TGINSIGHT CHAT
MohirDev.uz
@mohirdev
EducationOʻzbekistondagi 1-raqamli AyTi taʼlim lideri - 14 ta mahalliy va xalqaro ekspert - 39 ta dasturlashga oid kurs - 44 516 ta kurs oʻquvchisi 🌐https://mohir.dev/tel 📨@mohirdevsales_bot 📞 55 500 05 07
Qhipan willakuykunap
Qillqa 76 / 85 · 1,019 willakuy
Riqchachisqa 24 Dic
Taqdimot qilish boshlandi @mohirfest | @yoshlaragentligi | @mohirdev
Riqchachisqa 24 Dic
Mohirfest 22 Xakaton boshlanishidan oldingi lavhalar @mohirfest | @yoshlaragentligi | @mohirdev
Riqchachisqa 23 Dic
🚀 Mohirdev mobil dasturi tez orada taqdim etiladi 🤩 Endi foydalanuvchilar iOS va Android qurilmalari uchun ishlab chiqarilgan dasturimiz orqali darslarni ko'rish, testlarni ishlash, topshiriqlarni bajarish imkoniga ega bo'lishadi Dasturning beta (dastlabki) versiyasi hozirda testing (sinov) jarayonida. Barcha testlardan muvaffaqiyatli o'tgandan so'ng, dastur ommaga e'lon qilinadi. 💬Siz kurslarni mobil dasturimiz orqali o'rgangan bo'larmidingiz? Izohlarda fikringizni yozib qoldiring. @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 22 Dic
⚡️ Mentorlarimizni tanishtirishda davom etamiz Praktikum kurslarimizdagi o'quvchilarga yanada ko'proq qulaylik yaratish maqsadida qo'shimcha mentorlar jalb qilmoqdamiz Frontend praktikum mentori: Nurmuhammad Mahmudov Nurmuhammad Mahmudov - 1 yillik tajribaga ega frontend dasturchisi. Hozirda "Udevs" kompaniyasida frontend dasturchisi sifatida faoliyat ko'rsatmoqda. Mentor sifatida praktikum o'quvchilarining HTML, CSS, Bootstrap, javascript va ReactJS texnologiyalariga oid savollariga javob berib, ularning o'rganishiga yordam berib borilishi ko'zda tutilgan. @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 21 Dic
🔴 Premyera boshlandi: https://youtu.be/IYSPnrjqZ-M
Riqchachisqa 21 Dic
🤩 Ayol-qizlar uchun podcastlar seriyasini boshlaymiz "Women in Tech" loyihasida muvaffaqiyatga erishgan ayol-qizlar bilan suhbatlar olib boriladi Loyihaning 1-sonida Toptal frilans platormasida Senior Software Engineer va Community Leader bo'lib faoliyat yuritayotgan Munira Begmuratova mehmon bo'ldi. "How to be a tech leader as a woman in the community?" deb nomlangan loyihaning 1-sonida dasturchi sifatida ishlash, oila va ish o'rtasida muvozanatni to'g'ri ushlash, chet elda o'qish va ishlash, leaderlik kabi mavzularga to'xtalindi. 🔴 Suhbat premyerasi bugun soat 20:00 da youtube kanalimizda bo'lib o'tadi. 👉https://youtu.be/IYSPnrjqZ-M O'tkazib yubormang! PS: Suhbat ingliz tilida bo'lib o'tgan @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 21 Dic
2023-yilda iOS dasturlashni o’rganish kerakmi? iOS dasturchisi bo’lishning bir nechta ustunliklari bor: yuqori talab, yuqori maosh va odamlar muammolariga yechim berishga qaratilgan ish. IT mutaxssislar yetishmovchiligi butun dunyoda kuzatilmoqda. Bu iOS dasturlashni ham chetlab o’tmagan. iOS dasturlashni o’rganish qiyinmi? Agar sizda anqi maqsad va sabr-toqat bo’lsa, dasturlashni o’rganish siz o’ylaganchalik qiyin emas. Til o’rganish bo’ladimi yoki dasturlash, farqi yo’q – shuni yodda tutishingiz kerakki, bu sayohat. Kodlash juda ko’p debuggingdan tashkil topgan sayohat desak bo’ladi. Python o’rganaymi yoki Swift? Swift va Python ko’p tomonlama farqlanasada, Swift tezroq ishlashi bilan ajralib turadi. Agar Apple OS uchun dastur yaratayotgan bo’lsangiz, Swiftni tanlashingiz mumkin. Agar sun’iy intellekt yoki backend bilan ishlayotgan bo’lsangiz, Pythonni tanlaysiz. iOS dasturchilarga talab bormi? Juda ko’p kompaniyalar, banklar, elektron bozorlar, moliyaviy tashkilotlar kabilar mobil foydalanuvchilarni birinchi o’ringa qo’yayotgani bois, Apple mobil qurilmalari uchun dastur yaratidan iOS dasturchilariga talab oshsa oshadiki, yo’qolmaydi. iOS dasturlash veb dasturlashdan osonroqmi? Umuman, dasturchilik oson emas. Odatda biz boshlang’ich o’rganuvchilarga veb dasturlashni o’rganishni tavsiya qilamiz. Parse va Swift iOS dasturlashni osonlashtirgan bo’lsada, boshlovchilarning veb dasturlashga kirishib ketishi haligacha osonroq deb hisoblanadi. Swiftni o’rganish kerakmi? Swift dasturlash tili Objective-C ga qaraganda yangiroq til hisoblanadi. Swiftda kod yozishni bilish, sizga mobil dasturlar, Mac va boshqa Apple mahsulotlari uchun dasturlar tuzish imkonini yaratadi. iOS dasturlashni o’rganishga qancha vaqt ketadi? 1 yoki 2 yil ketishi mumkin bunga. Agar sizdda yetarlicha vaqt bo’lsa, bundan ham tezroq iOS dasturlashni o’rganishingiz mumkin. Bir necha oyda fundamental bilimlarni egallab, to-do list ga o’xshash dasturlarni egallashingiz mumkin.⠀ Qanday o'rganish mumkin? Yangilangan iOS Praktikum kursimiz bilan 6 oyda 0dan ilovalar ishlab chiqadigan darajaga chiqishingiz mumkin. Katta va kichik loyihalar qilib, o'z portfoliongizni shakllantirasiz. Kursda maksimum o'quvchilarning real ish muhitiga tayyor bo'lishiga urg'u berilgan. 🔗 Kursga ro'yxatdan o'tish @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 20 Dic
⚡️ Mentorlarimizni tanishtirishda davom etamiz Praktikum kurslarimizdagi o'quvchilarga yanada ko'proq qulaylik yaratish maqsadida qo'shimcha mentorlar jalb qilmoqdamiz Data Science va Sun'iy Intellekt praktikum mentori: Mohinur Abdurahimova Mohinur Abdurahimova - 1 yillik tajribaga ega. Hozirda "Mohirdev" va "UzbekVoice" hamkorligidagi loyiha mutaxassisi va Machine Learning bo'yicha tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritmoqda. @maroonbells kanali muallifi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida tashkil qilingan Tumaris.Tech xakatonida jamoasi bilan qatnashib, "Kassirlarsiz do'konlar" loyihasi uchun 3-o'ringa ega chiqishgan. Mohinur Abdurahimova praktikum o'quvchilarining Data Science, Machine Learning va Sun'iy Intellektga oid savollariga javob berib, ularning o'rganishiga yordam berib boradi. @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 20 Dic
Muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmoqchimisiz? Unda ushbu jihatlarga ega bo'lishingiz kerak! @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 19 Dic
⚡️ Mentorlarimizni tanishtirishda davom etamiz Praktikum kurslarimizdagi o'quvchilarga yanada ko'proq qulaylik yaratish maqsadida qo'shimcha mentorlar jalb qilmoqdamiz Full Stack Javascript (🤠🤓🤩😊 stack) praktikum mentori: Odil Nizomov Odil Nizomov - 1.5 yillik tajribaga ega dasturchi. Hozirda frilanser dasturchi bo'lib ishlab kelmoqda. @nizamoff kanali muallifi hisoblanadi. Odil Nizomov praktikum o'quvchilarining Javascript va ReactJS texnologiyalariga oid savollariga javob berib, ularning o'rganishiga yordam berib boradi. @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 18 Dic
142 kishiga 100% chegirma berildi Bir necha kun oldin, imkoniyati cheklangan insonlarga praktikum kurslarimizdan biriga 100% chegirma berilishini e'lon qilgan edik. Shu vaqtga qadar, 184 ta ariza kelib tushdi: - 142 arizachiga praktikum kurslaridan biri ochib berildi va ular o'qishni boshlashdi; - Hujjatlari to'g'ri bo'lmagani (ism familiya mos kelmagan) va oldinroq praktikum kurslaridan birini bepul olganlari sababli 16 arizachiga rad javobi berildi; - 26 arizachi hali saytimizdan ro'yxatdan o'tmaganligi uchun ularga kurs berilishi "kutish bosqichi"da. Ro'yxatdan o'tishgandan so'ng, kurs ularga taqdim etiladi. @mohirdev - chegarasiz IT ta'lim Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 17 Dic
⚡️Yangi mentorlarimizni tanishtirishni boshlaymiz Praktikum kurslarimizdagi o'quvchilarga yanda ko'proq qulaylik yaratish maqsadida qo'shimcha mentorlar jalb qilmoqdamiz 🤓Full Stack Python praktikum mentori: Shahobiddin Anorboyev Shahobiddin Anorboyev - 2 yillik tajribaga ega Python dasturchisi. Hozirda "Mohirdev"da Python dasturchisi bo'lib ishlab kelmoqda. "Open Data Challenge 2021" g'olibi ham hisoblanadi. Shahobiddin Anorboyev praktikum o'quvchilarining Djangoga oid savollariga javob berib, ularning o'rganishiga yordam berib boradi. Keyingi postlarda qolgan praktikumlardagi mentorlarimiz haqida ma'lumot berib boramiz @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube