TGINSIGHT CHAT
MohirDev.uz
@mohirdev
EducationOʻzbekistondagi 1-raqamli AyTi taʼlim lideri - 14 ta mahalliy va xalqaro ekspert - 39 ta dasturlashga oid kurs - 44 516 ta kurs oʻquvchisi 🌐https://mohir.dev/tel 📨@mohirdevsales_bot 📞 55 500 05 07
Qhipan willakuykunap
Qillqa 77 / 85 · 1,019 willakuy
Riqchachisqa 16 Dic
Youtubedagi oxiri yo'q "tutorial"lardan charchadingizmi? Aniq yo'nalishga ega kurslarni izlayapsizmi?⠀ Unda Mohirdev kurslari aynan siz uchun: ✅ aniq o'quv rejasiga asoslangan ✅ hamyonbop narxda ✅ bir umrlik foydalanish imkoniyati ✅ yopiq guruh ✅ ZOOM uchrashuvlar ✅ mentor yordami ✅ qo'shimcha test va topshiriqlar 2023-yilni kutmay, bugun harakatni boshlang! 🔗 Kurslarga ro'yxatdan o'tish Tel: 781131310
Riqchachisqa 16 Dic
Dasturchilar uchun eng muhim 7 yumshoq ko'nikma. Ularni qanday o'rganish mumkin? Yumshoq ko’nikmalar (soft skills) sizni odatdagidan yaxshiroq ishchi, xodim, hamkasb va umuman, yaxshiroq inson qiladi. Texnik ko’nikmalaringiz (technical skills) sizni intervyugacha olib boradi. Sizning yumshoq ko’nikmalaringiz (soft skills) esa ishga olinishingizga sabab bo’ladi. Texnik bo‘lmagan ko’nikmalar ham deb aytiluvchi yumshoq ko’nikmalar orzuyingizdagi ishingizga joylashishda sizga yordam beradi. Bundan tashqari, u sizga karyerangiz davomida o’sishingizga ham imkon yaratadi (maosh oshirishi, yangi mansab, yangi imkoniyatlar va hokozo…). Texnik ko’nikmalaringiz – kod yozishmi, mashina o’rganishi bo’yicha modellarni yaratishmi yoki zo’r dizaynlarni yaratish bo’lsin, bular ishga kirish uchun yetarli bo’lmaydi. Va buning aksi: faqatgina yumshoq ko’nikmalar (soft skills)ning o’ziga ega bo’lish ham yetarli emas. Maqolani o'qish: https://mohirdev.uz/soft-skills/ Muallif: Andrei Neagoie #maqola#longread
Riqchachisqa 15 Dic
Dasturchida bo'lishi kerak bo'lgan 3 jihat Muvaffaqiyatli dasturchi bo'lishni xohlaysizmi? Unda bu videoni ko'rishingiz kerak. Speaker: Ulug'bek Samigjonov @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 15 Dic
⚡️Sun'iy Intellekt haqida gaplashamiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida suhbat bo'lib o'tadi. Sun'iy intellekt bo'yicha tashkillashtirilayotgan suhbatda Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullayev ishtirok etadi. 📅 Suhbat 16-dekabr, soat 10:00 da Toshkent axborot texnologiyalari universiteti binosida bo'lib o'tadi. Tadbirda barcha qatnashishi mumkin Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 14 Dic
💡Bilasizmi? Telegram bot kursimizning bepul qismida 3 ta bot yaratishni o'rganishingiz mumkin. Bular: ✅ WikipediaBot. Wikipediadagi maqolalar bilan ishlovchi bot. ✅ speakEnglishBot. Ingliz tilidagi matnni audio ovoz bilan o'qib beradigan bot. ✅ imloBot. Imloviy xatolarni to'g'rilaydigan bot. 🔗 Kursning bepul qismini ko'rish 👉To'liq kursni xarid qilish Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 13 Dic
Pythondan qanday maqsadda foydalangan yaxshi?