TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
채널 목록으로 돌아가기
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT CHAT

IT news | Tg Bots

@phpdevelopersuz

Business and startups

👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !

구독자149현재 채널 구독자 수
추적 게시물1,004인덱싱된 게시물 수
최근 도달1,616최근 게시물 조회수 합계
최근 게시물

최근 게시물

29페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물

게시됨 11월 11일

Xiaomi bilan hamkorlik qilayotgan taniqli kamera kompaniyasi o'zining yangi smartfonini chiqardi Ehtimol, siz Leica brendini Xiaomi va Huawei kabi smartfon ishlab chiqaruvchilari bilan qilgan hamkorliklari orqali taniysiz. Germaniyaning ushbu taniqli kamera kompaniyasi, o'tgan yili o'zining ilk smartfoni – Leitz Phone 1'ni chiqargan edi. Bu yili esa Leica uning davomchisi – Leitz Phone 2 smartfonini taqdim qildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 11.11.2022

153 views

게시됨 11월 11일

Dimensity 9200 uchun munosib raqib: Snapdragon 8 Gen 2 qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi. MediaTek kompaniyasi flagman Android smartfonlar uchun o'zining eng kuchli yangi chipsetini allaqachon taqdim qildi va endi navbat uning ashaddiy raqobatchisi, Qualcomm'ga keldi. Amerikalik kompaniya odatda o'zining eng yuqori darajadagi chipsetini har yili o'tkaziladigan Snapdragon Summit'ida taqdim qiladi. Uning bu yilgi soni esa 15-noyabrda bo'lib o'tadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 11.11.2022

147 views

게시됨 11월 11일

Navbatdagi Galaxy smartfoniga One UI 5 tarqatilmoqda Samsung o'zining Galaxy smartfonlari uchun One UI 5 yangilanishini Yevropa mamlakatlarida tarqatishni boshladi. Kompaniya nafaqat flagmanlar, balki o'rta sinf smartfonlariga ham Android 13'ga asoslangan yangilanishni yubormoqda va bular qatorda Galaxy A53 eng birinchilardan bo'ldi. Navbatda Galaxy A33 uchun yo'l ochilgani ma'lum bo'ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 11.11.2022

147 views

게시됨 11월 10일

Xiaomi foydalnuvchilari buni anchadan beri orzu qilishar edi! Xiaomi smartfonlari uchun MIUI 14 yangilashining chiqarilish sanasi yaqinlashib qoldi, shu bilan birga, uning xususiyatlari haqida ma'lumotlar ham internetda keng tarqalmoqda. So'nggi mish-mishlarga ko'ra, kompaniya MIUI 14 bilan o'z foydalanuvchilari orziqib kutgan o'zgarishni beradi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 10.11.2022

142 views

게시됨 11월 10일

O'yin tugadi. Hayot ham! Meta boshchilik qiladigan Oculus VR kompaniyasi asoschisi, Palmer Laki, o'zining yangi VR ixtirosini taqdim qildi. U oddiy VR qurilma emas. Ehtimol, uni "qotil shlem" deb ham atash mumkin, chunki kimdir uni taqqan holda virtual olam o'yinini o'ynasa va unda yutqazib qo'ysa, u uchun haqiqiy hayotda ham "o'yin tugaydi". 📣IT news| ©Terabayt.uz 10.11.2022

137 views

게시됨 11월 10일

Galaxy A54 kutilganidan ancha ertaroq chiqarilishi mumkin Samsung o'zining Galaxy A seriyasidagi o'rta flagman smartfonlarini bahor fasli boshida taqdim qilishga odatlangan. Ta'kidlash joizki, smartfonlarga taqdimotlaridan 2 oy avval kerakli sertifikatlar beriladi: Galaxy A52 smartfoni 2021-yilning yanvar oyida 3C sertifikatini olgan va mart oyida chiqarilgan; bu yilgi Galaxy A53 ham yanvar oyida sertifikatlandi va mart oyida chiqarildi. Biroq, navbatdagi Galaxy A54 smartfoni ushbu an'anani buzishi mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 10.11.2022

