TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Zréck zu de Kanäl
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT CHAT

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

@ttmmtrasmiy

Travel

🏢 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI RASMIY KANALI 📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 2-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon va bot: (+998) 71-289-40-30 🌐https://t.me/ttmmt_direktori_bot

Abonnenten824Aktuell Abonnenten
Verfolgte Posts1,010Zuel vun indexéierte Posts
Rezent Räichweite5,890Somm vun rezenten Usiichten
Rezent Posts

Rezent Posts

Säit 4 vun 85 · 1,010 Posts

Publizéiert 8. Mee

🇺🇿 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy флешмоб ташкил этилди. Tadbir davomida ustoz va xodimlar yurtimiz tinchligi, faxriylar jasorati hamda ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, “Xotira — muqaddas, inson qadri — ulug‘” g‘oyasi ostida birlashdilar. Flешmob иштирокчилари кўкракларига ramziy lentalar taqib, Vatan ravnaqi va tinchligi yo‘lida fidokorona хизмат қилган инсонларга эҳтиром изҳор этдилар. 🌿 Xotira bor ekan — миллат барҳаёт, қадр бор экан — инсон улуғ! #9may #XotiraVaQadrlashKuni #TTMM #VatanXotirasi #MaNaviyat #ToshkentTurizmTexnikumi

440 views

Publizéiert 8. Mee

⚖️ Huquqiy savodxonlik — jamiyat taraqqiyoti poydevori! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida o‘quvchi-yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida yoshlarning huquq va majburiyatlari, qonunchilikdagi yangiliklar, korrupsiyaga qarshi kurashish, yoshlar manfaatlarini himoya qilish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. Tadbir yoshlarning huquqiy ongini oshirish va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. #TTMMT#HuquqiySavodxonlik#TDYU#Yoshlar#Huquq#Toshkent#TalabaYoshlar

438 views

Publizéiert 7. Mee

📌 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. J.B. Xujamkulov bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb egallashi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kelajakdagi maqsadlari haqida ochiq muloqot olib borildi. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarni qiynayotgan savollar tinglanib, ularga batafsil javoblar berildi. Tadbir samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, yoshlarni yangi marralar sari intilishga undadi. 📚 Yoshlar — kelajak bunyodkorlari! #RahbarVaYoshlar#KasbiyTalim#ToshkentTTMM#YoshlarUchrashuvi#Toshkent#TexnikumHayoti

468 views

Publizéiert 7. Mee

#Ахборот24 |05.05.2026 Фестиваль профессий. mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram

455 views

Publizéiert 7. Mee

📚 Kitob — ma’naviyat va tafakkur manbai! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida Yashnobod tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Yoshlar ishtirokida kitobxonlik madaniyatini oshirish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda kitobning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida mutaxassislar tomonidan qimmatli fikr va tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, talaba-yoshlar o‘zlari sevib mutolaa qilayotgan kitoblari, sevimli adiblari hamda kitobxonlikning hayotdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar. 📖 Kitob o‘qigan yosh — kelajak bunyodkori! #TTMMT#Kitobxonlik#Yoshlar#Manaviyat#Mutolaa#Toshkent#Yashnobod#TalabaYoshlar

456 views

Publizéiert 6. Mee

Kasblar va mehnat kuni festivali — yoshlar uchun katta imkoniyatlar maydoni Toshkent shahridagi Gyote institutida tashkil etilgan Kasblar va mehnat kuni festivali ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Festival doirasida yoshlar, ish beruvchilar, ta’lim muassasalari, davlat organlari hamda xalqaro hamkor tashkilotlar bir maydonda jam bo‘lib, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda mehnat bozoridagi talab va tendensiyalar yuzasidan o‘zaro muloqot olib bordilar. Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi jamoasi tomonidan ta’lim jarayoni, amaliy mashg‘ulotlar hamda xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar keng jamoatchilikka taqdim etildi. Texnikum o‘quvchilari o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etib, ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdilar. Mazkur festival yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash hamda zamonaviy kasbiy ta’lim tizimini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

493 views

Publizéiert 6. Mee

#kasblar_festivali “Kasb va mehnat kuni” doirasida kasblar festivali Toshkent shahridagi Alpomish muz saroyida 5-may — “Kasb va mehnat kuni”ni keng nishonlash hamda kasblar jozibadorligini oshirish maqsadida O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan “Kasblar festivali” o‘tkazildi. Mazkur tadbirda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan texnikum o‘quvchilari ishtirok etib, turli kasb yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rgazmalar namoyish etdi. Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi ham oshpazlik va restoran biznesi xizmatlari bo‘yicha faol ishtirok etdilar. Ushbu ko‘rgazmalar orqali yoshlar o‘zlarining kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini keng jamoatchilikka taqdim etdilar.

512 views

Publizéiert 6. Mee

#kasblar_festivali “Kasb va mehnat kuni” doirasida kasblar festivali bo'lib o'tdi. Toshkent shahridagi Alpomish muz saroyida 5-may — “Kasb va mehnat kuni”ni keng nishonlash hamda kasblar jozibadorligini oshirish maqsadida O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan “Kasblar festivali” o‘tkazildi. Mazkur tadbirda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan texnikum o‘quvchilari ishtirok etib, turli kasb yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rgazmalar namoyish etdi. Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi ham oshpazlik va restoran biznesi xizmatlari bo‘yicha faol ishtirok etdilar. Ushbu ko‘rgazmalar orqali yoshlar o‘zlarining kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini keng jamoatchilikka taqdim etdilar.

474 views

Publizéiert 6. Mee

🗓️ 2026-yil 5-may kuni O‘zbekistonda Kasblar va mehnat kuni keng nishonlandi! 🎓Kasbiy ta'lim kuni milliy tashabbus doirasida tashkil etilib, kasbiy ta’lim va tayyorgarlikning zamonaviy iqtisodiyot uchun ahamiyatini namoyon etuvchi ochiq va interaktiv platforma hisoblanadi. Toshkent shahridagi Gyote institutida ham kasblar bayrami ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi ham faol ishtirok etdi. Tadbir yoshlar, ish beruvchilar, ta’lim muassasalari, davlat organlari hamda xalqaro hamkorlarni birlashtirib, ko‘nikmalarni rivojlantirishning iqtisodiy barqarorlik va inklyuziv o‘sishdagi o‘rnini yoritdi.

479 views

Publizéiert 4. Mee

#Axborot24 | 04.05.2026 Ochiq eshiklar kuni. new.mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram

479 views

Hashtags

Publizéiert 4. Mee

🎥 Texnikumimizda “Ochiq eshiklar kuni” ommaviy axborot nigohida! Texnikumimizda tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Unda texnikum faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari va yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

710 views

Publizéiert 4. Mee

5-may — “Kasb va mehnat kuni” munosabati bilan tashkil etilayotgan Kasblar festivali bo'lib o’tadi. 🎯 Mazkur festivalda turli kasb yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishish, ta’lim imkoniyatlari va mehnat bozoridagi istiqbolli yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi. 📍 Tadbir manzili: Alpomish muz saroyi 🕙 Boshlanish vaqti: soat 10:00 Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram |Instagram|Facebook| Threads| Telegram-bot

486 views
123456•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485