TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Zréck zu de Kanäl
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT CHAT

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

@ttmmtrasmiy

Travel

🏢 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI RASMIY KANALI 📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 2-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon va bot: (+998) 71-289-40-30 🌐https://t.me/ttmmt_direktori_bot

Abonnenten824Aktuell Abonnenten
Verfolgte Posts1,010Zuel vun indexéierte Posts
Rezent Räichweite4,312Somm vun rezenten Usiichten
Rezent Posts

Rezent Posts

Säit 33 vun 85 · 1,010 Posts

Publizéiert 10. Jan.

📌 O‘qituvchilar uchun mahorat darslari Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida qishki ta’til davrida oshpazlik hamda mehmonxona xo‘jaligi yo‘nalishlari bo’yicha o‘qituvchilar uchun mahorat darslari tashkil etildi. Mazkur mahorat darslari davomida zamonaviy ta’lim metodlari, amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish usullari hamda soha yangiliklari bo‘yicha tajriba almashildi. Bu jarayon o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ta’lim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qildi. ✨ Bunday tadbirlar pedagoglarning bilim va malakalarini doimiy ravishda rivojlantirib borishda muhim ahamiyatga ega. #MahoratDarslari #O‘qituvchilarUchun #Oshpazlik #Mehmonxona #KasbiyRivojlanish

403 views

Publizéiert 9. Jan.

Hurmatli foydalanuvchilar! 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Boshqarma tomonidan foydalanuvchilarning bilim va faolligini oshirish maqsadida onlayn viktorina tashkil etilmoqda. Viktorina jarayonida ishtirokchilarga 10 ta savol taqdim etiladi. Barcha savollarga to‘g‘ri va tezkor javob bergan ishtirokchilar orasidan g‘oliblar aniqlanadi. Viktorina yakunlariga ko‘ra, eng faol deb topilgan 2 nafar ishtirokchiga 1 yillik Telegram Premium sovg‘a qilinadi. Eslatma: G‘oliblar viktorina yakunida tasodifiy raqamlar generatsiyasi orqali aniqlanadi. 📌 Viktorinada ishtirok etish uchun: @otfiv_tanlov_bot 📅 Viktorina muddati: 9-yanvardan 14-yanvarga qadar Barchangizni viktorinada faol ishtirok etishga chorlaymiz! ————————- Уважаемые пользователи! В связи с 14 января — Днём защитников Родины Управлением организуется онлайн-викторина с целью повышения уровня знаний и активности пользователей. В ходе викторины участникам будет предложено 10 вопросов. Победители будут определены среди участников, которые правильно и оперативно ответят на все вопросы. По итогам викторины 2 наиболее активных участника будут награждены годовой подпиской Telegram Premium. Примечание: Победители определяются по итогам викторины путём генерации случайных чисел. 📌 Для участия в викторине: @otfiv_tanlov_bot 📅 Сроки проведения викторины: с 9 по 14 января Приглашаем всех к активному участию в викторине! Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

324 views

Publizéiert 9. Jan.

📚 "Toshkent shahri joy nomlarining izohli lug‘ati" — PDF formatda! Eslatib o‘tamiz, 2025-yil oxirida "Toshkent shahri joy nomlarining izohli lug‘ati" kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi. Unda poytaxtimiz hududidagi tarixiy va zamonaviy joy nomlari ilmiy asosda jamlangan. ✅ Ko‘plab murojaat va takliflarni inobatga olgan holda, mazkur lug‘at endi barcha uchun ochiq holda internetga joylashtirildi. Kitobni PDF formatida quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin. Lug‘atda ariqlar va kanallar, daha va darvozalar, tumanlar, mahallalar, metro bekatlari, qabriston va ziyoratgohlar kabi joy nomlarining ilmiy hamda xalqona talqinlari keltirilgan. Izoh: Hozirda lug‘at faqat o‘zbek tilida mavjud. Rus va ingliz tillariga tarjima ishlari davom etmoqda. Tayyor bo‘lgach, bu haqda kanalimiz orqali qo‘shimcha xabar beramiz. __________________ 📚 «Толковый словарь топонимов города Ташкента» — в формате PDF! Напоминаем, что в конце 2025 года состоялась презентация книги «Толковый словарь топонимов города Ташкента». В ней на научной основе собраны исторические и современные названия мест на территории нашей столицы. ✅ Учитывая многочисленные обращения и предложения, данный словарь теперь размещён в интернете в открытом доступе для всех. Книгу в формате PDF вы можете скачать по ссылке. В словаре приведены научные и народные толкования названий таких объектов, как арыки и каналы, массивы и ворота, районы, махалли, станции метро, кладбища и места паломничества (святыни). Примечание: На данный момент словарь доступен на узбекском языке. Перевод на русский и английский языки продолжается. Как только он будет готов, мы дополнительно сообщим об этом через наш канал. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

319 views

Publizéiert 8. Jan.

