TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Zréck zu de Kanäl
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT CHAT

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

@ttmmtrasmiy

Travel

🏢 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI RASMIY KANALI 📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 2-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon va bot: (+998) 71-289-40-30 🌐https://t.me/ttmmt_direktori_bot

Abonnenten824Aktuell Abonnenten
Verfolgte Posts1,010Zuel vun indexéierte Posts
Rezent Räichweite6,524Somm vun rezenten Usiichten
Rezent Posts

Rezent Posts

Säit 3 vun 85 · 1,010 Posts

Publizéiert 13. Mee

485 views

Publizéiert 13. Mee

📋 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida muhim so‘rovnoma o‘tkazildi ✅ 2026-yil 12-may kuni Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi hamda Shveysariyaning “VET4UZ” loyihasi hamkorligida professional ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida maxsus so‘rovnoma tashkil etildi. 🎯 So‘rovnomadan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning bugungi ta’lim jarayonidagi ehtiyojlari, qiziqishlari va mavjud muammolarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat. 📚 O‘quvchilarning faol ishtiroki va bildirgan takliflari kasbiy ta’lim sifatini yanada oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda muhim аҳамият kasb etadi. 🤝 O‘z fikr-mulohazalari bilan ta’lim tizimi rivojiga hissa qo‘shgan barcha o‘quvchilarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz! #ToshkentTTMT #KasbiyTa’lim #VET4UZ #So‘rovnoma #YoshlarFikri #ProfessionalTa’lim

798 views

Publizéiert 13. Mee

🤝HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi hamda Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash, texnikum bitiruvchilarining oliy ta’limda o‘qishini davom ettirish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Hamkorlik doirasida: 🔹 texnikum bitiruvchilarini oliy ta’limga tizimli jalb qilish; 🔹 qo‘shma seminar, trening va mahorat darslarini tashkil etish; 🔹 innovatsion va startap loyihalarni amalga oshirish; 🔹 xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish; 🔹 talabalar uchun amaliyot va kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik olib boriladi. Shuningdek, texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun Institutning mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinish imkoniyatlari yaratiladi. Mazkur hamkorlik ta’lim sifati va yoshlarning professional rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim qadamdir. #TTHMT#Hamkorlik#Memorandum#KasbiyTa’lim #OliyTa’lim #YoshlarKelajagi

569 views

Publizéiert 13. Mee

🤝 MUHIM HAMKORLIKMEMORANDUMI IMZOLANDI! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi hamda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi Alohida qo‘riqlash va xizmat ko‘rsatish bazasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum asosida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning zamonaviy mutaxassisliklarni egallashi hamda kelgusidagi bandligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Hamkorlik doirasida askarlar: 🔹 IT va web dasturlash 🔹 Kiberxavfsizlik 🔹 Kompyuter grafikasi 🔹 Buxgalteriya 🔹 Oshpazlik va qandolatchilik 🔹 Ofitsiantlik 🔹 Erkaklar sartaroshligi kabi yo‘nalishlarda qisqa muddatli kasbiy kurslarda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu tashabbus yoshlarni kasb egasi qilib tarbiyalash, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda Vatanga sadoqat ruhida kamol topishiga xizmat qiladi. #TTHMT#Hamkorlik#Memorandum#KasbiyTa’lim #HarbiyXizmatchilar#YoshlarKelajagi

588 views

Publizéiert 9. Mee

😀Poytaxtda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan videoroliklar namoyishi boshlandi 🇺🇿Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga qo‘shgan hissasini yoritishga qaratilgan tarixiy videomateriallar tayyorlandi. 🇺🇿Arxiv ma’lumotlari asosida tayyorlangan ushbu materiallarda xalqimizning front va front ortidagi fidokorona mehnati, jasorati hamda g‘alabaga qo‘shgan beqiyos hissasi aks ettirilgan. 📺Jami 12 turdagi tarixiy ma’lumotlar asosida tayyorlangan videoroliklar ayni vaqtda Toshkent shahridagi 151 ta monitorda namoyish etilmoqda. 🇺🇿Mazkur loyiha yosh avlodga xalqimizning tarixiy xotirasini yetkazish, urush yillaridagi matonat va birdamlikni eslatish hamda ajdodlarimiz xotirasiga hurmat ruhini kuchaytirishga xizmat qiladi. ________________ 😀В столице начался показ видеороликов, посвящённых Дню памяти и почестей 🇺🇿По инициативе хокимията города Ташкента в связи с 9 мая — Днём памяти и почестей — подготовлены исторические видеоматериалы, направленные на освещение вклада народа Узбекистана в Победу во Второй мировой войне. 🇺🇿В материалах, подготовленных на основе архивных данных, отражены самоотверженный труд, мужество нашего народа на фронте и в тылу, а также его бесценный вклад в Победу. 📺Видеоролики, подготовленные на основе 12 видов исторических материалов, в настоящее время демонстрируются на 151 мониторе в городе Ташкенте. 🇺🇿Данный проект служит сохранению исторической памяти, напоминанию молодому поколению о стойкости и сплочённости народа в годы войны, а также укреплению чувства уважения к памяти предков. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

