TGINSIGHT CHAT
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
@tsulbox
Pictures and photos🗂 TDYU media bazasi —————————— 📸 Foto 🎞 Video 💾 Fayl
ការប្រកាសថ្មីៗ
ទំព័រ 27 ចេញពី 49 · 581 ការប្រកាស
បានផ្សព្វផ្សាយ 15 សីហា
👨💻👩💻🧠 • Huquqiy etika bo‘yicha xalqaro o‘quv dasturining uchinchi kunida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va mijozlar bilan ishlash masalalari muhokama qilindi Toshkent davlat yuridik universitetida PILnet va “White & Case” xalqaro yuridik firmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan huquqiy etika bo‘yicha xalqaro o‘quv dasturining uchinchi kuni yakunlandi. Uchinchi kun doirasidagi sessiya va amaliy mashg‘ulotlar huquqshunoslik sohasida uchraydigan murakkab masalalar manfaatlar to‘qnashuvi, uning oldini olish, mijozlar bilan ishlash masalalariga bag‘ishlandi. Kunning birinchi asosiy sessiyasi “Avoidance of conflicts of interest” mavzusida o‘tkazildi. Mashg‘ulotda “White & Case” hamkori va bosh konsulti Jennifer Paradise, Toshkent Xalqaro arbitraj markazi direktori Diana Bayzakova, Qirg‘iziston Advokatlar palatasi huzuridagi Trening markazi direktor o‘rinbosari Nazira Raimjanova va “Habib Al Mulla and Partners” konsuli Daria Selivanova tomonidan advokatlik va yuridik amaliyotda uchraydigan manfaatlar to‘qnashuvining turlari, ularni aniqlash usullari hamda oldini olish strategiyalari haqida ma’lumot berildi. Mavzu yuzasidan xalqaro tajribadan misollar keltirilib, muammolar real keyslar asosida muhokama qilindi. Uchinchi kun doirasidagi ikkinchi sessiya “Knowing & engaging clients” mavzusiga bag‘ishlandi. Sessiyada mijozlar bilan ishonchli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ularni tanlashda etik va huquqiy mezonlarga amal qilish, hamkorlik jarayonida kommunikatsiya madaniyatini saqlash masalalari muhokama qilindi. Mashg‘ulotda “White & Case” hamkori va bosh konsulti Jennifer Paradise, “Asari Legal” hamkori Igor Ostapets va “KY & Partners” yetakchi advokati Salimjon Yusupov bu borada o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, kun davomida ishtirokchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, unda talabalar guruhlarga bo‘lingan holda haqiqiy huquqiy vaziyatlarga asoslangan keyslarga yechim izladi. Mashg‘ulotlar ishtirokchilarga mantiqiy fikrlash, huquqiy tahlil qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini berdi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘quv dasturining uchinchi kuni nafaqat yangi bilimlar, balki xalqaro ekspertlar bilan jonli muloqot, tajriba almashish va professional tarmoqni kengaytirish imkoniyatini ham berdi. @tsulbox
បានផ្សព្វផ្សាយ 15 សីហា
0️⃣0️⃣0️⃣ • Faringiz Yusupova will take part in the national stage of the “Adliya ayoli — 2025” contest The qualifying round of the “Adliya ayoli — 2025” contest was held at Tashkent State University of Law. The purpose of the competition is to identify proactive and active women working in the justice system who possess strong legal knowledge and professional skills, as well as to showcase and support their potential. At the university stage, participants competed in two rounds. The first round consisted of 30 test questions on legal topics to assess the participants’ legal knowledge and practical experience. In the second round, participants presented their own proposals for solving one of the pressing issues in the field of legislation. Each participant had five minutes to substantiate her idea, and the jury evaluated the presentations based on the relevance of the issue, the feasibility, and the novelty of the proposed solution. Results of the two rounds: 1st place — Faringiz Yusupova, Acting Associate Professor of the Department of International Law and Human Rights; 2nd place — Karima Rajabova, Lecturer at the Department of Administrative and Financial Law; 3rd place — Khurshida Kurbanova, Lecturer at the Department of Civil Procedural and Economic Procedural Law. Faringiz Yusupova will now take part in the national stage of the contest. The winners and prizewinners were awarded letters of appreciation and commemorative gifts. @tsulbox