#qonunchilik_yangiliklari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-son qaroribilan magistratura mutaxassisligi hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun O‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlarning axborot texnologiyalari, O‘zbekiston tarixi, xorijiy tillar bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalari Bilim va malakalarni baholash agentligida (hududlar bo‘yicha)maxsus test sinovlarini topshirishlari belgilandi. Bunda: ➖ test sinovlari bo‘yicha o‘tish ballining quyi chegarasi to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 55 foizi hisoblanadi; ➖ to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 55 foizidan past ball to‘plagan, shuningdek, test sinovlariga qatnashmagan talabgorlar Prezident va nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etilmaydi; ➖ baholash natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlarni shikoyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha 5 nafardan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi; ➖ Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlarning (magistratura mutaxassisliklari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)hujjatlari va erishgan natijalari mazkur qaror bilan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida baholanadi; ➖ talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “HEMIS” axborot tizimi orqali shakllantiriladi. Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari sovrindori bo‘lgan talabalarga muayyan ta’lim bosqichida nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qayta ishtirok etishigaruxsat etilmaydi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

361 views

Publizéiert 8. Jan.

🇺🇿Takomillashtirilayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasidagi asosiy o‘zgarishlar misollarda. 🌐uzbekistan2030.uz 🌐regulation.gov.uz Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

326 views

Publizéiert 8. Jan.

#JadidlarMerosi Muxtorjon Saidjonov (1893–1937) — Buxoroda tug‘ilgan davlat arbobi, jadid va milliy uyg‘onish harakati namoyandasi. Muxtorjon Saidjonov dastlab eski usul maktabida, so‘ngra Mir Arab madrasasida, keyinchalik Kogondagi rus-tuzem maktabida tahsil olgan. Muxtorjon arab, fors, turk va rus tillarini yaxshi bilgan. Adabiyot, tarix va geografiya fanlarini chuqur o‘zlashtirgan. 1917-yildan Yosh buxoroliklar harakatida faol ishtirok etgan. Buxoro Xalq Sovet Respublikasida ichki ishlar noziri, davlat nazorati noziri kabi mas’ul lavozimlarda xizmat qilgan. Uning hayoti va faoliyati — millat ravnaqi yo‘lida fidoyilik timsolidir. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

342 views

Publizéiert 7. Jan.

Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi 📅 2026-yil 7-yanvar Texnikumda qishki ta’til davrida pedagog xodimlar o‘rtasida “Jismoniy sog‘lomlik — kasbiy barqarorlik asosi” mavzusida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan sport musobaqalari o‘tkazildi. Tadbirning maqsadi — sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, pedagog xodimlarning jismoniy faolligini oshirish, jamoada sog‘lom muhit va kasbiy barqarorlikni mustahkamlashdan iboratdir. Musobaqalar jismoniy tarbiya rahbari Umaraliyev Ilyos rahbarligida tashkil etildi va unda texnikum pedagoglari faol ishtirok etib, o‘z jamoaviylik hamda sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyish etdilar. #MehmonxonaMenejmenti #SoglomTurmushTarzi #SportMusobaqalari #PedagogXodimlar #QishkiTatil #FaolHayot #SoglomJamiyat

510 views

Publizéiert 6. Jan.

