TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← КриптоАтака 👀

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Најди сличен содржај

Изворен канал @cryptoattack · Post #20708 · 23 дек.

😨Главное за сегодня: 🇺🇸США (крипто-#ETF): - Трамп назначил Бо Хайнса главой "Криптосовета", а CEO a16z назначен старшим советником по вопросам #AI - Налоговая США (IRS) утверждает, что стейкинг криптовалют облагается налогом - Phoenix Group планирует листинг на Nasdaq в 2025 году 🇰🇵#HYPE В HyperLiquid наблюдается рекордный отток на фоне опасений пользователей, что северокорейские хакеры могут искать уязвимости (несколько кошельков северокорейских хакеров имеют потери >700 000$ от торговли на бирже). #HYPE Hyperliquid Labs опровергают, что их взломали 🇰🇷 Новый комитет Южной Кореи разрабатывает санкции против манипуляторов крипторынка 🇸🇻#BTC Правительство Сальвадора продолжает накопление#BTC 🇯🇵 Gate Group приобрели Coin Master и официально вышли на японский рынок 🔥 MicroStrategy приобрели ещё 5,262 #BTC 🥳#BNB Binance Alpha выпустили новую партию проектов 🥳#TONПавел Дуров: Общая выручка Telegram в 2024 году превысила 1 млрд $, и мы завершаем год с более чем 500 млн $ денежных резервов, не считая криптоактивов 🙋‍♂ Nokia подали патент на «устройство, метод и компьютерную программу», которые могут шифровать цифровые активы 🥳#CRO Crypto .com запускает регулируемую службу хранения цифровых активов для клиентов из США и Канады 🙋‍♂ Moonpay ведет переговоры о приобретении Helio за ~150 млн $ 🚫 Регулятор Малайзии запретили Atomic Wallet работать в стране 🔮#CGX#RON Community Gaming запустит свой рынок прогнозов Forkast, ориентированный на игры, в сети #RONIN ✅ Paraswap DAO одобрила внедрение нового токена для замены #PSP 🙋‍♂#LDO#ETH Lido запустили Ethereum SDK 🆕Листинги: - Binance добавляет фьючерсы на #HIVE - Binance Launchpool добавляет#BIO 🕵️‍♂️Активность китов и SmartMoney: - С адреса команды Pendle перевели 625 000 #PENDLE на Binance - транзакции китов 📊Графики и отчёты: - #FUD Новые трейдеры, которые присоединились к рынку за последние 2-3 месяца, активно распродают#BTC и #ETH - WhaleMap: Уровень 98 133$ остаётся важным, учитывая китовые накопления #BTC - за последние 2 года наблюдался значительный рост числа держателей криптовалют 📈 - #UNI Общий объем #USDC на Uniswap превысил 1 трлн $ 📈 - DropsTab: новые токены в стадии накопления, поддерживаемые топовыми венчурными инвесторами - ТОП#AI-агентов по росту цен за последние 7 дней - отчёт CoinShares по фин потокам - отчет BNB Chain за 2024 год #BNB 💰Сборы средств: - Avalon Labs - 10 млн $ - #USUALUsual - 10 млн $ от Binance и Kraken ✏️События на завтра: 🔓 Разлоки: Ribbon Finance (#RBN) - 1,06% ($4,18m) 🎁#AGI Delysium запустят программу вознаграждений 🇺🇸 Durable Goods Orders (MoM) (Nov) - 16:30 мск - Redbook (YoY) - 16:55 мск - New Home Sales (Nov) - 18:00 мск

Резултати

Пронајдени 281 слични објави

Пребарај: #tanlov

当前筛选 #tanlov清除筛选

#tanlov “Turon maktab teatri” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida “Turon” maktab teatri tanlovining Toshkent viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovda viloyatning tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 22 ta jamoa, jami 176 nafar o‘quvchi ishtirok etib, belgilangan shartlar asosida o‘zlarining sahna madaniyati, aktyorlik mahorati, ijodiy yondashuvi hamda badiiy salohiyatini namoyish etdilar. Tanlov davomida ishtirokchilar sahnada turli badiiy chiqishlar orqali nafaqat o‘z iste’dodlarini, balki teatr san’atiga bo‘lgan qiziqish va muhabbatlarini ham namoyon etdilar. Har bir jamoaning chiqishi tomoshabinlar va hakamlar hay’atida katta taassurot qoldirdi. Tadbir Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda viloyat “Kelajak” markazi hamkorligida tashkil etildi. Tanlov davomida barcha jamoalarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan xolis va adolatli baholab borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Ohangaron tumani 52-maktabning “Tamaddun” jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Tadbir yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube ✅Facebook 🕊Twitter 🌐Instagram

Hashtags

#TANLOV 🇺🇿Joriy yilning 26-mart kuni “Eng yaxshi huquq fani o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. 📎Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z bilim va malakalarini namoyish etdi. Hakamlar hay’ati tomonidan o‘qituvchilarning uslubi, o‘quvchilar bilan ishlash mahorati va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish va o‘z huquqiy fikrlari o‘quvchilarga yetkazib berish darajasi e’tiborga olindi. ➡️Ko‘rik tanlovda 🏆21-maktabi o‘qtuvchisi 🥈25-maktab o‘qtuvchisi 🥉 15-maktab o‘qtuvchisi yuqori natijalar ko‘rsatib, g‘olib bo‘ldi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb| 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Hashtags

#Tanlov “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi Qibray tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga ko'ra tumandagi umumiy o'rta ta'lim maktablari o'rtasida “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan mazkur tanlovning tuman bosqichi Qibray tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman maktablarining 7–9-sinflarida tahsil olayotgan 206 nafar bilimdon va iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi. Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli qarori asosida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkil etilmoqda.Tanlov jarayonida o‘quvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasi shaffoflik va adolat mezonlari asosida baholandi. Tanlov yakunlariga ko‘ra eng yuqori natijalarni qayd etgan jamoalar joriy yilning hududiy (ikkinchi) bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritadilar. ✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati ✅telegram📱facebook📱Instagram🌐Website📹Youtube

Hashtags

ADU.UZ | Rasmiy kanal

@adu_uz · Post #58703 · 03.03.2026 г., 12:47

#tanlov “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” milliy tadqiqot ishlari tanloviga hujjatlar topshirish muddati tugashiga 4 oy qoldi! Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorlikda oliy ta’lim tashkilotlarida bakalvriat va magistratura bosqichlarini tamomlayotgan talabalar o‘rtasida ikkinchi marta “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda qatnashuvchi nomzod oliy ta’lim tashkilotlaridan birining bakalavriat yoki magistratura bosqichining bitiruvchi talabasi bo‘lish kerak. Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi: 1-bosqich: Tanlov komissiyasi 1-bosqichda taqdim etilgan bitiruv malakaviy ishlar (BMI) va dissertatsiyalar orasidan tanlov mezonlari asosida taqdimot uchun 10 tadan ishni tanlab oladi. 2-bosqich: Tanlovning 2-bosqichida ushbu bosqichga tavsiya qilingan ishtirokchilar taqdimot qiladi. Ularning taqdimotlari tanlov mezonlariga ko‘ra baholanadi. Ikkinchi bosqich yakuni bo‘yicha bakalavr va magistrlar orasidan 3 nafardan g‘olib aniqlanadi. Bu yil tanlov doirasida bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun alohida 3 tadan o‘rin belgilangan. Mukofotlar quyidagicha: 🥇1-o‘rin – Noutbuk 🥈2-o‘rin – Planshet 🥉3-o‘rin – Elektron kitob o‘qish qurilmasi Batafsil: ↗️https://socialpolicylab.uz/news/41 Bizni kuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram

Hashtags

FVMMTB - Rasmiy kanali

@farvmmtb · Post #30850 · 28.02.2026 г., 02:38

#Tanlov 💎“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi ♻️Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan mazkur tanlovning viloyat bosqichi Fargona shahar Drama va milliy teatrida tashkil etildi. ♻️Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 19 ta jamoa ishtirok etib, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilik bo‘yicha o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini namoyon etdi. ✔️Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra 1-o‘rin O‘zbekiston tumani 49-umumta’lim maktabining “Yashil makon asoschilari” jamoasiga, 2-o‘rin –Yozyovon tumani 5-umumta’lim maktabining “Nihol” jamoasiga va 3-o‘rin Toshloq tumani 33-umumta’lim maktabining “Yashil akademiya” jamoasiga nasib etdi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Hashtags

FVMMTB - Rasmiy kanali

@farvmmtb · Post #30833 · 28.02.2026 г., 01:24

#Tanlov 💎“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” ♻️Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Fargona viloyatida ham “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” nomli respublika ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi. ✅Tanlovda viloyatdagi barcha shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 19 ta jamoa ishtirok etib, ekologiya sohasiga oid qonunchilik, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik madaniyat yo‘nalishlarida o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi. ✔️Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tib, ishtirokchilar ekologik huquqiy bilimlari, jamoaviy ishlash ko‘nikmalari va tezkor fikrlashi bilan ajralib turdilar. 🟢Jarayonlardan fotolavhalar. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Hashtags

#Tanlov "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi" respublika ko‘rik tanlovi o‘tkazildi “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik tanlovining politexnikumlari orasida tashkil etildi. Mazkur tadbir talabalarning ekologiya oid bilimlarini mustahkamlashga shu bilan birga tabiatga befarq bo‘lmaslikka chorlaydi. InstagramTelegram FacebookYoutube

Hashtags

#Tanlov ⚡️Poytaxtda “Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumi o‘tkaziladi Respublikamizda madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ijodiy jarayonlarda birlashtirish, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, soha rivojida fidoyiligini hamda tashabbuskorligini kuchaytirish maqsadida joriy yilning 1-4-aprel kunlari Toshkent shahrida “Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumi o‘tkaziladi. “Yoshlik bahori” forumi 300 nafardan ortiq iqtidorli va tashabbuskor, ijodkor yoshlarni birlashtiradi. 💙Forum doirasida yoshlarga madaniyat va san’at sohasida manfaatli quyidagi 18 yo‘nalishdagi tadbirlar o‘tkaziladi: ✅ “Yoshlik bahori” Respublika yosh opera ijrochilari festivali; ✅ Yosh ijrochilar o‘rtasida Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan qo‘shiqlar tanlovi; ✅ “Yosh balet ijrochilari” respublika tanlovi; ✅ “Xush kayfiyat” respublika ko‘rik-tanlovi; ✅ “Folk party” respublika folklor jamoalari festivali; ✅ Taniqli shaxslar ishtirokida motivatsion sessiyalar; ✅ Mahorat darslari va seminar-treninglar. Shuningdek, yosh olimlar ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning ijtimoiy-madaniy omillari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi. Forum doirasida o‘tkaziladigan tanlov va festivallarda ishtirok etishga shoshiling! 📞 Bog'lanish uchun telefon: +998 88 438 48 98 Ma'lumot o'rnida, mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston ¬ 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida” 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoniga ko'ra, tashkil etilmoqda. “Yoshlik bahori” — iste’dod, tajriba va kelajak sari dadil qadamdir! Telegram | Instagram | Facebook| Veb-sayt | YouTube

Hashtags

#Tanlov ⚡️Poytaxtda “Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumi o‘tkaziladi Respublikamizda madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ijodiy jarayonlarda birlashtirish, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, soha rivojida fidoyiligini hamda tashabbuskorligini kuchaytirish maqsadida joriy yilning 1-4-aprel kunlari Toshkent shahrida “Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumi o‘tkaziladi. “Yoshlik bahori” forumi 300 nafardan ortiq iqtidorli va tashabbuskor, ijodkor yoshlarni birlashtiradi. 💙Forum doirasida yoshlarga madaniyat va san’at sohasida manfaatli quyidagi 18 yo‘nalishdagi tadbirlar o‘tkaziladi: ✅ “Yoshlik bahori” Respublika yosh opera ijrochilari festivali; ✅ Yosh ijrochilar o‘rtasida Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan qo‘shiqlar tanlovi; ✅ “Yosh balet ijrochilari” respublika tanlovi; ✅ “Xush kayfiyat” respublika ko‘rik-tanlovi; ✅ “Folk party” respublika folklor jamoalari festivali; ✅ Taniqli shaxslar ishtirokida motivatsion sessiyalar; ✅ Mahorat darslari va seminar-treninglar. Shuningdek, yosh olimlar ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning ijtimoiy-madaniy omillari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi. Forum doirasida o‘tkaziladigan tanlov va festivallarda ishtirok etishga shoshiling! 📞 Bog'lanish uchun telefon: +998 88 438 48 98 Ma'lumot o'rnida, mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston ¬ 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida” 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoniga ko'ra, tashkil etilmoqda. “Yoshlik bahori” — iste’dod, tajriba va kelajak sari dadil qadamdir! Telegram | Instagram | Facebook| Veb-sayt | YouTube

Hashtags

#Tanlov ⚡️Madaniyat vazirligi Milliy mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning yuqori badiiy-g‘oyaviy saviyaga ega asarlari inssenirovkasi uchun davlat buyurtmasini e’lon qiladi 👉Batafsil:https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/138528 Telegram | Instagram | Facebook| Veb-sayt | YouTube

Hashtags

#Tanlov ⚡️Madaniyat vazirligi “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti uchun tanlovni e'lon qiladi Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: ✔️ adabiyot; ✔️ madaniy meros; ✔️ teatr va kino; ✔️ musiqa va raqs; ✔️ tasviriy va amaliy san’at; ✔️ moda va dizayn; ✔️ ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar. Tanlov shartlari bilan Xalqaro mukofot veb-sayti orqali - https://futureheritage.uz/ru tanishishingiz mumkin. Xalqaro mukofotning har bir yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar statuetka, diplom va 10 ming AQSH dollari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi. ⏰2026-yil uchun tanlovga hujjat topshirish 28-fevralga qadar davom etadi. Shoshiling! 📝Hujjatlar Xalqaro mukofot veb-sayti orqali - https://futureheritage.uz/ru qabul qilinmoqda. Telegram | Instagram | Facebook| Veb-sayt | YouTube

Hashtags

123•••10•••20•••2324
ПретходнаСтраница 1 од 24Следна