TGINSIGHT CHAT
MohirDev.uz
@mohirdev
EducationOʻzbekistondagi 1-raqamli AyTi taʼlim lideri - 14 ta mahalliy va xalqaro ekspert - 39 ta dasturlashga oid kurs - 44 516 ta kurs oʻquvchisi 🌐https://mohir.dev/tel 📨@mohirdevsales_bot 📞 55 500 05 07
Qhipan willakuykunap
Qillqa 74 / 85 · 1,019 willakuy
Riqchachisqa 7 Ene
👩💻Yangilangan praktikum kursi bilan Android dasturchisi bo'ling Tajribali mutaxassislar tomonidan tuzilgan kurs bilan 0 dan Android dasturlari tuzishni o'rganing va birinchi loyihaningizni Google Playga joylashtiring. Kurs haqida qisqacha: ✅ 200 dan oshiq videodarslar ✅ bir nechta kichik va 2 ta katta loyihalar (Elektron bozor va Messenger) ✅ o'qituvchilar bilan Zoom uchrashuv ✅ testlar va qo'shimcha amaliy vazifalar ✅ boshlang'ich bilim talab qilinmaydi Kurs o'qituvchilari: Zohidjon Akbarov - 6 yillik tajribaga ega, xalqaro Toptal kompaniyasida Senior Android dasturchisi Mahmudjon Qalandarov - 3 yillik tajribaga ega, Ansor Inc. kompaniyasida Middle Android dasturchisi Kurs umumiy narxi: 2,500,000 so'm 👉Kursni xarid qilish Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 7 Ene
🔥 Yangilangan Android 2023 praktikum kursining taqdimoti 👩💻 Endi Android dasturlashni ikki tajribali mutaxassislardan o'rganishingiz mumkin Darslar 6 yillik tajribaga ega xalqaro Toptal platformasida Senior Android dasturchi sifatida faoliyat ko'rsatayotgan…
Riqchachisqa 7 Ene
MohirDev.uz pinned a video
Riqchachisqa 7 Ene
🔥Yangilangan Android 2023 praktikum kursining taqdimoti 👩💻 Endi Android dasturlashni ikki tajribali mutaxassislardan o'rganishingiz mumkin Darslar 6 yillik tajribaga ega xalqaroToptal platformasida Senior Android dasturchi sifatida faoliyat ko'rsatayotgan Zohidjon Akbarov va Ansor Inc. kompaniyasida Middle Android dasturchisi sifatida ishlayotgan Mahmudjon Qalandarov tomonidan tayyorlangan Kurs haqida batafsil ma'lumotni kurs taqdimoti davomida olishingiz mumkin 📅 Taqdimot premyerasi bugun soat 19:00 da youtube kanalimizda bo'lib o'tadi 👉https://youtu.be/aGnWXIA3nUU Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 7 Ene
Sun'iy Intellekt sabab dasturchilar ishsiz qoladimi? Chat GPT-3 kompyuter dasturi bo'lib, odamlar yozgan gaplarni yaxshi tushunadi va odamlarga o'xshab hikoyalar yoza oladi, savollarga javob beradi va hattoki odamlar bilan muloqot qila oladi. Lekin GPT-3 yoki unga o'xshash "til modeli"ga asoslangan dasturlar butunlay dasturchilarni o'rnini egallashi haqiqattan yiroq. GPT-3 yoki boshqa dasturlar odamlarning gaplarini yaxshi tushunib, ulardek yoza olgani bilan insonlardek dasturlarni yaratib, unga o'zgartira olishga qodir emas. Dasturlash sohasi juda murakkab jarayonlardan tashkil topgan: dasturni tuzish va uni yaratish, kod yozish va uni testdan o'tkazish, debugging va dasturni bir me'yorda "ushlab turish" (maintaining). Bu jarayonlardagi ishlarni bajarish uchun chuqur dasturlash tillari va sistemalarini tushunish va muammoga yechib topish va mantiqiy fikrlash qobiliyati talab qilinadi. GPT-3 ga o'xshash dasturlar esa bunday qobiliyat va ko'nikmalarga ega emas va shu sababli avtonom holatda bu ishlarni bajara olishmaydi. Lekin, GPT-3 ga o'xshash dasturlar dasturchilarga ba'zi ishlarda yordam berishi mumkin. Masalan, yozilgan koddan kelib chiqib "snippet" yoki dokumentatsiya yozib berishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, GPT-3 ga o'xshash dasturlar dasturchilarga yordam berishi mumkin, lekin ularning o'rnini to'liqligicha egallay olmaydi P/S: yuqoridagi savolga javob Chat GPT-3 tomonidan tayyorlangan (orginal javob) @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 4 Ene