136 views

게시됨 11월 9일

Ulgurib qolish joyi menimcha) o’zim xam ro’yhatdan o’tdim

135 views

게시됨 11월 9일

🤩Bepul onlayn ta'lim oling va mukofot jamg'armasi 200 million so'mlik xakatonda qatnashing Yoshlar ishlari agentligi va Mohirdev.uz onlayn ta'lim platformasi hamkorligida MohirFest 2022 festivaliga start berilmoqda. Festival 2 bosqichda bo'lib o'tadi: 1-bosqich: Raqamli oromgoh. Ishtirokchilar 1 oy davomida dasturlash va zamonaviy texnologiyalarni bepul onlayn o'rganishadilar. 2-bosqich: Xakaton. Darslarni muvoffaqiyatli tugatgan ishtirokchilar sovrin jamg'armasi 200 million so'mlik xakatonda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishadilar. ❗️Xakatonda qatnashish shartlari: - Raqamli oromgohdagi darslarni muvoffaqiyatli tugatish - 3 kishidan iborat jamoa tuzish (jamoa a'zolari raqamli oromgohda o'qigan bo'lishlari shart) - Jamoaga nom tanlash - Xakaton yo'nalishlaridan biri bo'yicha loyiha taqdimotini tayyorlash 💡 Xakatonda ishtirokchilar quyidagi mavzulardan birini tanlab, o'z loyihalarini namoyish qilishlari kerak bo'ladi: - Ta'lim - Ayollar huquqlari - Ekologiya - Turizm 🎁 Har bir yo'nalish bo'yicha birinchi, ikkinchi va uchunchi o'rinlarni egallagan jamoalarning har bir a'zosi quyidagi sovg'alar bilan taqdirlanishadi: 1-o'rin uchun: Noutbuk 2-o'rin uchun: Planshet 3-o'rin uchun: eReader (elektron kitob o'quvchi qurilma) Bundan tashqari, xakaton qatnashuvchilariga Mohirdev kurslari uchun turli xil chegirma va kuponlar taqdim etiladi ⏰ Festivalning birinchi bosqichi 12-noyabr kuni start oladi. Qatnashish bepul. Ro'yxatdan o'tish:mohirdev.uz/mohirfest Bizni kuzatib boring: @mohirfest | @yoshlaragentligi | @mohirdev

132 views

게시됨 11월 9일

Mark Tsukerberg Ilon Maskdan ham o'tib tushdi! Meta rasman o'zining 11 mingdan ortiq ishchilarini yoxud kompaniya xodimlarining 13 foizini ishdan bo'shatayotganligini e'lon qildi. Kompaniya rahbari Mark Tsukerberg bunda o'zining aybdor ekanligini aytdi va bu uchun mas'uliyatni o'z bo'yniga oldi: 📣IT news| ©Terabayt.uz 09.11.2022

125 views

게시됨 11월 9일

Twitter Blue obunasi bilan olingan tasdiqlangalik belgisi yangisi oldida "bir tiyin" Ilon Mask o'zining yangi Twitter ijtimoiy tarmog'ida hammani tasdiqlanganlik belgisi bilan "siylamoqda". Biroq, bu ko'k belgilar yangi chiqayotgan kulranglari oldida hech narsa emas. Tushunarliroq qilib aytganda endi Twitter'dagi haqiqatda rasmiy sahifalar kulrang belgi bilan ajratiladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 09.11.2022

128 views

게시됨 11월 9일

Samsung o'zining o'rta sinf smartfoni uchun ham One UI 5 yangilanishini tarqatishni boshladi Samsung kompaniyasi o'zining Galaxy A53 smartfoni uchun ham Android 13'ga asoslangan One UI 5 yangilanishini Yevropa mamlakatlarida tarqatishni boshladi, deya xabar bermoqda SamMobile nashri. Ma'lum bo'lishicha, proshivka versiyasi A536BXXU4BVJG bo'lgan 2GB hajmdagi yangilanish smartfonning 5G modeli uchun chiqarilgan bo'lib, u oktabr oyi xavfsizlik yamog'ini o'z ichiga oladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 09.11.2022

116 views

게시됨 11월 9일

"Nima gap Apple?" ruknidan: xitoylik texnoblogerlar buklanadigan iPhone yaratishdi Dunyodagi eng taniqli 7 ta smartfon ishlab chiqaruvchi brendlarning 6 tasi: Samsung, Xiaomi, Huawei, Honor, Oppo va Vivo allaqachon o'zlarining buklanadigan smartfonlarini sotuvga chiqarib ulgurishgan, lekin ularning bittasi, Apple, hali ham "ikki qo'lini burniga tiqib o'tiribdi". So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, kupertinolik kompaniya yaqin kunlarda buklamafon chiqarishni rejalashtirmagan. Yaqinda esa Samsung kompaniyasi ekspertlari Apple 2024-yilda buklamafonlar bozoriga qo'shilishi ma'lum qilgan edi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 09.11.2022

118 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••2728293031•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
이전29페이지 / 84페이지다음