TGINSIGHT CHAT
IT news | Tg Bots
@phpdevelopersuz
Business and startups👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !
최근 게시물
36페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물
게시됨 10월 24일
https://youtu.be/7yAF6Vma2D4
게시됨 10월 24일
Guruhlar ichida guruhchalar: Telegram'ga topiklar qo'shilmoqda Telegram'ning Android uchun navbatdagi beta versiyasida yangi "Topiklar" funksiya paydo bo'ldi. Topiklar guruh ichida ochiladigan kichik guruhchalar bo'lib, ular katta guruh ichida alohida "xona" yaratib, unda ma'lum bir qiziqishga qaratilgan mavzuda suhbatlashish imkonini beradi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 24.10.2022
게시됨 10월 24일
One UI 5 yangilanishi rasman ushbu mamlakatlarda tarqatilmoqda Vanihoyat, bir necha oylik beta sinovlaridan so'ng, Samsung o'zining Galaxy smartfonlari uchun Android 13'ga asoslangan One UI 5 qobig'ining barqaror versiyasini rasman tarqatishni boshladi. Yangilanish o'tgan hafta oxirida Italiyada tarqatilishi boshlagani aytilgan edi. Endilikda Norvegiya, Ispaniya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Ruminiya, Chex Respublikasi va boshqa Yevropa mamlakatlari yangi versiyani qabul qilishni boshlagan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 24.10.2022
게시됨 10월 24일
iPhone 15 Ultra'da foydalaniladigan material smartfonni yanada mustahkam, yengil va qimmat qiladi Apple kompaniyasi 2017-yilgi iPhone X seriyasidan beri o'zining premium smartfonlarini zanglamas po'latdan yasab keladi. Biroq, so'nggi xabarlarga ko'ra, ushbu an'ana navbatdagi iPhone bilan buzilishi mumkin: iPhone 15 Ultra titan tanaga ega bo'ladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 24.10.2022
게시됨 10월 24일
Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (42 hafta) GSMArena sayti o‘zining 42 haftadagi ommabop smartfonlar reytingini e’lon qildi. Uch haftadan beri Google Pixel 7 Pro birinchi o‘rinni hech qaysi smartfonga bermayapti. iPhone 14 Pro Max ham o‘zining ikkinchi o‘rnini saqlab qolgan bo‘lsa, bir pog‘ona yuqorilagan Galaxy S22 Ultra kuchli uchlikka yakun yasadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 24.10.2022
게시됨 10월 22일
Bayram boshlandi: One UI 5 barqaror versiyada tarqatilmoqda O'zining Galaxy smartfonlari uchun Android 13'ga asoslangan One UI 5 proshivkasini besh bosqichli beta sinovlardan o'tkazganidan keyin Samsung uni o'tgan hafta bo'lib o'tgan SDC 2022 tadbirida rasman namoyish qildi. Kompaniya barqaror versiya oy oxirigacha chiqarilishini aytgan edi va bu, endilikda, amalga oshirilmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 22.10.2022
게시됨 10월 22일
Microsoft o'zining Windows operatsion tizimlari uchun CCleaner'ga o'xshash dastur ishlamoqda Microsoft kompaniyasi o'zining Windows 10 va undan yuqori versiyadagi operatsion tizimida ishlaydigan kompyuterlar samaradorligini oshirishga qaratilgan PC Manager dasturi ustida ishlamoqda. CCleaner'ni eslatib yuboradigan ushbu dastur Windows'da allaqachon mavjud bo'lgan ayrim funksiyalarni o'zida mujassamlashtirgan markaz bo'lib, u Windows 11 dizaynida yaratilgan. Bu xuddi Task Manager'ning soddalashtirilgan variantiga o'xshaydi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 22.10.2022
게시됨 10월 21일
Koreyalik texno-gigant o'z biznesini Rossiyadan O'zbekistonga ko'chirish niyatida Kommersant nashri o'zining maishiy texnika bozoridagi manbasiga asoslanib xabar berishicha (iXBT.com orqali), Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi rahbariyati Rossiyadagi zavodni yopish va ishlab chiqarishni O'zbekistonning Artel zavodlariga ko'chirishni muhokama qilmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 21.10.2022
게시됨 10월 21일
Xitoylik kompaniya olti oyoqli o'rgimchak-robot taqdim qildi Xitoyning Shenzhen XiaoR Geek Technology kompaniyasi bir qarashda o'rgimchakni eslatib yuboradigan XR Hexapod R1 nomli robotni taqdim qildi. Hozirda u moliyalashtirilish uchun Kickstarter'ga joylangan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 21.10.2022
게시됨 10월 21일
Samsung Galaxy A04e taqdim etildi Odatda Samsung'ning flagman S seriya modellari taqdimot vaqtida ko‘pchilikning diqqat e’tiborini tortadi. Samsung, shuningdek, flagman smartfonlardan tashqari byudjet sinfidagi modellarni ishlab chiqaradi. Ularning soni borgan sari ortib bormoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 21.10.2022
Men o'zim bilan faxrlanaman #fun Windows'ni mustaqil o'rnatganimda - Men 😎 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ TelegramIYouTubeIGuruhIXaritaIDonat
Hashtags
게시됨 10월 20일
Google boshlang'ich sinf smartfonlari uchun Android 13 Go versiyasini taqdim qildi Google kompaniyasi o'ta byudjet smartfonlar uchun Android 13'ning Go versiyasini taqdim qildi. Android operatsion tizimining ushbu kichraytirilgan versiyasi ilk marotaba besh yil avval kam operativ va doimiy xotirali smartfonlar uchun chiqarilgan edi va endilikda kompaniyaning ma'lum qilishicha, u bilan ishlaydigan oylik aktiv qurilmalar soni bugungi kunda 250 milliondan oshgan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 20.10.2022