⚡️ Mentorlarimizni tanishtirishda davom etamiz Praktikum kurslarimizdagi o'quvchilarga yanada ko'proq qulaylik yaratish maqsadida qo'shimcha mentorlar jalb qilmoqdamiz. Full Stack Javascript (MERN stack) praktikum mentori: Niyozbek Abduxairov Niyozbek Abduxairov - 1.5 yillik tajribaga ega backend dasturchisi. Bir nechta yirik SaaS loyihalarda ishlagan. Hozirda frilans dasturchi sifatida faoliyat ko'rsatmoqda. 🎯 Mentor sifatida praktikum o'quvchilarining NodeJS va backendga aloqador texnologiyalar bo'yicha savollariga javob berib, ularning o'rganishiga yordam berib borilishi ko'zda tutilgan. @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 3 Ene
🔎QA ya'ni Sifat Nazorati mutaxassislari detektivlarga o'xshaydi - ularning vazifasi xatolarni topish va ularni to’g’irlashga yordam berish Keling, nima uchun QA muhandisligi IT’da karyera boshlash uchun eng yaxshi tanlovlaridan biri ekanligini ko'rib chiqaylik. 1. Raqobatdoshi ish haqqi QA muhandisligi - IT sohasidagi yaxshi haq to'lanadigan mutaxassisliklardan biri. Head Hunter’ga ko’ra QA muhandislariga $300 dan - $2500 maoshgacha ish e’lonlari joylangan. Tajribangiz, va o’zingizni ko’rsata olish qobiliyatlaringizga qarab daromadingiz ham oshib boraveradi. 2. O'rganish ko'p vaqt talab qilmaydi Haftasiga 10 soatdan vaqt ajratgan holatda, o'rtacha 3-4 oy ichida soha asoslarini egallagab, o'z karyeyrangizni boshlashingiz mumkin. Agar ish beruvchi kompaniya tomonidan qo'yilgan talablarga javob bera olsangiz ish topish ham muammo bo'lmaydi. 3. Nisbatan toliqishlarsiz va stressli emas QA muhandisi mahsulot sifatini yaxshilash, sinovdan o'tkazish, rejalashtirish va natijalarni tahlil qilishga javobgar. Boshqa ITdagi kasblar bilan solishtirganda, nisbatan bu sohada stressli holatlar kam uchraganligi kuzatilgan. (1) 4. Tanlov imkoniyati QA muhandisi bo'lib ishlab, tajriba orrtirganingizdan so'ng, siz keyingi bosqichga, masalan, QA automation'da o'zingizni sinab ko'rishingiz mumkin. Bu bosqichda sizdan endi ko'proq ko'nikma va texnik bilimlar talab qilinadi. 5. Siz bu istiqbolli sohani Mohirdev'da "Quality Assurance" (Sifat Nazroati) praktikumida o'rganishingiz mumkin! Kurs davomida sizga QA sohasi asoslaridan boshlagan holda, ish davomida qo’llanadigan barcha kerakli ko'nikmalar o'rgatiladi. Kurs haqida batafsil:mohirdev.uz/qa P/S: Yuqoridagi ma’lumotlar Manual QA'ni o’rganmoqchi bo’layotganlar uchun. @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 1 Ene
