TGINSIGHT CHAT
IT news | Tg Bots
@phpdevelopersuz
Business and startups👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !
최근 게시물
34페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물
게시됨 10월 28일
Tez orada Windows 11 bilan smartfoningiz ma'lumot uzatish nuqtasini yoqa olasiz Hozir siz Windows kompyuteringizda Phone Link (sobiq Your Phone) dasturiga Android smartfoningizni ulash bilan undagi suratlar, SMS xabarlar yoki bildirishnomalarga kirishingiz, hatto kompyuterdan to'g'ridan-to'g'ri qo'ng'iroqlar amalga oshirishingiz mumkin va ikki tizim o'rtasidagi bunday "do'stona munosabatlar" yanada mustahkamlanmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 28.10.2022
게시됨 10월 28일
YouTube Shorts'lari endi videolar bo'limida ko'rsatilmaydi Hafta boshida katta dizayn o'zgarishlarini chiqarganidan so'ng, YouTube endilikda yana bir muhim interfeys yangilanishini tarqatmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 28.10.2022
게시됨 10월 28일
Redmi Note 12 seriyasi taqdim qilindi: iPhone'larda yo‘q yuqori xususiyatlar, lekin smartfonlar undan 2-3 barobar arzon Xiaomi axiyri pardalarni ko‘tardi va Redmi Note 12 smartfonlari qatorini namoyish qildi. Yangi avlod Redmi Note seriyasi uchta standart: Note 12, Note 12 Pro, Note 12 Pro modellarini, shu bilan birga, Redmi Note 12 Discovery, hamda, Racing nashrlarini o‘z ichiga oladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 28.10.2022
게시됨 10월 28일
Ilon Mask: "qush ozod qilindi" Tesla va SpaceX yetmagandek, Ilon Mask endi Twitter'ga ham egalik qiladi. Milliarder ijtimoiy tarmoq kompaniyasini sotib olish kelishuvini olti oylik bahslardan so'ng vanihoyat yakunladi. "qush ozod qilindi" deydi Mask o'zining rasmiy Twitter sahifasida. Nafaqat qush, balki Mask Twitter'ning bir nechta katta rahbarlarini ham o'z lavozimidan ozod qildi (The Verge orqali). 📣IT news| ©Terabayt.uz 28.10.2022
게시됨 10월 28일
"Ijtimoiy tarmoqlar tarixida birinchi marta foydalanuvchi nomlari uchun adolatli, shaffof bozor tashkil etildi" - Durov Va'da qilganidek, Pavel Durov Telegram yuzerneymlarini sotib olish imkonini beradigan alohida platforma - Fragment'ni ishga tushirilganligini e'lon qildi. Uning ta'kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlar tarixida birinchi marta foydalanuvchi nomlari uchun adolatli, shaffof bozor tashkil etildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 28.10.2022
게시됨 10월 27일
Pullik post qilsa boʻlarkan)))
게시됨 10월 27일
게시됨 10월 27일
Telegram'da ilk pulli post paydo bo‘ldi O‘tgan yilning aprel oyida Telegram o‘z platformasida to‘lovlarni amalga oshirish beradigan Payments xususiyatining 2.0 versiyasini taqdim qilgan edi. Oradan bir necha oy o‘tib, messenjerda @donate boti ham paydo bo‘ldi. Payments 2.0 bilan ishlaydigan Donate boti foydalanuvchilarga o‘zlarining yoqtirgan Telegram kanal egalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, yoxud xalq tili bilan aytganda kontent yaratuvchisiga "donat qilish" imkonini beradi. Endilikda Donate boti donat qilishdan tashqari yana bir yangi pulli xizmatni o‘z bo‘yniga olmoqda: tez kunda bot bilan eksklyuziv kontent yaratish mumkin bo‘ladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 27.10.2022
게시됨 10월 27일
Dunyodagi eng tezkor oyoq kiyim: Moonwalkers taqdim qilindi Kickstarter platformasida MoonWalkers nomli oyoq kiyimlar taqdim qilindi. Ular istalgan oyoq kiyim bilan magnetli kamarlar orqali yechib-kiysa bo'ladigan elektron qurilma bo'lib, ular yurish tezligingizni 2.5 karraga oshiradi. Roliklardan farqli o'laroq Moonwalkers uchun kuch sarflashingiz shart emas, shunchaki yursangiz bo'ldi, oyoq kiyimning o'zi sizning tezligingizga tezlik qo'shib beradi. Bu xuddi yurish yo'lagi oyog'ingizga o'rnatilganiga o'xshaydi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 27.10.2022
게시됨 10월 27일
Ilon Mask Twitter bosh qarorgohiga suvchanoq (rakovina) ko'tarib keldi Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari, Ilon Mask, vanihoyat Twitter'ni sotib olmoqda. Milliarder joriy yil aprelida ijtimoiy tarmoq kompaniyasini 44 milliard dollarga sotib olishini ma'lum qildi va oy oxirida Twitter kelishuvga rozi bo'ldi. Biroq vaqt o'tib, u Twitter'ni platformadagi botlar soni haqida noto'g'ri ma'lumot berganlikda aybladi va o'z fikridan qaytmoqchi bo'ldi. Natijada esa Twitter uni kelishuvni buzganlikda ayblab sudga bergan edi. Yoz oyida bo'lib o'tgan bir qancha sud muzokaralaridan so'ng, milliarder oktabr boshida axiyri ijtimoiy tarmoq kompaniyasini sotib olishini aytdi, sud esa unga 28-oktabrgacha kelishuvni yakunlashni buyurdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 27.10.2022
게시됨 10월 27일
Nothing'dan yangi qurilma Nothing kecha o‘zining ikkinchi avlod simsiz quloqchinlarini taqdim etdi. Noodatiy dizayndagi quloqchin keysi bilan 29 soat ishlab berishi mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 27.10.2022
게시됨 10월 27일
Telegram yuzerneymlari auksioni ishga tushirildi Uzoq kutilgan Telegram foydalanuvchi nomlari auksioni vanihoyat ishga tushirildi. Endi siz Fragment nomli platformada Telegram jamoasi tomonidan band qilingan turli xil jozibador yuzerneymlarni auksionda ishtirok etib sotib olishingiz mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 27.10.2022