TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
채널 목록으로 돌아가기
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT CHAT

IT news | Tg Bots

@phpdevelopersuz

Business and startups

👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !

구독자149현재 채널 구독자 수
추적 게시물1,004인덱싱된 게시물 수
최근 도달2,083최근 게시물 조회수 합계
최근 게시물

최근 게시물

28페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물

게시됨 11월 15일

Yana bir Galaxy smartfoni Android 13 yangilanishi qabul qilishni boshladi So'nggi bir necha haftadan beri Samsung o'zining Galaxy smartfonlariga barqaror versiyadagi One UI 5 yangilanishini yuqori aktivlik bilan tarqib kelmoqda. Oktabr oyini Galaxy S22 seriyasi bilan yakunlagan so'ng, kompaniya oktabrda Galaxy S21 va Galaxy S20 flagmanlari, so'ng esa Galaxy A seriyasidagi A73, A53 va hatto A33'ni ham yangiladi. Navbatda endi Samsung o'zining eng mustahkam himoyaga ega smartfoni – Galaxy XCover 6 Pro'ni yangilanishni boshladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.11.2022

219 views

게시됨 11월 14일

Play Store ilovalar do'konida yana ko'proq reklamalar paydo bo'ladi Hozir Android smartfonda Google'ning Play Store ilovalar do'koniga kirib qidirish tugmasini bossangiz siz avval qidirganlaringiz tarixini ko'rasiz. Biroq, ular tez kunda reklamalar bilan alishishi mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.11.2022

205 views

게시됨 11월 14일

iPhone 14 Pro tirqish dizayni yana bir Android smartfonga ko‘chirilmoqda Joriy yilning sentabr oyida Apple o‘zining iPhone 14 Pro smartfonlarini old tomonida tabletka shaklidagi "jonli" tirqish bilan taqdim qildi. Xitoylik Android smartfon ishlab chiqaruvchilari esa kupertinolik kompaniya bilan tenglashish uchun uning dinamik orol nomli tirqish dizaynini o‘zlarining yangi smartfonlariga joriy etishni boshlashdi: Xiaomi o‘zining Civi 2 smartfoni bilan boshlab bergan bo‘lsa, navbat Honor'ga kelgan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.11.2022

185 views

게시됨 11월 14일

Oppo bir necha kundan keyin o'zining yangi smartfonini taqdim qiladi Oppo kompaniyasi o'zining A1 Pro deb nomlanadigan yangi smartfonini taqdim qilish arafasida. Kompaniya o'zining Weibo ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasida bo'lajak qurilma texnik xususiyatlarini birma-bir oshkor qilmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.11.2022

178 views

게시됨 11월 14일

Galaxy S23 Ultra kamerasi S22 Ultra va Pixel 7 Pro smartfonlarini ortda qoldirdi Taniqli insayder Ice Universe o'zining Weibo sahifasida hali taqdim qilinmagan Galaxy S23 Ultra va hozirgi Galaxy S22 Ultra, hamda, Pixel 7 Pro smartfonlari bilan olingan suratlar ulashdi. Ma'lum bo'lishicha, suratlar flagman smartfonlarning asosiy kamerasi bilan olingan va ulardagi aniqlikni ko'rish uchun kattalashtirilgan holda kesib olingan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.11.2022