📢 YOSHLAR VA KO‘NGILLILAR UCHUN TANLOV! Ro‘yxatga olish tadbiri targ‘ibotni keng yoriting — qimmatbaho sovg‘alarni yutib oling! 🇺🇿 Mamlakatimizda 2026 yil 15 yanvardan 28 fevralgacha o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri munosabat bilan yoshlar va faol ko‘ngillilarni ushbu tadbirning mazmun-mohiyatini aholi orasida keng targ‘ib etishga chorlaymiz! ❗️Tanlovning asosiy maqsadi ✏️Ro‘yxatga olish jarayonini aholiga to‘g‘ri, tushunarli va qiziqarli tarzda yetkazish ✏️Tadbir haqidagi axborotni ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ✏️ Yoshlar o‘rtasida faollik va ijodkorlikni rag‘batlantirish 📹Tadbir haqida eng ko‘p va samarali targ‘ibot olib borgan yoshlarga: 🔠Smartfonlar 🔠Planshetlar 🔠Noutbuklar taqdim etiladi! 〰️〰️〰️〰️〰️ ❓ Tanlovda kim ishtirok etishi mumkin? ✔️ 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ✔️ Ko‘ngillilar, blogerlar, talabalar ✔️Axborotni ijtimoiy tarmoqlarda faol tarqatuvchi har qanday fuqaro 👍Ishtirok etish tartibi 🔘Ro‘yxatga olish tadbiri haqida targ‘ibot materiallarini tayyorlang (video, poster, matn, infografika va h.k.) 🔘Ularini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiring 🔘Maxsus xeshtegdan foydalaning: #royxatgaolish2026 🔘Materiallaringizni tanlov tashkilotchilariga yuboring 📌Mamlakat taraqqiyoti uchun har biringizning hissangiz muhim. Faol bo‘ling, axborotni to‘g‘ri yetkazing va qimmatbaho sovg‘alarni yuting! Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

390 views

Publizéiert 6. Jan.

👫Bolalarga nisbatan zo'ravonlik, ularning huquqlari, qadr-qimmati va jamiyat mas’uliyati ✅ O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bo‘yicha 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan Strategiya tasdiqlandi. ✅ Mazkur hujjat bolalar uchun ishonchli himoya tizimini yaratish, zo‘ravonlikka nisbatan munosabatsizlik siyosatini mustahkamlashga qaratilgan. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

406 views

Publizéiert 6. Jan.

💨“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi yangi tahrirda ⏺O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 26-dekabr kuni o‘z Murojaatnomasida“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqish vazifasini ta’kidladi. 🇺🇿 So‘nggi yillardagi o‘zgarish va natijalarni hisobga olib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi. ⏺ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, yurtimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan ushbu hujjat keng jamoatchilik muhokamasidano‘tkazilib, aholimizning fikr-mulohazalari asosida takomillashtiriladi. ❗️Shunga ko‘ra, Strategiya loyihasiuzbekistan2030.uz va regulation.gov.uzplatformalarida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Marhamat, muhokamada faol ishtirok etib, fikr bildiring. 🗣Strategiya loyihasi bo‘yicha qo‘shimcha savol va takliflaringizni 📞 (71) 239-49-38, 📞 (71) 239-49-44 raqamli koll-markaziga ✉️ [email protected] elektron manziliga yuborish mumkin. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot

175 views

Publizéiert 6. Jan.

#CNN🇺🇸#Uzbekistan🇺🇿 CNN tomoshabinlari Oʻzbekistonning tarixi va bugungi kuniga sayohat qiladi 🔹CNN oʻzining “Inside” rukni doirasida Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida hikoya qiladi. — CNN viewers will take a journey through Uzbekistan’s history and modernity 🔹CNN, as part of its “Inside” series, will feature the Center for Islamic Civilization in Tashkent. — Зрители CNN совершат путешествие в историю и современность Узбекистана 🔹CNN в рамках своей рубрики «Inside» расскажет о Центре исламской цивилизации в Ташкенте. https://gov.uz/oz/uzbektourism/news/view/111912 🇺🇿 Yangiliklarimizni kuzatib boring: Rasmiy | Facebook | Telegram |Youtube| Instagram

389 views

Publizéiert 6. Jan.

🌟 “Pedagog – zamonaviy jamiyat tayanchi” 🌟 📍 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida “Pedagog – zamonaviy jamiyat tayanchi” mavzusida mazmunli va samarali seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida zamonaviy ta’lim tizimida pedagogning o‘rni, kasbiy mahorati, ma’naviy mas’uliyati hamda yosh avlod tarbiyasidagi muhim vazifalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, pedagoglarning jamiyat taraqqiyotidagi roli va ta’lim sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir ishtirokchilari seminar jarayonida faol qatnashib, dolzarb mavzular yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. 📚 Pedagog — jamiyat tayanchi, kelajak bunyodkori!

367 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••303132333435•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
ViregteSäit 33 vun 85Nächst