TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
채널 목록으로 돌아가기
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT CHAT

IT news | Tg Bots

@phpdevelopersuz

Business and startups

👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !

구독자149현재 채널 구독자 수
추적 게시물1,004인덱싱된 게시물 수
최근 도달1,306최근 게시물 조회수 합계
최근 게시물

최근 게시물

49페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물

게시됨 9월 21일

RTX 6000 - metaolamlar yaratish uchun videokarta O'zining RTX 40 seriyasidagi videokartalari bilan birga, Nvidia dizayner va kontent yaratuvchilar uchun o'zining Ada Lovelace arxitektruasidagi yana bir RTX videokartasini taqdim qildi - RTX 6000 "metaolam uchun kontent yaratishga eng ajoyib qurilma" deydi Nvidia. 📣IT news| ©Terabayt.uz 21.09.2022

100 views

게시됨 9월 21일

Mustahkam himoyaga ega "kolonka" smartfon Yuqori darajali himoyaga ega smartfonlar ishlab chiqaradigan Ulefone kompaniyasi o'zining Power Armor 16 Pro smartfonini sotuvga chiqardi. Aytish mumkinki, bunday smartfon bilan sizga qo'shimcha ovoz kuchaytirgichlar kerak bo'lmaydi, chunki qurilma HiFi sifatidagi, maksimal ovoz darajasi 122 desibel bo'lgan 36 millimetrli ovoz kuchaytirigich bilan jihozlangan. Taqqoshlash uchun iPhone 13 Pro smartfonining maksimal ovoz darajasi 98 dB. 📣IT news| ©Terabayt.uz 21.09.2022

98 views

게시됨 9월 21일

Galaxy S23 seriyasiga Exynos chiplari o‘rnatilishi mumkin Samsung kompaniyasi kelasi yil taqdim etiladigan S23 smartfonlariga qaysi chipni o‘rnatish borasida bir qarorga kela olmayapti. Ikki oy oldin Qualcomm barcha S23 modellari faqat Snapdragon 8 Gen2 chipi bilan jihozlanishini tasdiqlangan edi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 21.09.2022

96 views

게시됨 9월 21일

Wi-Fi 7 eng birinchi Galaxy S24 smartfonlarida bo'ladi Yaqinda Intel va Broadcom kompaniyalari hamkorlikda Wi-Fi 7 texnologiyasi avvalgilaridan 2.5-5 baravargacha tezroq ishlashini, yoxud 5 Gb/s tezlikka chiqishini ko'rsatib berishgan edi. Intel bunday texnologiyaga ega kompyuterlar 2023-yildan boshlab chiqarilishini ma'lum qilgan. Kompyuterlardan keyin esa smartfonlar yettinchi avlod Wi-Fi texnologiyasi bilan chiqariladi. DigiTimes'ning o'zining manbalariga asoslanib xabar berishicha (SamMobile orqali), Wi-Fi 7 texnologiyasiga ega smartfonlar 2024-yil ikkinchi yarmigacha paydo bo'lishi mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 21.09.2022

102 views

게시됨 9월 21일

Xiaomi Civi 2 qachon taqdim qilinishi rasman ma'lum qilindi O'tgan yilning xuddi shu, sentabr oyida Xiaomi kompaniyasi o'z uyida ko'proq yoshlar va ayollar uchun mo'ljallangan birinchi Civi brend smartfonini taqdim qilgan edi. Joriy yilning aprel oyida esa yangilangan Civi 1S modeli chiqarildi. Endilikda kompaniya to'liq yangi avlod Civi smartfonini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 21.09.2022

95 views

게시됨 9월 21일

RTX 4080 va RTX 4090 taqdim qilindi Kecha bo'lib o'tgan GeForce Beyond taqdimotida Nvidia rasman RTX 4080 va RTX 4090 videokartalarini namoyish qildi. Kompaniyaning RTX 40 seriyasidagi yangi avlod videokartalari eng birinchi kompyuter dasturchisi nomi bilan atalgan Ada Lovelace arxitekturasining yangi, uchinchi avlodiga asoslangan bo'lib, ular GDDR6X xotirasi bilan keladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 21.09.2022

100 views

게시됨 9월 20일

Yangi chiqqan iPhone 14 qiynoqqa solindi! JerryRigEverything taxallusi bilan tanilgan YouTuber - Zak Nelsonning bu safargi "o'ljasi" yangi chiqqan iPhone 14 smartfoni bo'ldi. O'zining navbatdagi videosida, Nelson har doimgidek smartfonni qutidan yangi ochadi va o'ylab o'tirmasdan o'zining maxsus qurollari bilan uni "qiynoqqa solish"ni boshlaydi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 20.09.2022

118 views

게시됨 9월 20일

iPhone 14 Pro smartfonlaridagi kamera muammosi keyingi hafta hal qilinadi Ijtimoiy tarmoqlarda iPhone 14 Pro va Pro Max modelidagi Apple smartfonlari Instagram, TikTok va Snapchat kabi uchinchi tomon ilovalaridan foydalanilayotganda qurilma kamera linzalari o‘zidan-o‘zida tebranishi va natijada tasvirga olib bo‘lmayotgani aks etgan videolar tarqalgan edi. The Verge nashrining Apple matbuot kotibi Aleks Kirshner bergan bayonotga asoslanib ma’lum qilishicha, kupertinoliklar "muammodan xabardor va tuzatish keyingi hafta chiqariladi". 📣IT news| ©Terabayt.uz 20.09.2022

120 views

게시됨 9월 20일

Endi ko‘chirish navbati Xiaomi'ga keldi Apple kompaniyasi iPhone 14 Pro modellariga yangi dinamik orol funksiyasini olib kirdi. Android smartfonsozlari endi ushbu funksiyani o‘z smartfonlarida qo‘llab ko‘rishni maqsad qilishmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 20.09.2022

125 views

게시됨 9월 20일

Rockstar GTA 6 videolari o'g'irlanganligini tasdiqladi Hali chiqarilmagan GTA VI o'yinining 100 ga yaqin videolari tarqalib ketdi. Garchi o'yin hali to'liq ishlab chiqilmagan bo'lsa ham, videolardan bo'lajak Grand Theft Auto o'yini haqida ko'plab narsalarni bilib olish mumkin bo'ldi. Rockstar tarqatib yuborilgan o'yinlar navbatdagi GTA o'yiniga tegishli ekanligini va u kompaniya tarmog'idan o'g'irlanganligini rasman tasdiqladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 20.09.2022

123 views

게시됨 9월 19일

Dinamik orol uchun eng kreativ g'oya! iPhone 14 Pro smartfonlari tabletka dori shaklidagi "dinamik orol" bilan yaqinda chiqarilganiga qaramay, dasturchilar allaqachon Apple'ning "innovatsion tirqishi" uchun qiziqarli xususiyatlarga ega yangi xususiyalarni chiqarishmoqda. Bir necha kun oldin dinamik orol bilan o'ynaladigan "Hit the Island" o'yini chiqarilgan bo'lsa, bugun yana boshqa bir ilova tirqish yuqorisida yashaydigan yoqimtoy jonzotlarni taqdim qilmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 19.09.2022

121 views

게시됨 9월 19일

Yilning eng innovatsion kompaniyalari (2022) Boston Consulting Group (BCG) yilning iqlim va barqarorlikka ko'ra eng innovatsion deb topilgan 50 ta kompaniyalar ro'yxatini e'lon qildi. Unda Apple kompaniyasi (yana) birinchi o'rinni egallagan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 19.09.2022

108 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••4748495051•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
이전49페이지 / 84페이지다음