645 views

Publizéiert 9. Mee

С Днем памяти и почестей! Сегодня мы останавливаемся на мгновение, чтобы вспомнить и поблагодарить за мужество, за стойкость, за подвиг, который навсегда останется в нашей истории и в наших сердцах. Пусть этот день будет наполнен тёплой памятью, уважением и благодарностью. Пусть в каждом доме живёт осознание ценности мира, а в каждом сердце — гордость за тех, кто подарил нам будущее.

502 views

Publizéiert 9. Mee

Ҳурматли каналимиз аъзолари! Сизларни 9 май — Хотира ва қадрлаш куни муносабати билан самимий муборакбод этамиз. Бу сана — юрт тинчлиги, халқ осойишталиги ва бугунги фаровон ҳаёт йўлида жонини фидо қилган инсонларни хотирлаш, кексаларимизга эҳтиром ва эъзоз кўрсатиш кунидир. Барчангизга мустаҳкам соғлиқ, хонадонларингизга тинчлик-хотиржамлик, ишларингизга улкан зафар ва омад тилаймиз. Юртимиз тинч, осмонимиз мусаффо бўлсин! Хурмат билан, Техникум маъмурияти.

516 views

Publizéiert 9. Mee

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etaman. Bugungi tinch va osuda hayotimiz, yurtimiz ravnaqi hamda farovonligimiz yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, mardlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan faxriylarimizga yuksak hurmat va ehtirom bildiraman. Ularning Vatan oldidagi xizmatlari hamisha xalqimiz qalbida saqlanib qoladi. Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, tinchlik va xotirjamlik tilayman. Yurtimiz osmoni doimo musaffo, xonadonlarimiz fayz-u barakaga to‘la bo‘lsin. telegram | facebook | instagram

438 views

Publizéiert 8. Mee

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi — Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана #Mirziyoyev#tashrif#Rossiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

429 views

Publizéiert 8. Mee

🏆Yoshlar, sport va g‘alaba ruhi bir maydonda! “Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqichi doirasida gandbol bahslari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. 📍 11–16-may kunlari Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi futbol o‘yingohida akademik litsey hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida murosasiz va qiziqarli gandbol bahslari tashkil etiladi. 👏 Barchani sport bayramiga chorlaymiz! Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook |Threads | Telegram-bot

537 views

Publizéiert 8. Mee

🎓 Bugun Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumining Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi (sirtqi ) o‘quvchilari uchun tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 📜 Tadbir davomida bitiruvchilarga diplomlar topshirilib, ularning ta’lim davomida erishgan yutuqlari e’tirof etildi. Ustozlar tomonidan bitiruvchilarga samimiy tilaklar bildirilib, kelgusi ish faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi. ✨ Marosim ko‘tarinki ruhda o‘tib, bitiruvchilar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. 💐 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi jamoasi barcha bitiruvchilarni ushbu quvonchli kun bilan muborakbod etadi va ularning kelajakdagi faoliyatiga omad tilaydi! #TTMM#Bitiruvchilar#DiplomTopshirish#Buxgalteriya#Audit#SirtqiBolim#102Guruh#ToshkentTexnikumi

522 views

Publizéiert 8. Mee

📚 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi tomonidan kasbga yo‘naltirish va targ‘ibot ishlari izchil davom etmoqda. 🏫 Mirобод tumanidagi 175-sonli umumta’lim maktabida texnikumning tarix fani o‘qituvchisi Truxachyov Igor tomonidan 9-11-sinf bitiruvchi o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. ✨ Uchrashuv davomida o‘quvchilarga Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumidagi mavjud yo‘nalishlar, ta’lim jarayoni, amaliy mashg‘ulotlar hamda kelajakdagi kasbiy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 🎓 O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, texnikum faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. #TTMM#KasbTanlash#Targibot#Turizm#MehmonxonaMenejmenti#MirzoUlugbekTumani#175Maktab

495 views
12345•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485