Data Science haqida Data Science (Maʼlumotlar ilmi) bu matematika, statistika va dasturlash oʻzaro uygʻun holatda maʼlumotlar bilan ishlaydigan sohadir. U juda tez rivojlanib kelayotgani bilan birga, juda koʻp sohalarda ishlatilmoqda. Masalan, moliya, sogʻliqni saqlash, marketing shular jumlasidan. Sodda qilib tushuntiradigan boʻlsak: Tassavur qiling, siz Sherlok Holmes kabi detektivsiz. Detektiv sifatida sirli ishlarni ochish uchun barmoq izlarini yigʻib, DNK tahlillarini oʻtkazishingiz va guvohlarning koʻrsatmasini olishingiz mumkin. Undan keyin qoʻlingizdagi materiallardan foydalanib, ishni ochishga kirishishingiz mumkin. Data Science mutaxassislari ham maʼlumotlarni yigʻib, ularni tahlil qilib, muammolarni hal qilishadi. Data Science mutaxassislari maʼlumotlarni tahlil qilish uchun turli xil usul va vositalardan foydalanishadi. Masalan, ular maʼlumotlar vizualizatsiyasi uchun tayyor dasturdan foydalanishlari, kelajakdagi tendensiyalarni bashorat qilish uchun modellar yaratishlari yoki maʼlumotlardagi oʻxshashliklarini aniqlash uchun Machine Learning algoritmlaridan foydalanishlari mumkin. Maʼlumotlarni tahlil qilish orqali data science mutaxassislari bizneslarga yaxshiroq qaror qilish, mahsulot va servislarini yaxshilash va murakkab muammolarni yechishga yordam beradi. Shu sabab tufayli, bunday mutaxassislarga talab kundan-kunga ortib bormoqda. @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 31 Dic
⚡️dotNET haqida dotNET (.NET) Microsoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan freymvork bo’lib, saytlar, desktop va boshqa platformalar uchun dasturlar yozish imkonini beradi. Undagi kutubxona va yordamchi “tool”lar dastur yaratish va uni yaxshilashda katta yordam beradi. Sodda tilda tushuntiradigan bo’lsak: Tasavvur qiling, siz bosh oshpazsiz. Sizda barcha mahsulot va ingridientlar bor lekin ulardan foydalanib, ovqat tayyorlash uchun maxsus retsept kerak bo’ladi. dotNETni ham dasturlashning “retsepti” desak mubolag’a bo’lmaydi. U dasturchilarga loyihani tugatish uchun “tool”lar beradi. dotNET bilan ko’p loyihalar ustida ishlasa bo’ladi. Masalan, saytlar, mobil dasturlar yoki desktop dasturlari. Ko’pchilik dasturchilar dotNETni tanlayotganini sabablaridan, ishlatish oson ekanligi va doimiy Microsoft tomonidan yangilanib borishi deb aytish mumkin. @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 30 Dic
📹Sun'iy Intellekt rivojlansa, ishsizlik ko'payadimi? @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 27 Dic
Riqchachisqa 27 Dic
🏆Telegram bot musobaqasi g’oliblari: Quyidagi ishtrokchilarga Mukammal Telegram bot kursiga chegirmalar beriladi: Sardorbek Qozoqov - 100% chegirma Muhammadjonov Javohir - 100% chegirma Abdullayev Bahromjon - 100% chegirma Abdurasulov Akbarjon - 100% chegirma Nurjalol Nurullayev - 100% chegirma Asadbek Sobirov - 100% chegirma Shamsiddin Abbasov - 100% chegirma Shavkat Mustafoyev - 100% chegirma Asadbek G'aniyev - 100% chegirma Shaxrillo Nusratov - 100% chegirma Sindorov Bekzod - 20% chegirma Nurjalol Nurullayev - 20% chegirma Xonimov Ulug'bek - 20% chegirma Samandar Yokubov - 20% chegirma Muhammadali Muhammadjonov - 20% chegirma Rustam Raximov - 20% chegirma 🏆Teachable Machine musobaqasi g’oliblari: Quyidagi insonlarga Data Science va Sun’iy Intellekt kursiga chegirmalar beriladi: Odiljonov Orifjon - 100% chegirma Abduqayum Rasulmuhameov - 100% chegirma Xumoyun Umurzakov - 100% chegirma Abdulvosit Zokirjonov - 100% chegirma Rustam Qurbonboyev - 100% chegirma Alibek Sitbayev - 50% chegirma Daler Isamitdinov - 50% chegirma Mirxojiddin Otajonov - 50% chegirma Azizbek Axmedov - 50% chegirma G’oliblar bilan ertaga sotuv bo’limi xodimlari bog’lanadi. Qolganlarga omad tilaymiz.