TGINSIGHT CHAT
IT news | Tg Bots
@phpdevelopersuz
Business and startups👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !
최근 게시물
43페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물
게시됨 10월 5일
Instagram reklamalarni ko'paytirmoqda: endi ular profilingizda ham paydo bo'ladi Meta kompaniyasi o'zining Instagram ijtimoiy tarmog'ida reklamalar uchun yana yangi joylar ochayotganini e'lon qildi. Ma'lum bo'lishicha, endilikda reklama beruvchilar o'z reklamalarini ilovaning "Explore" sahifasiga ham joylashlari mumkin. Explore sahifasida siz allaqachondan beri reklama ko'rasiz, lekin bunda reklamalar qachonki siz o'sha sahifadagi postlarning biriga o'tganingizda va lentani aylantirayotganingizda chiqar edi. Bu safar esa reklamalar Explore sahifasiga o'tishingiz bilan postlar orasida to'g'ridan-to'g'ri paydo bo'ladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 05.10.2022
게시됨 10월 5일
Bu safar rostdan: Ilon Mask Twitter'ni sotib oladi Ilon Mask axiyri Twitter'ni sotib oladi. Milliarder bir necha kun oldin Qimmatli qog'ozlar va birjalar komissiyasiga topshirgan arizasida buni yana bir bor tasdiqladi. Arizadan ma'lum bo'lishicha, Ilon Twitter bilan kelishuvni yopishga majbur qilish uchun unga qarshi qo'zg'atilgan da'vo to'xtatilsa, u aprel oyida kelishilgan shartlar asosida Twitter'ni sotib olish bitimini yopishda davom etishini aytgan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 05.10.2022
게시됨 10월 5일
Nothing o'zining Ear Stick quloqchinlarini hali yana uch hafta tizer qiladi Karl Peyning Nothing kompaniyasi o'tgan yili o'zining ilk mahsuloti, ear (1) simsiz quloqchinlarini taqdim qilgan edi. Endilikda kompaniya uning yangi avlodi, ear (stick)'ni namoyish qilishga tayyorlanmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 05.10.2022
게시됨 10월 5일
Xiaomi Smart Band 7 Pro soati taqdim etildi Xiaomi kompaniyasi shu yilning mart oyida Xitoy bozori uchun Smart Band 7 aqlli soatini taqdim etgan edi. Keyinchalik, aniqrog‘i, iyul oyida kompaniya uni xalqaro bozorga sotuvga chiqardi. Kecha esa xitoylik kompaniya 1.64 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan Smart Band 7 Pro soatini taqdim etdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 05.10.2022
게시됨 10월 4일
Telegram iOS uchun dasturchilar tanlovini e’lon qilishi kutilmoqda Shu haftada Telegram iOS dasturchilari oʻrtasida mukofot jamgʻarmasi 50 000 dollar boʻlgan tanlov eʼlon qiladi. Bundan tashqari, tanlov g‘olibi Telegram jamoasida ishlash imkoniyatigaega bo‘ladi. P.S. Dasturchilar bo‘lsa, qatnashvoradigan joyi. Telegram jamoasida ishlaydigan ilk o‘zbekistonlik dasturchi, degan joyi ham rosa jaranglaydi, masalan😉 https://t.me/phpdevelopersuz
게시됨 10월 4일
Rasman: Xiaomi 200MP kamerali smartfonni taqdim qildi Bir necha oylik mish-mishlardan so'ng, Xiaomi rasman o'zining Xiaomi 12T seriyasidagi smartfonlarini taqdim qilindi. Avval ma'lum qilinganidek, qatorda ikki model bor: Xiaomi 12T va Xiaomi 12T Pro. Ulardan Pro model kompaniya avval tasdiqlaganidek 200MP kameraga ega. 📣IT news| ©Terabayt.uz 04.10.2022
게시됨 10월 4일
Uzoq kutilgan funksiya: Twitter tvitlarni tahrirlash xususiyatini tarqatmoqda Twitter ijtimoiy tarmog'i platformadan eng ko'p va eng uzoq kutilgan xususiyat - tvitlarni tahrirlash funksiyasi ustida anchadan beri, yoxud apreldan buyon ishlab kelayotgan edi. Rejalarga ko'ra, ushbu xususiyat sentyabrgacha chiqarilishi kerak bo'lgan, ammo biroz kech bo'lsada kompaniya ushbu xususiyatni tarqatishni boshladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 04.10.2022
게시됨 10월 4일
Galaxy S23 modellarining akkumulyator hajmi kanchaligi ma’lum bo‘ldi O‘tgan oyda Galaxy S23, S23 hamda S23 Ultra modellari 3C sertifikatida 25 vattda quvvat olishi ma’lum bo‘lgan edi. Ammo unda qurilmalarining akkumulyator hajmi qancha bo‘lishi aytilmagan edi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 04.10.2022
게시됨 10월 4일
iPhone 14 seriyasidagi smartfonlar qanchalik yaxshi ishlaydi? Kecha biz AnTuTu'ga ko‘ra sentyabrning eng kuchli Android flagman va o‘rta flagmanlari ro‘yxati bilan tanishgan edik. Bugun esa eng kuchli Apple smartfon va planshetlari top o‘ntalik ro‘yxatini ko‘rib chiqamiz. 📣IT news| ©Terabayt.uz 04.10.2022
게시됨 10월 4일
Internetda Galaxy A54'ga oid bo‘lgan ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi Galaxy A54 modeli 50MP asosiy kameraga ega bo‘lishi aytilmoqda. Ushbu xabar GalaxyClub tomonidan e’lon qilingan bo‘lib, odatda ushbu manba aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni oshkor qiladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 04.10.2022
게시됨 10월 3일
Sentyabrning eng kuchli o‘rta-flagman smartfonlari top o‘ntaligi Xitoyning AnTuTu benchmarki sentyabr oyiga ko‘ra eng kuchli o‘rta-flagman smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ro‘yxat MediaTek'ning Dimensity chipli smartfonlari bilan to‘lgan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 03.10.2022
게시됨 10월 3일
Internetda Galaxy S23 uchun himoya keyslari paydo bo'ldi Galaxy S23 haqida kundan-kunga yangi ma'lumotlar tarqatilmoqda. Biz o'tgan haftada Samsung'ning yangi avlod smartfonlarining tashqi ko'rinishi bilan sifatli renderlarda tanishgan edik. Endilikda taniqli insayder, Ice Universe, o'zining Twitter sahifasida yangi Galaxy'larning boshlang'ich modeli uchun himoya keyslari suratlarini ulashdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 03.10.2022