TGINSIGHT CHAT
IT news | Tg Bots
@phpdevelopersuz
Business and startups👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !
최근 게시물
58페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물
게시됨 8월 22일
Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (33 hafta) GSMArena sayti o‘zining 33 haftadagi ommabop smartfonlar reytingini e’lon qildi. Oxirgi yetti kun ichida yangi taqdim etilgan qurilmalarning bir nechtasi reytingga kirishga muvaffaq bo‘ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 22.08.2022
게시됨 8월 22일
Galaxy S23 Ultra'da yana bir ijobiy o‘zgarish bo‘ladi Samsung yaqinda Galaxy Z Flip4 va Z Fold4 buklamafonlarini taqdim etgan edi. Kompaniyaning keyingi flagmanlari kelasi yilning yanvar yoki fevral oyida taqdim etiladigan S23 seriyasi bo‘ladi. Undagi Ultra model esa Qualcomm'ning 3D Sonic Max barmoq izi sensoriga ega bo‘ladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 22.08.2022
게시됨 8월 20일
Shazam 20 yoshda! Agar biron joyda biron qo'shiq parchasini eshitib qolsangiz va u sizga yoqib qolsa, smartfoningizni olib uni "Shazam qilish"ni boshlaysiz. Soniyalar ichida esa bu kimning qaysi qo'shig'i ekanligini bilib olasiz. Ajoyib shunday emasmi? Ushbu Shazam xizmati bu yil o'zining 20 yilligini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan uning bosh kompaniyasi, Apple qiziqarli statistik ma'lumotlarni ulashdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 20.08.2022
게시됨 8월 20일
Telegram'da yuzerneymlar bilan bog'liq uzoq kutilgan o'zgarish Telegram foydalanuvchilari o'z profillari yoki ommaviy guruh/kanallari uchun @username (yuzerneym), ya'ni "foydalanuvchi nomi"ni qo'yishlari mumkin. Bu ularni messenjerda global qidiruv orqali tez va oson topish imkonini beradi. Yuzerneymlarning har biri noyob bo'lib, ular bir-birini takrorlamaydi. Aytish kerakki, Telegram'da yuzernyemlar "kim birinchi olsa o'shaniki" tamoyilida tarqatiladi va ularni soniyalar ichida, osongina band qilish mumkin. Shu sabab platformada kiberskvotting, ya'ni taniqli kompaniya, brendlar yoxud mashhur shaxslarning ismlari bilan yuzerneymlarni shunchaki band qilib olib, ularni sotish holatlari juda avj olgan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 20.08.2022
게시됨 8월 20일
Galaxy S23 Ultra'ning 200MP kamerasi haqida yangi ma'lumotlar tarqatildi Yaqinda Samsung o'zining Galaxy Z Fold/Flip 4 buklamafonlarini taqdim qildi. Xo'sh, undan keyinchi? Navbat kompaniyaning yangi avlod flagmanlari, Galaxy S23 qatoriga. Koreyaning ETNews nashri bergan xabarga ko'ra, Samsung rostdan ham o'zining Galaxy S23 Ultra modelida 200 megapikselli kameradan foydalanishi mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 20.08.2022
게시됨 8월 19일
Darhol Apple qurilmalaringiz dasturiy ta'minotini yangilang! Apple o'zining iPhone, iPad va Mac qurilmalari uchun iOS/iPadOS 15.6.1 va macOS 12.5.1 shoshilinch xavfsizlik yangilanishlarini chiqardi. Ma'lum bo'lishicha, ushbu yangilanishlar tizim yadrosi (dehqonchasiga aytganda, qurilmangizdagi hamma narsani boshqaradigan yadro) va WebKit'dagi xakerlarga qurilmangizda zararli dasturni ishga tushirishga imkon beradigan ba'zi xavfsizlik xatolarini tuzatadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 19.08.2022
게시됨 8월 19일
Narxi 200 dollarga bormaydigan realme smartfoni taqdim etildi realme kompaniyasi o‘zining 9i 5G modelini taqdim etdi. Smartfon Dimensity 810 chipi va katta hajmli akkumulyator bilan jihozlangan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 19.08.2022
게시됨 8월 18일
iPhone 14 qatori kutilganidan ertaroq taqdim qilinishi mumkin Apple'ning yil boshidan beri mish-mish qilib kelinayotgan iPhone 14 smartfonlari qatori yaqin uch hafta ichida taqdim qilinishi mumkin. Bloomberg'dan Mark Gurmanning xabar qilishicha, kupertinolik kompaniya 7-sentabr, chorshanba kuni o'zining yangi mahsulotlarini taqdim qilish uchun katta tadbir o'tkazishni rejalashtirmoqda. Ma'lum bo'lishicha, bu safargi taqdimot ham avvalgilari singari onlayn bo'lib o'tadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 18.08.2022
게시됨 8월 17일
Adidas'ning yangi naushniklari quyosh nurlaridan quvvatlanadi Agar simsiz naushniklarning bitta "minus" tomoni bo'lsa, bu ularning quvvati tez tugab qolishidadir. Biroq, Adidas'ning yangi simsiz quloqchini deyarli quvvatlashingiz shart emas. Taniqli sport brendi Zound Industries bilan hamkorlikda o'zining RPT-02 SOL, tabiiy yoki sun'iy yorug'lik bilan zaryadlana oladigan simsiz quloqchinni taqdim qildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 17.08.2022
게시됨 8월 17일
Xalqaro bozor uchun yangi Poco M4 5G taqdim etildi Hindiston bozori uchun mo‘ljallangan Poco M4 5G modeli shu yilning aprel oyida taqdim etilgan edi. Kompaniya endi ushbu qurilmani boshqa bozorlar uchun ham taqdim etdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 17.08.2022
게시됨 8월 17일
Eng ko'p foydalaniladigan ijtimoiy tarmoq qaysi? Statistikaga ko'ra, dunyo aholisining 59 foizi yoxud 4.7 milliard odamlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishadi va ushbu raqamlar yiliga 5.1% yoki 227 millionga oshib bormoqda. Bu bir necha yil avvalgi emas, balki, 2022-yilning iyul oyiga ko'ra DataReportal tomonidan berilgan ma'lumotlar bo'lib, quyida shuuuncha odam qaysi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi va unga qancha vaqt sarflashi bilan tanishamiz. 📣IT news| ©Terabayt.uz 17.08.2022
게시됨 8월 16일
200MP kamerali Xiaomi smartfonining jonli surati tarqatib yuborildi O'tgan haftada taqdim qilgan Moto X30 Pro smartfoni bilan Motorola dunyodagi ilk 200MP kamerali mobil telefon ishlab chiqargan kompaniya bo'ldi. Ammo, uning "bittaligi" uzoqqa bormaydiganga o'xshaydi, bir necha haftadan beri Xiaomi'ning ham 200MP kamerali smartfoni haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Uzunquloqning "Redmi K50 Ultra ana shunday kameraga ega bo'ladi" degan gaplari biroz noto'g'ri bo'lib chiqdi, smartfon 108MP kamera bilan e'lon qilindi. Lekin, Xiaomi rostdan ham rekord darajadagi kamera sensoriga ega smartfon ustida ishlayotgan ko'rinadi, bu safar quruq gap emas, balki, smartfonning jonli surati tarqatib yuborildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 16.08.2022