TGINSIGHT CHAT
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
@ttmmtrasmiy
Travel🏢 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI RASMIY KANALI 📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 2-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon va bot: (+998) 71-289-40-30 🌐https://t.me/ttmmt_direktori_bot
Rezent Posts
Säit 32 vun 85 · 1,010 Posts
Publizéiert 14. Jan.
🇺🇿🤝🇨🇳Xalqaro ta’lim hamkorligi yo‘lida muhim tashrif 2025-yil 9–13-dekabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurgan “TAN International Education and Technology” (TANG) kompaniyasi delegatsiyasi texnikumimizda mehmon bo‘ldi. Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari: texnikum faoliyati, o‘quv va amaliy dars jarayonlari, moddiy-texnika baza hamda ta’lim sifati bilan yaqindan tanishdilar. 👥 Delegatsiya tarkibi: Li Szinsun — “TAN International Education and Technology” guruhi asoschisi va raisi Lin Tsyan — xalqaro ishlar bo‘yicha doimiy hamkor Syu Xaytao — xalqaro aloqalar direktori Lo Yuytszin — xalqaro ishlar bo‘yicha doimiy hamkor 🌏“TAN International Education and Technology” — raqamli ta’lim texnologiyalari asosida Xitoy va xorijiy davlatlar o‘rtasida xalqaro ta’lim hamkorligini yo‘lga qo‘yuvchi, texnik va kasbiy ta’lim hamda sanoat kooperatsiyasi uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan nufuzli xalqaro kompaniya hisoblanadi. Delegatsiya vakillari texnikumimizda amalga oshirilayotgan ta’lim jarayonlariga yuqori baho berib, kadrlar tayyorlash, raqamli ta’lim texnologiyalari hamda “xitoy tili + kasbiy ko‘nikma” formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilish taklifini bildirdilar. 🤝Ushbu tashrif texnikumimiz uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Publizéiert 14. Jan.
🇺🇿14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni 14-yanvar — yurtimiz mustaqilligi, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilayotgan jasur va mard o‘g‘lonlarimizga chuqur hurmat va e’tibor ifodalanadigan ulug‘ sana. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot organlari xodimlari hamda Vatan ravnaqi va xavfsizligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan barcha himoyachilar — Yangi O‘zbekiston tayanchi va ishonchli qalqonidir. Bugungi kunda milliy armiyamiz zamonaviy bilim va mahoratga ega, yuksak ma’naviyatli, vatanparvar kadrlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Bu esa xalqimizning tinch va farovon hayotining eng muhim kafolatidir. Shu ulug‘ ayyom munosabati bilan barcha Vatan himoyachilarini kasb bayramlari bilan samimiy tabriklaymiz, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, mas’uliyatli va sharafli xizmatlarida ulkan zafarlar tilaymiz. Vatanga sadoqat — oliy burch! Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Publizéiert 14. Jan.
🇺🇿VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUBORAK! 🇺🇿 “El-yurt posboni va qalqoni bo‘lish — bu dunyodagi eng ulug‘ va muqaddas ishdir.” O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrab kelayotgan barcha harbiy xizmatchilarni, faxriylarni va mard o‘g‘lonlarni chin qalbdan tabriklaymiz! Sizlarga mustahkam sog‘lik, bukilmas iroda, kuch-g‘ayrat va sharafli xizmatingizda yuksak zafarlar tilaymiz. 🇺🇿 Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo‘lsin! ✨ Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi jamoasi 🇺🇿 С ДНЁМ ЗАЩИТНИКОВ РОДИНЫ! 🇺🇿 «Быть защитником и опорой народа — самая высокая и священная миссия». В честь 34-й годовщины образования Вооружённых Сил Республики Узбекистан и 14 января — Дня защитников Родины сердечно поздравляем всех военнослужащих, ветеранов и мужественных сыновей нашей страны, стоящих на страже мира и спокойствия! Желаем вам крепкого здоровья, стойкости духа, силы, семейного благополучия и новых успехов в благородном служении Родине. 🇺🇿 Пусть небо над нашей страной всегда будет мирным! ✨Коллектив Ташкентского техникума туризма и гостиничного менеджмента
Publizéiert 13. Jan.
