TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Miverina amin'ny lisitry ny fantsona
O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti avatar

TGINSIGHT CHAT

O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti

@unkiuz

Education

O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti rasmiy kanali

Mpandray347Mpandray ankehitriny
Lahatsoratra arahi-maso480Isan'ny lahatsoratra voasoratra
Fahatrarana vao haingana3,898Totalin'ny fijery vao haingana
Lahatsoratra vao haingana

Lahatsoratra vao haingana

Pejy 7 amin'ny 40 · 480 lahatsoratra

16:00 02.04.2026 Agrar soha: Ilm-fan yutuqlari – samaradorlik mezoni #Toshkent muxbir: Saidakbar Mo’minov https://t.me/zamon_lavhalar

917 views

Hashtags

#OAV_biz_haqimizda Kimyo – taraqqiyot omili va innovatsiyalar manbai Ilm-fan taraqqiyoti jamiyat rivojining asosiy omillaridan biri. Ayniqsa, kimyo fani ishlab chiqarish, sanoat, ekologiya va kundalik turmushda muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” kimyoning hayotimizdagi o‘rni va uning amaliy ahamiyatini keng yoritishga xizmat qildi. https://uza.uz/oz/posts/kimyo-taraqqiyot-omili-va-innovatsiyalar-manbai_838708 Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

250 views

Navoaka 2 Apr

https://yuz.uz/uz/news/ochiq-eshiklar-kunida-laboratoriya-sirlari-ochildi

293 views

#mobil_reportaj #presstur Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida press-tur “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbirda OAV vakillari, talabalar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarni ilm-fanga jalb qilish, Institutda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar va ularning amaliyotga joriy etilish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish. Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

269 views

Navoaka 1 Apr

✅ Fanlar akademiyasi umumiy va noorganik kimyo institutida press-tur hamda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi Tadbirda institut direktori, professor Aziz Ibragimov so‘zga chiqib, muassasaning shakllanish tarixi, bugungi kundagi ilmiy salohiyati va amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, u institutning yaqin va uzoq istiqboldagi rejalari, xalqaro hamkorlik aloqalari hamda ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasiga to‘xtaldi. Press-tur davomida ishtirokchilar zamonaviy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tajribalar, yangi ishlanmalar va tadqiqot jarayonlari namoyish etildi. Mehmonlar nafaqat kuzatuvchi, balki ilmiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanish imkoniga ega bo‘ldi. Tilda, fikrda, ishda birlik! Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

254 views

Navoaka 1 Apr

▶️ONLINE Umumiy va noorganik kimyo institutida tashkil etilgan tadbirda Institut direktori, professor Aziz Ibragimov mazkur muassasa tarixi, bugungi faoliyati va kelgusidagi rejalari haqida qisqacha ma'lumot berdi. "Soʼnggi 5 yilda institutda: 🔹 26 ta yirik ilmiy loyiha amalga oshirildi. 🔹2700 dan ortiq ilmiy ishlar chop etildi. 🔹 43 ta patent olindi. Bu raqamlar oddiy statistika emas. Bu olimlarning intellektual mehnatning iqtisodiy qiymatga aylangan koʼrinishi. Yana bir muhim jihat institut ishlanmalari ishlab chiqarishga joriy etilgan. Masalan: “Biobars-M” biooʼgʼiti — amalda ishlab chiqarilmoqda guminli superfosfat — sanoatga joriy qilingan adsorbentlar — neft-gaz va ekologiya sohasida qoʼllanilmoqda" deya ta'kidladi. 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

303 views

Navoaka 1 Apr

▶️ONLINE Ayni paytda Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida press-tur va "Ochiq eshiklar kuni" oʻtkazilmoqda. Unda OAV, talabalar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etmoqda! Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

306 views

Navoaka 30 Mar

❗️ ❗️ ❗️😁 🌐Nega maqola yoki tezisning URL manzili talab qilinmoqda? So‘nggi yillarda doktoranturaga hujjat topshirishda maqola yoki tezisning URL manzili (onlayn havolasi)ni ko‘rsatish shart bo‘ldi. Ko‘pchilik bu talabni “byurokratik to‘siq” deb o‘ylaydi. Aslida esa, bu — ilmning sifatini himoya qilish va soxtalashtirishning oldini olish uchun kiritilgan zarur mexanizm. Nega bu muhim? 🔸 Haqiqiylikni tekshirish uchun. Har bir maqola yoki tezis internetda ochiq manbada joylashtirilgan bo‘lsa, uning mavjudligi, nashr joyi, mualliflik huquqi va indeksatsiyasi tasdiqlanadi. 🔸 Soxta nashrlarning oldini olish uchun. Oldin ayrim talabgorlar “soxta” jurnallarda chop etilgan maqolalarni taqdim etgan. URL orqali bu holatni bir necha daqiqada aniqlash mumkin. 🔸 Oshkoralik va ishonchlilikni ta’minlash uchun. Rasmiy havola orqali har bir mas'ul yoki komissiya a’zosi ishni ochib, haqiqatan ham maqola yoki tezis mavjudligini ko‘ra oladi. 🔸 Ilmiy halollikni mustahkamlash uchun. Har bir natija raqamli iz qoldiradi. Bu esa ilmiy halollik madaniyatining muhim qismi hisoblanadi. 🌎URL — bu qog‘ozdagi yozuv emas, ilmiy faoliyatning raqamli izidir. U orqali sizning ishlaringiz haqiqatda nashr etilganini butun dunyo ko‘rishi mumkin. Shuning uchun hujjat topshirishda maqola va tezislarning URL manzillarini ko‘rsatish — byurokratik talab emas, balki ilmiy ishonchlilik va shaffoflik kafolatidir. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐😁t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