បានផ្សព្វផ្សាយ 15 សីហា
0️⃣0️⃣0️⃣ • Фарингиз Юсупова примет участие в республиканском этапе конкурса «Adliya ayoli — 2025» В Ташкентском государственном юридическом университете прошёл отборочный этап конкурса «Adliya ayoli — 2025». Цель конкурса — выявить инициативных и активных женщин, работающих в системе юстиции, обладающих высокими юридическими знаниями и профессиональными навыками, а также продемонстрировать и поддержать их потенциал. В университетском этапе участницы соревновались в двух турах: Первый тур — 30 тестовых вопросов на правовую тематику, с помощью которых проверялись юридические знания и практический опыт участниц. Второй тур — участницы представляли собственное предложение по решению одной из актуальных проблем в сфере законодательства. В течение пяти минут каждая участница аргументированно представляла свою идею, а жюри оценивало выступления по критериям актуальности проблемы, целесообразности и новизны предложенного решения. Результаты двух туров: 1-е место — Фарингиз Юсупова, исполняющая обязанности доцента кафедры международного права и прав человека; 2-е место — Карима Ражабова, преподаватель кафедры административного и финансового права; 3-е место — Хуршида Курбанова, преподаватель кафедры гражданского процессуального и экономического процессуального права. Теперь Фарингиз Юсупова примет участие в республиканском этапе конкурса. Победители и призеры награждены благодарственными письмами и памятными подарками. @tsulbox
បានផ្សព្វផ្សាយ 15 សីហា
0️⃣0️⃣0️⃣ • Faringiz Yusupova “Adliya ayoli — 2025” tanlovining respublika bosqichida ishtirok etadi Toshkent davlat yuridik universitetida “Adliya ayoli — 2025” tanlovining saralash bosqichi o‘tkazildi Adliya tizimida faoliyat yuritayotgan, yuksak huquqiy bilim va kasbiy mahoratga ega, tashabbuskor hamda faol ayollarni aniqlash, ularning salohiyatini namoyon etish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tanlovning universitet bosqichida ishtirokchilar ikki shart bo‘yicha bellashdi. 1-shartda huquqiy mavzulardan shakllantirilgan 30 ta test savollari orqali ishtirokchilarning yuridik bilimlari va amaliy tajribalari sinovdan o‘tkazildi. 2-shartda esa ishtirokchilar qonunchilik sohasidagi muammolardan biriga yechim sifatida o‘z taklifini taqdim etdi. Besh daqiqa davomida o‘z g‘oyasini asoslab bergan ishtirokchilarni Hakamlar hay’ati muammoning dolzarbligi, taklif etilayotgan yechimning maqsadga muvofiqligi va yangiligi mezonlari asosida baholadi. Ikki shart yakuniga ko‘ra, natijalar quyidagicha: 1-oʻrin — Faringiz Yusupova, Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi; 2-oʻrin — Karima Rajabova, Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi oʻqituvchisi; 3-oʻrin — Xurshida Kurbanova, Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi oʻqituvchisi. Endi Faringiz Yusupova tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi. Gʻolib va sovrindorlar tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. @tsulbox
បានផ្សព្វផ្សាយ 14 សីហា
👨💻👩💻🧠 • On the second day of the international legal ethics program, issues of professional independence, the principle of confidentiality, and professional secrecy were examined As you know, an international educational program on legal ethics is underway at Tashkent State University of Law, organized in cooperation with PILnet and the international law firm White & Case. The first session of Day Two was devoted to “Professional independence.” In this class, Jennifer Paradise, Partner and General Counsel at White & Case, Shukhrat Yunusov, Partner at Kosta Legal, and Shahzoda Tuychiyeva, Lecturer at the Department of Private International Law of Tashkent State University of Law, discussed the need for lawyers and attorneys to be independent in their decision-making, as well as the importance of being