Hurmatli foydalanuvchilar! 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan onlayn viktorina o‘tkaziladi. Viktorina 10 ta savoldan iborat bo‘lib, to‘g‘ri va tezkor javob bergan ishtirokchilar orasidan 2 nafar g‘olib aniqlanadi. 🎁 G‘oliblarga 1 yillik Telegram Premium taqdim etiladi. 📌 Ishtirok etish: @otfiv_tanlov_bot 📅 Muddati: 9–14-yanvar ⸻ Уважаемые пользователи! В честь 14 января — Дня защитников Родины проводится онлайн-викторина из 10 вопросов. Среди участников, правильно и быстро ответивших на все вопросы, будут определены 2 победителя. 🎁 Победителям — Telegram Premium на 1 год. 📌 Участие: @otfiv_tanlov_bot 📅 Сроки: 9–14 января Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Publizéiert 13. Jan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalari boʻyicha kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yig'ilishda, askarlarga harbiy qismning o‘zida oliygohga kirish uchun imtihon topshirish imkoniyati yaratiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig'ilishda harbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, jumladan, o‘quv jarayonini harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti negizida raqamli va intellektual ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi. Jumladan, armiyada yoshlar kamida bitta kasb egasi boʻlib chiqishi boʻyicha mutlaqo yangi tizim yaratiladi. Harbiy qismlardagi asosiy yoʻnalish va mutaxassisliklardan kelib chiqib, askarlarni kasbga tayyorlash bo‘yicha 3-6 oylik dasturlar ishlab chiqiladi. Dasturni yakunlagan askarlar malaka imtihonidan o‘tkazilib, ularga kasb sertifikati beriladi. Har yili 5 ming askar saralab olinib, “Bir million dasturchi” va “Besh million sunʼiy intellekt yetakchisi” dasturlari doirasida oʻqitiladi. Askarlarga muddatli harbiy xizmatni oʻtash davrida harbiy qismning oʻzida oliygohga oʻqishga kirish uchun imtihon topshirish imkoniyati yaratiladi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, talabalikka qabul qilingan askarlar muddatli harbiy xizmat yakunlanishi bilan oliygohda oʻqishini boshlaydi. Shu bilan birga, armiyadan qaytib, oliy oʻquv yurtlarida tahsil olmoqchi boʻlgan yoshlarga xorijiy til va fan sertifikati olish xarajatlari qoplab beriladi. Agar ular oliygohlarga kontraktga kirsa, foizsiz taʼlim krediti ajratiladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Publizéiert 12. Jan.
Hurmatli foydalanuvchilar! 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan onlayn viktorina o‘tkaziladi. Viktorina 10 ta savoldan iborat bo‘lib, to‘g‘ri va tezkor javob bergan ishtirokchilar orasidan 2 nafar g‘olib aniqlanadi. 🎁 G‘oliblarga 1 yillik Telegram Premium taqdim etiladi. 📌 Ishtirok etish: @otfiv_tanlov_bot 📅 Muddati: 9–14-yanvar ⸻ Уважаемые пользователи! В честь 14 января — Дня защитников Родины проводится онлайн-викторина из 10 вопросов. Среди участников, правильно и быстро ответивших на все вопросы, будут определены 2 победителя. 🎁 Победителям — Telegram Premium на 1 год. 📌 Участие: @otfiv_tanlov_bot 📅 Сроки: 9–14 января Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Publizéiert 12. Jan.
Onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari census.stat.uz portali orqali onlayn roʻyxatdan oʻtadi. Bir kishi butun oilasi uchun roʻyxatga olish savolnomasini toʻldirishi mumkin. 🔒 Maʼlumotlar maxfiyligi kafolatlanadi. 💡 Nima uchun bu muhim? Roʻyxat natijalari: - davlatga aholining haqiqiy soni va tarkibi haqida aniq tasavvur beradi; - yangi ish oʻrinlari, maktablar, shifoxonalar va infratuzilmalarni rejalashtirishda asos boʻladi; - qishloq xoʻjaligidagi resurslarni toʻgʻri taqsimlash imkonini yaratadi. ❗️Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning birinchi bosqichida 15-31-yanvar kunlari onlayn roʻyxatdan fuqarolar Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan tasodifiy tarzda tanlanib, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishadi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Publizéiert 12. Jan.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ Talabalarning buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorligi tashkil etiladi Hukumat qarori (8-son, 09.01.2026 y.) bilan "Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining buyurtmachilar bilan hamkorligini tashkil etish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi. ✅Nizom bakalavriat yo‘nalishida 2- va undan yuqori kursda o‘qiyotgan talabalarning o‘qishi uchun shartnoma to‘lovlarini ish beruvchilar tomonidan qoplab berish hamda ularning ta’limi yakunlangach ishga qabul qilish tartibini belgilaydi. 📝 Nizomga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlari hamda talabalar o‘rtasida 3 tomonlama shartnomalar tuzishda ishchilar soni 50 nafardan ortiq yoki qiymati kamida 1 mln AQSH dollari bo‘lgan investitsiya loyihalariga ega vazirlik, idora hamda tashkilotlar buyurtmachi sifatida ishtirok etishi mumkin. 🗒 Talabalar har yili 20-sentyabrgacha saralashda ishtirok etish uchun oliy ta’lim tashkilotiga elektron ariza topshiradi. Bunda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ilova qilinadi. ✔️ Talabalar o‘qishni bitirganidan so‘ng buyurtmachi korxona yoki tashkilotda ishlab berish sharti bilan ariza topshiradi. 📌 Ariza topshirish va saralab olishda ishtirok etuvchi talabgorlarning joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish GPA ko‘rsatkichi 3 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. 🔎 Tanlov komissiyasi har yili 15-oktyabrgacha oliy ta’lim tashkilotida talabgorlarni suhbat asosida saralab olishdan o‘tkazadi. 📑 Talabgorlarni saralab olishda buyurtmachi vakili xulosasi asosiy mezon hisoblanadi. ☑️ 3 tomonlama shartnoma tuzgan va ta’limni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar o‘qishini bitirganidan keyin buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Hashtags
Publizéiert 10. Jan.
📍 Информационное мероприятие в Гёте-институте Узбекистан В Гёте-институте Узбекистан состоялось познавательное информационное мероприятие с участием гостя из Германии 🇩🇪. В ходе встречи была представлена подробная и актуальная информация обо всех возможностях получения образования в Германии, требованиях к поступлению, образовательных программах и перспективах для иностранных студентов. 🎓 Учащиеся Ташкентского техникума туризма и гостиничного менеджмента приняли активное участие в мероприятии, проявили большой интерес, задавали вопросы и получили ценные ответы напрямую от представителя Германии. ✨ Подобные встречи способствуют расширению кругозора обучающихся, мотивируют к изучению иностранных языков и открывают новые горизонты для профессионального и личностного развития. 📚🌍 Образование без границ — шаг к успешному будущему!
Publizéiert 10. Jan.
📌2026-yil 12-yanvardan boshlab oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari hamda akademik litseylarda talabalar va o‘quvchilar uchun dars mashg‘ulotlari belgilangan o‘quv jadvaliga muvofiq ravishda boshlanadi. ————————- 📌C 12 января 2026 года в организациях высшего и профессионального образования, а также в академических лицеях учебные занятия для студентов и обучающихся начинаются в соответствии с утверждённым учебным графиком. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot
Publizéiert 10. Jan.
📍Ma’naviy-ma’rifiy tashrif Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi Toshkent turizm va mehmonxona menejment texnikumining bir guruh o‘qituvchilari 2026-yil 10-yanvar kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida o‘qituvchilar markaz faoliyati, unda namoyish etilayotgan boy tarixiy-ma’naviy meros, nodir qo‘lyozmalar hamda ilm-fan va madaniyatga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu tashrif ishtirokchilarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirib, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirdi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ta’lim jarayonida tarixiy merosimizni chuqurroq o‘rganish va yoshlar ongiga singdirishda muhim ahamiyat kasb etadi. ✨Ma’naviyat – yuksak taraqqiyot asosi!
Publizéiert 10. Jan.
📌 Мастер-классы для преподавателей В Ташкентском техникуме туризма и гостиничного менеджмента в период зимных каникул были организованы мастер-классы для преподавателей по направлениям поварское дело и гостиничное хозяйство. В ходе мастер-классов были продемонстрированы современные методы обучения, эффективные подходы к проведению практических занятий, а также представлены новые профессиональные навыки и отраслевые тенденции. Данные мероприятия способствовали повышению профессиональной компетентности преподавателей и улучшению качества образовательного процесса. ✨ Подобные мастер-классы играют важную роль в развитии педагогического потенциала и обмене опытом. #МастерКлассы #ДляПреподавателей #ПоварскоеДело #ГостиничноеХозяйство #