255 views

Navoaka 30 Mar

📍 PRESS-TURGA TAKLIF QILAMIZ! 📣Ilmni yaqindan his qilish, laboratoriyaning jonli muhitini ko‘rish va haqiqiy ilm nafasi bilan yuzma-yuz uchrashish uchun ajoyib imkoniyat! O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida tashkil etilayotgan press-turga barcha ilm-fan ixlosmandlarini taklif etamiz! ☄️Tadbir davomida siz: ✔️ laboratoriya faoliyati bilan yaqindan tanishasiz; ✔️ ilmiy jarayonlarni bevosita kuzatasiz; ✔️ haqiqiy ilmiy muhitni his qilasiz. OAV vakillari, ilmga qiziquvchi talabalar, yosh tadqiqotchilar, magistr hamda bakalavr talabalarini, ilmga oshno blogerlarni mazkur media tadbirga lutfan taklif etamiz. Barchangizni ushbu media tadbirda kutib qolamiz! 📣Прекрасная возможность познакомиться с наукой вблизи, увидеть оживленную атмосферу лаборатории и лично ощутить настоящее дыхание науки! Приглашаем всех любителей науки на пресс-тур, организованный в Институте общей и неорганической химии Академии наук Республики Узбекистан! ☄️В ходе мероприятия вы сможете: ✔️ познакомиться с деятельностью лаборатории; ✔️ непосредственно наблюдать за научными процессами; ✔️ почувствовать настоящую научную среду. Мы сердечно приглашаем представителей СМИ, студентов, интересующихся наукой, молодых исследователей, магистрантов и бакалавров, а также блогеров, знакомых с наукой, на это медиа- мероприятие. С нетерпением ждем встречи с вами на этом медиа-мероприятии! Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

205 views

Navoaka 28 Mar

1️⃣ 2️⃣ 4️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣😁 📝Tadqiqot metodologiyasi va akademik yozuv uchun 40 ta eng foydali resurs📚 Ilmiy izlanish qilayotgan talabalar, magistrantlar, doktorantlar va tadqiqotchilar uchun quyidagi platformalar juda foydali. Ular sizga metodologiyani o‘rganish, maqola yozish, manbalarni boshqarish va adabiyotlar sharhini samarali tashkil etishda yordam beradi. ✅Asosiy ilmiy va metodologik platformalar 1. Sage Research Methods — tadqiqot usullari bo‘yicha keng qamrovli manba 2. Elsevier Research Academy — tadqiqotchilar uchun bepul kurslar 3. Taylor & Francis Author Services — maqola yozish va nashr qilish bo‘yicha yordam 4. MIT OpenCourseWare — research skills bo‘yicha ochiq kurslar 5. Coursera — bepul research kurslari 6. edX — ilmiy metodlar bo‘yicha kurslar 7. ResearchGate — tadqiqotchilar tarmog‘i 8. Google Scholar — ilmiy maqolalarni qidirish uchun qulay vosita 9. Scopus Author Hub — mualliflar uchun foydali resurslar 10. Web of Science — ilmiy bazalar va iqtiboslar tahlili ✅Akademik yozuv va uslub bo‘yicha manbalar 11. Springer Research Guides 12. Wiley Researcher Academy 13. APA Style Blog — APA uslubi bo‘yicha rasmiy tavsiyalar 14. Purdue OWL — yozuv va iqtibos keltirish bo‘yicha mashhur manba 15. Harvard Writing Center 16. The Thesis Whisperer — dissertatsiya yozuvchilari uchun foydali blog 17. Explorations in Methodology 18. ScienceDirect — ilmiy maqolalar bazasi 19. Nature Masterclasses — ilmiy yozuv bo‘yicha professional darslar 20. Cambridge Core — tadqiqot va yozuv bo‘yicha resurslar ✅Yozish, tashkil qilish va manba boshqaruvi vositalari 21. Open Textbook Library — research methods bo‘yicha ochiq darsliklar 22. Overleaf (LaTeX) — akademik yozuv uchun juda qulay platforma 23. Scrivener — katta hajmli matnlar ustida ishlash uchun 24. Notion — tadqiqotni tartibga solish 25. Obsidian — ilmiy note-taking uchun kuchli vosita 26. Evernote — qaydlar saqlash uchun 27. Mendeley — reference management 28. Zotero — iqtibos va manba boshqaruvi 29. EndNote Basic 30. BibTeX — ayniqsa LaTeX foydalanuvchilari uchun ✅Adabiyotlar sharhi va AI yordamchi vositalar 31. Research Rabbit — literature review uchun 32. Connected Papers — bog‘liq tadqiqotlarni topish uchun 33. Scite.ai — maqolalarga berilgan iqtiboslar qo‘llab-quvvatlaydimi yoki rad etadimi, shuni ko‘rsatadi 34. Litmaps — adabiyotlar xaritasini vizual ko‘rinishda tuzadi 35. Open Science Framework (OSF) — ochiq ilm-fan uchun platforma 36. Elicit AI — tadqiqot yordamchisi 37. Trinka AI — akademik grammatikani tekshirish 38. Grammarly — proofreading va uslubni yaxshilash 39. Writefull — akademik gap tuzishda yordam beradi 40. Paperpile — reference va writing uchun foydali vosita 📌Xulosa: Agar siz ilmiy ish yozayotgan bo‘lsangiz, bu resurslar ish jarayonini ancha yengillashtiradi. To‘g‘ri vositani tanlash orqali vaqtni tejaysiz, yozuv sifatini oshirasiz va tadqiqotingizni kuchaytirasiz. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐😁t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

314 views

Navoaka 27 Mar

1️⃣ 2️⃣ 4️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣😁 📝Kirish (Introduction) bo‘limi — ilmiy maqolaning poydevori Scopus yoki Web of Science talablari bo‘yicha maqola yozishda eng ko‘p xatoga yo‘l qo‘yiladigan bo‘lim — bu Kirish bo‘limi. Ko‘pchilik uni ortiqcha uzun, umumiy yoki mavzudan uzoq tarzda yozadi. Aslida esa Kirish — butun maqolaning ilmiy asosini yaratib beradigan strategik qismdir. Quyida Kirish bo‘limini to‘g‘ri, mantiqiy va zamonaviy ilmiy standartlarga mos yozishning eng muhim tamoyillari keltiriladi. ✅Kirish bo‘limining asosiy vazifalari To‘g‘ri yozilgan Kirish bo‘limi quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi kerak: 🟢 Tadqiqot mavzusi va dolzarbligini asoslash; 🟢 Ilmiy muammoni aniq ko‘rsatish; 🟢 Oldingi tadqiqotlar sharhini (literature review) berish; 🟢 Mavjud ilmiy bo‘shliq va ilmiy yangilikni ta’kidlash; 🟢Tadqiqot maqsadi va yondashuvini bayon qilish, ✅Kirish qismi "qismlari" Kirish odatda quyidagi 5 qismdan iborat bo‘ladi: 🔸 Kontekst (Background) — mavzuga umumiy kirish; 🔸 Adabiyotlar sharhi — avvalgi tadqiqotlar tahlili; 🔸 Muammoni yoritish — nima yetishmayotgani aniq ko‘rsatiladi; 🔸 Maqsad va yondashuv — “Bu tadqiqot nimani hal qiladi?” savoliga javob; 🔸 Tuzilma (ixtiyoriy) — maqolaning qisqacha tuzilishi haqida ma'lumot. ✅Kirish yozishda keng uchraydigan xatolar 😀 Juda umumiy kirish berish ❌ Adabiyotlarni shunchaki sanab o‘tish, lekin ularni tahlil qilmaslik ❌ Tadqiqot maqsadini noaniq yozish ❌ Juda uzun va mavzudan chetga chiqib ketgan jumlalar To‘g‘ri yondashuv: ✅ Faqat mavzuga yaqin tor sohalarni tanlang ✅ Har bir manbani o‘z muammongiz bilan bog‘lab yozing ✅Scopus/WoS darajasidagi jurnallar talablari Scopus va Web of Science jurnallari Kirish bo‘limidan aynan quyidagilarni kutadi: 📌 Dolzarblik — mavzu global yoki lokal ilmiy muammoga ulanadi 📌 Yangi adabiyotlar — odatda oxirgi 5 yillik manbalar adabiyotlar ro'yxatini asosini tashkil etishi kerak 📌 Muammo aniqligi — tadqiqot hal etadigan muammoni aniq va dalil bilan ko‘rsatilgan 📌 Aniq maqsad — bitta jumlada ravshan bayon etilishi zarur 📌 Mantiqiy davomiylik — har bir paragraf oldingisini davom ettiradi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐😁t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

295 views

Navoaka 27 Mar

❗️ ❗️ ❗️ ❗️Bilarmidingiz?😁 🔍Fan tarixidagi eng uzoq davom etayotgan tajriba: 'Pitch Drop Experiment'. U 'University of Queensland'da (Avstraliya) 1927-yildan beri davom etmoqda — smola tomchisi taxminan har 10 yilda bir marta tomadi. ✔️ Uning maqsadi qattiq ko'ringan qatron (bitum) aslida o'ta yuqori yopishqoqlikka ega suyuqlik ekanligini ko'rsatishdir. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐😁t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

237 views
12•••5678910•••20•••30•••3940
Teo alohaPejy 7 amin'ny 40Manaraka