167 views

게시됨 11월 14일

Qanday qilib doimiy motivatsiya bilan ishlash mumkin?⠀ Vazifalaringizni bajarish uchun ishda motivatsiya boʻlishi muhimdir. Agar energiyaga toʻla boʻlsangiz maqsadlaringizga erishishingiz, topshiriqlarni vaqtida bajarishishingiz oson boʻladi. Sizning layoqatli ekanligingiz hamkasblaringizga ham taʼsir qiladi, ayniqsa jamoadagi muhit ishning unumdorligini oshiradi. Quyidagi usullar orqali motivatsiyangizni kun davomida maksimal darajada ushlab tura olasiz: 1. Oʻzingizni oʻzingiz mukofotlang Topshiriqni ajoyib tarzda yakunlasangiz, sevimli mashgʻulotingizni qilishga vaqt ajrating. Kimdir oʻyin oʻynashni yaxshi koʻradi, kimdir esa shirinlikxoʻr. Bunda sizda baxt garmoni ajralib chiqib, kayfiyatingizga taʼsir qiladi. Shunda doimiy bosimlardan biroz boʻlsa ham xalos boʻlasiz. 2. Ertalabki badantarbiya Koʻpchilik IT mutaxassislarining shaxsiy kun tartibi boʻlmaydi. Notoʻgʻri ovqatlanish, kompyuter qarshisida uzluksiz oʻtirish nafaqat kayfiyatingizga, balki jismoniy holatingizga ham taʼsir qiladi. Muammolardan chetlanish uchun ham sport bilan shugʻullaning, bunga vaqt ajrata olmasangiz, tongda yugurishni odat qiling. Natijasi koʻp kuttirmaydi, ishonavering! 3. Qisqa tanaffuslar Ish jarayonida ozroq tanaffus qiling. Iloji boʻlsa oldingizda gadjetlar boʻlmasin. Hozirgi paytda gadjetlarga qaramlik avj olganini hisobga olsak, bu ajoyib muolaja. 4. Sayr qilish Sayr qilishga odatlaning. Ayniqsa, yomgʻirdan keyingi musaffo havo sogʻligʻingizga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Mutaxassislarning tadqiqotiga koʻra, doimiy sayr qilishga odatlanganlar kun davomida yuqori kayfiyatda boʻlganliklarini aniqlashgan. 5. Aniq belgilangan maqsad Biror ish qilishdan oldin, oʻsha ish uchun qancha vaqt ajratishingiz belgilab oling. Kechiksangiz, hech ikkilanmay jarima belgilang. Odatda odamlar oʻzini pul bilan jazolashadi (sinab koʻrganlar gapimizni tasdiqlashi mumkin. Aytgancha, pul ketishidan siqilib, shuncha qilgan harakatingizni havoga sovurib qoʻymang-a?! Telegram | Instagram | Youtube

179 views

게시됨 11월 13일

❗️Mohirfest 22 festivalidan ro'yxatdan o'tib, ba'zi sabablarga ko'ra SMS xabar qabul qilmaganlar uchun Raqamli oromgohda o'qish uchun quyidagi linkka kiring va yo'riqnomaga amal qiling: LINK: https://bit.ly/3hEtIfD Bizni kuzatib boring: @mohirfest | @yoshlaragentligi | @mohirdev

186 views

게시됨 11월 12일

Vivo'ning navbatdagi flagman smartfonlari qachon taqdim qilinishi ma'lum bo'ldi Internetda Vivo kompaniyasining hali taqdim qilmagan X90 seriyasidagi smartfonlarning videolari tarqatib yuborildi. Ma'lum bo'lishicha, yangi qatorda X90, X90 Pro va X90 Pro modellari bo'ladi. Weibo ijtimoiy tarmoqlarida paydo bo'lgan videolarda esa biz Vivo X90 Pro modelining dizayni bilan tanishishimiz mumkin bo'ladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 12.11.2022

168 views

게시됨 11월 12일

Yangi biznes? Endi siz ham o'z Telegram yuzerneymingizni sotishingiz mumkin! Telegram foydalanuvchi nomlari auksion orqali sotiladigan Fragment platformasida endi siz ham o'z yuzerneymingizni sotishingiz mumkin. Buning uchun siz saytda Telegram akkauntingiz bilan ro'yxatdan o'tishingiz va unga TON hamyoningizni ulashingiz kerak. Agar sizda TON hamyoni bo'lmasa, unda sizga uni yangi ochish haqida kerakli ko'rsatmalar beriladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 12.11.2022

159 views

게시됨 11월 12일

2022-yilning eng innovatsion smartfon dizayni iPhone yoki Galaxy'ga tegishli emas! TIME jurnali 2022-yilning eng innovatsion smartfon dizayni nominatsiya g'olibini e'lon qildi. Yo'q, bu Apple, Samsung, Google yoki Xiaomi smartfoni emas. Bu Nothing kompaniyasining bozorga endigina kirib kelgan Phone (1) smartfoni bo'ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 12.11.2022

148 views

게시됨 11월 12일

Snapdragon 8 Gen2 chipli smartfon Geekbench'da qo‘lga tushdi Oxirgi vaqtlarda internet sahifalarida mish-mishlardan tushmayotgan iQOO 11 smartfoni Geekbench testida paydo bo‘ldi. Geekbench qurilma 12GB tezkor xotira hamda Snapdragon 8 Gen2 chipi bilan jihozlanganligini ko‘rsatib berdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 12.11.2022

145 views

게시됨 11월 12일

Realme 10 5G taqdim etildi Ushbu hafta boshida Realme kompaniyasi o‘zining Realme 10 modelini taqdim etgandi. Endi kompaniya Xitoyda ushbu smartfonning 5G versiyasini taqdim etdi. Dimensity 700 chipida ishlovchi qurilma 50MP asosiy kameraga ega. 📣IT news| ©Terabayt.uz 12.11.2022

144 views
12•••5•••10•••15•••20•••252627282930•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
이전28페이지 / 84페이지다음