⠀ Avvalo, hech qaysi til unviversal emas, ya’ni hamma joyda ishlatib bo’lmaydi. Vaziyatga qaraladi. Python tili ham bundan mustasno emas. Pythonni qaysi sohalarda ishlatsak, eng yaxshi natijani olishimiz mumkin? Bular: - API ishlab chiqish - Data Science / Sun’iy Intellekt - Scripting Har biriga alohida to’xtalsak. API ishlab chiqish API ishlab chiqish uchun Pythonning 2 ta zo’r frameworklari bor: Django va Flask. Ikkala framework ham ajoyib bo’lib, juda ko’p vaziyatlarda ishlasada, ular turlicha mantiqqa asoslanib ishlaydi. Ba’zilarga Flask yoqsa, boshqalar uchun Django yaxshi. - Flask. Minimalistik framework bo’lib, u foydalanuvchiga oson, qulaylik va boshqaruvni beradi. O’zingiz talab qilgan narsani u bilan bajarishingiz mumkin. - Django. Barcha narsani o’zida jamlagan framework. U bilan kutubxonalardan tortib, admin panel, db interface, ORMlargacha ishlashingiz mumkin. Data Science / Sun'iy Intellekt Agar siz ma’lumot bilan ishlab, uni tahlil qilmoqchi yoki machine learning yoki sun’iy intellekt bilan ishlamoqchi bo’lsangiz, Python sizning eng yaqin “do’stingizga aylanadi”. Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun Pythonda juda muhim va ajoyib kutubxonalar mavjud. Ularning ba’zilari: Pandas, Numpy, Matplotlib, Seaborn, Tensorflow, Pytorch, scikit-learn, Keras, NLTK, OpenCV. Bu kutubxonalar bilan siz data science va sun’iy intellekt bilan bog’liq tayyor loyihalarni qilishingiz mumkin. Python bilan qilish mumkin bo’lgan ba’zi ommabop loyihalarni keltirib o’tamiz: - Sotuv bashorati; - Tilni qayta ishlash; - Hissiyot tahlili; - Tavsiya tizimlari (masalan, musiqa, videolar va boshqalar); - Tasniflash; - Computer vision; Va boshqalar. Scripting Scripting deb vazifalarni avtomatlashtiradigan buyruqlar qatoridan tashkil topgan kichkina dasturlarga aytiladi. Xulosa Python juda ko’p qirrali til bo’lib, undagi framework va kutubxonalar bilan istalgan ishni qilish mumkin. Lekin shuni unutmaslik kerakki, bitta til hamma muammoga yechim emas. Reklama vaqt: Backendga urg'u berilgan Python Praktikum kursini xarid qiling. Kurs oxirida Django bilan Goodreads.com'ning klonini yaratasiz. 🔗Ro'yxatdan o'tish Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 12 Dic
Ishga kirmoqchi bo'lsangiz, bu xatolarni takrorlamang⠀ Ishga kirish jarayonidagi eng muhim qismlaridan biri rezyume yozish hisoblanadi. Tadqiqotlarga qaraganda, juda ko'p rezyumlarda umumiy takrorlanuvchi xatolar mavjud. Ushbu maqola orqali o’sha xatolarning ayrimlarini ko’rib chiqamiz. 1. Ortiqcha ma’lumotlar berish Rezyumeni yozish jarayonida diqqatliroq bo’ling. Juda ko’p ma’lumotlarni berib yuborishga shoshilmang. Faqatgina ish beruvchini qiziqtiruvchi ma’lumotlarni bering. Sizning qaysi maktabda o’qiganingiz yoki qaysi suzish musobaqasini yutganingiz ish beruvchiga katta ehtimol bilan umuman qiziq emas. Bir betdan oshmasligi kerak rezyumengiz. 2. O’qilishi qiyin qilib tayyorlash Har doim o’qilishi oson qilib ma’lumotlaringizni joylashtiring. Yaxshi yozilgan rezyumelarda dasturchining eng oxirigi ishlari va shu ishlarda u nima vazifalarni bajarganligi bo’ladi. Yana, u yerda bajargan shaxsiy va tijoriy loyihalarga link ham berib ketilgan. Masalahat: Ism, bog’lanish uchun ma’lumot, linklar (shaxsiy sayt, GitHub v,h,k), oxirgi ishlaringiz va nima vazifa bajarganingiz 3. Faqat texnik bilimlarni ko’rsatish Ko’pchilik dasturchilarning rezyumelarida uchraydigan xatolardan biri bu faqat texnik ko’nikmalari (hard skills)ni ko’rsatishga bo’lgan urunishdir. Hozirgi kunda ish beruvchi kompaniyalar sizning “ yumshoq ko’nikmalaringiz” (soft skills) ga alohida e’tibor berishadi, chunki sizning texnik bilmlaringiz bilan bir qatorda jamoa bilan ishlay olishingiz, sabrli ekanligingiz, muammolarga yechim bera olish kabi ko’nikmalaringiz bo’lishi ular uchun muhim hisoblanadi. Shunday ekan o’zingizning soft skillaringizni ham aniqroq yoritib o’tishga harakat qiling. Yumshoq ko’nikmalar