free from pressure by clients, the state, and other external factors. Participants analyzed examples from international practice and discussed real-world challenges related to maintaining professional independence. Practical sessions were then organized in two stages. Students, divided into groups, worked on case studies based on real legal situations. These sessions helped develop skills in logical reasoning, legal analysis, and teamwork. The practicums were led by experienced attorneys and international experts. During the day, there was also a session on “The duty of confidentiality and the right of professional secrecy.” Jennifer Paradise (White & Case), Nazira Raimzhanova (Deputy Director of the Training Center under the Bar Association of the Kyrgyz Republic), and Shukhrat Yunusov (Kosta Legal) provided a detailed overview of the legal foundations of confidentiality in law, international standards, and complex situations from practice. The experts discussed the consequences of breaches of confidentiality, the nuances of protecting clients’ interests, and compared procedures in different jurisdictions. On the second day of the program, students gained valuable knowledge and skills for making sound decisions in real legal situations, maintaining independence, and ensuring client confidentiality, and they tried their hand at the role of attorneys and lawyers during the practical sessions. @tsulbox
បានផ្សព្វផ្សាយ 14 សីហា
👨💻👩💻🧠 • Во второй день международной образовательной программы по правовой этике были рассмотрены вопросы профессиональной независимости, принципа конфиденциальности и профессиональной тайны Как вы знаете, в Ташкентском государственном юридическом университете проходит международная образовательная программа по правовой этике, организованная в сотрудничестве с PILnet и международной юридической фирмой White & Case. Первая сессия второго дня была посвящена теме «Professional independence». На занятии партнёр и главный юрисконсульт White & Case Дженнифер Парадайз, партнер Kosta Legal Шухрат Юнусов и преподаватель кафедры международного частного права Ташкентского государственного юридического университета Шахзода Туйчиева рассказали о необходимости независимости адвокатов и юристов при принятии решений, а также о важности быть свободными от давления со стороны клиента, государства и других внешних факторов. Участники проанализировали примеры из международной практики и обсудили реальные проблемы, связанные с сохранением профессиональной независимости. Затем для участников были организованы практические занятия в два этапа. Студенты, разделенные на группы, работали над кейсами, основанными на реальных правовых ситуациях. Эти занятия способствовали развитию навыков логического мышления, юридического анализа и командной работы. Практикумы вели опытные адвокаты и международные эксперты. В течение дня также прошла сессия на тему «The duty of confidentiality and the right of professional secrecy». Дженнифер Парадайз (White & Case), Назира Раимжанова (заместитель директора Учебного центра при Адвокатской палате Кыргызской Республики) и Шухрат Юнусов (Kosta Legal) подробно рассказали о правовых основах принципа конфиденциальности в юриспруденции, международных стандартах и сложных ситуациях из практики. Эксперты обсудили последствия нарушения конфиденциальности, тонкости защиты интересов клиента и сравнили процедуры, действующие в различных юрисдикциях. Во второй день программы студенты приобрели ценные знания и навыки по принятию правильных решений в реальных юридических ситуациях, сохранению независимости и обеспечению конфиденциальности клиента, а также попробовали себя в роли адвокатов и юристов во время практических занятий. @tsulbox
បានផ្សព្វផ្សាយ 14 សីហា
