TGINSIGHT CHAT
O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti
@unkiuz
EducationO'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti rasmiy kanali
Lahatsoratra vao haingana
Pejy 4 amin'ny 40 · 480 lahatsoratra
Navoaka 4 Mey
1️⃣ 2️⃣ 4️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣😁 📚Jurnal tanlash uchun eng yaxshi vositalar 📝 📝Agar ilmiy maqola yoki tadqiqotlaringizni nashr qilishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, quyidagi onlayn vositalardan foydalanib, mos jurnalni osongina topishingiz mumkin. Har bir vosita o'ziga xos sohalar uchun moslashtirilgan va tadqiqotingizni yaxshi jurnalga yuborishda yordam beradi. 🔷 Elsevier Journal Finder ✅ Ilmiy, texnologiya va tibbiyot sohalari uchun eng yaxshi 🌐https://journalfinder.elsevier.com/ 🔷 Springer Nature Journal Suggester ✅ Interdisipliner va tabiat fanlari jurnallari uchun ideal 🌐https://journalsuggester.springernature.com/ 🔷 Wiley Journal Finder ✅ Sog'liqni saqlash, ijtimoiy fanlar va gumanitar fanlar uchun mos 🌐https://www.wiley.com/en-jp/publish/journal-finder 🔷 Taylor & Francis Journal Suggester ✅ Ijtimoiy fanlar, san'at va gumanitar fanlar uchun juda yaxshi 🌐https://authorservices.taylorandfrancis.com/publishing-your-research/choosing-a-journal/journal-suggester/ 🔷 IEEE Publication Recommender ✅ Muhandislik, texnologiya va kompyuter tadqiqotlari uchun mukammal 🌐https://ieeeauthorcenter.ieee.org/journal-selector/ 🔷 PLOS Journal Selector ✅ Hayot fanlari va tibbiyotda Open Access jurnallari uchun eng yaxshi 🌐https://plos.org/our-journals/ 🔷 MDPI Journal Finder ✅ Multidisipliner open-access jurnallari uchun tezkor qidiruv 🌐https://www.mdpi.com/about/journalfinder 🔷 JANE (Journal/Author Name Estimator) ✅ PubMed orqali tibbiyot tadqiqotlari uchun tavsiya 🌐https://jane.biosemantics.org/ 🔷 JournalGuide ✅ Ko'plab nashriyotlar uchun mustaqil asbob 🌐https://www.journalguide.com/ 🔷 Edanz Journal Selector ✅ Ta'sir faktoriga va mavzu sohasiga qarab filtrlash 🌐https://www.edanz.com/journal-selector 🔷 Enago Journal Finder ✅ AI yordamida maqola nashrini qo'llab-quvvatlash 🌐https://www.enago.com/researcher-hub/journal-finder.html 🔷 Scimago Journal & Country Rank (SJR) ✅ Jurnalni kvantil (Q1-Q4) va reytinglarini tekshirish 🌐https://www.scimagojr.com/journalrank.php 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Navoaka 1 Mey
https://uza.uz/posts/649441
Navoaka 1 Mey
https://uza.uz/posts/589599
Navoaka 1 Mey
🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩😁 🥇Nobel mukofoti – bu, har yili buyuk ishlar, katta ixtirolar, jamiyat taraqqiyoti yoxud madaniyatiga salmoqli hissa qo‘shgan kishilarga beriladigan xalqaro mukofotdir. Ushbu mukofotni shvetsiyalik olim, dinamit ixtirochisi Alfred Nobel ta’sis etgan. A.Nobelning 1895-yili 27-noyabrda qoldirgan vasiyatiga ko‘ra, vafotidan keyin undan qolgan mablag‘ asosida 1900-yili Nobel jamg‘armasi tashkil etilgan. 📋Alfred Nobelning vasiyatiga ko‘ra, moddiy tarafdan quvvatlanib, 1895-yilda tatbiq etilgan quyidagi besh yo‘nalish bo‘yicha mukofotlar mavjud: 🔸fizika 🔸 kimyo 🔸 fiziologiya va tibbiyot 🔸 adabiyot 🔸 jahonda tinchlik o‘rnatish ishlari bo‘yicha harakatlar uchun ☑️ 1969-yildan boshlab Shved bankining tashabbusi bilan iqtisodiyot sohasida bajarilgan yirik tadqiqotlar uchun ham Nobel mukofoti beriladigan bo‘ldi. Mukofot topshirilishidan avval butun jahondagi yirik tashkilotlar tomonidan mukofot uchun nomzodlarni ko‘rsatish ishlari amalga oshiriladi. Oktabr oyida nomzodlar o‘z mamlakatlarida e’lon qilinadi. Ularning yakuniy tanlovi bilan Shved Qirolligi Fanlar akademiyasi, Karolina instituting Nobel assambleyasi va Norvegiya Nobel qo‘mitasi shug‘ullanadi. Nobel mukofotini topshirish tantanasi Shvetsiya poytaxti Stokgolm va Norvegiya poytaxti Osloda Alfred Nobel vafot etgan kun, ya’ni 10-dekabrda o‘tkaziladi. Stokgolm shahrida fizika, kimyo, fiziologiya va tibbiyot, adabiyot va iqtisodiyot sohalari bo‘yicha mukofotlarni Shvetsiya qiroli topshiradi. Jahonda tinchlikni mustahkamlash ishlari uchun beriladigan Nobel mukofotni esa Oslo shahrida Norvegiya qiroli topshiradi. Birinchi bor ayni mukofot 1901-yilda topshirilgan. Hozirgi vaqtda Nobel mukofotining qiymati 10 million shved kronasiga (1,3 million dollar atrofida) teng. ☑️Nobel mukofoti to‘g‘risida ba’zi faktlar 1901-yildan 2010-yilgacha Nobel mukofoti jami 543 marta berilgan. 1901-yildan boshlab mukofot 50 marta berilmagan. Eng ko‘p davr albatta, Birinchi (1914-1918) va Ikkinchi (1939-1945) jahon urushi yillariga to‘g‘ri keladi. ☑️Mukofot berilmagan yillar Fizika – 1916, 1931, 1934, 1940, 1941, 1942 Kimyo – 1916, 1917, 1919, 1924, 1933, 1940, 1941, 1942 Tibbiyot – 1915, 1916, 1917, 1918, 1921, 1925, 1940, 1941, 1942 Adabiyot – 1914, 1918, 1935, 1940, 1941, 1942, 1943 Tinchlik – 1914, 1915, 1916, 1917, 1918, 1923, 1924, 1928, 1932, 1939, 1940, 1941, 1942, 1943, 1948, 1955, 1956, 1966, 1967, 1972 Iqtisod – ✏️Ayollar va erkaklar o‘rtasidagi mukofot taqsimoti 1901-2010 – yillar davomidan 41 marta ayollar uchun 776 marta erkaklar uchun Nobel mukofoti berilgan. ☑️Eng yosh mukofot sohibi Eng yosh mukofot sohibi 25 yoshlik Lourens Breg (Lawrence Bragg). U otasi bilan birgalikda fizika sohasida (kristall strukturasining analizi) 1915-yilda Nobel mukofoti olgan. ☑️Eng yoshi katta laureat sohibi Eng yoshi ulug‘ laureat sohibi Leonid Gurvitsdir (Leonid Hurwicz). 2007-yil Leonid Gurvits, Erik Maskin (Eric Maskin) va Rojer Mayerson (Roger Myerson)lar bilan birgalikda iqtisodiyot sohasida (mexanizm dizayni asoslari) Nobel mukofotini olgan. O‘shanda Gurvits 90 yoshda edi. ☑️Eng ko‘p umr ko‘rgan laureat Rita Levi-Montalchini (Rita Levi-Montalcini) Nobel tarixida eng uzoq umr ko‘rgan mukofot egasi hisoblanadi. U 1986-yil fiziologiya va tibbiyot sohasida mukofot olgan edi. Rita xonim o‘zining 101 yillik yubileyini 2010-yil 22-aprelda nishonladi. 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Navoaka 30 Apr
🤖📚Hamma bilgan Sci-Hubda endi AI bor ‼️😁 Hozirda butun ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv ko'tarilgan — Sci-Hub o‘zining yangi AI chatbotini taqdim etdi: Sci-Bot 🔍Sci-Bot nimasi bilan farq qiladi? ✔️ Real ilmiy maqolalarni skan qiladi ✔️ Javoblarda manbalarni (citation) ko‘rsatadi ✔️ “Hallucination” (soxta ma’lumot chiqarish) muammosini kamaytirishga harakat qiladi 💡 Ya’ni bu — oddiy chatbot emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilmiy adabiyotlarga tayangan AI yordamchi Yuqorida foydalanish uchun qo'llanma ham tayyorlab qo'yilgan 🌐https://sci-bot.ru/ 📌 Eslatma: VPN orqali foydalaning 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Navoaka 29 Apr
1️⃣ 2️⃣ 4️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣😁 📊DATASET YUKLAB OLISH UCHUN 50 TA ISHONCHLI SAYTLAR Ilmiy tadqiqot, ekonometrika yoki data science bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsangiz, quyidagi platformalar siz uchun juda foydali. 📝Bu ro‘yxatda turli sohalar bo‘yicha eng ishonchli global dataset manbalari jamlangan: 🌐Asosiy platformalar: 1. https://data.gov/ 2. https://www.data-archive.ac.uk/ 3. https://data.europa.eu/en 4. https://dataverse.harvard.edu/ 5. https://www.llrx.com/2020/08/statistics-resources-and-big-data-on-the-internet-2020/ 6. https://oad.simmons.edu/oadwiki/Data_repositories 7. https://sedac.ciesin.columbia.edu/data/collections/browse 8. https://www.re3data.org/ 9. https://pip.worldbank.org/country-profiles/IDN 10. https://www.dataone.org/ 11. https://github.com/awesomedata/awesome-public-datasets 12. https://data.world/datasets/health 13. https://data.worldbank.org/topic/health 14. https://healthdata.gov/ 15. https://www.kaggle.com/datasets 16. https://data.imf.org/?sk=388DFA60-1D26-4ADE-B505-A05A558D9A42&sId=1479329132316 17. https://datasetsearch.research.google.com/ 18. https://data.sagepub.com/ 19. https://www.icpsr.umich.edu/web/pages/ICPSR/index.html 20. https://www.bea.gov/ 21. https://data.cdc.gov/ 22. https://www.cdc.gov/DataStatistics/ 23. https://data.ecb.europa.eu/data/datasets 24. http://www.statsci.org/datasets.html 25. https://data.un.org/ 26. https://www.openicpsr.org/openicpsr/search/covid19/studies 27. https://datahub.io/search 28. https://gis-michigan.opendata.arcgis.com/ 29. https://data.nasdaq.com/institutional-investors 30. https://dasl.datadescription.com/ 31. https://www.who.int/data/collections 32. https://www.reddit.com/r/datasets/?rdt=45316 33. https://www.tableau.com/learn/articles/free-public-data-sets 34. https://library.geneseo.edu/data 35. https://data.sbgrid.org/data/ 36. https://data.gov.in/ 37. https://data.london.gov.uk/dataset 38. https://www.opensciencedatacloud.org/ 39. https://data.nasa.gov/ 40. https://opendata.cern.ch/docs/about 41. https://www.ontario.ca/page/sharing-government-data 42. https://www.data.gov.uk/ 43. https://datadryad.org/stash 44. https://databasin.org/ 45. https://www.ebi.ac.uk/ 46. https://www.plantcyc.org/external-links/model-organism-databases 47. https://www.dataquest.io/blog/free-datasets-for-projects/ 48. https://www.bankofengland.co.uk/statistics/research-datasets 49. https://mavenanalytics.io/data-playground 50. https://datahub.io/search 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Navoaka 28 Apr
1️⃣ 2️⃣ 4️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣😁 📝OAK nima? Nega ilmiy faoliyatda muhim? 🏳️ OAK — Oliy attestatsiya komissiyasi bo‘lib, O‘zbekistonda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish, ilmiy daraja va ilmiy unvonlar berish jarayonini tartibga soluvchi muhim tizimdir. Oddiy qilib aytganda, OAK ilmiy faoliyatda sifat, talab va tartibni belgilab beruvchi asosiy mezonlardan biridir. 🏳️🔵🔵🔵 nima bilan shug‘ullanadi? ✅ PhD va DSc ilmiy darajalari bo‘yicha attestatsiya jarayonlarini nazorat qiladi; ✅ ilmiy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtiradi; ✅ dissertatsiya himoyalari bo‘yicha talablarning bajarilishini nazorat qiladi; ✅ dotsent va professor kabi ilmiy unvonlar berish jarayonida ishtirok etadi; ✅ ilmiy nashrlar, jurnallar va ilmiy natijalarga qo‘yiladigan talablarning shakllanishida muhim o‘rin tutadi. 📚 Tadqiqotchi, doktorant, mustaqil izlanuvchi yoki ilmiy maqola yozayotgan muallif uchun OAK talablarini bilish juda muhim. Chunki ilmiy ishning tan olinishi, dissertatsiya himoyasi, maqolalarning ilmiy ahamiyati va nashr sifati ko‘p jihatdan belgilangan ilmiy mezonlarga bog‘liq. 🇺🇿OAK — bu shunchaki rasmiy tashkilot emas, balki ilmiy daraja, ilmiy unvon va ilmiy sifat mezonlarini tartibga soluvchi muhim tizimdir. Ilmiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan har bir tadqiqotchi OAK talablari, ilmiy nashr mezonlari va dissertatsiya himoyasi tartiblarini yaxshi bilishi zarur. 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Navoaka 27 Apr
📏 📏 📏 📏 📏 📏 📏 📏 📏 🌳SCOPUS INDEX QILINGAN, BEPUL (APC YO‘Q) JURNALLARNI QANDAY TOPISH MUMKIN. 📝 Ko‘pchilik jurnallarda maqola chop etish uchun to‘lov (APC) mavjud bo‘lib, u odatda $150 dan $10,000 gacha, ko‘pincha esa $2,000–$5,000 atrofida bo‘ladi. Bu, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlardagi tadqiqotchilar uchun katta muammo hisoblanadi. 👉 Ammo yaxshi yangilik bor: Scopus, Web of Science va Google Scholar’da indekslangan, mutlaqo bepul (APC yo‘q) jurnallar ham mavjud. > Ularni topishning eng oson usullaridan biri - Directory of Open Access Journals orqali izlash. ✅ DOAJ nima? Bu butun dunyo bo‘yicha ochiq kirish (open access) jurnallar bazasi bo‘lib, sizga bepul chop etiladigan jurnallarni filtrlash imkonini beradi. Qanday foydalaniladi: 1️⃣https://doaj.org saytiga kiring 2️⃣ O‘z sohangiz bo‘yicha jurnal qidiring 3️⃣ “Without APCs” filtrini tanlang 4️⃣ Soha bo‘yicha toraytiring (masalan: Science → Physics) 📌 APC - bu maqolani chop etish uchun olinadigan to‘lov ✔️ Natijada siz maqolangizni bepul chop etishingiz mumkin bo‘lgan jurnallar ro‘yxatini olasiz. 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Navoaka 26 Apr
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤😁 📖Plagiat (Plagiarism) dan qochish. ✍️Plagiat – bu boshqalarning asarlarini, gʻoyalarini, matnlarini yoki ijodiy ishlarini oʻziniki deb koʻrsatish yoki oʻzgartirmasdan koʻchirib olishdir. Bu intellektual mulk huquqlarini buzish hisoblanadi. Plagiat ham 3 ta turga boʻlinadi. 🔵 Matn plagiati: Boshqa odamning matnini yoki asarini toʻliq yoki qisman, izohlar, oʻzgartirishlar qilmasdan oʻz nomi bilan taqdim etish 🔵 Ishonchli maʼlumotlarni oʻgʻirlash: Boshqa odamning tadqiqotlari, fikrlari yoki maʼlumotlarini rasmiy ravishda iqtibos keltirmasdan ishlatish. 🔵 Oʻzgartirilgan plagiat: Asl manbaadan baʼzi qismlari oʻzgartirilib, lekin asosiy mazmuni yoki gʻoyasini saqlab qolib oʻz nomi bilan taqdim etish. Endi undan qanday qochish mumkin? Sizlarga ikki xil usulini oʻrgataman. 1-usul: Eski usullar orqali: 〰️ Yandex, Google va Bing qidiruv tizimlarida hali mavjud boʻlmagan materiallardan foydalanish (bunda kutubxonalarga borib ishlash eng maqbul yechim boʻladi sababi arxivlarda turgan va internetga joylashtirilmagan judayam koʻp manbaalar bor ayniqsa oʻzbek tilida) 〰️ Oson ishlov berish – sinonimlarni yuzaki qayta yozish va almashtirish (masalan chiroy degan soʻzni siz shunchaki xusn deb oʻzgartirasiz) 〰️ Anfox neyron tarmogʻi orqali antiplagiatdan qochish. 〰️ Antiplagiat Fox yordamida antiplagiatni chetlab oʻtish. 2-usul. Yangi usullar orqali: 〰️ Sinonimizator (universal) 〰️ Matnni qayta yozuvchi yoki Antiplagiat dan universal sinonimizator (Antiplagiatning Mulki hisoblanadi) 〰️ Antiplagiat Killer 〰️ Antiplagiat 〰️ Matnni oʻziga xosligini yaxshilaydigan onlayn xizmatlar (Misol uchun: Tahrirchi) Manbaasi Yuqoridagilar texnik tomondan qochish boʻyicha edi. Plagiat qilish ilmiy hamjamiyat tomonidan qattiq qoralanadi. Shuning uchun toʻgʻri holatda ham plagiatdan qochish mumkin: 1️⃣Toʻgʻri iqtibos keltirish 2️⃣ Oʻz fikrlaringizni ifodalash 3️⃣ Manbalarni toʻplab oʻrganib yangicha fikrlarni paydo qilish 4️⃣ Oʻzingizning original ishlaringizni yaratish. 📝Shu usullar orqali ham oʻzingizning ishlaringizni plagiatdan qochishda yordam olsangiz boʻladi... #plagiat#tadqiqot#plagiarizm#maqolayozish 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Navoaka 24 Apr
1️⃣ 2️⃣ 4️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣😁 📈Iqtibos (Citation) olishning ahamiyati nimada? 📌 Iqtibos — bu ilmiy maqola yoki tadqiqotchining ishidan boshqa olimlar tomonidan qanchalik tez-tez foydalanilayotganini ko‘rsatadigan muhim ilmiy ko‘rsatkichdir. U tadqiqotning ta’siri, sifati va akademik jamiyatdagi o‘rnini baholashda asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Yuqori iqtibos ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan maqolalar ko‘proq tadqiqotchilar tomonidan manba sifatida ishlatiladi va bu ishning muayyan sohada sezilarli ilmiy hissa qo‘shganini anglatadi. Iqtibos kimlar uchun va nima sababli muhim? ✅ Akademik ta’sir Iqtiboslar tadqiqotchining ishlari ilmiy jamoatchilik tomonidan qanchalik tan olinayotganini ko‘rsatadi. Ko‘p iqtibos olingan ishlar odatda sohada asosiy nazariy yoki amaliy manba sifatida qaraladi. ✅ Ilmiy obro‘-e’tibor Yuqori iqtibos ko‘rsatkichlari tadqiqotchining nufuzini oshiradi va ilmiy grantlar, xalqaro hamkorliklar hamda akademik lavozimlarda o‘sish uchun muhim imkoniyatlar yaratadi. ✅ Jurnal reytinglari Jurnallarning ilmiy darajasi ko‘pincha iqtiboslar asosida baholanadi (masalan, Journal Impact Factor). Yuqori reytingli jurnallarda chop etilgan maqolalar kengroq auditoriyaga yetib boradi. Asosiy iqtibos ko‘rsatkichlari ✅ Umumiy iqtiboslar (Total Citations) Maqola yoki tadqiqotga jami necha marta murojaat qilinganini bildiradi. ✅ h-indeks Tadqiqotchining samaradorligi va ilmiy ta’sirini birgalikda baholaydi. Masalan, h = 10 bo‘lsa, kamida 10 ta maqola 10 martadan iqtibos olgan bo‘lishi kerak. ✅ i10-indeks Google Scholar tomonidan qo‘llaniladi va kamida 10 marta iqtibos olingan maqolalar sonini ko‘rsatadi. ✅ Impact Factor (IF) Jurnal maqolalarining o‘rtacha iqtibos olinish darajasini ifodalaydi. ✅ Eigenfactor Score Iqtiboslarning sifatini ham inobatga oladi; nufuzli jurnallardan olingan iqtiboslar yuqori baholanadi. ✅ Altmetrics Tadqiqotning ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalaridagi aks sadosini ko‘rsatadi. 🗣Xulosa Iqtibos — bu shunchaki statistik ko‘rsatkich emas. U ilmiy ishning ahamiyati, tadqiqotchining nufuzi va ilm-fanga qo‘shilgan real hissasini ifodalaydi. 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Navoaka 23 Apr
🎓KARYERA KUNI: ILM-FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-61-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 23-aprel va 21-may kunlari O‘zbekiston Milliy universitetining Bosh maydonida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbirda O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti mutaxassislari ham faol ishtirok etdilar. 🔍Tadbirning asosiy maqsadlari: 2025-2026-o‘quv yili bitiruvchilarini mutaxassisliklari bo‘yicha munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish; Talabalarning ilmiy-tadqiqot va laboratoriya faoliyatiga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash; Ilm-fan va ta’lim o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash. 🧑🔬Institut bilan hamkorlik —porloq kelajak garovi! Yarmarka davomida Umumiy va noorganik kimyo instituti vakillari talabalarga institutda mavjud bo‘lgan zamonaviy laboratoriyalar, olib borilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda yosh olimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar. 😁 — Kelajakdagi ilmiy faoliyatini kimyo sanoati va innovatsion ishlanmalar bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan bitiruvchilar uchun Institut eshiklari doimo ochiq! 📌Karyerangizni bugundan, kuchli mutaxassislar davrasida boshlang! 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Navoaka 22 Apr
📚 TOP 1⃣3⃣ ILMIY MA'LUMOTLAR BAZASI – TADQIQOTCHILAR UCHUN FOYDALI SAYTLAR Agar siz maqola yozayotgan bo‘lsangiz yoki ilmiy izlanishlaringizni kengaytirmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi eng nufuzli ma’lumotlar bazalari siz uchun muhim manba bo‘la oladi! 👇 🔎1. Scopus Elsevier tomonidan taqdim etilgan, barcha fanlar bo‘yicha tahliliy va iqtiboslar bazasi. 🌐https://www.scopus.com 🔎2. Web of Science Fanlararo tadqiqotlar uchun iqtiboslar tahlili tizimi. 🌐https://www.webofscience.com 🔎3. Taylor & Francis Online Gumanitar va ijtimoiy fanlar bo‘yicha maqolalar. 🌐https://www.tandfonline.com 🔎4. Wiley Online Library Hayotiy fanlar, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy fanlar bo‘yicha maqolalar. 🌐https://onlinelibrary.wiley.com 🔎5. SpringerLink Fan, texnologiya, muhandislik va tibbiyot bo‘yicha jurnal va kitoblar. 🌐https://link.springer.com 🔎6. SAGE Journals Ijtimoiy fanlar, gumanitar fanlar, tibbiyot va muhandislik sohalari. 🌐https://journals.sagepub.com 🔎7. IEEE Xplore Elektronika, muhandislik va kompyuter fanlari uchun. 🌐https://ieeexplore.ieee.org 🔎8. PubMed Tibbiyot va biologik fanlar bo‘yicha MEDLINE maqolalari. 🌐https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov 🔎9. Cambridge Core Gumanitar, ijtimoiy fanlar, fan va texnologiya bo‘yicha jurnal va kitoblar. 🌐https://www.cambridge.org/core 🔎10. Oxford Academic Huquq, tibbiyot, fan va gumanitar fanlar bo‘yicha yetakchi jurnallar. 🌐https://academic.oup.com/journals 🔎11. JSTOR Gumanitar fanlar, san’at va ijtimoiy fanlar bo‘yicha raqamli arxiv. 🌐https://www.jstor.org 🔎12. Emerald Insight Boshqaruv, biznes, ta’lim va kutubxona sohalari. 🌐https://www.emerald.com/insight 🔎13. Elsevier ScienceDirect Fan, texnologiya va tibbiyot bo‘yicha to‘liq matnli maqolalar. 🌐https://www.sciencedirect.com 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram