TGINSIGHT CHAT
IT news | Tg Bots
@phpdevelopersuz
Business and startups👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !
최근 게시물
51페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물
게시됨 9월 16일
Vertu 8,000 dollarga old kamerasiz buklamafonni taqdim qildi Hashamatli Vertu brendi yangi premium buklamafon, Ayxta Hybrid Fold 3'ni chiqardi. Qurilma Xitoyda sertifikatlangan, lekin rasman ommaga taqdim qilinmagan Royole F3'dan "ilhomlanib" dizaynlangan bo'lib, u faqat tashqariga buklanadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 16.09.2022
게시됨 9월 16일
Call of Duty: Warzone Mobile qachon chiqarilishi rasman ma'lum qilindi Bo'lib o'tgan Call of Duty: Next taqdimotida Activision bo'lajak Call of Duty o'yinlari haqida qo'shimcha ma'lumotlarni ulashdi. Bular Call of Duty: Modern Warfare II, Warzone 2.0 va Warzone Mobile o'yinlarini o'z ichiga oladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 16.09.2022
게시됨 9월 16일
Tecno noodatiy dizayndagi smartfonni taqdim etdi Tecno kompaniyasi iyun oyida Nyu-Yorkdagi Rokfeller markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda Camon 19 Pro modelini taqdim etgan edi. Qurilmaning o‘sha vaqtda ikki xil rangli turi bor edi. Endi ranglar tanlovi uchtaga yetdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 16.09.2022
게시됨 9월 15일
Odamlar qaysi o'yinlarga eng ko'p pul sarflashmoqda? Mobil o'yinlar siz shunchaki bo'sh vaqtingizni maroqli o'tkazishingiz uchun chiqarilmagan. Ular o'z ishlab chiqaruvchilari uchun daromad manbayi, bo'lganda ham, "tilla tuxum qo'yadigan g'oz"dir. Quyida ana shunday "g'oz"larning top o'ntaligi bilan tanishamiz. 📣IT news| ©Terabayt.uz 15.09.2022
게시됨 9월 15일
Adobe dizayn olamidagi o'zining eng katta raqiblaridan birini sotib olmoqda Adobe kompaniyasi taniqli dizayn platformasi, Figma'ni 20 milliard dollarga sotib olayotganini e'lon qildi. 2016-yilda ishga tushirilgan Figma onlayn dasturi bir nechta dizaynerlarga real vaqtda bir loyiha ustida jamoa bo'lib ishlash imkonini beradi. Veb-platforma Adobe'ning Adobe XD dasturiga to'g'ridan-to'g'ri raqobatchi edi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 15.09.2022
게시됨 9월 15일
Bu shunchaki tirqish emas, u bilan o'yin o'ynash mumkin! Apple yaqinda taqdim qilgan iPhone 14 smartfonlarining Pro modellari, kutilganidek, tabletka shaklidagi tirqish bilan chiqarildi. Bu safar ular shunchaki tirqish emas. Kupertinolik kompaniya hech kimning hayoliga kelmaydigan innovatsiya bilan yana hammani lol qoldirdi. Yangi tirqish "Dynamic Island", ya'ni "dinamik orol" deb ataladi va u foydalanilayotgan ilovalar haqida qo'shimcha ma'lumotlar ko'rsatib turadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 15.09.2022
게시됨 9월 15일
Samsung hech qanday tugmalarsiz smartfon chiqarishi mumkin Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o'zining bo'lajak Galaxy S seriyasidagi smartfonlaridan barcha jismoniy tugmalarni olib tashlaydi. Shokka tushishingizdan oldin shuni aytib o'tmoqchimizki, ushbu o'zgarish keyingi yili taqdim qilinishi kutilayotgan Galaxy S23 seriyasi yoki Galaxy Z 5 seriyasi uchun emas, balki, Galaxy S25 qatori uchun qo'llanilishi mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 15.09.2022
게시됨 9월 15일
Snapdragon 4 Gen1 chipi bilan jihozlangan ilk smartfon taqdim etildi iQOO Z6 Lite modeli Snapdragon 4 Gen1 chipi bilan jihozlangan dunyodagi ilk smartfon bo‘ldi. 6 nanometrli jarayon asosida yaratilgan ushbu chipsetning maksimal ishlash tezligi 2 gigagertsni tashkil qiladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 15.09.2022
게시됨 9월 15일
PUBG mobil o‘yini yangilanmoqda PUBG mobil o‘yinining yangi versiyasi chiqish arafasida, unga ko‘plab yangi xususiyatlar, jumladan, yangi xarita qo‘shiladi. PUBG 2.2 o‘yichilarga yangi o‘yin rejimi, o‘yindagi vizual o‘zgarishlar va Erangel xaritasidagi yangilangan joylarni taqdim etadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 15.09.2022
게시됨 9월 14일
Microsoft geyming uchun maxsus noutbuk tayyorlamoqda Windows operatsion tizimi ishlab chiqaruvchisi, Microsoft, Surface brendi ostida oddiy modeldan tortib, Pro modelgacha bo'lgan notubuklarni taqdim qiladi. Ular asosan ish, o'qish va kontent yaratish uchun mo'ljallangan, lekin so'nggi mish-mishlarga qaraganda, redmondlik kompaniya endilikda kompyuter o'yinlari uchun maxsus noutbuk ham chiqarishni rejalashtirmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.09.2022
게시됨 9월 14일
realme 95 dollarlik smartfonni taqdim etdi realme C30 modeli shu yilning iyun oyida taqdim etilgan edi. Endi kompaniya realme C30s modelini rasman e’lon qildi. Yangi model kamera, ekran va interfeys jihatidan avvalgi modelga o‘shash bo‘lsa, farqli tomoni - C30s modeliga yangi chip hamda yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri o‘rnatilgan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.09.2022
게시됨 9월 14일
Ikkinchi avlod Xiaomi Civi modeli chiqmoqda Xiaomi kompaniyasi yana bir yangi smartfonni taqdim etishga tayyor. Taqdim etiladigan smartfon Xiaomi Civi 2 bo‘lishi aytilmoqda. O‘tgan yilgi Civi model Xiaomi uchun yangi seriyagi boshlab bergan edi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.09.2022