haqida batafsil ma’lumot olish uchun bosing 4. Bajargan loyihalari haqida yuzaki ma’lumot berish Esda tutish kerak bo'lgan yana bir muhim jihatlardan biri bu portfolioni aniq va soda qilib tushuntirib yozishdir. Mutaxassislar fikricha ko’plab rezyume to’ldirgan dasturchilar bajargan loyihalarini yoritishda qo’pol xatolarga yo’l qo’yib kelishmoqda. Ya’ni bajargan loyihalarining qaysi qismida qatnashganliklarini va qaysi texnalogiyalardan foydalanib ishni bajarganliklarini kamdan kam hollarda keltirib o’tishar ekan. Qanday loyihalarni bajarganligingizni va foydalanayotgan texnologiyalaringizni yoritishda iloji boricha aniqroq yoritib bering. Agar siz bir nechta jamoalar bilan yirik loyihalar ustida ishlagan bo’lsangiz, loyihaning qaysi qismida ishlaganingizni aniq yozing Masalan: X - O'zbekistonda ishlatiladigan, yetkazib berish xizmati. 10 kishilik jamoada, 2 ta iOS dasturchisidan biri bo'lganman va asosan xaydovchilarning dasturi ustida ularga eng yaxshi foydalanuvchi tajribasini berish uchun ishlaganman. Yana, men umumiy arxitekturaga ham xissa qo'shganman. Erishgan yutuqlarim/natijalarim: 5. Muammaoni hal qilish ko’nikmasi (Problem-solving skills) ni ko’rsatmaslik Strategik fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatingiz borligini ko'rsatish juda muhimdir. HRlar dasturchilar rezyumelarini ko’rishayotganda ularning asosan muammolarga qanday yechim bera olishlarini bilishni xohlashadi. Shunday ekan ushbu jihatlarga e’tibor qarating. Ular siz duch kelgan eng katta texnik muammolar va ularga qanday yechim berganingiz bilishni xohlashadi. 6. Har bir ishlagan joyning tagida texnik bo’lim yo’qligi Qanday tilar va kutubxonalardan foydalanishingizni aniq yozib qo’ying. HRlar eng oxirgi texnologiyalarni ishlatib, o’zini “update” qilib yuradigan dasturchilarni izlashadi. Shu sabab, ishlagan vazifalaringizni har birida texnologik bo’lim yozib keting. Masalan: “XZY” koxoronasi, Mobil dasturchi - 2022-24 Texnologiya: Java, Kotlin, MVVM, MVP, Clean Architecture, RxJaava, Retrofit, Room, Mockito Yuqoridagi xatolarni takrorlamaslikka harakat qiling. Zero siz yaxshi rezyume to’ldirish orqali ishga kirish uchun katta qadam tashlagan bo’lasiz. 🔗Kurslarga ro'yxatdan o'tish 📞 781131310 Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 11 Dic
Bo'sh vaqtingizda ko'rishingiz mumkin bo'lgan, dasturlashga aloqador seriallarni bir joyga jamladik: 1. The Billion Dollar Code (2021) 2021-yil Netflix tomonidan suratga olingan serial real voqealarga asoslangani uchun qiziq. Syujetga ko'ra, Google Earth asosini tashkil qiluvchi algoritmni 2 nemis dasturchilaridan Google "o'g'irlab oladi' va yillar o'tib, bu dasturchilar Googleni sudga berishadi. 4 qismdan iborat serialni ko'rib, 90-yillardagi dasturlash muhitini xis qilishingiz mumkin. 2. Sillicon Valley (2014-2019) Komediya janrda olingan serialda Sillikon Vodiysi, startaplar o'ziga xos tarzda ochib berilgan. Serial davomida Pied Piper deb nomlangan startapning o'sishi va qulashini ko'rishingiz mumkin. 3. Devs (2020) Kvant kompyuteri, nazariy fizika, big-data, yangi texnologiyalar, dasturlash aralashgan falsafiy va jinoiy trillerlarga qiziqsangiz, bu miniserial aynan siz uchun. Fikrlashga majbur qiladigan serial. 4. Mr. Robot (2015-2019) Kunduzi kiberxvafsizlik mutaxassisi, kechasi esa xakker sifatida faoliyat yuritadigan Elliot atrofida bo'lib o'tadigan voqealar haqida serial hikoya qiladi.
