TGINSIGHT CHAT
O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti
@unkiuz
EducationO'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti rasmiy kanali
Lahatsoratra vao haingana
Pejy 6 amin'ny 40 · 480 lahatsoratra
Navoaka 9 Apr
#Amir_Temur#690_yilligi Adolat va ulug‘vorlik timsoli: Sohibqiron – 690 yil! Bugun, 9-aprel — buyuk bobomiz, yengilmas sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kun. 690 yil o‘tsa-da, Sohibqironning o‘gitlari bugungi kun yoshlari uchun haqiqiy mayoq bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu videoda bobomizning ilm va tafakkur haqidagi eng nodir o‘gitlari jonlangan. Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni, birgina to‘g‘ri tadbir va ilm sohibi bo‘lgan kishi hal qilishi mumkin. Biz — buyuk zotlar avlodimiz. Bizning kuchimiz — bilimimizda, g‘ayratimizda va birligimizda! 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Hashtags
Navoaka 8 Apr
🎙🌍🌍📚😁 O‘zbekiston radioto‘lqinlarida olimlarimiz ovozi... 💖Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida o‘tkazilgan press-tur “Ochiq eshiklar kuni”OAV nigohida... 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Navoaka 8 Apr
▶️✨✨✨✨✨😁 Rossiyalik hamkasb olimlarni o‘ziga tortgan ishlanma... CuVita AA-01—Mahalliy xom-ashyo asosida yaratilgan, qishloq xoʼjaligi ekinlari hosildorligini oshirishga xizmat qiluvchi yangi avlod biofaol stimulyatori hisoblanadi. U paxta, g‘alla, meva-sabzavot, poliz ekinlari, dukkaklilar, mevali daraxtlar va ko‘katlarda qo‘llanishi mumkin. Uning o‘ziga xosligi shundaki, mis ioni oddiy tuz holatida emas, balki organik kislotalar bilan bog‘langan biofaol kompleks shaklida bo‘ladi. Bu o‘simlikka “yumshoq”, lekin samarali ta’sir ko‘rsatadi: ozuqa moddalarini yondirmaydi, foydali mikroorganizmlarni zararlamaydi va tuproqqa ortiqcha kimyoviy yuk tushirmaydi. 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Navoaka 8 Apr
▶️✅✅✅✅😁 Xalqaro tajriba almashinuvi doirasida o‘tkazilayotgan uchrashuv qizg‘in pallaga kirdi. Rossiya Fanlar akademiyasi Ural filiali vakillari nafaqat nazariy muzokaralar, balki institutimizning amaliy imkoniyatlari bilan ham yaqindan tanishmoqdalar. ⏰Amaliy tanishuv jarayoni... Ayni damda delegatsiya a’zolari institutning eng nufuzli bo‘linmalarida bo‘lib turishibdi: Jamoatchilik markazida Institut direktori prof. A.Ibragimov tomonidan ilmiy ishlanmaalarning muhim tadqiqot jarayonlari tadqiq etiladigan zamonaviy asbob-uskunalar va ularning ishlash mexanizmlari to'g'risida tushuncha berildi. Tashrif buyurgan mehmonlar va institut olimlari o'zaro hamkorlik doirasida kelgusidagi rejalarni aniq belgilab olishmoqda... 🤝Ushbu tashrif shunchaki tanishuv emas, balki ikki mamlakat ilmiy salohiyatini birlashtirishdan iborat. Hamkorlikdan maqsadesa: ✅Kelgusida ilmiy innovatsion texnologiyalarni birgalikda ishlab chiqish; ✅Laboratoriya tadqiqotlari natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishdagi o'zaro hamkorlik; ✅Ilmiy kadrlar tayyorlashda muhim tajriba almashinuvdan iborat. 📚"Ilm-fan chegaralarni bilmaydi. Bugungi laboratoriya sinovlari ertangi katta sanoat inqiloblarining poydevoridir." 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Navoaka 8 Apr
📰📰📰📰📰📰📰😁 💖O‘zbekiston va Rossiya olimlari o‘rtasida ilmiy hamkorlik kengaymoqda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo hamda O‘simlik moddalari kimyosi institutlarida Rossiya Fanlar akademiyasi Ural filiali olimlari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Xalqaro tajriba almashinuvi doirasida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda tomonlar o‘zlarining so‘nggi ilmiy ishlanmalari va innovatsion loyihalari taqdimotini o‘tkazdilar. Muloqot davomida kimyo sanoati va o‘simlik xomashyosini qayta ishlash sohasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Navoaka 8 Apr
