TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
채널 목록으로 돌아가기
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT CHAT

IT news | Tg Bots

@phpdevelopersuz

Business and startups

👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !

구독자149현재 채널 구독자 수
추적 게시물1,004인덱싱된 게시물 수
최근 도달1,220최근 게시물 조회수 합계
최근 게시물

최근 게시물

44페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물

게시됨 10월 3일

Videolarni yuqori sifatda ko'rish uchun YouTube'ga pul to'lashga tayyor turing YouTube video-striming platformasi ham o'zining Premium obunasiga ega. U videolarni reklamalarsiz ko'rish, ularni orqa fonda qo'yish, yuklab olish kabi eksklyuziv xususiyatlarni taqdim qiladi va tez orada ularning ro'yxati yana bittaga ko'payishi mumkin: Reddit foydalanuvchisi YouTube videolarni 4K sifatda ko'rishni Premium qilishni sinovdan o'tkazayotganini payqab qoldi va o'zining sahifasida uning skrinshotini ulashdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 03.10.2022

101 views

게시됨 10월 3일

Dimenity Snapdragon'ni taxtdan ag‘dardi AnTuTu jamoasi sentyabr oyiga ko‘ra eng kuchli Android smartfonlar reytinggini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Dimensity 9000 bilan jihozlangan smartfon top o‘nlikdagi barcha Snapdragon 8 Gen 1 chipseti o‘rnatilganlarni mag‘lub qildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 03.10.2022

100 views

게시됨 10월 3일

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (39 hafta) GSMArena sayti o‘zining 39 haftadagi ommabop smartfonlar reytingini e’lon qildi. Bir necha haftadan beri iPhone 14 Pro Max yetakchilikni hech qaysi smartfonga bermayapti. Galaxy S22 Ultra ham o‘zining ikkinchi o‘rnini saqlab qolgan bo‘lsa, yaqin kunlarda taqdim etiladigan Pixel 7 Pro uchinchi o‘rinni egalladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 03.10.2022

95 views

게시됨 10월 2일

Telegram Premium narxi yarmidan ko'proqqa arzonladi Joriy yilning iyun oyi oxirlarida Telegram messenjeri o'zining Premium obunasini ishga tushirgan edi. U ilova foydalanuvchilariga ikkilangan cheklovlar, cheksiz reaksiyalar, profil statuslari kabi bir qancha eksklyuziv xususiyatlardan foydalanish imkonini beradi va uning narxi oyiga o'rtacha 4.99 dollar qilib belgilangan (narx mamlakatlarga qarab arzon yoki qimmat bo'lishi mumkin). 📣IT news| ©Terabayt.uz 02.10.2022

105 views

게시됨 10월 2일

USB nomlarida muhim o‘zgarish: SuperSpeed brendidan voz kechilmoqda USB standartini boshqaradigan va qo‘llab-quvvatlaydigan USB Implementers Forum (USB-IF) notijorat tashkiloti USB qurilmalarini brendlashda yangi nom standartlarini ma’lum qildi (The Verge orqali). Muhim o‘zgarishlaridan biri shuki, ular SuperSpeed brendidan voz kechishmoqda. Ushbu brend nomi sizga hech nimani anglatmayotganligi tabiiy hol, chunki ko‘pchiligimiz uchun bu shunchaki USB 3.0 hisoblanadi. Nafaqat SuperSpeed, balki tashkilot endi ortiq USB4 brendidan ham foydalanmaydi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 02.10.2022

105 views

게시됨 10월 2일

iPhone 6'ning davri o‘tdi Apple'da ajoyib an’ana mavjud. Kompaniya o‘zining sotuvga chiqarilmaganiga 5 yildan oshgan va 7 yildan kam bo‘lgan mahsulotlarini "vintaj"lar, yoxud ancha oldin ishlab chiqarilgan, klassik mahsulotlar qatoriga qo‘shadi. Va bir necha kun avval ularning qatori yana bittaga ko‘paydi - iPhone 6 ham endi "vintaj" smartfon (9toMac orqali). 📣IT news| ©Terabayt.uz 02.10.2022

111 views

게시됨 10월 1일

Galaxy S23'ning "uzoq qarindoshi": Galaxy A14 renderlari tarqatildi Yaqinda @OnLeaks taxallusi bilan tanilgan ma'lumotchi, Stiv Xemmerstoffer, o'zining hamkorlari bilan internetda Galaxy S23 va Galaxy S23 'ning yuqori sifatli renderlarini tarqatgan edi. Endilikda u Giznext bilan hamkorlikda Samsung'ning yana bir smartfoni, Galaxy A14'ning yuqori sifatli suratlarini ham ulashdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 01.10.2022

104 views

게시됨 10월 1일

Ilon Mask Tesla'ning Optimus roboti prototipini namoyish qildi Kecha bo‘lib o‘tgan Tesla AI Day 2022 tadbirida Ilon Mask Tesla'ning ilk gumanoid roboti, Optimus'ning ishlaydigan prototipini namoyish qildi. Taqdimot boshida, sahnaning orqa eshiklari ochilib, dekonstruksiya qilinmagan Optimus roboti raqs tushganda holda sahnaga chiqib keldi. Mask’ning ma’lum qilishicha robot sahnada yuzi bilan yiqilib tushmasligi uchun kamroq harakat qilishga moslangan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 01.10.2022

100 views

게시됨 10월 1일

Web 3.0 uchun ilk qadam: TON saytlari va proksilari ishga tushirildi Telegram tomonidan yaratilgan TON blokcheyni jamg'armasi kecha TON saytlari va TON Proxy'ni taqdim qildi. Ushbu texnologiyalar uchinchi avlod interneti - Web 3.0'ning asosiy komponentlari bo'lib, ular bilan yaratilgan saytlar mutlaqo markazlashmagan, xavfsiz va maxfiy bo'ladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 01.10.2022

96 views

게시됨 10월 1일

iPhone 14 Pro modeli DxOMark testidan o‘tdi Apple'ning yangi iPhone 14 Pro smartfoni DxOMark testidan o‘tdi hamda ajoyib natijani qayt etdi. Umumiy kamera testida qurilma 146 ballni qo‘lga kiritdi. Bu Honor Magic4 Ultimate modelidan keyingi ikkinchi yeng yaxshi natija hisoblanadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 01.10.2022

107 views

게시됨 10월 1일

Redmi Note 11 seriyasiga yana bir yangi smartfon qo‘shildi Xiaomi kecha Redmi Note 11 seriyasiga mansub bo‘lgan yangi Note 11R modelini taqdim etdi. Biroq ushbu qurilmani yangi deyish mumkinmi o‘zi? Aslida, buni Poco M4 5G modelining kattaroq xotiraga ega turi desak adashmaymiz. 📣IT news| ©Terabayt.uz 01.10.2022

102 views

게시됨 9월 30일

Ikki oyoqli robot 100 metrga yugurish bo'yicha Ginnesning rekorlar kitobiga kirdi Kessi ismli ikki oyoqli robot 100 metrga yugurish bo'yicha Ginnesning yangi rekordini o'rnatdi. U berilgan masofani 24,73 soniyada, o'rtacha 14 km/s tezlik bilan bosib o'tgan. Albatta, bu odamga qaraganda ancha sekinroq: Usayn Bolt tomonidan o'rnatilgan rekord vaqt 9,58 soniya edi. Biroq, bu Kessining dizaynidagi robot uchun katta yutuqdir. 📣IT news| ©Terabayt.uz 30.09.2022

94 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••4243444546•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
이전44페이지 / 84페이지다음