👨💻👩💻🧠 • Huquqiy etika bo‘yicha xalqaro o‘quv dasturining ikkinchi kunida kasbiy mustaqillik, maxfiylik tamoyillari va kasbiy sir haqida ma’lumot berildi Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universitetida PILnet va “White & Case” xalqaro yuridik firmasi bilan hamkorlikda huquqiy etika bo‘yicha xalqaro o‘quv dasturi o‘tkazilmoqda. Dasturning ikkinchi kunidagi ilk sessiya “Professional independence” mavzusiga bag‘ishlandi. Mashg‘ulotda “White & Case” hamkori va bosh konsulti Jennifer Paradise, “Kosta Legal” hamkori Shuhrat Yunusov va TDYU Xalqaro xususiy huquq kafedrasi o‘qituvchisi Shahzoda To‘ychiyeva tomonidan advokat va yuristlarning qaror qabul qilishdagi mustaqilligi, mijoz, davlat va boshqa tashqi bosimlardan xoli bo‘lish zarurati haqida ma’lumot berildi. Sessiya davomida ishtirokchilar xalqaro amaliyotdagi misollarni tahlil qilib, kasbiy mustaqillikni saqlashning real hayotdagi muammolarini muhokama qildi. Shundan so‘ng ishtirokchilar uchun ikki bosqichda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Unda talabalar guruhlarga bo‘lingan holda haqiqiy huquqiy vaziyatlarga asoslangan keyslarga yechim izladi. Mashg‘ulotlar ishtirokchilarga mantiqiy fikrlash, huquqiy tahlil qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini berdi. Amaliy mashg‘ulotlarni moderator sifatida tajribali advokatlar va xalqaro ekspertlar olib bordi. Kun davomida o‘quv dasturi ishtirokchilari uchun “The duty of confidentiality and the right of professional secrecy” mavzusida mashg‘ulot tashkil etildi. Unda White & Case” hamkori va bosh konsulti Jennifer Paradise, Qirg‘iziston Advokatlar palatasi huzuridagi Trening markazi direktor o‘rinbosari Nazira Raimjanova va “Kosta Legal” hamkori Shuhrat Yunusov tomonidan huquqshunoslikda maxfiylik tamoyilining huquqiy asoslari, xalqaro standartlar va amaliyotdagi murakkab vaziyatlar haqida ma’lumot berdi. Mutaxassislar maxfiylikni buzish oqibatlari, mijoz manfaatlarini himoya qilishdagi nozik jihatlar hamda turli yurisdiksiyalardagi tartibotlarni taqqoslab berdi. O‘quv dasturining ikkinchi kunida talabalar real huquqiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, mustaqillikni saqlash hamda mijoz maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha qimmatli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlarda o‘zlarini advokat va yurist rolida sinab ko‘rdi. @tsulbox
បានផ្សព្វផ្សាយ 13 សីហា
👨💻👩💻🧠 • В ТГЮУ проводится международная образовательная программа по юридической этике В Ташкентском государственном юридическом университете организован международный интенсивный тренинг, посвященный одной из важнейших сфер юриспруденции — профессиональной этике и ответственности. Основная цель проекта, реализуемого в сотрудничестве с PILnet, ТГЮУ и международной юридической фирмой White & Case, — подготовка молодых юристов в соответствии с международными стандартами, а также обеспечение студентов глубокими знаниями и практическими навыками по применению норм юридической этики, профессиональной ответственности и этических стандартов в реальной практике. В четырехдневной образовательной программе принимают участие студенты из Узбекистана, Казахстана, Кыргызстана, России и Грузии. Это создает благоприятную среду для обмена региональным опытом, обсуждения различий и сходств в правовых культурах. Занятия проводят известные юристы, работающие в Центральной Азии и за рубежом, в том числе партнеры международных юридических фирм, представители правительственных структур, ведущие представители академических кругов и профессора. В рамках тренинга вопросы юридической этики рассматриваются с различных точек зрения. Как было подчеркнуто, в современном глобальном правовом пространстве наряду с профессиональными навыками и знаниями ключевое значение для успеха юриста имеют соблюдение этических принципов, предотвращение конфликта интересов и умение правильно выстраивать отношения с клиентами. 