Riqchachisqa 10 Dic
⚙️ Python haqida⠀ Bu post orqali Python dasturlash tili haqida ma'lumot olasiz. Qayerlarda ishlatiladi? Mashine learning,Sun’iy intellekt, veb dasturlash,data science, business applications,mobile ilovalarini ishlab chiqish, kompyuter ilovalarini ishlab chiqish, mikrokontrollerlar, veb saytlarni ishlab chiqish, IOT qurilmalari, devOps, tizim boshqaruvi va hatto video o'yinlar. O'rganish darajasi: O'rganish va foydalanish oson Dasturchilarning fikrlari: Stackoverflow so'rovnomasiga ko'ra, dasturchilarning 67,8 foizi ularga Python yoqishini bildirgan. Dasturlash olamiga endigina qadam qo’yganlar uchun Pyhon ideal tildir. O’rganish oson. Sintaksisi ingliz tiliga o’xshashligi uchun tez tilga moslashib olish mumkin. Bu esa boshqa tillarga nisbatan sizda “bosh og’riq” kamroq bo’lishini anglatadi :) Yangi boshlanuvchilar uchun juda qulay bo'lishidan tashqari, u "universal" tildir, ya'ni u muayyan turdagi loyiha bilan cheklanmaydi va machine learning, sun'iy intellekt, data science va boshqa sohalarda qo'llanilishi mumkin. 1991-yilda yaratilgan bo’lsada, Python hozirda jadallik bilan o’smoqda. Google (qidiruv tizimi va Youtube uchun) va Meta kabi yirik kompaniyalar Pythonning “kattalashtirish” imkoniyatini bergani uchun uni ishlatilishadi. Nafaqat bunday yirik kompaniyalar, balki kichik va o’rta biznes ham Pythondan aktiv foydalanib, o’zlarining loyihalarida ishlatib kelishmoqda. Hattoki, ko’plab dasturlashdan xabari bo’lmagan, marketologlar, moliyachilar Pythonda skript yozib, o’zlaridagi vazifalarni avtomatlashtirib, ishini yengillashtirmoqda. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak: 1. Python o'rganish uchun eng oson dasturlash tillaridan biridir; 2. Kodni o'qish juda oson; 3. Loyihalarni kattartirish imkoniyatini beradi; 4. Python dasturlash tillari orasida eng katta kutubxonalarga ega. Python bilan deyarli hamma narsani qilishingiz mumkin; 5. U Obyektga Yo’naltirilgan dasturlash (OOP) til hisoblanadi; 6. Ochiq manbali dasturlash tili hisoblanadi; 7. Faol hamjamiyat. Savollaringizga tezda javob topishingiz mumkin. 🔗Full Stack Python Praktikum kursimizga ro'yxatdan o'ting ☎️ 781131310 Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 10 Dic
❓ Bo'lib to'lash orqali xarid qilish mumkinmi? Juda ko'pchilikdan kelib tushadigan savolga ushbu postda javob olishingiz mumkin. Biz 3 xil bo'lib to'lash usulini o'quvchilarimizga taklif qilamiz: 1. Zoodpay orqali 4 ga bo'lib to'lash ZoodPay orqali foydalanuvchilar kurslarimizni foizsiz, 4 ga bo’lib 4 oy davomida xarid qilishlari mumkin. Batafsil: mohirdev.uz/zoodpay 2. 14 kun ichida 2 ga bo’lib to’lash Hech qanday qo’shimcha to’lovlarsiz foydalanuvchilar kurslarimizni 14 kun ichida 2 ga bo’lib xarid qilishlari mumkin. - Kurs narxnining teng yarmini to’lagan foydalanuvchiga kurs ochiladi; - Kurs narxining qolgan teng yarmini foydalanuvchi 14 kun ichida to’lashi shart; 3. 30 kun ichida 2 ga bo’lib to’lash Foydalanuvchilar 30 kun ichida 2 ga bo’lib to’lash imkoniga egalar. - Kurs narxnining teng yarmini to’lagan foydalanuvchiga kurs ochiladi. - Kurs narxining qolgan teng yarmini foydalanuvchi 30 kun ichida to’lashi shart. *Kurs narxiga qo’shimcha summa qo’shiladi. 14 va 30 kun bo'lib to'lash haqida batafsil ma'lumot olish uchun formani to'ldiring, operatorlarimiz siz bilan bog'lanishadi: 🔗 Bo'lib to'lash uchun forma ☎️ 781131310
Riqchachisqa 9 Dic
Talab oshib borayotgan sohani egallab, .NET (dotNET) dasturchisi bo'ling Kurs davomida siz xalqaro maydonda katta obro'ga ega bo'lgan, juda tez sur'atda o'sib takomillashib borayotgan, C# dasturlash tilini o'rganasiz. Kurs yakunida Toshkent shahriga kelgan mehmonlarga shinam xonadon topadigan “Sheenam” deb nomlangan loyihaga bag’ishlangan 9 soatlik video darslar davomida, g’oyadan birinchi dastur funksiyanaligacha yozishni o’rganasiz. Kurs haqida qisqacha: ✅ 100 ga yaqin videodarslar ✅ 3 ta loyiha qilish imkoniyati ✅ O’qituvchi bilan Zoom uchrashuvlar ✅ Kursni boshlash uchun boshlang’ich bilim talab qilinmaydi Darslar 3 yildan ortiq tajribaga ega, hozirda xalqaro Exadel va Piorsoft kompaniyalarida .NET dasturchi sifatida faoliyat olib borayotgan Elbek Normurodov tomonidan o'tiladi. 🔗 Kursga yozilish: http://bit.ly/3PaYyJq Tel: +998781131310
Riqchachisqa 8 Dic
MohirDev.uz pinned a photo