▶️✍️✍️✍️✍️✍️ O‘zbekiston va Rossiya olimlari: Ilmiy hamkorlikning yangi ufqlari Bugun Umumiy va noorganik kimyo instituti hamda O‘simlik moddalari kimyosi institutida muhim voqea — O‘zbekiston va Rossiya Fanlar akademiyasi Ural filiali olimlari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda. 📝Muhokama markazida: ✍️Qo‘shma ilmiy loyihalar: Ikki davlat olimlarining tajriba almashishi; 💡Innovatsiyalar: Kimyo sohasidagi eng so‘nggi tadqiqotlarni amaliyotga tatbiq etish; 🤝Istiqbollar: Ilmiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish strategiyalari. 🗣"Fan chegara bilmaydi. Ushbu hamkorlik nafaqat nazariy bilimlarni, balki sanoat uchun zarur bo‘lgan innovatsion yechimlarni ham taqdim etadi." 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Navoaka 7 Apr
▶️✍️✍️✍️✍️✍️😁 ❄️Ayni damda Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/2025.27.12.K/T.19.01 raqamli ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishida talabgor Qodirov Sarvar Azamatovichning “Muqobil qurilish bitum asosida "Gidroizol-K” olish texnologiyasi" mavzusidagi 02.00.08 – «Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD, texnika fanlari) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi himoyasi boʻlib oʻtmoqda. ▶️Himoyani bevosita shu yerdan kuzatishingiz mumkin: ➡️https://youtube.com/live/LwBOK0WP9fA 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Navoaka 7 Apr
▶️✅✅✅✅😁 ❄️Ayni damda Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/2025.27.12.K/T.19.01 raqamli ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishida talabgor Saidkulov Fayzullo Ravshan o‘g‘lining “Aromatik birikmalar asosida yangi sirt-faol moddalar sintezi va kolloid-kimyoviy xossalari” mavzusidagi 02.00.11 – «Kolloid va membrana kimyosi» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD, kimyo fanlari) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi himoyasi boʻlib oʻtmoqda. ▶️Himoyani bevosita shu yerdan kuzatishingiz mumkin: ➡️https://youtube.com/live/pqsmPsoWqm8 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Navoaka 7 Apr
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣😁 Bugun ko‘plab tadqiqotchilar bepul plagiat tekshiruv platformalarini so‘rashadi. Dissertatsiya, ilmiy maqola va boshqa akademik ishlar bilan shug‘ullanayotganlar uchun ishonchli va bepul vositalarni topish muhim masala hisoblanadi. ✔️Quyida siz uchun 100% bepul yoki bepul versiyasi mavjud bo‘lgan eng ommabop plagiat tekshiruv servislarini jamladim: 🔸DupliChecker – oddiy interfeys, tezkor tekshiruv, kichik hajmdagi matnlar uchun qulay. 🔸Plagiarism Software – bepul dasturiy yechim, yuklab olib ishlatish mumkin. 🔸Plagiarism Checker X – chuqur tahlil qilish imkoniyati bor, lekin bepul versiyasi cheklangan. 🔸PlagScan – akademik darajadagi tekshiruv, asosan sinov rejimi orqali foydalaniladi. 🔸Plagramme – ko‘p tilli matnlarni tekshirishda foydali. 🔸Small SEO Tools Plagiarism Checker – eng mashhur bepul servislaridan biri, tez va sodda. 🔸Plagiarisma – Google va boshqa manbalar bilan solishtirish imkoniyati mavjud. 🔸Quetext – DeepSearch texnologiyasi bilan mashhur, bepul rejimi mavjud. 🔸EasyBib – asosan iqtibos va referensiya bilan birga plagiatni ham tekshiradi. 🔸🔸NoPlag – foydalanuvchi uchun qulay interfeys va tezkor natija. E’tibor bering: bepul platformalar odatda hajm va funksional jihatdan cheklangan bo‘ladi. Katta hajmdagi dissertatsiyalar uchun bir nechta servisni parallel qo‘llash tavsiya etiladi. 📌 Agar siz ilmiy ish yozayotgan bo‘lsangiz, faqat plagiatni tekshirish emas, balki uni oldini olish — to‘g‘ri iqtibos keltirishingiz va original fikr yuritishingiz maqsadga muvofiq. 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Navoaka 6 Apr
⚠️ Hijacked journal: “soxta nusxa” jurnallarni aniqlash (yirtqich (predatory) jurnaldan ham xavfli) Ba’zan jurnal nomi mashhur bo‘ladi, lekin siz kirgan sayt asl jurnalniki emas — bu hijacked journal (“soxta nusxa”). Eng xavflisi: maqolangiz ham, pulingiz ham ketishi mumkin. 🚩 5 ta asosiy belgi 🔸Jurnal nomi tanish, lekin domen g‘alati:.top, .site, .xyz va sh.k. 🔸 Submission faqat email orqali (portal yo‘q) + “tez acceptance” va’dasi 🔸 Saytda eski jurnaldan ko‘chirilgan matnlar, tartibsiz sahifalar 🔸ISSN bor, lekin publisher (nashriyot/universitet) mos emas 🔸 To‘lov shaxsiy karta/Telegramga so‘raladi yoki maqola uchun to‘lov (APC) yashiriladi ✅ Qanday himoyalanish mumkin? 1. Jurnalni faqat rasmiy manbalarda tekshiring: 🔎Scopus Sources:https://www.scopus.com/sources 🔎WoS Master Journal List:https://mjl.clarivate.com/ 2. “Jurnalning asl sayti”ga publisher/universitet sahifasi orqali kiring 3. ISSN + publisher + domain bir-biriga mos ekanini tekshiring 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Navoaka 4 Apr
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣😁 📝SciSummary haqida maʼlumot 📃Ilmiy maqola o‘qish ko‘p vaqt oladi. Ayniqsa bir nechta maqolani ko‘rib chiqish kerak bo‘lsa, yanada qiyinlashadi. Shu yerda SciSummary yordam beradi. 🔍SciSummary nima qiladi: Siz maqolani yuklaysiz. U esa maqolaning asosiy mazmunini qisqacha qilib beradi. Keraksiz uzun gaplar yo‘q. Faqat muhim fikrlar qoladi. ⚡️Nega foydali: vaqtni tejaydi tez tushunishga yordam beradi literature review jarayonini osonlashtiradi 🧠Qayerda ishlatish mumkin: ilmiy maqola yozayotganda dissertatsiya tayyorlashda yangi mavzuni o‘rganayotganda 📌Qanday ishlatiladi: maqolani yuklaysiz; qisqacha xulosa olasiz; kerakli joyini keyin chuqur o‘qiysiz: 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani... ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Navoaka 3 Apr
1️⃣ 2️⃣ 4️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣😁 Patent (DGU, TB, BGU, NAP, ZAP) nima? 🔰 Patent (lotincha: patens — ochiq, aniq, ravshan) — texnik yechim yoki ixtironing davlat tomonidan eʼtirof etilganligini va ixtirochining oʻz ixtirosiga olgan mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjat. Patent olish jarayoni, patent oluvchining maʼsuliyatlari va eksklusiv huquqlari turli mamlakatlarda turlichadir. Shunday boʻlsa ham, har bir patent olish uchun yozilgan arizada ixtironing biror-bir yangilik kiritayotgani haqida maʼlumot boʻlishi kerak. Koʻp mamlalakatlarda berilgan eksklusiv huquqlar boshqalar patentlangan ixtironi ruxsatsiz yasashi, qoʻllanishi, sotishi yoki tarqatishi oldini oladi. *Manba: uz.wikipedia.org MUALLIFLIK GUVOHNOMAsi qanday olinadi? 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portali tomonidan olinadi. Ushbu portal orqali siz o'z YARATGAN MAHSULOT yoki MA'LUMOTingiz uchun PATENT ya'ni GUVOHNOMA olishingiz uchun ONLINE ARIZA topshirasiz va ma'lum miqdorda davlat boji to'lashingiz kerak bo'ladi. Xo'sh unda DGU, TB, BGU, NAP, ZAP nima? 📝DGU - Elektron Hisbolash Mashinalari (EHM) dasturlari uchun beriladigan guvohnoma seriyasi. Bunda siz tayyorlagan dastur davlat ro'yxatidan o'tkaziladi va patentlanadi va siz tayyorlagan mahsulot davlat muhofazasida ma'lum muddat davomida bo'ladi. 📝TB - Tovar belgilari uchun beriladigan guvohnoma seriyasi. Ya'ni biror tashkilot yoki korxona logosi yoki brendi davlat muhofazasiga olinis. 📝BGU - Ma'umotlar ba'zasi uchun beriladigan guvohnoma seriyasi. Bunda biror muallif ilmiy yangligini davlat muhofasiga olishda beriladi. 📝NAP - O'simlik navlari uchun beriladigan guvohnoma seriyasi. Ya'ni kashf qilingan yoki ixtiro qilingan biror o'simlik navini davlat muhofazasiga olish. 📝ZAP - Hayvon zotlari uchun beriladigan guvohnoma seriyasi. Ya'ni topilgan hayvon zotlarini davlat muhofazasiga olish. Yuqoridagi ma'lumotlardan xulosa qiladigan bo'lsak, 🎓ilmiy ish tayyorlagan muallif tayyorlagan ishini patentlashda 📝BGU guvohnoma seriyasi uchun ariza topshirishi kerak bo'ladi. Ushbu past beib o'tilgan link orqali qanday qilib ARIZA topshirish haqida qo'llanma berilgan: 😎https://www.youtube.com/watch?v=DxXFz9jpFKM 📌O'ylaymizki, ushbu berilgan ma'lumotlar barcha uchun kerakli bo'ldi. 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram