dadil ildamlayotganini ko‘rish esa insonga behad quvonch bag’ishlaydi. Shu o’rinda, yurtimizda qizlarimizning ilm olishi uchun ham alohida e'tibor qaratilayotganini ta’kidlash joiz. Shubhasiz, qiz bolaga ta’lim berish butun millatga ta‘lim berish demakdir. Fursatdan foydalanib, barchangizni go‘zallik bayrami — 8-mart bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Sihat-salomatlik, baxt-u saodat, xonadoningizga fayz-u baraka yor bo‘lishini tilayman. Zafar va muvaffaqiyatlar yo‘lingizda hamisha hamroh bo‘lsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri @hilola_umarova
Diposting 8 Mar
#Ayolga_ehtirom 🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ustozlari va o‘quvchilari tomonidan 💐"8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan tonggi kutibolish jarayoni tashkil qilindi. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 8 Mar
#👉Navbatdagi natija 10-B sinf o'quvchilari ham Xalqaro va ingliz tilidan bilish darajasi bo‘yicha sertifikatlarni qo'lga kiritib kelmoqda. Shu munosabat bilan ustozlari va ota-onalariga o'z minnatdorchiligimizni izhor etamiz. Bugun 7-mart kuni Maktabimiz direktori N. Pozilov va o'qituvchilar tomonidan ushbu o'quvchilar oz bo'lsada sovg'alar bilan taqdirlandi. Ushbu yutuqlar bardavom bo'lishini tilab qoldi. Sinf raxbari: J. Isaqova Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 8 Mar
#Ayolga_ehtirom_haftaligi #Sharixon_tuman_IM 💐Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-yil 7-mart kuni “Ayolga ehtirom” haftaligida “Ona - oilamiz quyoshi, timsoli, mehr bulog‘i” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 🌺Tadbirda ayollarni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Yangilanish fasli bahorni o‘zida gavdalantirgan raqslar va turli sahna ko‘rinishlari maktabning xotin-qizlarida iliq taassurotlar qoldirdi. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 8 Mar
Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan ayol-qizlarimiz, aziz ustozlar! Sizlarni bahor ayyomi — “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan samimiy qutlayman. Bugungi kunda yurtimizda ayol-qizlarimiz uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Har bir sohada ularning o‘z maqsadi tomon dadil ildamlayotganini ko‘rish esa insonga behad quvonch bag’ishlaydi. Shu o’rinda, yurtimizda qizlarimizning ilm olishi uchun ham alohida e'tibor qaratilayotganini ta’kidlash joiz. Shubhasiz, qiz bolaga ta’lim berish butun millatga ta‘lim berish demakdir. Fursatdan foydalanib, barchangizni go‘zallik bayrami — 8-mart bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Sihat-salomatlik, baxt-u saodat, xonadoningizga fayz-u baraka yor bo‘lishini tilayman. Zafar va muvaffaqiyatlar yo‘lingizda hamisha hamroh bo‘lsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri @hilola_umarova
Diposting 5 Mar
#Shahrixon_tuman_IM #Uchrashuv O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog’ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-55-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 5-mart kuni Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Fanlar akademiyasi Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi "Fan va taraqqiyot"davlat unitar korxonasi raisi maslaxatchisi , akademik Negmatov Sayibjan Sadiqovich bilan zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv tashkil qilindi. ❇️ Akademik oʻz faoliyati davomida erishgan yutuqlari, muvaffaqiyatlari va bosib oʻtgan yoʻllari haqida oʻquvchilarga maʼlumotlar berdi. Maktab direktori N.R.Pozilov hozirgi kundagi uchinchi uygʻonish davrining poydevori mustahkam boʻlishi uchun oʻquvchilarning isteʼdodlarini roʻyobga chiqarish va ularga yetarlicha shart sharoit yaratilayotganligi haqida fikr bildirdi. Uchrashuv davomida o‘quvchilar savollariga javoblar oldilar.
Hashtags