👉 Программа обучения охватывает следующие направления: • регулирование адвокатской деятельности и основные нормы юридической профессии; • отношения между адвокатом и клиентом, а также порядок выбора и привлечения клиентов; • механизмы предотвращения конфликта интересов; • правила конфиденциальности и раскрытия информации; • борьба с коррупцией и принципы честности; • взаимосвязь между бизнесом и правами человека; • ответственное предпринимательство и практика предоставления бесплатной юридической помощи. Все эти направления преподаются не в теоретической форме, а на основе практических примеров, реальных правовых ситуаций и международного опыта. Во время тренинга студенты выступают не только в роли слушателей, но и в качестве активных участников. В рамках практических занятий они получают возможность вести прямой диалог с экспертами, анализировать ситуации, взятые из международной и региональной юридической практики. @tsulbox
បានផ្សព្វផ្សាយ 13 សីហា
👨💻👩💻🧠 •TDYUda huquqiy etika bo‘yicha xalqaro o‘quv dasturi o‘tkazilmoqda Toshkent davlat yuridik universitetida yuridik sohaning eng muhim yo‘nalishlaridan biri — kasbiy axloq va professional mas’uliyat masalalariga bag‘ishlangan xalqaro intensiv trening tashkil etildi. PILnet, TDYU va “White & Case” xalqaro yuridik firma hamkorligida o‘tkazilayotgan loyihaning asosiy maqsadi xalqaro standartlarga mos yosh huquqshunoslarni tayyorlash, talabalarni huquqiy etikaning amaliy jihatlari, professional mas’uliyat va axloqiy me’yorlarni real ish jarayonida qo‘llash bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlashdir. To‘rt kunlik o‘quv dasturida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Gruziyadan kelgan talabalar ishtirok etmoqda. Bu esa mintaqaviy tajriba almashish, huquqiy madaniyatlar o‘rtasidagi farq va o‘xshashliklarni muhokama qilish uchun qulay muhit yaratmoqda. Mashg‘ulotlarni Markaziy Osiyo va xorijda faoliyat yuritayotgan taniqli huquqshunoslar, xususan, xalqaro yuridik firmalar hamkorlari, hukumat vakillari, akademik doira yetakchilari va professorlar olib bormoqda. Trening davomida huquqiy etika masalalari turli nuqtayi nazardan ko‘rib chiqilmoqda. Ta’kidlanganidek, bugungi global huquqiy makonda malaka va bilim bilan bir qatorda, axloqiy tamoyillarga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish va mijozlar bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnatish har bir huquqshunosning kasbiy muvaffaqiyatida hal qiluvchi ahamiyatga ega. 👉 O‘quv dasturida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda: — advokatlik faoliyatini tartibga solish va huquqiy kasbga oid asosiy qoidalar; — advokat-mijoz munosabatlari hamda mijozlarni tanlash va jalb qilish tartibi; — manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish mexanizmlari; — maxfiylik va ma’lumotlarni oshkor etish qoidalari; — korrupsiyaga qarshi kurashish va halollik tamoyillari; — biznes va inson huquqlari o‘rtasidagi bog‘liqlik; — mas’uliyatli tadbirkorlik va bepul yuridik yordam amaliyoti. Mazkur yo‘nalishlarning barchasi nazariy emas, balki bevosita amaliy misollar, real huquqiy holatlar va xalqaro tajribaga asoslangan holda talabalarga yetkazilmoqda. Trening jarayonida talabalar faqat tinglovchi sifatida emas, balki faol ishtirokchi sifatida ishtirok etdi. Amaliy mashg‘ulotlar davomida ular mutaxassislar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, xalqaro va mintaqaviy huquqiy amaliyotdan olingan vaziyatlarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. @tsulbox
បានផ្សព្វផ្សាយ 11 សីហា
• Yuridik texnikum bitiruvchilarini TDYUga qabul qilish bo‘yicha suhbat 18–20-avgustda o‘tkaziladi • Собеседования по приему выпускников юридических техникумов в ТГЮУ пройдут 18-20 августа @tsulbox
បានផ្សព្វផ្សាយ 6 សីហា
• Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalar yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi faktlar aniqlanganligi toʻgʻrisida XABARNOMA @tsulbox
បានផ្សព្វផ្សាយ 4 សីហា
• Shaxlo Fayzullayevaning hammualliflikdagi maqolasi Scopus ro‘yxatiga kiritilgan xalqaro ilmiy jurnalda chop etildi • Статья Шахло Файзуллаевой в соавторстве опубликована в международном научном журнале, включенном в базу Scopus @tsulbox